Pulning zarurligi va mohiyati


Pul funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi


Download 47.96 Kb.
bet7/9
Sana07.03.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1243840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul muomalasi va kredit statistikasi

2.2. Pul funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi
Bizning fikrimizcha, pul biz yuqorida keltirgan funksiyalarni alohida olingan davlatda yoki davlatlar o‘rtasida bajarishi mumkin. Bu holda biron mamlakatning valutasi jahon puli funksiyasini bajaradi, deb xulosa qilishga o‘rin qolmaydi. Pulning funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular bir-birini to‘ldirgan holda pulning mohiyatini to‘liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy bosh funksiyalaridan biri qiymat о ‘Ichovi funksiyasi hisoblanadi. Ba’zi chet el va rus iqtisodchilari adabiyotla- rida pulning birinchi funksiyasi deb muomala vositasi funksiyasi, keyin qiymat о ‘Ichovi funksiyasini keltiradilar. Bizning fikrimizcha, pulning funksiyalari to‘g‘risida gapirganda, ularning ketma-ketli- giga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o‘Ichovi funksiyasini bajar- masdan turib muomala, jamg‘arma vositasi bo'la olmaydi.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasining to‘laqonli bajarilishi, tovarlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko‘rsatish sohasidagi barcha sarfxarajatlarni to‘la ifodalash imkonini beradi. Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, ishlab chiqarilgan tovar yoki ko'rsatilayotgan xizmatlar bozor munosabatlarining subyektlari uchun, ularning xo'jalik faoliyati uchun to‘liq tatbiq qilina ol- masligi mumkin.
Ya’ni pul muomala vositasini bajarishi uchun, muomala vositasining dastagi bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlarning qiymatini aniqlashi hamda bahosini belgilashi lozim. Qiymati aniqlanib, bahosi belgilangan tovar yoki xizmat muomalaga chiqarilishi yoki havola qilinishi mumkin. Muomala vositasi funksiyasi pulning qachon va qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, pulning keyingi funksiyalarini amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Pulning qiymat o‘Ichovi va muomala vositalari uzviy davomi sifatida pulning to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari amalga oshiriladi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, ba’zi xorijiy mamlakatlar iqtisodchilari, ayniqsa, rivojlangan davlatlar iqtisodchi olimlari pulning to‘lov vositasi funksiyasini e’tibordan chetda qoldirishadi yoki muomala vositasi funksiyasiga qo‘shib yuborishadi. Albatta, bozor munosabatlari har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda naqd va naqdsiz pul o‘rtasida tafovut mavjud emas. Shu bois, pul muomalasida keskin o‘zgarishlar bo‘lmagan sharoitda pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasining davomi sifatida qaralishi mumkin. Lekin to‘lov vositasi funksiyasining alohida olib qaralishi bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘zining maqsadli vazifalarini bajarishga asos yaratadi. Bir-biri bilan bog‘liq bo'lgan bu ikki fimksiya orqali, awalambor, muayyan davrda, vaqtda qancha miqdorda naqd pulga talab borligini aniqlash va bu orqali pul muomalasini barqarorlashtirish yo‘llarini tanlash mumkin. Muomala vositasi funksiyasida naqd pul aylanishini aniqlash imkoniyati yaratiladi. To‘lov vositasi funksiyasi esa subyekt- larning qarz majburiyatlari miqdorini aniqlash va ulami amalga oshirishda qancha miqdorda naqd pul yoki qancha miqdordagi mablag‘larni naqdsiz o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz hamda mazkur aylanmaning samarali va uzluksiz bo‘lishini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Muomala va to‘lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida pulning jamg‘arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga
• zamin yaratiladi. Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada bo‘lmagan pullar jamg‘armaga yo‘naltirilishi mumkin. To‘lov vositasi funksiyasi yordamida shakllangan, iste’mol uchun yo‘naltirilgan mablag'lar jamg‘arilishi mumkin. Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste’molidan ortiqcha pul mablag‘larini qoMlarida yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg‘arishlari mumkin bo'Isa, yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag‘larini o'zlarining banklardagi hisobraqamlarida jamg‘arishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha ftmksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular bir-birini to'ldiradi. Pulning funksiyalari ay- nan shunday uzviy bog'liqligi va bir-birini to‘ldirishi pul muoma- lasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi.

Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling