Pulning zarurligi va mohiyati


Download 47.96 Kb.
bet4/9
Sana07.03.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1243840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul muomalasi va kredit statistikasi

Banknota — kredit pullarning yetakchi vakillaridan bo‘lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yoii bilan chiqariladi.
0‘tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo‘lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o'rniga unda ko‘rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo‘lgan.
Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

  • veksel ma’lum muddatni o‘zida ifodalaydi (3—6 oy mud- datga ega bo‘lgan veksel), banknota ma’lum muddat bilan che- garalanmaydi;

  • veksel bo‘yicha vekselni bergan tomon uni to‘lashni kafo- latlasa, banknotada uni to‘lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi.

Banknota qog‘oz pullardan quyidagilar bilan farq qiladi:

  • kelib chiqishi bo'yicha qog‘oz pullar, asosan, muomala vositasi funksiyasini bajarish asosida, banknotalar to‘lov vositasi funksiyasi asosida kelib chiqqan;

  • almashinuvi bo‘yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga almashtirilgan, qog‘oz pullar esa metallarga hech qachon almash- tirilmagan;

  • emissiya qilinishi bo'yicha, qog‘oz pullarning banknotalardan farqi bo‘lgan (xazina biletlarini Moliya vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan) va h.k.

Hozirgi zamon banknotalari, albatta, oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo‘llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:

  • xo‘jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan

kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;

  • davlatni kreditlash. Ya’ni banknotalar davlatning qarz maj- buriyati sifatida muomalaga chiqadi;

  • aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlarda rasrniy valuta zaxiralarining o‘sishi orqali va boshqalar.

Chek — veksel va banknotadan keyin paydo bo‘lgan kredit vositasi hisoblanib, tolovchining o‘z bankiga uning schotidan mablag‘ni oluvchining schotiga o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi buy- rug‘i. Birinchi cheklar taxminan 1683-yilda Angliyada qo‘llanila boshlagan. Chekning quyidagi turlari mavjud:

  1. Ismi yozilgan chek — bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas.

  2. Orderli chek — bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo‘yicha boshqa shaxsga berish mumkin.

  3. Ko‘rsatilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan chek.

  4. Hisob cheki — naqd pulsiz hisob-kitoblarda qollaniladigan chek.

  5. Akseptlangan chek — bank chekni to‘lash bo‘yicha rozilik beradi va boshq.

Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin, u bilan to‘lovlarni va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari — elektron pullar va kredit kartochkalardan foydalanilmoqda.
Banklar faoliyatida EHMlardan foydalanish elektron pullar yordamida qarzlarni to‘lashni tezlashtiradi. AQSHda pul mab- lag‘larini elektron o'tkazish tizimi — EFTS (Electronie Funds Transfert System) aylanmaning samarali boiishini ta’minlamoqda. Hozirgi zamon amaliyotida qo‘llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o‘rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. Kredit kartochka bo'yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va xizmatlar uchun to‘lash mumkin. Ayni vaqtda kredit kartochkalar bank, savdo xizmatlarini to‘lash uchun mo‘ljallangan.
II bob. PULNING FUNKSIYALARI VA ROLI
2.1. Pulning funksiyalari va ularga tavsif
Pul iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettira turib, ma’lum funksiyalarni bajaradi. Pulning mohiyati uning bajaradigan funk- siyalarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pulning funksiyasi to‘g‘risidagi savol bir vaqtning o‘zida ham qiyin va ham juda oson savoldek tuyuladi. Bu savolning soddaligi shundaki, pulning funksiyalari real hayotga yaqin va iqtisodiy amaliyotdagi mavjud jarayonlarni o‘zida ifodalaydi. Qiyinligi shundaki, pulning funksiyalari, ularning mohiyati iqtisodchilar tomonidan har xil talqin qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning turli xil funksiyalarini uchratish mumkin.
I Biz pulni iqtisodiy kategoriya deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan funksiyalarini tahlil qilib, ''jpul asosiy to‘rt funksiyani bajaradi, degan fikmi ta:kidlamoqchimiz., Bular: qivmat о ‘Ichovi. muomala vositasi, to'lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari .M fPul qiymat о‘Ichovi sifatida. Pulning birinchi funksiyasi uning qiymat
o‘ichovi ekanligidir, ya’ni pul barcha tovarlarning qiymatini o‘lchaydi, ularning bahosini aniqlashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Qiymat o‘lchovi funksiyasida pul tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu funksiyasida naqd pullar emas, naqdsiz pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo do‘koniga kirib, biron tovarning bahosini ko‘rib, u shu tovarga arziydiganmi yoki yuqori, aksincha, past qo‘yilganmi — shu to‘g‘rida xulosa qilishimiz mumkin. Shu xulosa asosida pulning qiymat о‘Ichovi funksiyasi yotadi./
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasida bir tovarning qiymati ikkinchi bir tovar qiymati orqali ifoda qilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bo‘lsak, bu vazifani o‘z qiymatiga ega bo‘lgan tovar- oltin yoki oltinni o‘zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.
.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi qiymat qonuniga asoslanib aniqlanadi. Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi baholar masshtabini o‘rnatishni talab qiladi. Baholar masshtabi huquqiy xarakterga ega bo‘lib, u davlat tomonidan o‘matiladi va tovar qiymatiga asoslangan holda uning bahosini ifodalaydi. Baholar masshtabi orqali, fikran namoyish qilingan tovar bahosi davlat bahosi yoki bozor bahosiga aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi.
XX asrning 80-yillari oxirigacha baholar masshtabi deb, davlat tomonidan tasdiqlangan, tovar qiymatini o‘lchash va baholar belgilash uchun kiritilgan, ma’lum oltin miqdorini o‘ziga ifodalagan pul birligiga aytilgan. Qariyb 30 yil davomida 1961-yildan boshlab, sobiq Ittifoqda baholar masshtabi qilib 1 rubl qabul qilingan va u 0,987412 gramm oltinga tenglashtirilgan edi. XX asrning 80-yillari oxiriga kelib, Ittifoqda pul birligini oltinga tenglash g‘oyasi o‘z kuchini yo‘qotdi. Vaholanki, boshqa ko‘pgina mamlakatlar amaliyotida bu tenglashtirish 70-yillardan boshlab e’tiborga olinmadi. Rivojlangan iqtisodga ega bo‘lgan mamlakatlarda valutani oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastak emasligini ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraq- qiyoti isbotlab berdi.
XX asrning 60-yillarida yangi pul islohoti o‘tkazilganda, devalvatsiya yoki revalvatsiyada davlat qonuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining oltin miqdorini baholarni belgilash uchun o‘rnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor oltinga tenglashtirilgan bo‘lsa-da, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech qachon oltinga almashtirilgan emas. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi biron mamlakat o‘z pulini oltinga almash- tirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini oltinga tenglashtirsa-da, pul birligiga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb belgilangan oltin miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun bu tenglashtirish o‘zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo‘qotganligi aniq. Chunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymati ham pulda ifodalanadigan bo‘ldi. Pulning funksiyalari oltindan ajraldi, o'zgamvchan valuta kurslari joriy qilindi.
Hozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va baho orqali tovarlar qiymatini o‘lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Har ikki tomon uchun ham tenglashtirishning asosi boiib, abstrakt mehnat hisoblanadi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho — bu ideal shaklda ongimizdagi qiymat о‘Ichovi. Qiymat o‘lchovi
vazifasini fikran ifoda qiladigan pulimiz bajaradi, baho esa to‘la- to‘kis real moddiy boyliklarning qiymatini ifoda qiladi.
Qiymat shakliga ega bo'lgan tovar, bahoga ham ega bo'ladi. Pul o‘zi o‘z bahosiga ega emas, uning qiymati o‘zi bilan aniqlanishi mumkin emas. Baho o'rniga pul sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish qobiliyati deganda, pul birligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Agar pul birligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha ko‘p bo‘lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham shuncha yuqori bo'ladi va aksincha.

Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling