Mavzu: Kreativ kompetensiya. Bo’lajak pedagoglarning kreativ kompetentligi


Download 127.75 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi127.75 Kb.
#1015310
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ergashev Temur 651 19

KRЕATIVLIK
1. Nutq ob’ektivliligi jarayonida sub’ektiv sistematizatsiyalanadi
2. Kreativlik badiiy va oddiy nutq bilan tavsiflanadi.
3. Monologik va yozma nutq muallifning sub’ektivliligini bildiradi, maktab inshosi – psixodiagnostik tahlilning ob’ekti hisoblanadi. Uning yordamida shaxsning shaxsiy sifatlarini aniqlash mumkin.
4. Nutqdagi kreativlik erkinlik asosida amalga oshirilib, uning erkinligi til va nutq qonuniyatlariga amal qilgan bo‘lsa da cheksizdir
5. Matnni tuzishda ongli va ongsiz jarayonlar amalga oshiriladi; Ongli – ya’ni bunda matnning semantik o‘ziga xosligi, ikkinchi holatda esa – sintaksislik (shaklni).
6. Matnda shaxs bir butun holatda namoyon bo‘ladi; matnning barcha elementlari va uning arxitektonikasi muallifning shaxsiy o‘ziga xosligida reprezentatsiyalanadi.
7. Sistemani tashil etuvchi shaxsning sifatlari shaxsiy ma’noga ega bo‘ladi.
8. Kreativlik til vositasida shaxsiy ma’no va mazmunni amalga oshirishni ifoda etish jarayonida ko‘rinadi
Yuqoridagi ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, kreativlik tushunasiga nisbatan bir-biriga zid bo‘lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1.Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2.Kreativlik – bu insonning o‘ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.
3.Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.
4.Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfyotlardir.
5.Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
6.Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.
7.Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kategoriyadir.
Shu bilan bir qatorda psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga kelgan.
Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni o‘rganishdan iborat.
Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning diqqat e’tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llailmayotgan bo‘lsa ham bu tushunchani ma’lum darajada pedagogik iste’molga kiritishga doir harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. Pedagogika oid manbalarda kreativlik ijod bilan bog‘liq holda o‘rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o‘zining ilmiy ishlarida kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya», «Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli o‘quv qo‘llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to‘xtab o‘tgan.

Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.


Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Xulosa
Xulosa o„rnida shuni aytish kerakki, oliy ta‟lim tizimiga kreativ kompetentli yondashuvning joriy etilishi ta‟lim maqsadi, mazmuni, o„qitish shakli, o„qitish usullari, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi o„rtasidagi munosabatlarida jiddiy o„zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shunga ko„ra, oliy ta‟lim muassasalarida ta‟limni tashkil etishning mavjud shakllari bo„lgan ma‟ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg„ulotlarini mazmun jihatidan o„zgartirish nazarda tutiladi. Ma‟ruza darslarini muammoli ta‟lim shaklida, seminar darslarni kreativ tafakkurni va amaliy mashg„ulotlarda tadqiqotchilik ko„nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo„lishligi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.


Download 127.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling