Mavzu: Kriminalistik taktika Tayyorladi: Xolmurodov Fazliddin Lazizjon o‘g‘li
Download 1.61 Mb.
|
Xolmurodov Fazliddin Lazizjon o‘g‘li
Mavzu: Kriminalistik taktikaTayyorladi: Xolmurodov Fazliddin Lazizjon o‘g‘li“Taktika” (grekcha “taktika” – qo‘shinlarni safga tizish mahorati) atamasini jinoyatlar bo‘yicha tergovni amalga oshirayotgan shaxslarning faoliyatiga tatbiqan ilk marotaba XIX asr oxirida nemis olimi A.Veyngardt qo‘llagan. Kriminalistik taktika – bu kriminalistikaning tergovni tashkil etish va rejalashtirish, uni amalga oshiruvchi shaxslar xatti-harakatlarining optimal uslubini jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va majburiyatlarini O’zR JPK talablariga qat’iy muvofiq ravishda belgilash va amalga oshirish nazariy qoidalari va bu xususda amaliy tavsiyalar tizimidan iborat bo‘limi. Kriminalistik taktikaning eng muhim qoidalari jumlasiga quyidagilar kiradi: kriminalistik taktik harakatlar va operatsiyalar; jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish va tezkor-qidiruv xodimlari bilan tergovchining o‘zaro hamkorligi; jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish; tergovchining jinoyatlarni oldini olishga doir faoliyati. jinoyatlarni tergov qilish chog‘idagi tergov harakatlarining oqilona taktik usullari; 1. Kriminalistik taktikaning umumiy qismi a) kriminalistik taktikaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va zamonaviy holatiga doir bilimlarni birlashtiruvchi ilmiy muammolari: kriminalistik taktikaning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, kriminalistik taktikaning predmeti, tizimi, vazifalari, manbalari, prinsiplari, kriminalistik taktikaning ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni va hokazo b) tergov faoliyatini tashkil etishning ilmiy asoslari: tergov faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi kriminalistik ta’limot; jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish, tergovchilarning tezkor xodimlar bilan o‘zaro hamkorligi, tergov faoliyatida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish, jinoyatlarning oldini olishga doir faoliyatni tashkil etish, tergovchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish va hokazo. 2. Kriminalistik taktikaning maxsus qismi. a) jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi: tergovni ko‘zdan kechirish va guvohlantirish taktikasi, so‘roq qilish va yuzlashtirish taktikasi, tintuv qilish taktikasi, qo‘lga tushirish va hibsga olish taktikasi, tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi, tergov eksperimenti taktikasi, ko‘rsatuvlarni voqea yuz bergan joyning o‘zida tekshirish va aniqlashtirish taktikasi, sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazish taktikasi, qidiruv tadbirlari taktikasi; b) sudlov ishlarini yuritish jarayonida ayrim tergov harakatlari taktikasi: sud tergovi taktikasi, sud ko‘zdan kechirishi taktikasi, ko‘rsatuvlarni voqea yuz bergan joyning o‘zida tekshiruv taktikasi. Taktik usul zamirida qaysi fan ma’lumotlari yotishiga qarab, psixologik, mantiqiy usullar, boshqaruv fani usullari va boshqa taktik usullar farqlanadi. Taktik usullarni ularning yordamida hal qilinuvchi kriminalistik vazifalar tipiga qarab guruhlash amaliy nuqtai nazardan ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mezonga ko‘ra tashkiliytexnik, bilishga oid va boshqaruv taktik usullari farqlanadi. Taktik usullar oldiga qo‘yiladigan talablar – qonunga asoslanganligi (qonun me’yorlariga mos kelishi); maqsadga muvofiqlik; xilma-xillik; xavfsizlik; samaradorlik va tejamkorlik; usulni erkin tanlash; tergov harakatlari va tezkor qidiruv tadbirlarining eng maqbulini uyg‘unlashtirish. Taktik usullari taktikasining umumiy qoidalari – qonuniylikka, odob va axloq me’yorlariga rioya qilish; rahbariyat yagonaligi; tergovchining faolligi va intiluvchanligi; surishtiruv xodimlari bilan o‘zaro hamkorlik; vaziyatlilik; bosqichli; rejalilik; izchillik; xolislik; to‘lalik; o‘z vaqtida ijro etish; kriminal-texnika vositalaridan foydalanish; mutaxassislar yordamidan foydalanish. Kriminalistik taktikaning bosh vazifasi tergov harakatlari va tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi kriminalistik faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha tergovni uning barcha ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari tizimini oqilona tashkillashtirish yo‘li bilan yuritishdan iborat. Dastavval kriminalistikada taktik jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga ularning ishlarini rejalashtirish yuzasidan beriladigan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalarining majmui tariqasida maydonga kelgan. Bora-bora uning mazmun-mohiyati o‘zgarib, an’anaviy qoidalar bilan bir qatorda kriminalistik taktikaga tergov faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq talay yangi nazariyalar, ta’limotlar, tavsiyalar qo‘shila bordi Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling