A k a d e m I y a kriminalistik taktika
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.B. Mamatkulov, Sh.T. Djumanov, U.T. Turgunov, A.A. Tadjiyev, D.R. To‘rayeva, O.D. Allanazarov, N. Toshtemirov
- Y.A. Abdulhaqov;
- A.Sh. Umarxanov; Toshkent Davlat yuridik institutining kriminalistika kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi I.R. Astanov;
- BBК 67.99 (5U) 94ya73 3
- 2-§. Taktik usul, taktik tavsiya va taktik kombinatsiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I Y A KRIMINALISTIK TAKTIKA O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida ruxsat etilgan Toshkent – 2013 O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan M u a l l i f l a r j a m o a s i : T.B. Mamatkulov, Sh.T. Djumanov, U.T. Turgunov, A.A. Tadjiyev, D.R. To‘rayeva, O.D. Allanazarov, N. Toshtemirov T a q r i z c h i l a r : O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘i mayor Y.A. Abdulhaqov; O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi boshlig‘i, polkovnik G.F. Nikishin; Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar nomzodi A.Sh. Umarxanov; Toshkent Davlat yuridik institutining kriminalistika kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi I.R. Astanov; yuridik fanlar nomzodi, dotsent D.M. Mirazov К-82 Kriminalistik taktika: Darslik / T.B. Mamatkulov, Sh.T. Djumanov, U.T. Turgunov va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – 200 b . Darslikda «kriminalistik taktika» tushunchasi, tizimi, uning jinoyatlarni ochish va tergov qilishdagi o‘rni, ahamiyati, tergov tusmollari, tergov vaziyatlari, taktik yechimlari kabi masalalar batafsil yoritilgan, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksi va tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida har bir tergov harakati alohida ta’riflanib, ularni o‘tkazishning eng samarali usullari tavsiya etilgan. IIV Akademiyasining Oliy akademik kurslari va kunduzgi ta’lim tinglov- chilari hamda ichki ishlar idoralarining amaliyotchi xodimlariga mo‘ljallangan . BBК 67.99 (5U) 94ya73 4 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab, jumladan shunday dedi: «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda» 1 . Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘nalishida hayotdan jinoyatchilikni umuman siqib chiqarishning prinsipial shartlaridan biri har qanday jinoyatni tez va to‘liq ochish hamda sodir etilgan jinoiy qilmish uchun aybdorga nisbatan qonunda belgilangan jazo choralarining muqarrarligini ta’minlashdir. Mazkur darslik kriminalistika fanining bir bo‘limi hisoblanadi. Mazmuni esa tergov, tezkor-qidiruv va ekspertiza faoliyatining zamonaviy imkoniyatlarini yoritib, amaldagi huquqshunoslik o‘quv dasturlariga to‘la mos ravishda tayyorlangan. Unda kriminalistika nazariyasi va tergov amaliyotida keyingi yillarda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, kriminalistika sohasidagi yangi ilmiy vositalar, uslubiy tavsiyalar ham hisobga olingan. Jinoyatlarni tez va to‘liq ochish fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Aybdorlarni fosh etishda shaxslarning manfaatlariga putur yetkazmaslik va huquqlarini poymol qilmaslik mazkur faoliyatni amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Sodir qilingan jinoyatni tergov qilishda ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash 1 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаш- тириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Т., 2010. – Б.11. 5 zarur. Jinoyat ishlarini tergov qilishda har qanday holat qat’iy belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan isbot qilish vositalari bilan asoslantiriladi. Ushbu dalillarni to‘plash uchun esa tegishli tergov harakatlari amalga oshiriladi. Kriminalistik taktikada ushbu tergov harakatlarining qanday tartibda amalga oshirilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tergov harakatlari jinoyat ishini ochish yo‘llarinigina o‘z ichiga olmay, balki jinoyatni ochishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qat’iy qoidalarni ham qamrab oladi. Darslikni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ichki ishlar idoralari tergov xizmatlari tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan hamda shu sohaga tegishli ilmiy adabiyotlardan keng foydalanilgan. Mualliflar jamoasi mazkur darslikni zamon talablari darajasida tayyorlashda o‘z yordamini ayamagan O‘zbekiston Respublikasi IIV ShTBIX va Tergov bosh boshqarmasi rahbariyatiga minnatdorchik bildi- radilar. 6 I bob. «KRIMINALISTIK TAKTIKA» TUSHUNCHASI, TIZIMI VA AHAMIYATI 1-§. «Kriminalistik taktika» tushunchasi Kriminalistik taktika – bu kriminalistika fanining alohida bo‘limi bo‘lib, dastlabki va sud tergovini o‘tkazish yuzasidan ilmiy qoidalarga asoslangan holda ishni tashkil etish va rejalashtirish, shu bilan birga alohida tergov harakatlarini o‘tkazish usullari, jinoyatni sodir etish sharoitlarini aniqlash va ashyoviy dalillarni yig‘ishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni o‘rgatadi. Tergov taktikasi – bu kam kuch, vosita va vaqt sarflab yuqori samaraga erishish maqsadida jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan kriminalistikaning umumnazariy qoidalari, mantiq, psixologiya, sud etikasi va boshqa ilmiy bilimlardan foydalanishga asoslangan dastlabki tergovning taktik usullari va metodlarini rejalashtirish majmuidir. «Taktika» so‘zi aslida harbiycha termin bo‘lib, jangga tayyorgarlik ko‘rish va uni bevosita olib borish ma’nolarini anglatadi. Lekin kriminalistik taktika harakatlarni tashkil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish va ularga baho berish, harakatlarni bajarish usullarini maqsad qilib, ushbu terminning kriminalistikaga xosligini belgilaydi va bu bilan harbiy taktikadan farq qiladi. «Kriminalistik taktika» tushunchasi, uning mohiyati va mazmuniga nisbatan ilmiy qarashlar bir necha bor o‘zgarib kelgan. Agar ilgari «taktika» tushunchasiga jinoyatlarni tergov qilishda tergov harakatlarining alohida usullari bilan birga jinoyatchining ta’rifi, ularning o‘zaro bir-biri bilan yashirin aloqa qilish tarzlari, jinoyatlarni sodir etish tasnifi kiritilgan bo‘lsa, keyinchalik tergov harakatlarini amalga oshirish usullariga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunda esa ko‘pgina kriminalistlar kriminalistik taktikani usullar va tavsiyalar sifatida tan olib, ularni nainki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishga, balki tergov jarayoni va sud tergovini tashkil etish va rejalashtirish, har xil tashkiliy va texnik ta’rifdagi choralar ko‘rish va boshqa harakatlarni o‘tkazishga bevosita bog‘liq bo‘lishini qayd qiladilar. 7 Kriminalistik taktikaning mazmuniga quyidagilar kiradi: – kriminalistik tusmollar va tergovni rejalashtirish to‘g‘risidagi ta’limot; – «tergov holati» tushunchasi va tergov qilish maqsadida uni qo‘llash va unga baho berishga doir tavsiyalar; – dastlabki tergov jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashda tergovchi bilan birgalikda ishtirok etayotgan boshqa organlar xodimlarning hamkorlikni amalga oshirish; – tezkor manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalanish; – dastlabki tergov va sudlov jarayonida dalillarni texnik- kriminalistik usullar asosida yig‘ish va tadqiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ishlatish; – dastlabki tergov jarayonida tashkiliy va texnik ta’rifdagi choralarni amalga oshirish tamoyillari; – alohida protsessual harakatlarni o‘tkazishda taktik usul va tavsiyalardan foydalanish; – dastlabki tergov jarayonida taktik kombinatsiyalarni amalga oshirish. Taktik tavsiyalar u yoki bu protsessual harakatga nisbatan uning xususiyatlariga maksimal darajada to‘g‘ri kelishi va natijali bo‘lishi uchun dastlabki tergovda kriminalistik texnikaning vosita va usullari, tezkor ma’lumotlar, maxsus bilimlardan foydalanish va jamoatchilikni tergovga jalb etish asoslari muayyan tergov hamda sud harakatlari taktikasiga nisbatan tavsiya etiladi. Taktik usul va tavsiyalar dastlabki tergovda jinoyatlarni ochish hamda jinoyat ishlarini sud jarayonida ko‘rishda kriminalistik, texnik usul va vositalarning to‘liq ishlatilishini va natijali bo‘lishini ta’minlashi lozim. Shuning uchun zarur holatlarda ularning mazmuni aynan shu maqsadlardan kelib chiqishi lozim. Masalan, hodisa sodir bo‘lgan joyda obyektlarni ko‘zdan kechirishda ketma-ket sodir bo‘lgan holatlarni va izlarni aniqlash hamda qayd qilishda texnik qayd etish vositalarining ishlatilishini ta’minlash kerak. Alohida taktik usullar va biror-bir protsessual harakatni o‘tkazish taktikasi harakatlarni amalga oshirish jarayonida ishlatiladigan kriminalistik texnikaning vosita va usullariga nisbatan o‘zgaradi. Masalan, tintuv qilish taktikasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Chunki uning o‘tkazilishi jarayonida qidiruv asboblarining ishlatilishi, ularning ta’rifi va ular bilan ishlash qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. 8 Kriminalistik taktikaning rivojlanishi, uning vazifalari o‘zgarishi muammolarining kelib chiqishi hamda yangi fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanishga doir tavsiyalarning shakllanishi yoki yangi bilim sohalarining vujudga kelishi mavjud texnik-kriminalistik vosita, usul va tavsiyalarning o‘zgarishiga yoki yangidan paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayonlar yangi tergov harakatlarining vujudga kelish davrida yaqqol ko‘rinadi. Kriminalistik taktikaning nizomlari hayotda, amaliyotda aynan kriminalistik uslub orqali amalga oshiriladi va aniq turdagi jinoyatlar bilan kurash masalalari va sharoitlariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos, maxsus alomatlarga ega bo‘ladi. Hayotga yangi taktik usul va tavsiyalarni kiritish jinoyatni tergov qilish uslubiga ta’sir ko‘rsatadi va ularni natijali qo‘llash uchun ma’qul sharoitlar yaratilishiga olib keladi. Kriminalistik taktikaning rivojlanishi jinoyatchilikka qarshi kurash jarayonidagi amaliyot talablari bilan belgilanadi. Kriminalistik taktikada bo‘lgan o‘zgarishlar jinoyatchilik bilan kurash, ilmiy texnika taraqqiyoti, yuridik va boshqa fanlarning rivojlanish natijalari bilan belgilanadi. Masalan, ekspert tadqiqotlari imkoniyatlarining rivojlanishi (ayniqsa, ashyolarni ekspress-tahlil qilish uslublarining takomillashtirilishi), hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida ro‘yxatga olish uchun bevosita mustahkam kanallarning barpo etilishi, dastlabki tergov harakatlarining faolligini taktik jihatdan oshirdi, shuningdek, tezkor- qidiruv faoliyati nazariyasining rivojlanishi bu fan tomonidan tezkor axborotdan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish taktikasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi. Shu kabi omillar quyidagi tergov harakatlari: tintuv, so‘roq qilish, telefon so‘zlashuvlarini eshitishlarga bevosita ijobiy ta’bir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, tezkor-qidiruv faoliyati nazariyasi bilan kriminalistik taktikaning aloqalari ikki tomonlama ta’rifga ega. Birinchisi, ko‘pgina taktik usullar va tavsiyalarni ishlatadi va tezkor- qidiruv choralarini taktik jihatdan ishlab chiqadi, o‘zining tadqiqot chegaralarida tezkor xodimni tergovchi bilan birgalikda harakat qilish muammolarini o‘rganadi, ish bo‘yicha isbotlovchi axborotni ishlatish yo‘llarini tahlil qiladi va hokazo. Kriminalistik taktika esa tezkor axborotni ishlatish yo‘llarini belgilash va ularni tergov harakatlarida qo‘llash masalalaridan tashqari, murakkab taktik kombinatsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi va ba’zan birgalikda amalga 9 oshiriladigan tezkor-qidiruv choralarini ham inobatga oladi. Shuningdek, taktik usullar va tavsiyalarni ishlab chiqqanda, maqbul tergov holatini shakllantirganda va taktik qarorlar qabul qilganda tezkor-qidiruv faoliyatining imkoniyatlarini hisobga oladi. Kriminalistik taktika mazmunining yanada aniqroq bo‘lishi uchun har xil tergov holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini har tomonlama ilmiy-tadqiq qilish va ushbu tadqiqotda kriminalistik taktikada boshqa bilim sohalariga mansub bo‘lgan o‘yinlar nazariyasi, axborot nazariyasi, modelashtirish nazariyasi, mantiq va shu kabi fanlar ta’sir etishini hisobga olmoq kerak. Kriminalistik taktikada boshqa fanlar va yangi bilim sohalari ma’lumotlari ishlatilish doirasining tobora kengayishi. Kriminalistik tak- tikaning hozirgi zamon bosqichi ilmiy-tadqiqotlarda aniq eksperimental uslublarning ishlatilishini taqozo etmoqda. Chunki guvohlar ko‘r- satuvlarining shakllanishi, ziddiyatli holatlarda o‘zini boshqarish hara- katlari yo‘nalishini tayinlash, axborot jarayonlarini tashkil etish qonuniyatlarini tadqiq etish ushbu aniq eksperimental uslublarning ishla- tilishini talab qiladi. Ayni paytda kriminalistik taktikani sud psixologiyasi, mantiq, mehnatni ilmiy tashkil etish, modellashtirish nazariyasi va bir qator boshqa ilm sohalarisiz tasavvur qilish qiyin. Taktik usullar va taktik-kriminalistik tavsiyalarning takomilla- shtirilishi. Ushbu yo‘nalish kriminalistik taktikada jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotining uzluksiz rivojlanishi va amalga oshirilishi shart- sharoitlarining tobora o‘zgarishi bilan ta’riflanadi. Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda kriminalistik taktikaning kriminalistik texnika va kriminalistik metodika (uslub) bilan o‘zaro bog‘lanishi yaqqol aks etadi. Yangi taktik usullar va yangi tergov harakatlarini ishlab chiqish. Yangi taktik usullar va tergov harakatlarining vujudga kelishi amaliyot rivojlanishining natijasiga bog‘liq. Ko‘p holatlarda kriminalistik taktikaning vazifasi ushbu usul va tergov harakatlarining ilmiy asoslari rivojlanishini kriminalistika fanining umumiy qoidalariga bog‘lab ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Yangi taktik usullar kriminalistikaning boshqa bo‘limlari yoki boshqa fanlarning rivoji asosida voqelikda paydo bo‘lishi mumkin. Bu taktik usullarning bevosita amaliyotda ishlatilishi shunga kafolatdir. Nihoyat, yangi taktik usullar va yangi tergov harakatlarini ishlab chiqish zaruriyati protsessual qonunlar majmuasi o‘zgarishiga bog‘lanishi mumkin, chunki ushbu qonunlar dalil-isbotlarni yig‘ish, tadqiq etish va foydalanish tartibini belgilaydi. 10 Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv apparatlarining imkoniyatla- ridan keng foydalanib taktik usul va tavsiyalarning natijali bo‘lishi darajasini oshirish. Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyatining tobora rivojlanishi isbotlanish jarayonida foydalaniladigan axborotning hajmi va xilma-xil sifatlarga ega bo‘lish darajasining ko‘payishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, taktik usullarni ishlatish tartibi va mazmuniga bevosita ta’sir qiladi. Taktik usul tezkor axborotdan foydala- nish bilan birga, uning manbaini ochmasdan, tezkor-qidiruv faoliyatining manfaatlarini hisobga olgan holda tezkor apparatlar imkoniyatlaridan maksimal ravishda to‘liq foydalanishni talab qiladi. Sud tergovi taktikasining rivojlanishi. Ma’lumki, kriminalistika jinoyatlarni tergov qilish metodikasi (uslub) to‘g‘risidagi fan sifatida vujudga kelgan. Shuning uchun oldingi davrlarda uning tavsiyalari dastlabki tergov sohasidan chetga chiqmas edi. Ammo kriminalistika fanining tobora rivojlanishi bilan uning tavsiyalaridan nafaqat tergov jarayonida, balki sud tergovi jarayonida ham muvaffaqiyatli foydalanish mumkinligi aniqlandi. Kriminalistika ma’lumotlarining sud tomonidan ishlatilish imkoniyatlari va ulardan foydalanishning chegaralari belgila- nishi shunday kriminalistik tavsiyalarni vujudga keltirish zaruriyatini, ya’ni ularning sud uchun tavsiya bo‘lishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dastlabki tergovdan farq qilishini taqozo etdi. Natijada sud tergovi taktikasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi va ushbu vazifa hozirgi vaqtda kriminalistik taktikaning muhim yo‘nalishlaridan birini belgilaydi. 2-§. Taktik usul, taktik tavsiya va taktik kombinatsiya Kriminalistik taktikaning negizini taktik usullar, tavsiyalar va kombinatsiyalar tashkil etadi. «Kriminalistik usul» tushunchasi taktik usul bilan bir xil bo‘lib, jinoyatlarni bartaraf etish va tergov qilishda dalillarni yig‘ish, tadqiq qilish, baho berish va foydalanish uchun faol harakat qilishning natijali yo‘li yoki maqsadga muvofiq harakat qilish tarzi sifatida ifodalanadi. Kriminalistik usullar texnik kriminalistik va taktik (taktik kriminalistik) usullarga bo‘linadi. Birinchisi kriminalistik texnikaning ilmiy qoidalari yoki texnik-kriminalistik sharoitlarni ishlatish usullari bo‘lsa, ikkinchisi sud va dastlabki tergovni tashkil etish va rejalashtirish, alohida protsessual harakatlarni tayyorlash va o‘tkazish usullaridir. 11 Taktik usullarni ikki turga, ya’ni harakat jarayonida qo‘llaniladigan (qanday bo‘lmasin harakatlarni, operatsiyalarni amalga oshirishda ishlatiladigan) va munosabatlarda qo‘llaniladigan (tergovchi tomonidan vaziyatni o‘z foydasiga aylantirish uchun qo‘llaniladigan) usullarga bo‘lish mumkin. Jinoyatchilikka qarshi kurashda taktik usullarning qo‘llanilishi bir qator talablar bilan bog‘liq. Taktik usulni qo‘llashga bo‘lgan talab uning qonunga muvofiq bo‘lishidir. Shunga ko‘ra, jinoyatlarni ochish va tergov qilish taktik usullari, tavsiyalari va kombinatsiyalari qo‘llanilishining huquqiy asoslarini to‘g‘ri belgilab olish qonunchilik talablariga rioya qilishning negizi hisoblanadi. Jinoyatni tergov qilish jarayonida taktik usullar, tavsiyalar va kombinatsiyalardan foydalanishning huquqiy asoslari sifatida ularning qonun va qonun aktlari ichiga kiriladigan ko‘rsatmalar hamda tergovchi, tezkor xodim va sud tomonidan ishlatish qoidalari va prinsiplari tushuniladi. Ushbu prinsip va qoidalar taktik usul, taktik tavsiya va taktik kombinatsiyalarning ishlatish mumkinligi, mazmuni, maqsadlari va ishlatish tartibining shart-sharoitlarini belgilaydi. Jinoyat ishlarini ko‘rish jarayonida taktik usullarni ishlatish imkoniyatlarining asosiy prinsiplari katta ahamiyatga ega. Taktik usullar, tavsiyalar va kombinatsiyalarni ruxsat etish prinsipiga ko‘ra ishlatish shundan iboratki, ular o‘zining ta’rifi, mazmuni va maqsadga qaratilgan qonunning shakl va mazmuniga, ularning qo‘llanilishida esa qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilishi lozim. Ammo taktik usul, tavsiya va kombinatsiyalarni ruxsat etish prinsipiga ko‘ra ishlatish qonundan tashqari, ular asosida olinadigan natijalarga bog‘liq va ushbu natijalarning voqelikka to‘g‘ri kelishi taktik usul, tavsiya va kombinatsiyalarning ilmiy asoslarga uzviy bog‘lanishini, ularning talablariga rioya qilinishini taqozo etadi. Tabiiyki, bu holda qonunda taktik usullarning ilmiy asoslanishi to‘g‘risida gap yuritilmaydi, chunki bu huquqqa aloqasiz masala bo‘lib, faktik muammoga bog‘langan. Taktik usulni ilmiy asoslash uchun quyidagi elementlarni tushunish kerak: voqelikda taktik usulni ishlatish manbai aniq bo‘lishi lozim (ilmiy- tadqiqot natijalari shunga kiradi) yoki aniq tekshirish vositasi sifatida bo‘lishi kerak (amaliyotdan olingan tavsiyalar ilmiy jihatdan tekshirtirilgan bo‘lishi lozim); taktik usul kriminalistik taktika yoki boshqa fanlarning ushbu taktik usulni asoslab borish qoidalariga, ularning hozirgi zamon rivojlanish holatiga va ilmiy fikrlariga muvofiq bo‘lishi lozim; 12 taktik usulni qo‘llash natijasini oldindan bilish, ilmiy jihatdan ushbu natija va olinadigan ma’lumotlarning aniq imkoniyati darajasini bog‘lash zarur; taktik usulni qo‘llashdan avval uning maqbul qo‘llanish sharoitlarini asosli holda belgilab berish lozim. Ushbu qayd qilingan qoidalardan tashqari (ularni taktik usullarni nazariy jihatdan qo‘llash asoslari deb atashimiz mumkin), taktik usullarning amaliyot talablariga va ilmiy asoslariga to‘g‘ri bo‘lishini nazarda tutish kerak. Chunki taktik usulning maqsadga muvofiq bo‘lishiga erishish mumkin bo‘lgan, natijaga qanday zaruriy kuch, vosita va vaqt ishlatib, taktik jihatdan qanday tavakkal qilishni bilishimiz lozim bo‘ladi. Maqsadga muvofiq bo‘lish prinsipini taktik usuldan foydalanish uchun ishlatish mumkinligini aniqlash hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Ammo bu prinsip qonun tomonidan taktik usulni qo‘llashni taqozo qilganda yoki muayyan vaziyatda uni qo‘llash mumkinligini qayd etganda juda katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, qonunda to‘g‘ri bo‘lish va maqsadga muvofiqlik o‘rtasida hech qanday ziddiyatlar bo‘lishi mumkin emas. Agar taktik usul qonunga to‘g‘ri kelsa, u holda maqsadga muvofiq ham bo‘ladi. Taktik usullarni qo‘llash borasida ularni ishlatish imkoniyati muhim rol o‘ynaydi. Har bir usulni tergovchi, tezkor xodim va sudya tomonidan ishlatish imkoniyati qanchalik oson bo‘lsa, ushbu xodimlar tomonidan qo‘yilgan taktik maqsadlarning amalga oshirilishi shunchalik mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, taktik usul ushbu xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari chegarasidan oshmasligi zarur. Aks holda, u taktik-kriminalistik usul bo‘la olmaydi va boshqa bilim sohasidagi usulga aylanadi. Ko‘pincha, bunday usullar jinoyat protsessida tegishli mutaxassis, ekspert tomonidan qo‘llaniladi. Murdani sud-tibbiy tekshiruvidan o‘tkazish, hujjatlarni sud-buxgalteri tahlil qilishi va boshqa shunga o‘xshash holatlarni bunga misol keltirish mumkin. Jinoyat-protsessual qonunlarining rivojlanishiga asosan qonunda qayd qilinmagan alohida taktik usullarning qonunga kiritilib, qayd etilishi ta’sir etishi mumkin. Shunga binoan, ushbu qonunda ko‘rsatilgan usullar o‘zining taktik xususiyatlarini yo‘qotadimi yoki taktik xususiyatlaridan ajralmagan holda qonunlashgan bo‘ladimi, degan savol tug‘iladi. Yuqorida qayd qilganimizdek, taktik usul – bu tergov qiluvchi shaxsning ma’lum sharoitlarda amalga oshiradigan eng faol va natijali harakati yoki munosabat o‘rnatishda tanlagan yo‘li. Taktik usulning 13 qonunda qayd qilinishini uning qonunga va maqsadga muvofiq bo‘lishini yana bir bor isbotlaydi hamda qonunda ko‘rsatilgan har qanday vaziyatlarda uni qo‘llash imkoniyatini beradi. Agar taktik usul qonunda qayd etilgan bo‘lsa, taktik usul sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, taktik usulning majburiy bo‘lishi yoki bo‘lmasligi uning mohiyatini belgilamaydi. Qonun ijodkori tomonidan taktik usulning majburiy bo‘lishi uni tergov va sudlov jarayonida eng natijali vosita sifatida baholanishini ko‘rsatadi. Taktika vositani erkin tanlashni emas, balki to‘g‘ri tanlashni anglatadi. Agar ushbu tanlashni qonun ijodkori amalga oshirgan bo‘lsa, bu ham taktika sifatida o‘z ma’- nosini o‘zgartirmaydi, chunki ushbu tanlash asosida qandaydir bir usulni ilmiy jihatdan amaliyotda qo‘llanilganining ko‘p yillik tajribasi yotadi. Demak, erkin tanlash o‘ylab zaruriy usulni tanlashdan iborat bo‘lsa, qonuniy tanlash har tomonlama o‘ylab tanlagan usul sifatida ifodalanadi. Taktik usullarni qo‘llashning yana bir sharti to‘g‘risida gapirish lozim. Ushbu shart ma’naviy talablarga bog‘langan. Taktik usulni qo‘llash protsessual harakat qatnashchisining qadr-qimmatini yerga urmasligi, uning hayotiga xavf tug‘dirmasligi, hayotini, shaxsiy sirlarini fosh qilmasligi lozim va bu talabning bajarilishi majburiydir. Taktik usullardan tashqari, ushbu fanimiz taktik tavsiyalarni ham ishlab chiqadi. Taktik-kriminalistik tavsiya – bu tergov qilish va sud jarayonida taktik usullarni tanlash va qo‘llash bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan va amaliyotda tekshirilgan maslahat. Taktik-kriminalistik tavsiya tergov yoki sud tomonidan bajariladigan harakatlarda dalillarni yig‘ish, tadqiq etish va foydalanish bo‘yicha, u yoki bu texnik- kriminalistik vosita va usullarni ishlatishga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Tavsiyalar umumiy ta’rifga ega bo‘lib, ular: isbotlashning har qanday ishtirokchisi tomonidan qo‘llanilishi mumkin; har qanday vaziyatda ishning holatiga qaramasdan ishlatilishi mumkin. Shuningdek, tavsiyalar maxsus bo‘lishi ham mumkin. Ular ma’lum shaxsga (tergovchiga, tezkor xodimga) qaratilgan bo‘lib, muayyan holatga nisbatan mo‘ljallangan, jumladan, protsessual harakatning ma’naviy jihatdan olib borish holatiga bog‘langan bo‘lishi mumkin. Tavsiyalar yagona taktik rejaga asoslangan taktik usullar yig‘indisiga, ya’ni taktik kombinatsiyalar bilan bog‘langan bo‘ladi. 14 Taktik kombinatsiya – bu ma’lum taktik usullar yoki tergov harakatlari yig‘indisi bo‘lib, tergov qilishdagi muayyan vazifani hal etishga qaratilgan hamda shu maqsad va tergov holati bilan belgilanadi. Agar taktik kombinatsiya yagona bir tergov harakatining ichiga singib, bir necha taktik usullar yig‘indisini o‘zida jamlagan bo‘lsa, u holda, bunday taktik kombinatsiya oddiy yoki elementar kombinatsiya sifatida tan olinadi. Agar taktik kombinatsiya bir necha tergov harakatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, dastlabki tergov jarayonida bu kombinatsiya murakkab deb ataladi. Bunday taktik kombinatsiya bir turdagi tergov harakatlaridan yoki boshqa xil tergov harakatlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Uning tarkibiga tashkiliy-texnik choralar kirishi mumkin. Ular ta’minlovchi ta’rifga ega bo‘ladi. Ularni taktik kombinatsiyaga qo‘shish uning taktik tabiatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki ular mustaqil ahamiyatga ega emas. Agar taktik rejaga binoan tergovchining harakatlaridan tashqari uning topshirig‘i bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ham qo‘shilsa, u holda tezkor-taktik kombinatsiya vujudga keladi. Lekin bunday holatlarda quyidagilarni hisobga olish zarur: – ushbu kombinatsiya tarkibiga kiruvchi tergov harakatlari protsessual jihatdan ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ularni o‘tkazish davrida tezkor-qidiruv choralari orqali olingan ma’lumotlar ham protsessual ahamiyatga ega bo‘ladi; – kombinatsiya tarkibiga kiruvchi tezkor-qidiruv choralari kombi- natsiya elementi sifatida uning tarkibiga kiruvchi tergov harakatlarining natijali, maqsadga muvofiq va xavfsiz bo‘lishi uchun, zarur hollarda, ma’lum davrgacha yashirin bo‘lishini ham ta’minlab beradi. O‘z navbatida, tergov harakatlari kelgusi tezkor-qidiruv choralari uchun bog‘lanish pog‘onasi bo‘lib xizmat qiladi va ularni yagona tezkor-taktik kombinatsiyasida maqsadga yetish uchun sharoitlar tayyorlab beradi; – tergov va tezkor-qidiruv choralarining kombinatsion ravishda birlashishi ular asosida «tezkor-qidiruv-tergov» harakatlarining vujudga kelishiga olib kelmaydi, balki ushbu harakatlar birgalikda olib borilsa ham bir-biri bilan qo‘shilmaydi. Tergovchi bunday tezkor-qidiruv harakatlarini birgalikda olib borishda bevosita ishtirok qilmaydi va ularning amalga oshirish uslublarini belgilamaydi. Tezkor-taktik kombinatsiya tergovchi va tezkor xodimning birgalikda harakat qilishi natijasida vujudga keladi va ulardan har biri o‘z vakolati doirasida harakat qilib, o‘zlarining uslublarini qo‘llaydilar. 15 Taktik usul va taktik kombinatsiyalar taktik qarorlarni amalga oshirish uchun asosiy vosita sifatida ifodalanadi. Taktik qaror – taktik ta’sir ko‘rsatishning biror-bir maqsadini tanlab, tergov holatiga yoki uning ayrim elementlariga, tergov jarayoni o‘tishiga va uning natijalariga ta’sir qilishga hamda ushbu maqsadga yetishish uchun tegishli uslub, usul va vositalarni belgilash. Taktik ta’sir ko‘rsatish deganda, qonunga mos bo‘lgan har qanday harakat tushunilib, u yoki bu obyektga nisbatan taktik ta’sir, taktik usullar yoki boshqa kriminalistik vosita va uslublarni ishlatish taktikasi anglab yetiladi. Taktik qaror uchta qismdan iborat: – axborot; – tashkiliy; – operatsion harakat qilish. Taktik qarorning axborot qismi tergovning holati va uning kompo- nentlarini tahlil qilish va baho berish, yechiladigan protsessual masalalar hamda qarshi bo‘lgan kuchlarning niyatlarini hisobga olib, tergovning imkoniyatlari va kelajakda vaziyat qanday tus olishini tahlil etishdan iborat. Taktik qarorning tashkiliy qismi harakatlarni kimlar o‘rtasida va qanday taqsimlash, birgalikda qanday yo‘nalishda va qanday shaklda harakat qilish, mavjud kuch va vositalarni ishga solish ketma-ketligini belgilash, zaxiradagi qo‘shimcha imkoniyatlarni hisobga olib tashkiliy- texnik choralar o‘tkazishdan iborat. Taktik qarorning operatsion qismi (harakat qilish qismi) taktik ta’sir etishning maqsadini belgilab, maqsadga nisbatan shart-sharoitlarni va maqsadga erishish uchun tegishli uslublarni tanlab, kelgusidagi natijalarni hisobga olgan holda harakat qilishdan iborat. Taktik qarorning maqsadlariga tergov jarayonida tergov holatining tarkibiy elementlarini o‘zgartirib, ma’qul tergov holatini vujudga keltirish, noma’qul tergov holatidan maksimal holda natijali foydalanish, tergovga qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar ustidan taktik yutuqqa ega bo‘lish, tergovning dastlabki bosqichida to‘satdan harakat qilish omilini o‘rganish, tergovning uslubiy va shijoatkorlik darajasini ta’minlash kabilar kiradi. Taktik qarorga nisbatan uning qonuniy va asosli bo‘lishi, ma’naviy talablarga rioya qilishi, o‘z vaqtida o‘tkazilishi va voqelikda zaruriy ravishda amalga oshirilishidan iborat talablar qo‘yiladi. Taktik qarorning qonuniyligi quyidagilarni anglatadi: – taktik qarorning tergovchi tomonidan qonunga va uning protsessual vakolatiga asoslangan holda qabul qilinishi; 16 – qonun tomonidan ruxsat etilgan taktik ta’sir etish vositalarining ishlatilishi taqozo etilgan vaqtlarda qarorning qonunga zid emasligi va uning tergov qilish jarayonida qo‘llaniladigan ma’naviy tamoyillarga ham mos kelishi. Taktik qarorning o‘z vaqtida amalga oshirilishi vujudga kelgan tergov vaziyati bilan belgilanib, uning qabul qilinishi tergov jarayonining ildamroq olib borilishini ta’minlab beradi. O‘z vaqtida qaror qabul qilmaslik yoki uni tegishli vaqtdan oldin qabul qilish yoki tergovchining harakatsizligi tuzatib bo‘lmaydigan holatlarga olib keladi va tergov natijalarining salbiy tus olishiga sabab bo‘ladi. Shuni ham hisobga olish zarurki, taktik qaror faol harakatlarni har doim ham talab qilmaydi. Qarorni qabul qilish harakatlaridan voz kechishini talab qilishi mumkin. Agar tergov vaziyatiga ta’sir etish shunday choralarni qabul qilishni taqozo etsa, tergov vaziyatining ma’qul bo‘lishiga olib qilish mumkin. Ammo bunday harakatlardan voz kechish tergovchining umuman harakatsizlikda vaqtni o‘tkazishini emas, balki o‘ziga xos harakatlarni amalga oshirishini talab qiladi. Taktik qarorning asosli bo‘lishi uni murakkab yig‘indi sifatida ifodalaydi. Bu esa, birinchidan, undagi faktlarning asosli bo‘lishini, ya’ni qaror voqelikda bo‘lgan ishni holatiga, tergov vaziyatiga yoki bu harakatga doir olingan axborotga mos bo‘lishini, ikkinchidan, qarorning ilmiy talablarga to‘g‘ri bo‘lishi, kriminalistik taktika, psixologiya va boshqa bilim sohalariga mutanosib bo‘lib, ular asosida qo‘llanilishini talab qiladi. Ilmiy asoslanishda fan ma’lumotlari bilan tergov amaliyotining umumlashtirilgan ma’lumotlari birlashadi. Uchinchidan, qaror qonunda ko‘rsatilgan muayyan harakatlar- ning amalga oshirilishini hamda ushbu qonunga rioya qilinishini, to‘rtinchidan, tergovchining boshqa ichki xizmatlar va jamoat vakillari bilan birgalikda harakat qilishini talab qiladi. Bunday qarorning taktik jihatdan asosli bo‘lishi unga yana bir belgi, ya’ni barcha xizmatlarning, hamjihatlikda ish ko‘rib, ish bo‘yicha qabul qilinadigan barcha qarorlarni yagona tizimga keltirilishini taqozo etadi. Taktik qarorning muayyan voqelikda amalga oshirilishi barcha mo‘ljallangan harakatlarning amalga oshirilishini va barcha taktik jihatdan ta’sir etiladigan vositalarning qo‘llanilishini talab qiladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling