O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA”
fanidan
Guruh: 050-19
Talaba: Tursunxo’jayev.I.B
O‘qituvchi: Salixova.M.SH
Toshkent – 2023
TOPSHIRIQ 2
vazifa 1
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
Pedagogik faoliyat
Pedagogik jarayon
Adolat
|
G’oya
Milliy g’oya
Milliy mafkura
|
G’oya
Milliy g’oya
Milliy mafkura
|
vazifa 2
tushunchalar mazmunini
|
faoliyat
|
estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o‘ylab ko‘rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo‘lgan
mehnatining o‘ziga xos turi.
|
|
qobiliyat
|
insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi.
|
|
temperament
|
Temperament — (yunoncha temperamentum — sifatlar munosabatlarini aralashtiraman) inson psixik faoliyatining dinamik
xususiyatlari, jumladan tempning tezligi, ritmi, intensivligi jihatidagi xarakteristikasi.
|
|
Bilish jarayoni
|
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
|
|
sezgi
|
Bizni o‘rab turgan va mavjud bo‘lgan barcha narsa va hodisalar
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning
belgilaridir. Belgi bu predmetni boshqalardan ajratadigan omildir.
Xususiyatlar bevosita bizning ongimizda aks etib, bunda sezgi
organlari — ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri orqali
tuyushning roli katta. Bu eng oddiy psixik jarayon bo‘lib, narsa va
hodisalarning xususiyatlari, fizik jarayonlarning sezgi organlariga
bevosita ta’sir etishi natijasida ularning xususiyatlari alohida-alohida namoyon bo‘lishi sezgi deb ataladi.
|
|
ijtimoillashuv
|
Ijtimoylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni oʻrab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni oʻzlashtirishga moyilligi yoki oʻzlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tugʻilib, uni oʻrab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulgʻayishi, undan soʻng jamiyatga qoʻshilishi, oʻrgangan barcha tajribalarini atrof
|
|
xarakter
|
«Xarakter» so‘zi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat»
ma’nosini bildiradi. Bu so‘z «xarosso» fe’lidan kelib chiqib, uni
ushlamoq, chizmoq, qirqmoq deb tarjima qilish mumkin.
Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda
tushunish mumkin: keng yoki umumiy, maxsus, o‘ziga xos ma’noda.
Keng yoki umumiy ma’noda inson xarakteri deganda uning
xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi individual yaqqol namoyon bo‘lgan va sifat jihatidan turlicha bo‘lgan belgilar tushuniladi.
Tor yoki maxsus ma’noda olingan xarakter deganda shaxsning
psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasi va yo‘nalganligida namoyon bo‘ladi. Yo‘nalganlik bu insonning xarakterli xususiyati bo‘lib, faoliyatiga ta’sir etadi. Borliqqa nisbatan tanlangan
munosabatida aks etadi.
|
|
istedod
|
talant — nihoyatda zoʻr qobiliyat hisoblanadi. Biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. I. haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, I. xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tugma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi.
|
|
motiv
|
inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Baʼzan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
|
|
idrok
|
Idrokda esa, doimo idrok etuvchi shaxsning xislatlari uning
idrok etayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va his-tuyg‘ulari u yoki bu tarzda
aks etadi. Idrok bu narsa va hodisalarni bizning sezgi organlarimizga ta’sir etishi asosida ularning yaxlit obrazlari yuzaga kelish
jarayonlaridir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |