Pulning zarurligi va mohiyati


Download 47.96 Kb.
bet6/9
Sana07.03.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1243840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul muomalasi va kredit statistikasi

I Pul jamg‘arma vositasi. Pulning bu funksiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat boimagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa, pul muomala va to‘lov aylanmasidan chetlashadi. Yig‘ilgan pullar jamg‘arma vositasi funksiyasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg‘arishga
imkoniyat yaratadi. Jamg‘arma ikki yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg'arish yoki umuman jamg‘arish. Shunaqa jamg'armalar borki, aniq bir mo‘ljal bo‘lmagan holda yig‘ib boriladi, maqsadli jamg‘armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy-joy sotib olish yoki boshqa ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag1 jamg‘aradilar.
Puhiingjamg‘arma vositasi funksiyasi pulning pul aylanmasidan chiqib ketishiga olib keladi. Jamg'armada pul pul aylanmasining qaysidir kanallarida turib qoladi va natijada u mavjud aylanmadan ajralib, ma’lum vaqtgacha aylanmaga qaytib tushmasligi mumkin.
Pulning jamg‘arma va boylik to‘plash vositasi funksiyasi pul muomalasini stixiyali ravishda boshqarib boradi. Tovar ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o'zgarib turishi pul massasining doimiy o'zgarib turishiga olib keladi. Qimmatbaho metallar, buyumlarning muomalaga kelib-ketib turishi, pul massasining hajmini ushlab turishi, pul muomalasi kanallarida pul oqimi ko‘payib ketishining oldini olishi mumkin. Pulning muomala vositasidan chiqib jamg‘armaga aylanishi va jamg'armaning muomala vositasiga aylanishi pul tizimini muvozanatda ushlab tu- ruvchi zaruriy shart hisoblanadi.
Pulni jamg ‘arishga undaydigan omil — uning maxsus tovar, umumiy ekvivalentligi, ya’ni boshqa barcha tovarlarga xohlagan vaqtda almashtirish mumkinligida. Pulga sifat va son jihatdan yondashish mumkin. Chunki pulning sifati, soni bor. Pulning sifati cheksiz bo‘lishi, ya’ni pulni zarur bo‘lganda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mumkinligida o‘lchansa, son jihatdan, albatta, pul summasi cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Demak, pulning sifat jihatdan cheklanganligi bilan son jihatdan cheklanmaganligi o‘rtasida qarama-qarshilik bor. Mana shu qaramaqarshilik pulni jamg'arishga, pul qancha ko‘p bo‘lsa, uni yanada ko'paytirishga intilishga olib keladi. Jamg‘arma funksiyasi pul muomalasida asosiy bo‘lmasa-da, uni olib borishda katta ahamiyatga ega.
Jamg‘arish, xazina to‘plash qiymatning qotib qolishiga olib keladi. Xazina to‘plash vositasi rolini tarixan oltin, keyinchalik boshqa qimmatbaho metallar, toshlar o‘ynab kelgan va hozirgi kunda ham Shu tovarlar boylik (pul) sifatida jamg‘arilib kelinmoqda. Xazina sifatida oltin yoki boshqa qimmatbaho metall, toshlarning roli rivojlangan mamlakatlarda deyarli yuqori emas, chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lsa, pulni biror qimmatbaho metallga
qo‘yib qotirib qo‘ygandan ko‘ra, unga davlat yoki korporatsiya- larning qimmatli qog‘ozlarini sotib olib, ulardan har yili daromad ko‘rgan ancha qulay hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 100 ishbilarmondan faqat 4 nafari o‘z pulini to‘g‘ri jamg‘arib boyib ketar ekan. Qolganlari bo!lsa pulni topadi, lekin qanday jamg‘arish yo‘lini bilmasdan uni yo‘qotarkan.
Bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda pul mab- lag'ini quyidagi aktivlarga qo‘yish afzal hisoblanadi. Birinchidan, davlatning qimmatbaho qog‘ozlari, ya’ni uzoq muddatli obli- gatsiyalar, qisqa muddatli veksellarga qo‘yish. Davlatning qimmatli qog‘ozlari kafolatlangan bo‘ladi va ularning bahosi kamdan kam hollarda o‘zgaradi. 0‘zgarganda ham sezilarsiz miqdorda o‘z- garadi. Shuning uchun ham davlat qimmatli qog‘ozlari yuqori lik- vidlikka ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalaming qimmatli qog‘ozlari, ya’ni aksiya va obligatsiyalariga qo‘yish. Kor- poratsiya, korxonalarning aksiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan kam bo‘lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa, qo‘yilgan mablag1 ko‘z- langan natijani bermasligi mumkin. Agar mablag‘ iqtisodiy bar- qaror korxonalarning qimmatli qog‘oziga qo‘yilsa, u davlatning qimmatli qog‘oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi mumkin.
0‘zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va rivojlantirish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon 0‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning asosiy dastaklaridan biri bo‘lib qoldi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlar, san’at asarlari olib qo‘yish yo‘li bilan jamg‘arish. Bu usulda iqtisodning ijobiy va salbiy tomonlarga o‘zgarishiga qaramasdan buyumda ifodalangan qiymat o‘zini yo‘qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodga ega bo‘lib, bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, bu aktivlarning likvidliligi uncha yuqori boMmasligi mumkin.
Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo‘lgani uchun, uni xohlagan vaqtda, xohlagan tolovni to‘lashga yo‘naltirish mum- kinligi uchun, u nominalini o‘zgartirmasligi uchun pul jamg‘arma va xazina to‘plash funksiyasini bajaradi. Pul jamg‘armasi boylikning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida emas, boshqa shakllardan, masalan, uy-joy, yer, mashina, asbob- uskuna, aksiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassam- lashtirishi mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan
(agar inflatsiya bo‘lmasa) past bo‘ladi va ularning narxi ham o‘zgaradi. Yer, uy-joy, asbob-uskuna, qimmatli qog‘oz- larni pulga aylantirmasdan turib biron to‘lovni qoplash uchun yo'naltirib bo‘lmaydi. Pulni bo‘lsa xohlagan paytda turli to‘lovlarni qoplash uchun yo‘naltirsa bo‘ladi.
Inflatsiya sharoitida pulni jamg‘arish xohlagan rejani amalga oshirishga imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg‘ariladigan pullar o‘z qadrini bir necha marta yo‘qotib boradi va unga ishonch yo‘qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari muomala va to‘lov vositasi hamda baholar masshtabi bo‘ladi, lekin jamg‘arish vositasi bo‘lib barqaror biror chet el valutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari shu valutalarga almashtiriladi. Shu holni o‘tgan asrning 50-yillarida Janubiy Koreyada, 70-yillarida
Isroilda, hozirgi kun- larda MDH davlatlari amaliyotida ko‘rish mumkin.
Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda ketma-ket baja- rishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqa- rorlikka qarab, pulning funksiyalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSH dol- larida aniqlangan, hisobkitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy valutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hoi giperinflatsiya dav- rida Isroilda, Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valutasi muomala va to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan.
Adabiyotlarda5 pulning jahon puli funksiyasi to‘g‘risidagi g‘oya- ni ham uchratish mumkin. Bu funksiyani biror valutaga bog‘lab qo'yishni to‘g‘ri deb bo'lmaydi.
Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo‘lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, kredit munosabatlari rivojlanishi oltinning jahon puli sifatida qo‘llanilishiga olib kelgan. 1867-yilda Pariida qabul qilingan
kelishuvga'asosan oltin davlatlar o‘rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922-yilda Genuyada o‘tkazilgan konfe- rensiyadagi valuta bitimiga asosan AQSH dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o‘rinbosari sifatida e’lon qilindi va xalqaro
to‘lovlarda qo'llanila boshladi. 1944-yildagi Brettonvud konferen- siyasidan keyin jahon puli funksiyasi oltinda qoldirilgan holda xalqaro to‘lovlarda AQSH dollaridan ko‘proq foydalanishga imkoniyat berildi.
Dollami oltinga almashtirish bo‘yicha dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 g oltinga teng, deb qabul qilindi. Keyinchalik har xil valuta bloklari, valuta kliringi tashkil qilindi. XX asrning 70-yillaridan boshlab xalqaro to‘lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob va to‘lov birligi SDR (Special Dzawind Ridts) qo‘llanila boshlagan.
1971 -yilda SDRning oltin miqdori AQSH dollarinikidek
0, 888 671 g oltinga teng, deb belgilangan. Dollar devalvatsiya bo‘lganidan keyin, 1974-yil 1-iyuldan boshlab, SDR qiymati 16 davlat valutasining o‘rtacha kursi, keyinchalik yetakchi besh mamlakat valutasi kursi bo‘yicha aniqlanadigan bo‘ldi. 1979-yil martdan boshlab, Yevropa valuta tizimiga kiruvchi mamlakat- larda xalqaro hisob-kitoblami olib borish uchun xalqaro hisob birligi — ECU (Europen Currencu Unit) qo‘llaydigan bo‘lishdi. ECU — bu a’zo mamlakatlar banklaridagi schotlariga yozib qo‘yila- digan hisob birligi. 1999-yil 1-yanvardan boshlab, yevro muomalaga kiritildi. Mazkur davrda yevrozonaga 11 Yevropa davlati kirgan boisa, bugungi kunda yevroning chegarasi kengayib bormoqda.

Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling