Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
Download 68.53 Kb.
|
Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tarkibiga ko‘ra
- Ob’ekt umumlashuviga ko‘ra kredit
- Ikkinchi bo‘lim
Maqsadiga ko‘ra kredit.
kundalik ishlab chiqarish talablarini; savdo-vositachilik ehtiyojlarini; investitsiya ehtiyojlarini; iste’mol ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Iqtisodiy tarkibiga ko‘ra to‘lovga mablag‘ etishmasligi; tovar-moddiy boyliklarini shakllantirish; qimmatli qog‘ozlarni sotib olish; ishlab chiqarish xarajatlari; ko‘chmas mulk sotib olish va boshqalar uchun berilgan kreditlar. Ob’ekt umumlashuviga ko‘ra kredit yiriklashgan; jamlangan (yig‘ma); alohida ehtiyojga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. SHartnoma maqsadi bo‘limida kredit bitimi ob’ekti va shuningdek kredit summasi ko‘rsatiladi. U kreditlashning miqdoriy chegarasini xarakterlaydi. Kredit agarda kredit liniyasi ochish tartibida berilayotgan bo‘lsa, uning darajasi oylarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Ikkinchi bo‘lim ssudani berish va qaytarish tartibi va u bo‘yicha bank huquqlarini o‘z ichiga oladi. Yiriklashgan yoki jamlangan ob’ektni kreditlash sistematik tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun kredit berish ayni to‘lovlar amalga oshirilayotgan paytda hisob-kitob varag‘idan o‘tmagan holda bajariladi. Kreditni qaytarish ham huddi shunday sistematik tarzda hisob-kitob varag‘idan tomonlar kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Kredit shartnomasida bankning quyidagi huquqlari belgilanadi: qarz oluvchidan kreditni ishlatishini nazorat qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish; berilgan kreditlar uchun foizlar olish; shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda shartnomani bekor qilib, kredit berishni qisman yoki to‘liq to‘xtatish va berilgan kreditlarning muddatidan oldin foizlari bilan undirib olish; qayta moliyalash foizi o‘zgargan holda kredit uchun foizlarni o‘zgartirish; shartnoma muddatini uzaytirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish; shartnomada ko‘rsatilgan boshqa huquqlar; kredit bo‘yicha qarzdorlik jadval bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka o‘tkazilgandan so‘ng mijozning hisobraqamiga pul mablag‘i bo‘lganda va kelib tushgan holatda kreditning asosiy summasini qaytarish maqsadida mijozning roziligisiz uning hisob raqamidan chegirib olish. Bu holda bank qarz oluvchiga hisob raqamidagi mablag‘lar kredit bo‘yicha qarzni qondirishga qaratilishi to‘g‘risida yozma xabar beradi. Qarz oluvchining hisob raqamida mablag‘i bo‘lganda va mablag‘ kelib tushgan holda bank tomonidan kredit bo‘yicha qarzdorlik mijozning roziligisiz memorial order bilan chegirib olinishi amalga oshiriladi. qarzdorning pul mablag‘lari etishmagan taqdirda kredit bo‘yicha qarzlarni qarzdorning roziligiga ko‘ra uning likvidli mol-mulki hisobidan yoki xo‘jalik sudi orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan undirish; kredit qarz oluvchi tomonidan muddatida qaytarilmagan holda qaytarilmagan asosiy qarz summasi bo‘yicha foiz to‘lov darajasini quyidagi tartibda oshirish: a) kredit summasi muddati o‘tgan qarzdorlikka chiqarilgandan so‘ng 60 kun ichida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz to‘lovi darajasining 1,5 baravar miqdorida; b) kredit summasi muddati o‘tgan qarzdorlikka chiqarilgandan so‘ng 1 oy ichida kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz to‘lovi darajasidan 1,3 baravar miqdorida; v) 60 kundan so‘ng Markaziy bankning qayta moliyalash darajasi miqdorida foiz to‘lovlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 425-sonli tartibi asosida tadbirlar amalga oshirilganda foiz hisoblash balansdan tashqari hisob raqamlar orqali amalga oshiriladi; Qarz oluvchi to‘lovga qobiliyatsiz deb belgilanganda, biznes rejada ko‘rsatilgan pul oqimlari tushumi muddatida ta’minlamay bank oldida qarzdorliklarni yuzaga keltirganda, u tomonidan kreditning ta’minlanishi bo‘yicha majburiyatlari bajarilmaganda, kreditning asosiy qarzi yoki unga tegishli foiz to‘lovlar ushbu shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmaganda, qarz oluvchi tomonidan kreditning ishlatilishi majburiyatlari buzilganda, qarz oluvchi tomonidan hisobotlar muntazam taqdim etilmaganda yoki ular aniq bo‘lmaganda, bank xodimlariga birlamchi hisobotlar va muhosiblik hujjatlarini o‘rganishga ruxsat berilmaganda, kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tashkilotning tugatilishi yoki bankrot bo‘lishi holati kelib qolganda, garovga olingan mulk saqlash holati talabga javob bermagan hollarda bank quyidagi huquqlarga ega: ushbu kredit shartnomasida qayd etilgan kreditni qarz oluvchiga to‘liq yoki qisman berishni rad etishi; berilgan kredit va u bo‘yicha foiz to‘lovlarini muddatidan oldin undirish, shu jumladan, ushbu shartnomada belgilangan kredit ta’minoti hisobidan undirish; ta’minot turini boshqa likvid turiga almashtirilishini talab qilishi mumkin. Alohida ob’ektlarni kreditlash esa o‘zgacha mexanizmga ega bo‘lib, u kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak. Masalan, kreditni berish va qaytarish to‘liq summada yoki qismlarga bo‘lib bajarilishi mumkin. Muvofiq tarzda kredit berish va qaytarishning summa va muddatlari ko‘rsatilishi kerak. Ssudani berish mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni bajarishga yo‘naltirish yo‘li bilan, shuningdek mablag‘larni hisob-kitob varag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshrilishi mumkin. Keyingi holatda ssudaning maqsadli yo‘naltirilganligini ta’minlovchi mexanizm bo‘lishi kerak. U o‘z ichiga: a) mijozning ssudaning maqsadli yo‘naltirilganliliga rioya etish majburiyati; b) berilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan bank nazorati shaklini oladi. Kredit shartnomasining 3-bo‘limida qarz oluvchining huquqlari ko‘rsatiladi. Mijoz quyidagi huquqlarga ega: kredit shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va muddatda kreditni olish; shartnomaga asosan yoki kreditor qarshi bo‘lmasa, kreditni muddatidan oldin qaytarish; shartnomaga amal qilinmasa kredit shartnomasini bekor qilish; kredit shartnomasi muddatini uzaytirish va qayta moliyalash stavkasiga asosan kredit foizini o‘zgartirishni talab qilish; kredit shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa huquqlar. Kredit shartnomasining 4-bo‘limida bankning majburiyatlari aks etadi. Bank majburiyatlariga mijozga ssuda varag‘ini ochish, ssudalarni kerakli summa, ko‘rinish va aniq muddatlarda berishni kiritish mumkin. Bank majburiyatlariga quyidagilar kiradi: o‘z vaqtida kreditni berish va pul hisob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish; kredit shartnomasiga binoan kreditlarga foiz hisoblash; kreditni va unga foizlarni muddatidan oldin undirish hollarida qarzdorga ma’lumot berish; normativ hujjatlarning o‘zgarishi to‘g‘risida mijozni xabardor qilib turish; shartnomada ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar. Bu majburiyatlarni bajarmaganda bank mijozga jarima to‘lashi ko‘zda tutilgan bo‘ladi (odatda har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida). SHuningdek bank kredit berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadir. Agar qarz oluvchi uni qaytara olmasligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa, berilgan kredit bank tomonidan muddatidan ilgari undirilishining sabablari to‘g‘risida qarz oluvchiga yozma xabar berish; qarz oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgan sana inobatga olingan holda berilgan kreditlar bo‘yicha kunlik foiz to‘lovlarini hisoblash; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditlash bo‘yicha kiritiladigan o‘zgarishlar bo‘yicha qarz oluvchiga xabar berish va boshqalar. 5-bo‘lim mijozning majburiyatlariga bag‘ishlanib, bu bo‘limda qo‘yidagi mijozlar kredit va foizlarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatgan, qaytarilishiga yo‘naltirilgan kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi aniqlangan hollarda, maqsadsiz ishlatilgan summaning 25 foizi miqdorida jarima to‘lash va ushbu shartnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan kredit summasining to‘liq qaytarilishini; - qarz oluvchi korxona rahbari investitsiya loyihalarini (biznes reja) texnik-iqtisodiy asoslanganligi, axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini va beznes rejalarni amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi, biznes reja bo‘yicha ko‘zda tutilgan pul oqimlarini grafik bo‘yicha tushishini ta’minlashi; - bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklar sug‘urta idoralarida sug‘urtalangan va kredit shartnomasi yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun harakatdagi O‘zbeksiton Respublikasi qonunlariga asosan notarial idoralarda tasdiqlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart. Bankka garovga berilayotgan ko‘chmas mulk va moddiy boyliklarning yaxlitligini saqlash yuzasidan to‘liq moddiy javobgar bo‘lishi (kredit va unga hisoblangan foiz to‘lovlar to‘liq to‘langunga qadar) ularni sotib yubormasligi va boshqa uchinchi shaxsga bermasligi shart. Kafolatchi tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tugatilishi yoki bankrotlik holatiga kelib qolish holatlari ro‘y berganda, kredit ta’minotiga berilgan mulk holati yomonlashganda, bank talabiga binoan olingan kredit va foizlarni muddatidan oldin uzish yoki ta’minotini boshqa likvid ta’minotga almashtirish ko‘zda tutilish mumkin. Kredit uchun foiz to‘lovlar har oyning 20 sanasigacha to‘lanadi. Qarz oluvchi bankka quyidagilarni ta’minlaydi: Qarzlarning yuzaga kelish sanalari ko‘rsatilgan debitor va kreditor qarzdorligi bo‘yicha yoyilmasi ilova qilingan yillik va chorak balanslari; Muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar va Bank nazorat funksiyasi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar; Birlamchi hisobotlar va muhosiblik hujjatlariga ruxsat berilishi va bank talabiga ko‘ra qarz oluvchi tegishli hujjatlardan zarurlari nusxasi taqdim etilishi; Kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan bank xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilishini ruxsat berilishi, shuningdek kreditning ishlatilishini joyiga chiqib tekshirish uchun ruxsat berilishi; Ushbu kredit shartnomasi bilan huquqiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarini saqlanishi holati bo‘yicha bank xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berilishi; Agar kredit sug‘urtalangan bo‘lsa, har yil uchun sug‘urta to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borilishi; Har yil uchun alohida kafil tashkilot moliyaviy holati to‘g‘risida yozma ma’lumot taqdim etish kabilar bo‘lishi lozim. SHuning uchun mijozning majburiyatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditning tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bog‘liqdir. Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi: kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta’minlash; o‘z vaqtida foizlarni to‘lash va kreditni qaytarish; o‘z to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risida bankka ma’lumot berib turish; kreditni ta’minlash; berilgan kredit bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni echish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli paytda kredit bo‘limiga taqdim etish; 3-shaxsdan kredit olish to‘g‘risida bankni xabardor qilish; korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishi hollarida bankni xabardor qilish; likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan) qaytarish; shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar. Kredit shartnomasining 5-bo‘limida kredit qaytarilishini ta’minlovchi aniq usullari ko‘rsatiladi. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: A) garovga qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklar; B) bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; V) uchinchi shaxsning kafilligi; G) Sug‘urta polisi. YUqorida keltirilgan kredit qaytarilishini kafolatini ta’minlovchi usullar kreditning barcha turlarida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini hisobga olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch etarli bo‘lmaganda, ssudani pul tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi. (14-ilova) 5-bo‘limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‘lanadigan foizlar darajasini aks etadi. Bu bo‘limda quyidagi hollardagi foiz stavkasini belgilash qayta ko‘rib chiqish, maqsadga muvofiqdir: a) shartnomada ko‘rsatilgan ssudadan foydalanish muddati davomida; b) ssuda prolongatsiya qilinganda; v) ssuda to‘lashni kechiktirganda; g) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki bitimning kredit riskini ko‘paytiruvchi boshqa omillarning paydo bo‘lishida. Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni undirish muddatlari ko‘rsatilishi zarur. Inflyasiya sharoitida kredit shartnomasining yana bir punktida boshlang‘ich o‘rnatilgan foiz stavkalarining inflyasiya o‘sish darajalariga bog‘liq holda o‘zgartirish tartibi berilgan bo‘ladi. Foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda kredit shartnomada tomonlarning javobgarligi 6- bo‘limda tomonlar olgan majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari oldida javobgar ekanligi va sanksiyalar berilgan bo‘ladi. «SHartnomaning qo‘shimcha shartlari» degan bo‘limda oldingi bo‘limlarda ko‘rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar mijoz bu bankda hisob-kitob varog‘iga ega bo‘lmasa, summa va muddati ko‘rsatilgan majburiy muddatli depozit ochish; kreditlash yoki kredit liniyasi limitining boshlang‘ich o‘rnatilgan summasini o‘zgartirish tartibi; kredit shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibini kiritish mumkin. «Kelishmovchiliklarni hal qilish» degan bo‘limida quyidagilarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi: a) tomonlar o‘rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan kelishmovchiliklarni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish; b) o‘zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‘lmagan kelishmovchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan respublika xo‘jalik sudida hal qilish. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining yana bir bo‘limi shartnomaning amal qilish muddati bo‘lib, unda kredit shartnomaning amal qilish muddatini, ya’ni uning boshlanishi va oxirini belgilaydi. SHartnomada shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta adresi, hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon,faks) ni hamda muhrlar bilan tasdiqlangan imzolarni aks etadi. Download 68.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling