Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Debet 13105 Xususiy korxonalarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli ssudalar . Kredit
Download 68.53 Kb.
|
Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Debet 13105 Xususiy korxonalarga berilgan muddati
o‘tgan qisqa muddatli ssudalar . Kredit 13101 Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar. O‘aytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy korxona va nodavlat korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar” balans hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘ng ssudani qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi. SHunday qilib, kredit berilganda: Debet -13 101 Kredit- 10301 Kredit qaytarilayotganda, Debet-20208 Kredit-13101 tariqasida bank provodkasi amalga oshiriladi Kredit monitoringi va uni amalga oshirilishi. Nazoratdan farqli kredit monitoringi kreditlar holatini doimiy kuzatib borishini ko‘zda tutadi. Umuman, kreditlash operatsiyalari tijorat banklarining o‘z kredit siyosatlari asosida, Markaziy bankning kredit siyosatiga quyilgan talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Kredit monitoringi kredit siyosatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib mijozlarga berilgan kreditlarning qaytarilishini, qolaversa, banklarning asosiy daromad manbalaridan biri hamda eng riskli operatsiyasi bo‘lgan kreditlash bankning raqobatbardoshliligini, rentabelligini qisqacha ifodalaganda, bankning kelajagini ta’minlaydi. Kredit monitoringi berilgan kreditlarni qaytarilishi va uni ta’minlash borasida qabul qilinadigan ishlovlar va chora-tadbirlar tizimidir. Kreditlar kredit qo‘mitasining qarori asosida, belgilangan me’yoriy shartlar asosida, alohida ssuda hisobraqamini ochish va ushbu hisobraqamdan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomasi asosida moddiy tovar boyliklar uchun nakd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan qarz beriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Monitoring jarayonida kredit olgan mijozning xo‘jalik moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot etkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish harajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda va daromad mutanosibligi, o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligining dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatliligi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini qarzdorning kredit paketiga tikib boradi. Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq garov ob’ekti faoliyat joyining o‘zida o‘rganiladi. O‘urilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha bank monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‘lchovini amalga oshiradi. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda tasdiqlangan, 432-sonli «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan kredit monitoringi faoliyatida qo‘llaniladigan hujjatlar keltirilgan. Unga ko‘ra, tijorat banklari har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha kredit paketiga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim: qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi imkoniyatlarini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muammolarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar; kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari; qarzdor kafilining moliyaviy ahvolini aks ettirgan barcha hujjatlar; kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar; qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar. Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit paketida yuritishi shart. Kredit monitoringiga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni tashkil etadi: kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim; kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari kerak; qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha «to‘lovsizlik» tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, shuningdek, bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin sabablari va sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. Kredit monitoringi faoliyatining asosiy tamoyili quyidagilarga asoslanishi kerak: Turli xil ko‘rinishdagi kreditlarning davriy nazorati. Bu nazorat asosan kichik hajmdagi kreditlar yuzasidan bo‘lib, 30 kunlik, 60 kunlik, 90 kunlik nazoratlar shaklida bo‘ladi. Kredit nazorati bosqichlarining diqqat bilan qayta ko‘rishni, ya’ni: mavjud kredit bo‘yicha to‘lovlar hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi; kredit ta’minotining holati va sifati; huquqiy jixatdan kredit qaytarilishining ishonchli ma’lumot – hujjatlarining to‘liq bo‘lishi lozim; mijozning bank krediti bo‘yicha moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va natijada kredit miqdorining ortishi yoki qisqartirilish darajasi; Berilgan kreditning bank kredit siyosatiga va standartlariga mos bo‘lishi. Muammoli ssudalarni tez-tez tekshirilishi. Iqtisodiy nobarqarorlik davrida kreditlarni tez-tez nazorat qilish va boshqalar. Hozirgi kunda kreditlash sohasida eng asosiy muammolardan biri kreditning to‘liq qaytarilishidir. Bu o‘rinda kredit monitoringi juda katta ahamiyatga ega. Kreditlarning to‘liq qaytib kelmasligiga asosiy sabab, «kredit tanlovi»ning iqtisodiy tamoyilga mos tushmay qolishidir. Bu yo‘qotishlar, xatolar bevosita kredit oluvchi sub’ekt haqida ma’lumotlarning etarli emasligi yoki ob’ektiv emasligidan yuzaga keladi. Buning uchun xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan va hozirda O‘zbekistonda ham amaliyotga tadbiq qilinib borilayotgan kredit Byurosini tashkil qilish, unda markazlashgan holda, mijozlar haqida to‘liq ma’lumotlar bera oladigan axborotlar bazasini yaratish va uni ishonchli va ob’ektiv ishlashini shakllantirish banklar uchun, iqtisodiyot uchun, bir bank infrastrukturasi uchun katta foyda keltiradi. Birinchidan, tezkor ma’lumotlar asosida banklar hamda mijozlar vaqtdan yutadilar. Ikkinchidan, bu tezkor ma’lumotlar kredit harajatlarini pasaytiradi, uchinchidan, bank faoliyati operativligini, barqarorligini, salohiyatini oshiradi va albatta, kredit monitoringi ishlari ham qisman engillashadi, xususan muammoli kreditlarning kamayishi hisobiga. Kredit monitoringi ishlarini engillashtiradigan yana biror xususiy echim kreditlarni berishda mijozning biznes loyihasidan kelib chiqqan holda, loyihaning marketing tadqiqotining xaqqoniyligi, hayotga yaqinligi bo‘lishi kerak chunki yangi ishlab chiqariladigan tovarga talab qanchali yuqori bo‘lsa, loyihaning moliyaviy natijasi ham samarali bo‘ladi. Bu esa, kreditlarni to‘liq qaytarilishini ta’minlaydi. Zotan, kredit monitoringining asosiy vazifasi mijozga kreditni qaytarishiga ko‘maklashishdir Download 68.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling