Mavzu: kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari shakllanishining
Download 417.29 Kb.
|
kredit foizi
3. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari shakllanishining
huquqiy asoslari Bozor munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va kredit munosabatlarining qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Bank va bank faoliyatiga oid huquqiy islohotlar respublikamizda bozor iqtisodiyoti jarayonlariga moslashayotgan hozirgi rivojlanish davri bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har qanday huquq sohasining asosiy manbasi hisoblanib, jumladan kredit munosabatlariga oid qonunchilikning ham muhim manbasi va huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tijorat banklari va ulaming kredit munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda bank sohasiga taa lluqli qonunlar muhimdir. Mamlakatimizda har qanday munosabatlami tartibga solish borasidagi huquqiy me’yorlar va tartiblar 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksida o‘z aksini topgan. Kredit munosabatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksiga muvofiq tartibga solinadi. Fuqorolik Kodeksining 41-bobi «Qarz va kredit» to‘g‘risida bo‘lib, uning ikki paragrafi kredit munosabatlariga bag‘ishlangan. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, tomonlar o‘rtasida kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidir. Kredit munosabatlarida ikki tomon, qarz oluvchi va kreditor ishtirok etib, ular o‘rtasida yuzaga keladigan o'zaro talablar va majburiyatlar shartnoma asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. «Banklar va bank faoliyati to ‘g‘risida»gi qonunning 3-bobi 31- moddasiga muvofiq, banklar o‘z mijozlari bilan o‘zaro munosabatlami shartnomalar asosida amalga oshiradi110. Kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi huquqiy-iqtisodiy shartlami, huquq va majburiyatlami aniqlaydi. Qarzdor va kreditor o‘rtasida kredit shartnomasi yozma ravishda tuzilib, tomonlar o'rtasida imzolanib huquqiy kuchga kiritiladi. Fuqarolik Kodeksining 744-moddasiga muvofiq, kredit shartnomasida bir tomon - tijorat banki yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi subyektga (qarzdorga) shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va belgilangan shartlar asosida pul mablagiarini (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul m ablagiarini va undan foydalanganlik uchun foizlami qaytarish majburiyatini oladi. Huquqiy nuqtayi nazardan qonuniy foizlar bilan shartnomaviy foizlar farqlanadi. Qonuniy foizlar pul majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda o‘matiladi. Shartnomaviy foizlar esa, qoidaga ko‘ra majburiyatlar o ‘z vaqtida bajarilmasa va uni bajarish m aium bir muddatga cho‘zilgan hollarda majburiyat summasiga nisbatan foizlar belgilash tomonlar o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan taqdirda yuzaga keladi. Qarz shartnomasi yoki mahsulot sotish va xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarda shartnomaviy xarakterdagi foizlami belgilash mumkin. Bunda qarz bitimlarida foizlami to iash shartnomada ko‘rsatilgandagina amalga oshiriladi. Kredit shartnomasida esa, foizlami qonun asosda belgilanishi majburiy hisoblanadi. Kreditor va qarz oluvchi kredit shartnomasida toianishi lozim foizlami kelishib belgilamasa, bunday kredit shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Xuddi shu jihati bilan kredit kredit shartnomasi qarz (pullik) shartnomasidan farq qiladi. Qarz shartnomasi esa imzolangan hisoblanadi va unda foiz shartlari boimasligi mumkin. Toianishi lozim bo‘lgan foizlar to‘g‘risidagi shart kredit shartnomasidagi ta’minlanish xarakterini ifodalaydi. Kredit summasiga hisoblanadigan foizlar bu kredit shartnomasidan kelib chiqqan holda kredit muddati va qarz oluvchining shartnomada qayd etilgan shartlarda va tartibda to‘lanadigan to‘lov hisoblanadi. Huquqiy tasnif nuqtayi nazaridan kredit summasi uchun foiz bu bank kreditor uchun uning ko‘rsatgan xizmatlari uchun toianadigan “pul mukofoti” (kredit berilganlik uchun to‘lov) hisoblanadi. Bunday mukofotni pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida olinadigan bank kreditor daromadlarining bir turi sifatida qaraymiz. Foizlar hajmi (foiz stavkasi) to‘g‘risidagi shart kredit shartnomasida tomonlar o‘rtasidagi kelishilgan foiz stavka sifatida ifodalanadi. Bunda foiz stavka hajmi tomonlar manfaatiga mos bo‘lishi lozim, ya’ni foiz stavkasi miqdori nolga teng boimasligi va juda yuqori bo‘lmasligi lozim. Bank kreditni foizsiz berganda, boshqa bitimni tuzish yoki qarz oluvchidan boshqa manfaat ko‘zlayotgan bo‘ladi. Ushbu amaliyot ayrim mamlakatlar bank amaliyotida mavjud bo‘lib, foizsiz kreditlar taqdim etish orqali bank mijozlaridan boshqa ko‘rinishda daromad olishni ko‘zlaydi. Kredit shartnomasi konsensual shartnoma hisoblanib, u kredit munosabatlari ishtirokchilari tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va huquqiy kuchga kiradi. Ammo, berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag‘laridan foydalanilgan davr uchun to‘lanadi. Bank kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladigan kredit bitimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ma’lum bir to‘lov evaziga tuziladigan, ya’ni qarzdor kreditorga kreditdan foydalangani uchun foiz, vositachilik - komission ko‘rinishida haq to‘lashi haqidagi shartnomadir. Kredit shartnomasining muhim elementlaridan biri foiz stavkalarining belgilanishidir. Bank kreditidan foydalanganlik uchun toiov miqdori shartnomada ko‘rsatib oiiladi. Bank kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, bank kreditidan foydalanganlik uchun foiz toiovlarini o‘z vaqtida qaytarishni qarzdordan talab qilish huquqiga ega boiadi. Bundan tashqari, kredit shartnomasida bir martalik vositachilik va komission haq toianishi belgilash mumkin (qonunchilikda belgilangan tartibda). Ushbu shartlar kredit shartnomasining tegishli boiim ida aks ettirilishi lozim. Demak, kredit foiz stavkasi qarz oluvchi va kreditor o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi. Endi kredit shartnomasida kredit foizi miqdorini o‘matishning qonunlarda qayd etilgan jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Qonunlar oliy yuridik kuchga ega 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qabul qilinadigan huquqiy akt hisoblanadi. Qabul qilinadigan qonunlarda hamma sohalar singari, bank faoliyatiga oid iqtisodiy munosabatlaming asosiy mazmuni va ulami huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy usullari, maqsad hamda vazifalari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalar, xizmat haqi va komission toiovlar Qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Jumladan, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘rida»gi Qonunning 28-moddasi birinchi bandiga muvofiq, bank kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar113. Kredit foiz stavkasi va boshqa toiovlam i belgilash tartibi bank siyosatida o‘z aksini topadi. Respublikamizda tijorat banklari chakana xizmatlarining rivojlanib borishi, aholi va banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami takomillashtirishni talab etdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi, «Ipoteka to‘g‘risida»gi va «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonunlariga muvofiq, bank va qarzdorlar o‘rtasida kredit munosabatlari qonuniy jihatdan tartibga solinadi. Xususan ularda bank kredit xizmatlarini ko'rsatish shartlari, tartibi va ular bo‘yicha belgilanadigan foiz stavkalaming huquqiy asoslari belgilab berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi 2006-yil 24-fevralda qabul qilingan Qonunning 7-moddasi 4-bandiga asosan iste’mol kreditini berish qoidalari, kredit miqdori va muddati, foiz stavkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamma uchun ochiq boiishi ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 10-moddasiga muvofiq bank va mijoz shartnoma asosida kredit munosabatlari kuchga kirishi, shartnomada foiz stavkasi ko‘rsatilishi va u tomonlar kelishuvi asosida o‘matilishi belgilab qo‘yilgan. «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga muvofiq, kredit tashkilotlari qarz oluvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining ochiq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Banklar mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda mijozlarga moliyaviy xizmat miqdori (summasi), muddati va undan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq to‘g ‘risidagi ma’lumotlami taqdim qilishi kerak. Ushbu qonunning 14-moddasida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma tuzilishi orqali amalga oshirilishi va unda foizlar yoki lizing toiovlari miqdorini aniq belgilash Iozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmat bo‘yicha asosiy qarzlami qaytarish tartibi va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddatlari o‘z aksini topishi lozim. Bankdan olingan mablagiar muddatidan ilgari qaytarilishi va mijozlar haqiqatda foydalangan muddati uchun hisoblangan foizlami toiashi qonunning 19- moddasida aks ettirilgan. Haqiqatda foydalanilgan davr uchun foizlar toianish sharti kredit shartnomasida ham ko‘rsatilgan boiishi kerak. Qonunlar asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlar davlat boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan me’yoriy hujjati boiib, bank faoliyatiga oid muayyan tartib - qoidalami o‘zida mujassamlashtiradi. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlami belgilashning ikkilamchi huquqiy manbai bu qonun osti chiqarilgan hujjatlardir. Markaziy bank о ‘zining vakolatlaridan kelib chiqib 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida barcha subyektlar ijro etishi majburiy boigan me’yoriy hujjatlami chiqarish huquqiga ega. Markaziy bank tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha qonunchilik doirasida normativ hujjatlami qabul qiladi. Kreditlash bilan bogiiq me’yoriy hujjatlarda, ayniqsa imtiyozli foiz stavkalar va ulami qoilash borasidagi tartiblar o‘z aksini topgan. Imtiyozli foizlami o‘matishning birlamchi qonuniy asosi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasi hisoblanadi. Unda tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditlash uchun Markaziy bank, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlari bo‘yicha foizlami o‘matishida yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun toiov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bogiiq xarajatlarining qoplanishi e’tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromadni olishni ta’minlashi lozim. 0 ‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy qoilab-quvvatlash tijorat banklari orqali amalga oshirilib, ularga imtiyozli foizli kredit resurslarining berilishi qonun va qonun osti hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq kredit resurslaridan erkin foydalanish tartibi ko‘rsatiIgan114. Unda tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq, kredit resurslaridanerkin foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, byudjetdan tashqari fond va jam g‘armalar m ablagiari hisobidan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun byudjet m ablagiari hisobidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi qayd etilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish tarmog‘i yanada kengaytirildi. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki kreditliniyalari orqali boshlangich sarmoyani shakllantirish uchun, aylanma mablagiami toidirish va biznesni risvojlantirishga va mikrolizing xizmatlari uchun imtiyozli kreditlar berish boshlandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qoilab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar foiz stavkalari pasaytirilib inqiroz sharoitida ularning barqaror rivojlanishining manbai yaratildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit foiziga ta’sir ko‘rsatish uchun tijorat banklarini kreditlash hajmini oshirishi va shu asosda ularning kreditga boigan talabini qondiradi hamda banklaming likvidliligiga ta’sir qiladi. Markaziy bank pul massasi va foizlami tartibga solishda qayta moliyalash siyosatini amalga oshirib, tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini beradi. Markaziy bankning “Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasiga muvofiq, qayta moliyalash kreditlari miqdori tijorat banki tomonidan kredit resurslarini tartibga solish fondiga oikazilgan m ablagiam ing 30 foizigacha, muddati 7 ish kunigacha, tijorat banki va Markaziy bank o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida beriladi. Taqdim qilingan kreditlar uchun yillik foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan 1,3 marta oshiriladigan miqdorda belgilanadi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kreditlash uchun tijorat banklariga direktiv berilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining qarorida (farmoyishlarida) ustuvor tarmoqlar va obyektlar ro‘yxati, ajratiladigan direktiv kreditlar hajmi, ulami qaytarilishini ta’minlash shakli, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari, kreditning maqsadi, kreditni berish grafigi, foydalanganlik uchun foiz, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlami to‘lash muddati va tartibi ko‘rsatiladi. Direktiv kreditlar bo‘yicha yillik foiz stavkasi, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining asosiy parametrlariga asoslangan holda belgilanadi. Ushbu kreditlar bo‘yicha foizlami hisoblash Markaziy bankning shu davrdagi qayta moliyalash stavkasi asosida har oyda amalga oshiriladi va kredit shartnomasida o‘z aksini topadi. Agar kredit shartnomasida boshqa tartib ko‘zda tutilsa, shartnoma shartlariga amal qilinadi. Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirishda bilvosita instrumentlardan kengroq foydalanadi. Markaziy bank tijorat banklariga lombard kreditini (qayta moliyalashtirish kreditining turi) berish orqali iqtisodiyotdagi pul massasi va shu orqali foiz stavkalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Markaziy bank “0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvida tasdiqlangan 1998-yil 22-avgustda 416-sonli yo‘riqnomasiga asosan, tijorat banklariga lombard kreditini banklar arizalarini o‘zgarmas lombard foiz stavkalari bo‘yicha qondirish yo‘li bilan, shuningdek, yuzaga kelgan chegirish stavkalari bo‘yicha banklar arizalarining auksionlarini o‘tkazish orqali beriladi. Banklarga lombard krediti uch oy gacha bo‘lgan muddatga berilib, berilgan lombard kreditining qaytarish muddati uzaytirilmaydi. Tijorat banklariga lombard krediti o‘zgarmas foiz stavkasida beriladi va unda Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan va shartnoma tuzish sanasida amalda bo‘Igan Markaziy bankning stavkasi asos qilib olinadi. Markaziy bank lombard stavkasi o‘zgarganda lombard kreditidan foydalanganlik uchun foizlar qayta o ‘matiladi. Foizlami hisoblash va ulami undirish Markaziy bank Boshqaruvining lombard stavkasi miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori kuchga kirgan vaqtdan boshlab tuzilgan shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu shartnoma bir tomonlama xarakterga ega. Tijorat banklarida kreditlar operatsiyalari va ulaming buxgalteriya hisobini yuritish 0 ‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashkil qilinadi. Ushbu Qonunga muvofiq tijorat banklarining muomalalari va operatsiyalami hisobga olishning tartib qoidalarini 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinishi 5-moddada ko‘rsatib o‘tilgan. Tijorat banklarining berilgan kreditlari va ular bo‘yicha hisoblanadigan foizlar bank balans hisobvaraqlarida aks ettirilib borilishi lozim. Bank muassasalarida kredit foizlarining buxgalteriya hisobi Markaziy bankning 2004-yil 27-noyabrdagi 25/9-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 594-sonli “Tijorat banklarida kreditlaming buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va 2004-yil 30-yanvarda qabul qilingan “Tijorat banklarida foizlami hisoblash to‘g‘risida”gi 1306 - sonli nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha foizlarni hisoblash va ulami buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartib - qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, banklaming depozitlar va kreditlar bo‘yicha foizlami hisoblash bo‘yicha Markaziy bankning 1998-yil 2-oktyabrda qabul qilingan 424- sonli “Tijorat banklarida kreditlar va depozitlar bo‘yicha foizlami hisoblash to‘g‘risida”gi nizomga asosan kreditlami foizlarini hisoblash amalga oshiriladi. Ushbu tartib talablariga muvofiq bank kunlik asosda balans hisob varag‘ida foizlami hisoblaydi. Kreditlar bo‘yicha foizlami undirish kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatlar va davriylikda amalga oshiriladi. Tijorat banklarini foiz siyosatini amalga oshirishda Markaziy banki 2003-yil 11-oktyabrdagi 27/7-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Foizlami o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi 541-sonli nizomga muvofiq kreditlar va ular bo‘yicha foizlami Moliyaviy hisobotlaming xalqaro standartlariga muvofiq o‘stirmaslik tartibini belgilaydi. Tijorat banklarida kreditlarga o‘stirmaslik maqomi berilishi, ya’ni bankning berilgan kredit bo‘yicha hisoblangan foiz daromadini toTiq olish ehtimoli mutlaqo qolmaganda yoki mijozdan asosiy qarzning summasini to‘liq olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, kreditga hisoblash usulini qo‘Uash to‘xtatilishi tushuniladi. Tijorat bankining krediti bo‘yicha foizlami balans hisobvaraqlarida hisobga olish to‘xtatiladi va balansdan tashqari balans hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablari mavjud. Banklar kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlami o‘matishda alohida olingan kredit turlari bo‘yicha mavjud qonun va me’yoriy hujjatlarga asoslanadi. Tijorat banklari kredit siyosatining muhim elementi foiz stavkasi bo‘lib, u orqali banklaming kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlar o‘matilishi tartibi belgilanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 22-fevral 2000-yilda qabul qilingan 429-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq bank kredit siyosatini ishlab chiqadi. Kredit siyosati alohida huquqiy hujjat bo‘lib, bankning kreditlash faoliyati maqsad va vazifalarini aniqlab beradi. Kredit siyosati amaldagi qonunchilik va m e’yorlarga asoslanib har yili kamida bir marta ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim. Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablardan biri kreditlar bo‘yicha belgilanadigan foiz stavkalari va uni o‘matishga doir qo‘yiladigan talablardir. Ushbu nizomning 2.9-bandiga muvofiq kredit siyosati tijorat bankining kredit turlari va qarzdorlar toifalari bo‘yicha belgilanuvchi foiz stavkalami o‘matishda foydalaniladigan omillami o‘zida mujassamlashtirishi lozim. Tijorat banki kreditlar bo‘yicha foiz hajmini belgilashda bank resurslari qiymatini, kredit operatsiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq bank xarajatlari, vositachilik haqi, kredit sifatiga ko‘ra ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zaxiralar me’yori va bank minimal foyda olishini ta’minlovchi marjani hisobga olishi nazarda tutilgan. Kredit siyosatida bank qarz oluvchi mijozlarga ularning olgan kreditlari bo‘yicha o‘matiladigan foiz stavkalarini belgilanishi tartibini asoslab berishi lozim. Tijorat banklari va mijozlar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida iqtisodiyotda yuz beradigan inflyatsion ta’sir va bazaviy stavkalarning o ‘zgarishini hisobga olishlari lozim. Bu ham bank kreditlari va ularda olinadigan foizlaming qiymatiga ta ’sir ko‘rsatadi. Suzib yuruvchi foizlami qoilash mexanizmini shartnoma shartlari sifatida kiritish maqsadga muvofiq boiib, bank faoliyatida yuzaga keadigan foiz risklarini kamaytiradi. Kreditlami suzuvchi foiz stavkasida berish banklarga berilgan kreditlaming foiz stavkasiga bozordagi foiz stavkalarining tebranishni hisobga olib tegishli o‘zgarishlar kiritish imkoniyatini beradi va bank krediti foizi ssuda bozorida foizning me’yori oshishi natijasida ko‘rilishi mumkin boigan zararlardan qochish uchun zamin yaratadi. Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlami huquqiy tartibga solish, ulami ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan boiib, ushbu muammolami rivojlangan mamlakatlaming bank qonunchiligi bilan solishtirish asosida ulami tajribasini o‘rgangan holda xulosa va tavsiyalar berish, respublikamiz bank qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi. 4. Kredit foiziga ta’sir qiluvchi omillar Tijorat banklaming kreditlash operatsiyalari va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolardan biri kredit uchun foizlami belgilash hisoblanadi. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz bir qator omillar ta’sirida yuzaga keladi va belgilanadi. Kredit uchun foizlami shakllanishida ta’sir qiluvchi omillami ikkita katta guruhga ajratilgan holda o'rganiladi. Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asos bo‘lib bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga to‘lov miqdorining erkin o‘zgarishi sharoitida xo‘jalikda o‘rtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u yoki bu tomonga o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillami tashqi va ichki omillarga bo‘lamiz. Tashqi omillar banklar va banklaming kreditlash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasdan balki, tashqi ta’sir qiluvchi omillarga bo‘linadi. Kredit foiz stavkasining o‘zgarish dinamikasi, butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar kredit foiz stavkasi talab va taklif asosida shakllanadigan bo‘Isa, iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari va moliya bozorlaridagi muvozanat ta’minlanadi. Markaziy bank pul-kredit siyosati va uning holati. Ushbu omillar ichida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatini yuqori ta’sirga ega deb baholaymiz. Sababi, mazkur omil iqtisodiyotdagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatadi va uning natijasida kredit resurslariga nisbatan talab va taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Kredit uchun foiz stavkalami shakllanishida, bevosita Markaziy bank pul-kredit siyosatining ta’siri yuqori boiadi. Chunki pul bozorlaridagi ishtiroki orqali, pul-kredit siyosatini amalga oshirib pulga boigan talab va taklifga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunda tijorat banklari va Markaziy bank o‘rtasidagi kredit auksionlarini o‘tkazish, tijorat banklarini qayta moliyalashtirish orqali mamlakatdagi pul bozorlariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi kutilayotgan inflyatsiya darajasi ham kredit foiz stavkasi darajasiga ta’sir qiladi. Bunday sharoitda kreditning bahosi oshadi, chunki m aium bir vaqt ichida bank krediti o‘zining oldingi qiymatini qoplamasligi mumkin. Pul bozoridagi talab va taklif nisbati. Mamlakatdagi pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, iqtisodiyot subyektlari pul bozorda kreditga boigan talab va unga nisbatan tijorat banklari tomonidan taklif qilinadigan kreditlar taklifi nisbati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Kredit resurslariga boigan talab oshsa kredit foiz stavkasi ortadi, aksincha taklif oshib borsa, u holda bank kredit foiz stavkalari pasayadi. Inflyatsiya sharoitida milliy valyuta jam g‘arish funksiyasini xorijiy valyutalarga o'tkazadi va natijada valyuta bozorida xorijiy valyutalarga boigan talab oshadi. Bunday sharoitda ulami tartibga solishda foiz stavkasi asosiy ahamiyatga ega. Agar foiz me’yori iqtisodiyotdagi baholar o‘sishini qoplasa, mijozlarda banklarga nisbatan ishonch hosil boiadi. Buning natijasida bank depozit bazasi oshadi hamda valyuta bozorida xorijiy valyutaga boigan talab qisqaradi. Inflyatsiya va bandlik darajasi. Mamlakatdagi inflyatsiya darajasi keyingi ta’sir qiluvchi omillardan hisoblanadi. Inflyatsiya darajasi yuqori sharoitda qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha o‘z qadrini to iiq yoki qisman yo‘qotishi mumkin. Ushbu sharoitda kredit tashkilotlarining aktivlari qadrsizlinishi ro‘y beradi. Bugungi kundagi kreditning qiymati berilgan vaqtdagi qiymatini qoplamaydi yoki boshqacha so‘z bilan ifoda etganda kredit tashkilotlari yutqazadi. Shu sababdan, kredit foiz stavkalarini shakllantirishda inflyatsiya darajasini hisobga olish lozim. Bandlik darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish barqaror rivojlanishidan dalolat beradi. Bunday sharoitda kreditga boigan talab mavjud va doimiy o‘sib borishi mumkin. Bu esa kreditlar foiz stavkasi darajasini yuqori boiishini ta’minlaydi. Aks holda ishsizlik darajasi oshib borishi, ishlab chiqarish qisqarishi va resurslarga b o igan ehtiyoj kamayishi mumkin. Iqtisodiyotda kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori boisa, kredit taklifi kam boiadi. Kredit taklifi kamayishi natijasida uning bahosi oshadi. Markaziy bankning ekspansionistik monetar siyosati (qayta moliyalash stavkasini tushirish, pul massasini ko‘paytirish) pul massasining o‘sishiga, shuningdek, kredit taklifining ko‘payishiga olib keladi. Buning natijasida esa bank aktivlari tarkibida sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa qisqa muddatli kreditlaming kredit portfelidagi ulushi keskin oshib boradi va uzoq muddatli kreditlar hajmi qisqaradi. Moliya borzori va bankiararo pul resurslari bozorining rivojlanganlik darajasi Moliya bozorining rivojlanishi qimmatli qog‘ozlar bilan bogiiq operatsiyalami rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Bankiararo kredit resurslari bozori kreditlar va investitsiyalami real iqtisodiyotga tez va samarali qayta taqsimlash hamda joylashtirishni ta’minlaydi. Bankiararo bozor zamonaviy bank tizimining asosini tashkil etib, banklaming zarur m ablagiardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi, bank operatsiyalari hajmining oshishini ta’minlaydi hamda zaxira m ablagiam i band qilish zaruriyatini pasaytiradi. Bankiararo kreditlar bozorida o‘rtacha foiz stavkalari bo‘yicha m aium otlar bilan ta’minlash va shu orqali bankiararo kredit bozorida pul m ablagiarining milliy ko‘rsatkichlarini aniqlash muhim hisoblanadi. Bankiararo kredit bozori mexanizmining amal qilishi, foiz stavkalaming e’lon qilib borilishi tijorat banklarida kredit foiz stavkalarining keskin tebranishlarini kamaytiradi hamda kelajakdagi holatini prognoz qilish imkonini yaratadi. Bankiararo raqobat kredit foiz stavkalarini va u bilan bogiiq kreditlash xarajatlarini pasaytirishning samarali bozor vositasi hisoblanadi. Raqobat sharoitida banklar kredit foiz stavkalarini optimal shakllantirish orqali mijoz bazasini oshirish, mavjud mijozlami saqlab qolishi va yangi mijozlami keng jalb qilishi mumkin. Bank tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mijozlar manfaatlarini himoya qilish bilan birga kreditlash ko‘lamini kengayishiga sezilarli yordam beradi. Xulosa Ushbu omil dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga keladigan iqtisodiy tanglik yoki turli inqirozlar natijasida boshqa davlatlar bank-moliya tizimiga ta’simi keltirib chiqaradi. Chunki, bugungi globallashuv sharoitda dunyo mamlakatlari o‘zaro turli aloqalarga kirishadi. Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo‘Igan inqirozlar natijasida bank tizimida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflyatsiyaning kuchayishi, valyuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi. Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi ham kredit foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi makrodarajadagi omillar qatoriga kiradi. Bunday sharoitda kredit resurslariga bo‘lgan talab oshadi va aksincha taklif qisqaradi. Natijada bank kredit foiz stavkalari oshishiga olib keladi. Kredit foiz stavkalarini shakllanishiga boshqa turdagi omillaming ta’siri boiishi mumkin. Masalan, qarzga olinadigan pulni foydalanish yo‘nalishi yoki tadbirkorlik sohasi. Kredit tadbirkor uchun ko‘p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini toiaroq qondirsa, foiz yuqori bo‘Iadi, aks holda u pasayib ketadi. Tijorat banklari kredit foiz stavkalarini shakllantirishda ichki omillaming ta’siri ham yuqori hisoblanadi. Ichki omillar tijorat banklari holatidan kelib chiqib baholanadi. Download 417.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling