Mavzu: kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar


Download 417.29 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi417.29 Kb.
#1471531
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kredit foizi


Mavzu: KREDIT BO‘YICHA FOIZ STAVKALAR VA
ULARGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Reja:
Kirish
1. Kredit foiz stavkalari xususidagi nazariy qarashlar
2. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari va ulaming turlari
3. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari shakllanishining huquqiy asoslari
4. Kredit foiziga ta’sir qiluvchi omillar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash tijorat banklarining muhim daromad manbaiga aylangan.
Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashga mamlakatimizda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank kreditlari
berish amaliyotini takomillashtirish orqali erishish mumkin.
Tijorat banklari faoliyatining natijalari va banklar tomonidan
iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltiriladigan kreditlaming hajmi
ularga belgilanadigan baho darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kredit bahosi
xususidagi fikrlar dastlab Qadimgi Yunonistonda paydo bo 'Igan.
Platonning fikricha, «...kreditning faqat ishonch asosida va foizsiz
berilishi maqsadga muvofiq».10* Aristotel ham shunday fikrlarni
bildirib, «...pul pulni yaratmaydi va foizli daromad keltirmaydi»106
deb
yozadi. Uning fikri ham pulni foizga emas, balki vaqtinchalik
foydalanish uchun berishni yoqlaydi. 0 ‘sha davrga mos bunday
yondashuvlar sudxo‘rlik rivojlangan davrda jamiyat rivojlanishida
tabaqalanishni cheklash uchun xizmat qilgan.
Kredit foizi bu o‘ziga xos baho bo‘lib u vaqtincha foydalanganlik
uchun bahosidir. Amaliy nuqtayi nazardan foiz to‘lovlarining manbai
bu qarz oluvchining foydasidan ya’ni kreditdan foydalanish natijasida
oladigan foydaning bir qismi. Kredit foizi qarzdor tomonidan kredit
(ssuda)dan foydalanganligi uchun to‘lovdir. Kredit foizi tovar ishlab
chiqarish sharotidagi kredit munosabatlarida shakllanadi. Nazariy
nuqtayi nazardan kredit foizining manbasi sifatida qarzdoming
kreditdan foydalanishi natijasida olinadigan daromadning bir qismi
yuzaga chiqadi.



Download 417.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling