Pulning zarurligi va mohiyati


Download 47.96 Kb.
bet1/9
Sana07.03.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1243840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul muomalasi va kredit statistikasi


Pul muomalasi va kredit statistikasi
Mundarija:




Kirish :







Asosiy qism




I боб

PULNING ZARURLIGI VA MOHIYATI




1.1.

Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi




1.2.

Pulning mohiyati va uning xususiyatlari




II bob.

PULNING FUNKSIYALARI VA ROLI




2.1.

Pulning funksiyalari va ularga tavsif




2.2.

Pul funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



KIRISH
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari — tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘- nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib boriladigan iqtisodiyotdir.


0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish — dolzarb omillardan bo‘lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy kategoriya sifatida pul, kredit, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati hamda ahamiyatiga boshqacha yondashish zarur.
Mamlakatimiz Prezidenti I .A. Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fu- qarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ta’kidlanganidek1, «Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamotchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyib yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mo- baynida 0‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daro- madlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijti- moiy-gumanitar sohada erishilgan marralar — aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘payganligi diqqatga sazorvordir».
Bozor munosabatlari sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o‘zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og‘irlik markazi ana shu tizimlarga ko‘chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklar-
ning mustaqilligini va pul muomalasidagi holat uchun javobgarligini oshi- rish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so‘mning barqarorligi va nufuzini ta’minlash borasidagi muammolarni o‘rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o‘ta dol- zarb masalalardan hisoblanadi. Ma’lumki, 2008-yilning ikkinchi yarim yilligidan butun dunyo miqyosida avj ola boshlagan jahon moliyaviy-iqti- sodiy inqirozining asosiy sabablaridan biri ham moliya, pul, bank tizimi va kreditlash jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hisoblanadi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bogiiq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi»2.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ham hattoki, ko‘pgina rivojlan- gan davlatlar iqtisodiyotida ham jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari, ta’siri sezilib turibdi.
Shunga qaramasdan, «2008—2010-yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda 0‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot- ning o‘sish sur’atlari 2008-yilda 9 foizni, 2009-yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011-yilda esa 8,3 foiz darajasida bo'lishi belgilab berilayotgani ko'pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarz- lari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda 0‘zbe- kistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat budjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda»3.
Bularning barchasi 0‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos «o‘zbek modeli» deb nomlangan mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab olganligi va bu yo‘ldan sobitqadam ilgarilab borayotganligining natijasidir.
Bozor munosabatlarining har tomonlama taraqqiy qilib borishi pul, kredit, moliya, soliq munosabatlarining ham yanada takomillashib bo- rishini taqozo qiladi. Shu sababli bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtayi nazardan o‘z javoblarini kutmoqda:

  • Naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga sabab nima?

  • Aholi qo‘lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo‘l qo'ymaslik mumkin?

  • Kredit bahosini qanday qilib arzonlashtirish mumkin?

  • Bank barqarorligini ta’minlash va bank xavf-xatarlaridan qanday himoyalanish mumkin?

  • Milliy valuta kursining almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?

  • Inflatsiyaning oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?

Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqa- rishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga eri- shishda kreditdan foydalanish, banklar faoliyatining samaradorligini oshirish, kreditdan foydalanishda salbiy hollar oldi olinishini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog‘i va sifati sohasida ba’zi bir muammolar mavjud.
Har bir jamiyatda bank tizimi iqtisodiyotning muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo‘jaliklarga kredit berish, korxona, tashkilotlar o‘rtasida hisobkitoblarni o‘tkazish jarayoni, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o'zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funksiyalar hamda ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o‘zgarib bormoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tatbiq qilish, mijozlaming qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo‘llash, turli xil kredit institutlarini barpo qilish lozim. Shu bois ham Prezidentimiz «...bank ishini yanada takomiilashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, ...banklarning kapitallashuv darajasini, ularning investitsion va kredit faoliyatini kengaytirish ishlari 2009-yilda ustuvor vazifa bo‘lib qoladi»4, deb ta’kidlaganlar.
Bozor iqtisodiyoti banklarning o‘rni hamda faoliyatining muhimligi, pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishini, shu sohada malakali kadriar tayyorlashni va ma/jud niuammolai yechimini iopishni taqozo qiladi.
«Pul, kredit va banklar» o‘quv dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalish sohalariga taalluqli bo‘lgan mavzularni o‘z ichiga oladi. 0‘quv qo'llanmada bozor iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga taalluqli bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarning aniq mustaqil yo'nalishlaridan bo‘lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus bo‘limi — pul, kredit, banklar, biijalar bilan bog‘liq sohalardagi iqtisodiy munosabatlarning ifodasini o‘zida aks ettiradi.

I боб. PULNING ZARURLIGI VA MOHIYATI
1.1. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi
Har bir iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqeyi, ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul — «bozor tili», deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi — daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va
Aflotundan boshlab, XX asrning boshigacha, pul to‘g‘nsida jahonda besholti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to‘g‘risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha bor oshib ketgan, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘iida pulning ko‘payishi, ular boyligining ortishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, kabi misollarga hali to‘liq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining qo‘llanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak,j)ulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki g‘oya mavjudligini ko‘rish mumldn. Bular ratsionalistik va evolutsion g‘oyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bo'lib, u pul kelib chiqishining asosini o'zaro bir-biriga teng qiymatni
harakatga keltiruvchi biron bir maxsus «qurol», kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlik ekanini aytadi. 0‘zaro tovarlarni almashtirishga pul qatnashmaganda, tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o'rtasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdori kam- ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. iHRivojlanishning birinchi bosqichida mis, bronza, iemir ishla- tilib,
almashinuv T—P—T shaklida olib borilgan. XVIII asrning oxirigacha pul tomonlar o‘rtasidagi shartnoma vositasi, deb qarab kelingan. Hozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy ijtimoiy shartlashish belgisi', deb izohlagan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreit qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o‘rtasidagi kelishuvning mahsuli ekanligini uqtiradi.
Pulning kelib chiqishini tadqiq qilish A. Smit, D. Rikardo- larning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Shuningdek, pulning o‘zi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun та ’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda boshqa tovarlarning qiymatini о ‘Ichashning asosi bo ‘lib xizmat qiladi, deb ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o‘xshagan real pullar o‘rniga o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan qog‘oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. Shuning uchun qog‘oz va kredit pullar kelib chiqishi to‘g‘risidagi ratsionalistik konsepsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri isboti bo‘la olmaydi. Qog'oz pullar yuzaga kelguncha, jamiyat bir necha rivojlanish bosqichini bosib o‘tgan.
Pulning kelib chiqish tarixi uning evolutsion nazariyasi bilan ko‘proq bog‘liq. Tovar muomalasining evolutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o‘ynagan. Har bir jamoa o£z tovarini ekvivlent sifatida o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘Igan tovarlar va zeb-u ziynat tovarlaridir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehqonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayonining yana rivojlanishini taqozo qildi. Alma- shinuv jarayonida tovar egalari o‘zaro muloqotda bo‘lib, tovarning egasi o‘z mahsuloti (mulki)ni baholagan. Shu baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqozo qilgan.


Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling