Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Kreditlash bosqichlari haqida umumiy tushuncha. Kredit hujjatlari yig‘majildini tashkil qilish
Download 68.53 Kb.
|
Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi.
3.Kreditlash bosqichlari haqida umumiy tushuncha. Kredit hujjatlari yig‘majildini tashkil qilish
Kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Mijoz kredit olish uchun bankka ariza beradi. Bankning kredit bo‘limi mutaxassisi mijoz bilan suhbat o‘tkazib, kreditni olishdan maqsad va muddatini aniqlaydi. Mijozning moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi. Kredit mutaxassisi o‘z xulosasi va tavsiyasini bankning kredit qo‘mitasiga taqdim qiladi. Kredit qo‘mitasi kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Mijozning garov sifatida taklif qilayotgan mulki har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilinadi. Kredit shartnomasi tuziladi va kredit beriladi. Keditning qaytarilishi muntazam ravishda tekshirilib turiladi. Kredit to‘liq qaytarilgandan so‘ng, mazkur «Kredit ishi» yopiladi. Kredit olish uchun bankka ariza bergan mijozning moliyaviy ahvolini tahlil qilish, xulosa chiqarish va kredit berish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lib kredit boshqarmasi yoki bo‘limi deyiladi. Bu boshqarma mijoz arizasini baholashda uchta eng muhim savolga javob olishi lozim: Mijoz kredit olish qobiliyatiga egami (layoqatlimi)? Nima uchun siz shunday xulosaga keldingiz? Bank va omonatchilar xuquqini himoya qiluvchi va qarz oluvchiga yuqori sifatli kredit xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi kredit shartnomasi to‘g‘ri tuzilgan va kerakli hujjatlar bilan tasdiqlanganmi? Kreditni to‘liq qaytara olmaslik ehtimoli paydo bo‘lganda, bank mijozning garov mulkini tez, xarajatsiz va xatarsiz sota oladimi? Kredit mutaxassisi kredit talabnomasini baholashda quyidagilarga e’tibor berishi lozim: Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi. Bunda mijoz kreditni vaqtida va to‘liq hajmda qaytarib berish uchun majburiyat va mas’uliyatni to‘la his qilayotganiga ishonch hosil qilishi lozim. Mijozning kredit olishdan maqsadi aniq bo‘lishi va dalillar asosida isbotlab berilishi hamda kredit mutaxassisi bu isbotlarning haqqoniyligi, bankning kredit siyosatiga mos kelishi va mijozning kreditni qaytarib berish niyati qat’iy ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu maqsadda tajribali kredit mutaxassislari talabnomani o‘zlari to‘ldirishga harakat qiladilar va bu orqali mijoz og‘zaki muloqotda bo‘lib, savollar orqali uning xususiyati haqiqiy niyati va samimiyligini aniqlab oladilar. Agar mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlanadi. CHunki mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlandi. CHunki mijoz o‘zi uchun kafillik bergan shaxsni noqulay ahvolga qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma imkoniyatlardan foydalanib kreditni to‘liq va o‘z vaqtida qaytarishga harakat qiladi. Download 68.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling