Pulning zarurligi va mohiyati


Download 47.96 Kb.
bet5/9
Sana07.03.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1243840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul muomalasi va kredit statistikasi

Wuomala vositasi funksiyasi. Muomala vositasi funksiyasida pul yordamida tovar o'zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu fimksiyani bajarish uchun naqd pul bo‘lishi lozim. Bu funksiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlashbarter usuliga chek qo‘yiladi.|Tarixiy taraqqiyot ko‘rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter mehnat mahsulini ayirbosh qilishning yagona yo‘li bo‘lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo‘l- ganki, A. tovar egasi B. tovarni sotib olish uchun, nafaqat B. tovar ishlab chiqaruvchini, balki B. tovar egasiga zarur bo'lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo‘lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko‘zlagan maqsadga eri- shish mumkin bo‘lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifatida o‘z ahamiyatini yo'qotdi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo‘llanilib kelinmoqda.
Tovar defitsiti, inflatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamla- katda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning yo‘qligi sharoitida barter bo‘yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulnrng muomala vositasi funksiyasida tovar qo‘ldan qo‘lga o‘tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o‘tadi. Pul va tovarning harakati (T— P~ T) qisqa vaqt ichida tugallanadi.
Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar—pul va pul—tovar) o‘tib turishi pulning muomala vositasi funksiyasining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu funksiyani bajarishda naqd pul bo‘lishi, u barqaror, sifati yuqori bo‘lishi kerak.
0‘zbekistonda muomala vositasi funksiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog‘oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to'lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzga
mablag‘lar olish imkoniyatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Savdo- sotiq hajmining ko‘pligi va ish haqining tez-tez to‘lab turilishi muomalaga ko'p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko‘proq kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisos/ashtirish, natural xo‘jalik, kichik korxona, fermerxojaliklarimng ko‘payishi muomala vositasiga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala xarajatlarining barter xarajatlariga nisbatan ancha past bo‘lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi funksiyasi uning boshqa funksiyalaridan o‘zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • bu funksiyani real, naqd pullar bajaradi;

  • tovar va pul bir-biriga qarama-qarshi, bir trayektoriyada harakat qiladi;

  • tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;

  • tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo‘ladilar;

  • pul muomala vositasi bo‘lishi uchun, awalambor, qiymat о‘Ichovi bo‘lishi kerak.

f Pulning to ‘lov vositasi funksiyasi. Mavjud chet el iqtisodiy adabiyotlarida va keyinchalik1, Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan kitoblarda pulning muomala vositasi funksiyasi uning to‘lov vositasi ekanligidan dalolat beradi, chalkash xulosalami uchratish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari to‘lov vositasi funksiyasiga ham mos keladi, deb ayta olmaymjz. Bu xususiyatlar pulning tq ‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi. /
\ Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun iste’molchining yetarli naqd puli bo‘lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tug‘iladi, ya’ni tovarning pulini to‘lash muddati kechiktirilad|. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o‘Ichovi fimksiyasini bajaradi, lekin u muomala vositasi bo‘la olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to'laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir trayektoriyada, bir vaqtning o‘zida, birbiriga qarama-qarshi tura olmaydi. Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin pul harakati sodir boMadi. To‘lov vositasi funksiyasining asosiy xususiyati tovar va pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va harakatda bo‘linishlarning mavjudligidadir.
Pulning to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir bo‘ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘sha zahotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi. To‘lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar iste’molchi ixtiyoriga kelib tushadi va u o‘z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to‘la foydalanishi mumkin.
Agar tovar uchun to‘lov oldindan (avans) amalga oshirila- digan bo‘lsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushishi mumkin. Demak, har ikki holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o‘zida amalga oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T—P—T) uziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda mustaqil bo‘ladi. Pulning bu harakati to ‘lov, deb aytiladi va bu yerda pul to'lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori bosqichlari mahsuli bo‘lib, u pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi funksiyalaridan keyinroq yuzaga kelgan, deb xulosa qilish mumkin.
To‘lov vosifasi funksiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi munosabat muomala vosita- sidagiga o‘xshab qisqa muddatli bo‘lib, tezda tugallanmaydi. To‘lov vositasi funksiyasida iste’molchi tovarga ega bo‘lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o‘rtasidagi munosabat uzoq vaqt davom etadi. Bu munosabat — kredit munosabati hisoblanadi va iste’molchi — qarzdor, sotuvchi — kreditor sifatida ishtirok qiladi.
Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o‘tkaziladigan jarayonlami ham muomala vositasi funksiyasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to‘g‘ri emas. Chunki veksel ma’lum mablag'ni to‘lash to‘g‘risida- gi kredit majburiyat, u qiymatga ega emas. Demak, ayirbosh-
lashning ekvivalenti sifatida ishtirok qila olmaydi. A. sotuvchi bir mln so‘mlik tovarni B. iste’molchining vekseliga almashtirdi deylik. B. bir mln so‘mlik tovarga ega bo‘ldi. A. bo‘Isa o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan, sotib olish qobiliyati emitent tomonidan belgilana- digan vekselga ega bo‘ladi. Sotuvchi A. qachonki, bir mln so‘mlik vekselni sotsagina pul mablag‘iga ega bo‘lishi mumkin. Shunga asosan, biz veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to‘liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko‘proq to‘lov vositasi funksiyasiga taalluqlidir. Pulning to ‘lov vositasi funksiyasi yana turli qarz va majburiyatlarini to‘laganda\

  • korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘- laganda;

  • davlat budjetiga va kredit tizimiga to‘lovlami amalga oshirganda

(foydadan to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlami to‘lash va boshq.);

  • ishchi-xizmatchilarga ish haqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash (nafaqa, stipendiya va boshq.);

  • boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kreditga olinganligi uchun toMov, uy-joy, elektr energiyasi va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar)da amalga oshiriladi.

Pulning to‘lov vositasi funksiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu funksiyada to‘lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu xususiyati bilan ham pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan farq qiladi. Pulning bu funksiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd pullik va naqd pulsiz to‘lovlar birgalikda to‘lov aylanmasini vujudga keltiradi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasini biz ikkinchi darajali, deb qarashimiz mumkin emas, chunki bu funksiyaning bajarilmasligi to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor qarzlarning ko‘payishiga, kredit bo‘yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlaming bajarilmas- ligiga, xo‘jalik jarayonlarining normal borishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling