Pulning zarurligi va mohiyati


Pulning mohiyati va uning xususiyatlari


Download 47.96 Kb.
bet2/9
Sana07.03.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1243840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul muomalasi va kredit statistikasi

1.2. Pulning mohiyati va uning xususiyatlari
0‘tgan asrdagi iqtisodchilar pul, bu — tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab berish- gan:
birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi; ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi; uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa to- varlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar, degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xu- susiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsa-da, tovar xo'jaligi va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schotdan ikkinchi schotga o‘t- kazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan.
Pul qanday shaklda bolishidan qat’i nazar, pul bo‘lib qola- veradi. Yuqoridagilarga asoslangan holda pulning mohiyatini quyi- dagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul — bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tova>- xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi, deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi, ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent yagona tovar bo'lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi), uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o'zida ifoda qilishi, to ‘rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizim- da, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar.
Pul to‘g‘risidagi evolutsion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zaruriyatiga kam e’tibor qaratishgan. 1857-yilda taniqli ingliz iqtisodchisi U. Jevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir, degan ekan. Shuning uchun xorijiy iqtisodchilar bu bobni chetlab o‘tishgan. XX asrning 50-yillari- dagi darsliklarning mualliflari pulning mohiyatidan ko'ra, uning iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o‘rganish muhimroqdir, deb ta’kidlashib, shu yo‘nalishda ish olib borishgan.
Hozirgi vaqtda pul to‘g‘risida bizda mavjud chet el adabiyotlari- da ko‘rilgan masalalar fikrimizning isboti bo‘lishi mumkin. Ha- qiqatan ham, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiq qilishdan ko‘ra, pulning iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiq qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq, deb o'ylaymiz.
1.3. Pulning turlari
Pul o‘zining evolutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit shaklida ishlatilib kelingan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra, pullar ikki turga bo‘linadi:

  • haqiqiy pullar;

  • haqiqiy pul izdoshlari — qiymat belgilari.

Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiy- matga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shaklda metall yemirilishi kam bo‘ladi) shaklida chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda hozirgi 0‘rta Osiyo davlatlarida, IX—X asr- larda Kiyev Rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar, asosan, oltindan zarb qilingan, keyinchalik, oltin va boshqa qimmatbaho metallami qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to‘lov, muomala vositasiga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bo‘lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo‘qola bordi.

Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling