Mavzu: Kredit, uning zarurligi, prinsiplari, funksiyalari va turlari Tayyorladi: A. Normurodov
Download 1.87 Mb.
|
kredit
Mavzu: Kredit, uning zarurligi, prinsiplari, funksiyalari va turlariTayyorladi: A.NormurodovREJA:
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman, maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish.
Krеditning mоhiyati uning ichki bеlgilarini оchib bеrishga qaratilgan. Krеditning mоhiyatini оchish - bu uning sifatlarini, krеditning muhim tоmоnlarini, uni iqtisоdiy munоsabatlar tizimining bir elеmеnti sifatida ko’rsatuvchi asоslarini bilish dеmakdir. Iqtisоdchi оlimlardan Qоdirоv A., Pеssеl M. Krеdit iqtisоdiy katеgоriya bo’lib, unda ishlab chiqarish munоsabatlari o’z aksini tоpadi va davlat, xo’jalik tashkilоtlari, kоrxоnalar va muassasalar bir-biriga krеditni ma’lum vaqtga, uni qaytarib bеrish va to’lash sharti bilan bеradilar dеb ta’kidlaydilar. Kreditlash Mijozning kreditga qobiliyati Kredit siyosati Kredit hujjatlarini yig’ma jildini Kredit operasiyalari Kredit ta’minoti Kreditni qaytarish xohishi Kreditni qaytarish imkoniyati Kredit shartnomasi Kreditlash tasnifi Kredit arizalari Kredit chegarasi Kredit foizi Kredit monitoring
Krеditning ba’zi muhim tоmоnlarini quyidagicha ta’kidlashimiz mumkin. Birinchidan, uning ijtimоiy mahsulоt yaratish, milliy darоmad va pul rеsurslarini qayta taqsimlashga bоg’liqligi; Ikkinchidan, krеditning harakat shakliga (tоvar yoki pul tarzida) ega ekanligi; Uchinchidan, takrоr ishlab chiqarishdagi harakatning asоsiy hal etuvchi bеlgisi (qarz) ekanligi va hakоzоlar. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega.
Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir.Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir.Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o’z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko’ra kredit uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo’linadi.
Bu tamoyil yordamida xalq xo’jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy ishilab chiqarish o’rtasida bo’lishi zarur bo’lgan proportsiyalarining bir me’yorda bo’lishi rag’batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik oborotida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan moddiy boyliklarning bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo’jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to’liq tovar moddiy boyliklari va malum xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o’z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta tasir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga muhim e’tibor berilmoqda.
Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko’rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak Kreditnig funksiyalari Kredit 3ta funksiyani bajaradi: 1) Haqiqiy pullarni kredit operatsiyalari orqali almashtirish funksiyasi. 2) Qayta taqsimlash funksiyasi-kredit vositalari vaqtinch bo`sh turgan mablag`larni unga muxtojlar foydasiga qayta taqsimlanadi. 3) Kredit muomula vositasini yaratish funksiyasi. Kreditning 3ta muomala vositasi bor
Kredit funksiyalarini to`laqonli amal qilishi uchun zarur shart - sharoitlar bo‘lishi kerak. Ana shunday sharoitlardan biri rivojlangan moliya bozorining mavjudligi hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi kreditning funksiyalarini to`laqonli amal qilishiga ta’sir etuvch asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mamlakat kredit tizimining rivojlanganligi 3-omil hisoblanadi. Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurulish, qishloq xo’jaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi. Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalar berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. Ipoteka krediti — ko’chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. Xalqaro kredit — ssudakapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling