Bank marketingi birinchi navbatda bankning potensial mijozlarini qidirib topishini bildiradi. Bank mijozni hamda o'zining iqtisodiy potensialini birgalikda qo'shib o'rganadi. Bank xizmatini yangi turlariga bo'lgan talabni o'rganish hozirgi zamon banklarining eng dolzarb masalasidir. - Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketmaket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo’lib, ma‘lum davriylik bilan takrorlanib turadi. Umuman olganda, iqtisodiy nazariyada iqtisodiy inqiroz deganda mamlakat iqtisodiy holatining birdaniga yomonlashuvi tushunilib, u ishlab chiqarishning keskin pasayishi, ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi, korxonalarning bankrotligi, yoppa ishsizlik, milliy valyutaning devalvatsiyalanishi, kapitalning qochishi, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarda namoyon bo’ladi.
- Ma‘lumki, fond bozoridagi spekulyativ ko’piklar bank sektoriga nisbatan sezilarli darajada salbiy ta‘sirni yuzaga keltiradi. CHunki garov ta‘minoti sifatida olingan qimmatli qog‗ozlar bahosining pasayishi inqirozning yanada chuqurlashuviga sabab bo’ladi. Qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini bajara olmasligi natijasida, mazkur qimmatli qog‗ozlarni fond bozorida sotish zarurati tug‗ilsa, bu, o’z navbatida, qimmatli qog‗ozlar taklifining ko’payishi va shuning asosida ular bahosining yanada pasayishiga olib keladi. Pirovard natijada, banklarning balansida yirik miqdordagi zararlar va uning orqasidan likvidlilik muammolari avj oladi.
- Bank inqirozi quyidagi holatlarda sodir bo’ladi, agar:
- • ishlamaydigan aktivlarning bank tizimi yalpi aktivlaridagi ulushi 10 % dan ortiq bo’lsa;
- • bank tizimini qutqarish uchun sarflanadigan xarajatlar qiymatining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ikki foizdan oshiq bo’lsa;
- • banklarning bankrotlashuvi yoki milliylashuvi kuzatilsa;
- • hukumat moliya bozorlari va moliya institutlarini qutqarish uchun
- ekstraordinar choratadbirlarni qo’llasa;
- • hamma iqtisodiy va moliya inqirozlarning chuqurlashuvi, moliyaviy va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishining davomiyligi xalqaro va milliy doirada sodir bo’lsa.
- Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablag‘lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |