MAVZU. KREDIT VA UNING HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI
Mundarija
Kirish ....................................................................................................................... 3
1. Kreditning turlari va shakllari. Kreditning tarmoq yo’nalishiga ko’ra
turlari ....................................................................................................................... 5
2. Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko’rsatishi ko’ra turlari. Kreditning kreditlash obyektlariga ko’ra turlari ............. 14
3. Kreditning ta'minlanganligiga ko’ra turlari ....................................................... 19
4. Kreditning muddatiga ko’ra turlari .................................................................... 24
Xulosa .................................................................................................................... 34
Foydalanilagan adabiyotlar ro'yxati ...................................................................... 37
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari — tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisodiyotdir. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish — dolzarb omillardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tishda iqtisodiy kategoriya sifatida pul, kredit, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati hamda ahamiyatiga boshqacha yondashish zarur. Izchil yuqori o’sish sur'atlari, yurtimizda barpo etilgan bank- moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o’zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamotchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e'tirof etilmoqda. Haqiqatan ham, qariyib yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daro- madlari 3,8 barobarni tashkil etgani e'tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijti- moiy- gumanitar sohada erishilgan marralar — aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko’payganligi diqqatga sazorvordir». Bozor munosabatlari sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi holat uchun javobgarligini oshi- rish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va nufuzini ta'minlash borasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ma'lumki, 2008-yilning ikkinchi yarim yilligidan butun dunyo miqyosida avj ola boshlagan jahon moliyaviy-iqti- sodiy inqirozining asosiy sabablaridan biri ham moliya, pul, bank tizimi va kreditlash jarayonlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklar hisoblanadi. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, «jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya'ni to’lov qobiliyatining zaifligi bilan bog’liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag’larining yetishmasligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |