Muxtoriylik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
T/r
|
Nomi
|
1-sinf
|
2-sinf
|
3-sinf
|
1.
|
Qoplash koef. (Q.k)
|
Q.K 2
|
1
|
0,5
|
2.
|
Likvidlik koef.(L.k)
|
L.K 1,5
|
1< L.k <1,5
|
0.5
|
3.
|
Muxtoriylik koef.(M.k)
|
M.k 60%
|
30%< M.k<60%
|
15%>M.k<30%
|
Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo`riqnoma bo`yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko`rsatkichi bo`lib: qoplash koeffitsienti, likvidlik koeffitsienti va o`z aylanma mablag`lari bilan ta`minlanish koeffitsientlari hisoblanadi.
Korxonalarning kreditga layoqatlik ko`rsatkichlari bo`yicha sinflarga bo`linishi.
Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya`ni ishonchli krediti berilishi, qo`shimcha ma`lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi hamda boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo`jalik yurituvchi sub`ekt manfiy qo`shimcha ko`rsatkichlarga ega bo`lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo`shimcha choralari ko`zda tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va muddatlari cheklanishi kerak.
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol-mulk garovga qo`yilgandagina kreditlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |