A k a d e m I y a kriminalistik taktika


-§. Tergovni rejalashtirish usullari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Krim-taktika


 
4-§. Tergovni rejalashtirish usullari 
 
Odatda  har  qanday  jinoyat  ishi  bo‘yicha  (xoh  u  oddiy  bo‘lsin,  xoh 
murakkab)  tergovni  rejalashtirish  bir  necha  bosqichlardan  iborat  bo‘ladi. 
Rejalashtirishda dastlab tergovni boshlashga asos bo‘lgan boshlang‘ich ax-
borot bilan tanishish jarayoni vujudga keladi. Bu jarayon vaqtida tegishli 
hujjatlar  o‘rganiladi,  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  ko‘zdan  kechiriladi,  jabr-
lanuvchilar  va  jinoyatni  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgan  shaxslardan  ko‘rsatuvlar 
olinadi.  Axborotni  o‘rganish  va  tegishli  savollarni  qo‘yish  bu  rejalash-
tirishning  boshlanishidir.  Shunday  qilib,  rejalashtirishning  birinchi  asosi 
sifatida hodisa to‘g‘risida dastlabki axborotning borligi namoyon bo‘ladi. 

 
37 
Tusmollar rejalashtirishning boshqa bir asosi sifatida xizmat qiladi. 
Tergov  rejasini  tuzganda,  avvalambor,  umumiy  tusmollar  hisobga 
olinadi.  Ularni  muayyanlashtirish  tergovning  umumiy  yo‘nalishini, 
tekshiriladigan savollar doirasini belgilab beradi va qanday harakatlarni 
amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Rejada, bundan tashqari, xususiy 
tusmollar  ham  inobatga  olinadi.  Bunda  dastlab  gumon  qilinuvchining 
shaxsi tekshiriladigan shaxslar doirasi to‘g‘risidagi tusmollarni va aynan 
shu shaxslarni tekshirish natijasida gumon qilinuvchi aniqlanadi. Jinoyat-
ni sodir etish maqsadlari, izlarning vujudga kelish mexanizmi va faktlar 
orasida  sababiy  oqibat  bog‘lanish  to‘g‘risidagi  tusmollar,  shuningdek, 
jinoyatlarni  o‘z ko‘zi bilan  ko‘rgan shaxslar  hamda  atayin  niqoblangan 
jinoyatlar  (qotilliklar,  o‘t  qo‘yishlar,  o‘g‘irliklar,  yo‘l-transport  jinoyat-
lari,  avariyalar,  aviahalokatlar)  bo‘yicha  tusmollar  katta  ahamiyat  kasb 
eta boshlaydi. Tusmollarning ushbu ishlar bo‘yicha muayyanlashtirilishi 
hodisa tafsilotining aniqlanishiga, jinoyatchining faol qidirilishiga, isbot 
kuchiga ega bo‘lgan axborot manbalarining topilishiga imkon beradi. 
Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunlar rejalashtirish asosi sifatida xiz-
mat qiladi. Tergovchi ular asosida jinoyatning huquqiy tarkibini aniqlaydi, 
tergov paytida jinoyat jarayoni qatnashchilarining haq-huquqlari va haqqo-
niy manfaatlarini ta’minlab berishga harakat qiladi hamda tegishli sharoitlar 
yaratib berish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar doirasini aniqlaydi. 
Nihoyat,  kriminalistikaning  ilmiy  tavsiyalari  va  tergovchining 
shaxsiy  tajribasi  rejalashtirish  asosi  sifatida  xizmat  qiladi.  Krimi-
nalistikada  rejalashtirish,  birinchidan,  jinoyatning  kriminalistik  ta’rifi, 
jinoyatlarning kriminalistik tasnifi va tergov holatlarini hisobga olishni, 
ikkinchidan, tergov jarayonining o‘ziga xos bosqichlarga egaligi va har 
bir bosqichda o‘ziga xos rejalashtirish bo‘lishini talab qiladi. 
Jinoyatning kriminalistik ta’rifi, jinoyatlarning kriminalistik tasnifi 
va tergov vaziyatlari – bir-biri bilan bog‘liq kategoriyalar bo‘lib, tergov-
ning  o‘ziga  xoslik  belgisini  ta’riflaydi  va  jinoyatning  xususiyati,  uning 
manbalari,  mazmuni, axborotning hajmi, tergovchining imkoniyatlarini, 
moddiy, tashkiliy va boshqa omillarni hisobga olishga yordam beradi. 
Ma’lumki, huquqbuzarlik harakatlari va tergovda vujudga keluvchi 
holatlar  xilma-xildir.  Masalan,  rejalashtirishga  oid  quyidagi  tipik 
vaziyatlarni ko‘rib chiqib, buning guvohi bo‘lamiz. 
1.  Mulkni  talon-toroj  qilishga  oid  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 
tergovning birinchi qadamlaridanoq jinoyatning ta’rifi, gumon qilinuvchi 
va ashyoviy dalillarning manbalari to‘g‘risida ma’lumotlar ayon bo‘lsa, 
rejalashtirish  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishi  uchun  asos  bo‘lgan  hujjatli 

 
38 
manbalardan  boshlanadi.  Hujjatlarning  o‘rganilishi  tergov  qilish 
yo‘nalishlari va isbotlash usullarini belgilab beradi. Albatta, tergovchi bu 
vaziyatda  iqtisodiy  jinoyatlar  bilan  shug‘ullanuvchi  bo‘linmalar 
xodimlari bilan bevosita harakat qilib, jinoyat ishi bo‘yicha tergov qiladi. 
Masalan,  institutda  pul  mablag‘larini  talon-toroj  qilish  holati 
bo‘yicha  tergovning  to‘rtta  yo‘nalishi  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  ular 
jinoyatni sodir etishning quyidagi tarzlarini o‘rganishga qaratilgan edi: 
–  ish  haqini  berish  uchun  to‘lov  varaqalariga  (vedomostlariga) 
«o‘lik jonlar»ni kiritish yo‘li bilan talon-toroj qilish; 
– institut garajida avtomashinalarning ehtiyot qismlarini o‘g‘irlash 
yo‘li bilan jinoyatni sodir etish
– muassasaning mulkini talon-toroj qilish; 
– deponent  ma’lumotnomalariga ko‘ra, kassirlar tomonidan ushbu 
hujjatlar  bo‘yicha  saqlanayotgan  pul  mablag‘larini  talon-toroj  qilish  va 
hokazo. 
Bunda  ko‘rsatilgan  har  bir  yo‘nalish  bo‘yicha  talon-torojlarning 
epizodlarini aniqlash, ular orasidagi bog‘liqlikni topish, tashkilotchilarni, 
bajaruvchilarni,  jinoyatni  sodir  etishga  ko‘maklashgan  shaxslarni  aniq-
lash,  talon-torojning  umumiy  zararini  bilish, har  bir yo‘nalish  bo‘yicha 
ashyoviy dalillar tizimini shakllantirish hamda shunday tizimni epizodlar 
va ularning yig‘indilari bo‘yicha ishlab chiqishni rejalashtirish zarur.  
2.  Qotilliklar,  o‘t  qo‘yishlar,  o‘g‘irliklar,  zo‘rlashlar,  talonchi-
liklar,  bosqinchiliklar,  firibgarliklar,  yo‘l-transport  va  boshqa  ayrim 
jinoyatlar  bo‘yicha.  Agar  jinoyatni  kim  sodir  etgani,  uni  sodir  etish 
sharoitlari  noma’lum  bo‘lsa,  bunday  hollarda  dastlabki  ko‘zdan  kechi-
rish, so‘roq qilishlar bilan boshlang‘ich axborotni yig‘ish kuzatiladi. Bu 
axborot jinoyatning maqsadi, jinoyatchining shaxsi va uni qidirish uchun 
qaysi toifadagi shaxslarni qidiruv doirasiga olish lozimligi, hodisa sababi 
(yong‘inni,  o‘limni,  yo‘l-transport  hodisasi)ning  vujudga  kelishi 
to‘g‘risidagi  tusmollar  ishlab  chiqiladi.  Axborot  hajmining  kichik 
bo‘lishi va dastlabki tusmollarning ishlab chiqilishi tergovning bosqichi 
bo‘yicha  reja  tuzishga  imkon  beradi.  Masalan,  F.ning  nomusiga  tegib, 
unga  og‘ir  tan  jarohati  yetkazib,  o‘ldirib  ketishadi.  Bu  ayolga  nisbatan 
kechki  paytda  uchta  noma’lum  erkak  hujum  qilgani  to‘g‘risida  axborot 
olindi.  Jabrlanuvchining  kiyimi,  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  ko‘zdan 
kechirildi.  Bu  boshlang‘ich  axborot  jinoyatchilarning  shaxsi  va  jinoyat 
sabablari to‘g‘risidagi tusmollarni tuzishga asos bo‘ladi. Bu tusmollardan 
faktik ma’lumotlar bilan birgalikda ish bo‘yicha tergov qilish rejasining 
asosi sifatida jinoyatchilarni tezkor imkoniyatlardan keng foydalanib faol 

 
39 
qidirish, guruhlarni aniqlab, ularni so‘roq qilish, ekspertizalarni tayinlash 
maqsad  qilib  qo‘yildi.  Tergovchining  topshirig‘iga  ko‘ra,  viloyat  IIB 
Axborot  markazi  ellik nafar jinoyatchi to‘g‘risida xabar qildi. Ularning 
belgilari  ushbu  jinoyatni  sodir  etgan  jinoyatchilarning  belgilari  bilan 
o‘xshash  ekan.  Shunga  ko‘ra,  tergov  va  tezkor-qidiruv  choralari 
mo‘ljallangan ushbu shaxslarni aniqlash va tekshirish maqsadida tergov 
rejasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Rejaning amalga oshirilishi 
har  bir  jinoyatchini  jinoyat  sodir  bo‘lgan  kunda  nima  bilan 
shug‘ullanganini  aniqlashga  imkon  berdi.  Ular  orasidan  bu  jinoyatni 
sodir  etgan  shaxs  aniqlandi.  Keyinroq  uning  sheriklari  ham  aniqlanib, 
ularni ushlash choralari amalga oshirildi. Tergovning reja asosida tashkil 
etilishi bu jinoyatning ikki kun ichida ochilishiga imkon berdi. 
Tergovning  bosqichlariga  qarab  rejalashtirish  xususiyatlari  ham 
ajralib  turadi.  Bizning  fikrimizcha,  dastlabki  tergovda  yettita  bosqich 
mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
–  dastlabki  bosqich  jinoyat  to‘g‘risida  xabar  yoki  ariza  tushgandan 
so‘ng  boshlanib,  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  vaqtigacha  davom  etadi.  Bu 
bosqichning  maqsadi  jinoyat  alomatlarini  va  jinoyatning  kim  sodir 
etganligini aniqlash, jinoyatni  sodir etishda  jabrlanuvchi   shaxsini  aniqlab, 
agar u qarshilik ko‘rsatish yoki uni bartaraf qilish choralarini ko‘rgan bo‘lsa, 
unga huquqiy yoki boshqa zaruriy yordam ko‘rsatish; 
–  ikkinchi  bosqich  jinoyat  ishining  qo‘zg‘atilishidan  boshlanadi  va 
jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlab, uni ushlab olish vaqti bilan tugaydi 
yoki gumon qilinuvchi dastlabki bosqichda ayon bo‘lsa, uni ilk bor so‘roq 
qilish  bilan  yakunlanadi.  Bu  bosqichning  maqsadi  kechiktirib  bo‘lmas 
tergov  harakatlarini  o‘tkazish  asosida  jinoyatni  sodir  etgan  shaxsning 
kimligini  aniqlash  va  uni  ushlash.  Birinchi  va  ikkinchi  bosqichlarda 
jinoyatchini aniqlash maqsadlariga keng ko‘lamda tezkor-qidiruv choralari 
qo‘llaniladi,  texnik-kriminalistik  vositalar  va  kriminalistik  hisoblar  ishga 
solinadi, tashkiliy tadbir va harakatlar o‘tkaziladi; 
–  uchinchi  bosqich  gumon  qilinuvchini  birinchi  so‘roq  qilishning 
yakuni  bilan  boshlanadi.  Agar  gumon  qilinuvchi  ushlanmagan  bo‘lsa, 
shaxsni  ayblanuvchi  tariqasida  javobgarlikka  tortish  uchun  yetarli 
ma’lumotlarni  yig‘ish  bilan  yakunlanadi.  Mazkur  bosqichda  gumon 
qilinuvchiga  doir  jinoyatga  taalluqli  barcha  vajlar  tekshiriladi.  Uning 
vajlarini  yo‘q  qilib  tashlaydigan  yoki  tasdiqlaydigan  ma’lumotlar  aniq-
lanadi.  Agar  tergov  vaziyati  va  gumon  qilinuvchining  shaxsi  ijobiy 
ta’riflansa, zarur hollarda, unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llamasdan 
tergovchi uni ozodlikda qoldirishi mumkin. Uchinchi bosqichda odatda 
ayb e’lon qilishdan avval tergovlar gumon qilinuvchiga nisbatan hibsga 

 
40 
olish  chorasini  qo‘llaydilar,  chunki  bu  bosqichda  jinoyatni  sodir 
qilishning  yangi  holatlari,  yangi  jabrlanuvchilari  va  tergovga  ayon 
bo‘lmagan yangi jinoyatlar ma’lum bo‘lishi mumkin;  
–  to‘rtinchi  bosqich  shaxsni  ayblanuvchi  tariqasida  javobgarlikka 
tortish  to‘g‘risida  qaror  chiqarish  vaqtidan  boshlanib,  ayblanuvchining 
birinchi  so‘roq  bayonnomasini  to‘liq  o‘rganib  chiqish  vaqti  bilan 
yakunlanadi. Bu bosqichning  maqsadi tergov jarayonida ayblanuvchining 
huquq  va  haqqoniy  intilishlarini  ta’minlash,  unga  e’lon  qilingan 
aybnomaga  asosan  to‘liq  so‘roq  qilib,  jinoyat  to‘g‘risida  zaruriy 
axborotlarni olish va ayblanuvchining himoyachisi barcha vajlarini hisobga 
olib,  kelgusida  tekshirish  uchun  axborot  to‘plashdan  iborat.  Bundan 
tashqari, jinoyat ishi bo‘yicha jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash 
uchun ayblanuvchi qanday ijobiy harakatlar yoki tavsiyalar taklif qilishini 
bilish  zarur,  chunki  jabrlanuvchining  huquqi  va  haqqoniy  intilishlari 
dastlabki  tergov  davrida  ta’minlanishi  lozim.  Ushbu  bosqichda 
ayblanuvchini  so‘roq  qilganda  jinoyatni  sodir  etish  natijasida  olingan 
qimmatbaho buyumlar va obyektlarning qayerda joylashtirilgani to‘g‘risida 
tegishli savollar berilishi ham maqsadga muvofiqdir; 
–  beshinchi  bosqich  ayblanuvchiga  nisbatan  ehtiyot  chorasini 
qo‘llash  to‘g‘risidagi  qarorni  e’lon  qilish  bilan  boshlanib,  ayblanuvchi 
tomonidan  sodir  etilgan  jinoyat  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan 
barcha  holatlarning  to‘liq  aniqlanish  vaqtigacha  davom  etadi. 
Isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar aniqlangandan va jinoyat ishi 
bo‘yicha barcha materiallar  yig‘ilgandan so‘ng tergov tamom bo‘ldi va 
to‘plangan  dalillar esa  ayblash  fikri tuzish  uchun  yetarli deb  topilgach, 
bu  haqda  jabrlanuvchiga  va  jinoyat  jarayonining  boshqa  manfaatdor 
qatnashchilariga  xabar  qilinadi.  Bu  xabarni  yuborish  bilan  beshinchi 
bosqich  oltinchi  bosqichga  aylanadi.  Beshinchi  bosqichda  quyidagi 
maqsadlar  qo‘yiladi:  ayblanuvchiga  e’lon  qilingan  ayb  to‘g‘risida  u 
bergan  barcha  ko‘rsatmalari  tekshiriladi,  ayblanuvchining  vajlarini 
tekshirib,  yo‘qqa  chiqaruvchi  barcha  ma’lumotlar  aniqlanadi,  e’lon 
qilingan  ehtiyot  chorasi  amalga  oshiriladi,  ish  bo‘yicha  ma’lum 
bo‘lmagan yangi jinoyatlar va jabrlanuvchilar aniqlanadi. Bu bosqichda 
jabrlanuvchining  huquq  va  haqqoniy  intilishlarini  ta’minlash  niyatida 
undan olib qo‘yilgan mulk qidiriladi, ayblanuvchi tomonidan yetkazilgan 
zarar  qoplanadi  yoki  qisman  yengillashtiriladi.  Fuqarolik  da’vosini 
ta’minlash  uchun  choralar  qabul  qilinadi  –  ayblanuvchining  mulki 
xatlanadi.  Jabrlanuvchining  huquqini  ta’minlash  harakatlari,  uning 
huquqini himoya qilish choralari bu bosqichda natijali bo‘lishi lozim; 

 
41 
–  oltinchi  bosqich  jabrlanuvchini  jinoyat  ishi  materiallari  bilan 
tanishtirish  to‘g‘risida  xabarnoma  yuborish  vaqti  bilan  boshlanib, 
tergovchi  tomonidan  jinoyat  protsessi  qatnashchilari  bergan 
iltimosnomalarni  qondirish  yoki  rad  etish  bilan  yakunlanadi.  Agar 
tergovchi  iltimosnomalarni  qondirsa,  u  holda  tergov  jarayoni  beshinchi 
bosqichga  qaytadi  va  shu  bosqichda  iltimosnomaga  ko‘ra  tergov 
harakatlari  o‘tkaziladi.  Agar  iltimosnoma  rad  etilsa,  oltinchi  bosqich 
yettinchi bosqichga aylanadi. Bu bosqichning maqsadi jinoyat protsessi 
qatnashchilarini  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dastlabki  tergov  yakunlangani 
to‘g‘risida  ish  materiallari  bilan  tanishish  imkoniyatiga  ega  ekanliklari 
to‘g‘risida  xabar  berish,  ularning  huquqi  va  haqqoniy  intilishlari 
ta’minlashdir.  Ular  ish  bilan  tanishib  chiqqanlaridan  so‘ng  tegishli 
iltimosnomalarini  ko‘rib  chiqib,  tegishli  qarorlar  chiqarish  maqsadga 
muvofiq bo‘ladi; 
7)  yettinchi  bosqich  ayblash  fikrini  tuzish  harakatlari  bilan 
boshlanib,  uni  prokurorga  yuborish  payti  bilan  yakunlanadi.  Bizning 
fikrimizcha, bu bosqichni uzaytirib, prokuror tomonidan ayblash fikrini 
tasdiqlab,  sudga  yuborish  vaqti  bilan  yakunlash  mumkin.  Yettinchi 
bosqichda  ayblash  fikrini  tuzish,  uni  jinoyat  ishi  materiallari  bilan 
prokurorga  yuborish,  dastlabki  tergov  ustidan  prokuror  nazoratini  olib 
borish va ayblash fikrini prokuror tomonidan tasdiqlab, sudga yuborish 
maqsadlari  qo‘yilgan  bo‘ladi.  Tergovchi  bu  bosqichda  dastlabki  tergov 
natijalarini teran tahlil etib, ayblash fikrida ularni aks ettiradi. Dastlabki 
tergov rejasi natijalari ayblash fikrining mazmunida o‘z ifodasini topadi. 
Bu  yakunlovchi  bosqich  dastlabki  bosqichdan  yettinchi  bosqichgacha 
bo‘lgan  jinoyat  ishi  bo‘yicha  o‘tkazilgan  barcha  natijalarni  o‘z  ichiga 
oladi. 
Ko‘rsatilgan  bosqichlar  taxminiy  ravishda  bir-biridan  ajratib 
ko‘rsatilgan  bo‘lib,  amaliyotda  ularning  bir-biri  bilan  bog‘lanishi 
uzviydir.  Shu  bois,  ularning  bir-biriga  ta’sir  etish  qonuniyatlari 
mavjudligi  aniqlangan.  Bu  qonuniyatlar  tergovning  to‘g‘ri  rejalash-
tirilishi bilan bog‘liq. Masalan, dastlabki bosqich davrida tergovchi o‘z 
faoliyatini  to‘g‘ri  rejalashtirib,  jinoyatni  «issiq  izlarida»  ochib, 
jinoyatchini  aniqlasa  va  uni  ushlab  olishga  muvaffaq  bo‘lsa,  u  holda 
dastlabki  bosqich  ikkinchi  bosqichga  emas,  balki  uchinchi  bosqichga 
aylanadi. Bu qonuniyat bosqichlarining rivojlanishi deb ataladi. Bunday 
qonuniyatni  tergov  amaliyotida  jinoyatchilik  bilan  kurashni  yanada 
yuksak  pog‘onaga  chiqaradi.  Masalan,  O‘zbekistonda  jinoyatni  «issiq 
izlaridan»  qidirish  natijasida  70  foizdan  ko‘p  jinoyat  ochilmoqda. 

 
42 
Demak,  biz  bosqichlar  rivojlanish  qonuniyatining  guvohlari  bo‘lib, 
jinoyat  hodisalarining  kamayishini  kuzatyapmiz.  Bu  esa  ichki  ishlar 
idoralari,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  tomonidan  jinoyatchilikka 
qarshi faol kurash olib borilishini ko‘rsatyapti. Agar uchinchi bosqichda 
gumon  qilinuvchi  tergovdan  qochib  qolgan  bo‘lsa,  u  holda  tergovchi 
uning  qayerdaligini  aniqlashga  majbur  bo‘ladi  va  qidiruv  choralarini 
o‘tkazadi,  qidiruv  natija  bermasa,  tergovchi  ma’lum  davr  o‘tgandan 
keyin  dastlabki  tergovni  to‘xtatishga  majbur  bo‘ladi.  Tergovchining 
barcha qidiruv choralari ushbu bosqichda emas, balki ikkinchi bosqichda 
o‘tkaziladi.  Demak,  bunda  biz  yana  bir  qonuniyatga  duch  kelamiz.  Bu 
tergov  bosqichlarining  regressi  (orqaga  qaytishi)  deb  yuritiladi.  Ushbu 
qonuniyatni salbiy qonuniyat deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Shu bois, bunday 
salbiy  qonuniyat  tergovda  qancha  ko‘p  uchrasa,  tergovning  sifati 
shuncha pasayadi. 
Jinoyat ishi to‘xtatilgandan keyin bu chora bosqichlarga ham ta’sir 
etadi va shunga asosan yana bir prolongatsiya (uzaytirish) qonuniyati o‘z 
ifodasini topadi, ya’ni ish to‘xtatilsa, ikkinchi bosqich to‘xtaydi va uzoq 
davrgacha cho‘zilib ketadi. Jinoyat ishini to‘g‘ri rejalashtirish choralarini 
ko‘rganda  bunday  salbiy  qonuniyatlar  kam  uchraydi  yoki  umuman 
uchramasligi ham mumkin. 
Ko‘p  epizodli  jinoyat  ishi  bo‘yicha  bir  guruh  tergovchilar 
tomonidan  tergov  harakatlarini  rejalashtirganda,  bu  harakatlar  ikki 
bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda tergov qilishning umumiy 
rejasi tuziladi, ikkinchi bosqichda har bir tergovchi va tezkor xodim bilan 
birga ularning juz’iy rejalari ishlab chiqiladi. 
Umumiy  rejani  guruhning  rahbari  ishlab  chiqadi,  ammo  ushbu 
rejani  tuzganda  tergov  guruhining  barcha  a’zolari  ishtirok  etishlari 
mumkin.  Umumiy  rejani  birgalikda  muhokama  qilish  bunday  rejalash-
tirishning  eng  faol  harakatlaridan  biridir.  Chunki  rejaga  tegishli 
o‘zgartirishlar  kiritiladi,  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  uchun  taktik 
jihatdan  ularning  natijali  bo‘lishi,  ma’lumotlarning  tergovda  faol 
ishlatilishi,  tezkor  ma’lumotlardan  foydalanish  va  ularni  imkoni  bo‘lsa 
dalillarga aylantirish choralari o‘z aksini topadi. 
Juz’iy  rejalar  tergovchilar  o‘rtasidagi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  har  bir 
tergovchining  ish  hajmi  taqsimlanishiga  asosan  tuziladi  va  tegishli 
tusmollarga  bog‘lab  qo‘yiladi  (bunday  taqsimlanish  niqoblangan 
qotilliklarga mosdir). Epizodlar bo‘yicha ishni taqsimlashda (talon-torojlarni 
tergov qilish ishlariga mos keladigan taqsimlashda) har bir epizod bo‘yicha 
o‘ziga  xos  ashyoviy  dalillar  topilishi  va  bir  necha  tusmollar  tekshirilishi 

 
43 
mumkin.  Bundan  tashqari,  ayblanuvchilarning  aybi  borligi  yoki  yo‘qligi 
bo‘yicha  tegishli  vazifalar  yoki  alohida  tergov  harakatlarini  o‘tkazishda 
ishlar tergovchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin (masalan, bir tergovchiga 
tintuvni  o‘tkazish  belgilansa,  boshqa  tergovchi  ko‘zdan  kechirishlar 
o‘tkazadi  va  hokazo).  Tergovchilar  o‘rtasida  vazifalarni  taqsimlashda 
ularning  mehnati  to‘g‘ri  rejalashtirilgan  bo‘lishi  kerak,  chunki  har  bir 
tergovchi  mustaqil  yo‘nalishga  ega  bo‘lib,  aynan  shu  yo‘nalishga  to‘liq 
javobgar bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, tergov harakatlarini o‘tkazganda 
tergovchilar  o‘rtasida  ishni  qaytalash  (dubllash)  holatlarini  bartaraf  etish 
lozim bo‘ladi (bunday holatlar guvohlarni har xil epizodlar bo‘yicha so‘roq 
qilganda ro‘y berishi mumkin). Tergov guruhining boshchiligida jinoyat ishi 
bo‘yicha  yig‘ilgan  barcha  axborotlar  to‘planadi,  u  umumiy  va  xususiy 
(juz’iy)  rejalarning  qanday  amalga  oshirilishini  tekshiradi,  ularga 
o‘zgarishlar  kiritadi,  tergov  qilish  natijalarini  guruhiy  ravishda  muhokama 
qiladi, tergovchilarning ish faoliyatini va tezkor xodimlar tomonidan amalga 
oshirilgan choralarning bir yo‘nalishdaligi va natijasi bo‘yicha tekshiradi va 
ularning  ishlariga  rahbarlik  qiladi.  Eng  murakkab  va  muhim  tergov 
harakatlariga  tayyorgarlik  ko‘rishda  va  ularni  o‘tkazishda  o‘zi  bevosita 
ishtirok etadi. 
Alohida  tergov  harakatlarini  rejalashtirishning  xususiyatlari. 
Murakkab jinoyat ishlarini tergov qilishning umumiy rejasidan tashqari, 
alohida tergov harakatlarini o‘tkazish bo‘yicha rejalar tuziladi. Bu rejalar 
umumiy tergov qilish rejasi bilan kelishilgan holda umumiy rejada qayd 
etilgan  vazifalar,  uslublarning  qo‘llanilishi  va  tusmollarni  tekshirish 
vaqtini belgilab, qo‘yilgan ma’lumotlarga ko‘ra amalga oshirilishi lozim. 
Alohida tergov harakatlarini o‘tkazish rejasi quyidagi elementlarni 
o‘z ichiga oladi. 
1) tergov harakatini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rish. Bular: 
 –  tergov  harakatini  o‘tkazish  uchun  qanday  faktik  ma’lumotlarni 
o‘rganish  lozim  va  tergov  harakatiga  tayyorgarlik  ko‘rganda  yana 
qanday ma’lumotlarni hisobga olish kerak;  
– qanday holatlarni aniqlash kerak
 – qanday tayyorgarlik harakatlarini o‘tkazish lozim; 
 –  bu  tayyorgarlik  harakatlari  kim  tomonidan  va  qanday  muddat 
ichida o‘tkazilishi kerak;  
2)  alohida  tergov  harakatlarini  o‘tkazishda  qo‘llaniladigan  taktik 
usullar. Bular: 
–  tergov  harakatini  o‘tkazish  uchun  uning  joyini  va  o‘tkazish 
vaqtini belgilash;  

 
44 
–  tergov  harakatida  ishtirok  etuvchilar  doirasini  belgilash, 
shuningdek, ularning tarkibiga mutaxassislarni qo‘shish; 
– tergov harakatini o‘tkazganda qanday usullarni qo‘llash va ularning 
mazmuni  nimadan  iborat  bo‘lishi  kerakligini,  aniqlanadigan  savollarning 
ketma-ketlik tartibini belgilash; 
–  tezkor  yo‘llar  bilan  olingan  ma’lumotlarni  tergov  harakatlarini 
o‘tkazishda ishlatish; 
3)  tergov  harakatlari  jarayoni  va  natijalarini  qayd  etishdagi  taktik 
usullar. Bular: 
– qayd etish tarzlari; 
– ishlatiladigan asbob-uskunalar va texnik-kriminalistik vositalar;  
– mutaxassislarning yordami. 
Yozma  rejalar  va  ko‘makdosh  hujjatlarni  tuzish  shakllari.  Tergov 
qilish  rejasi  erkin  shaklda  tuzilishi  mumkin.  Maqsadga  muvofiq  rejada, 
avvalambor,  hodisa  to‘g‘risida  qisqacha  faktik  ma’lumotlar  aks  ettirilishi 
kerak. Shundan so‘ng jinoyat ishi bo‘yicha qanday tusmollar tekshirilishi 
qayd etilishi lozim. Bunday reja quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin: 
1) jinoyat ishining fabulasi (rejani tuzish davrida tergovchiga jinoyat 
ishi to‘g‘risida qanday ma’lumotlar ayon bo‘lgan); 
2)  ish  bo‘yicha  tuzilgan  tusmollar  va  ularni  tekshirish  yo‘llari 
tartibida  (1-sonli  tusmol  va  uni  tekshirish  yo‘llari;  2-sonli  tusmol  va  uni 
tekshirish yo‘llari va hokazo). 
Misol  tariqasida  quyidagi  tartibda  reja  tuzish  shaklini  tavsiya  etish 
mumkin: 
T/r  Ish 
bo‘yicha 
hal  etilishi 
lozim 
bo‘lgan 
tusmollar 
O‘tkaziladigan 
tergov  va  tezkor 
qidiruv choralari 
Bajaruvchi 
(F.I.Sh) 
Bajarish 
muddati 
Izohlar 






Tergov  qilish  rejasida  faktik  ma’lumotlarning  tahlil  etilishi 
jarayonida  muayyan  materiallar  ro‘yxatini  tekshirish  va  o‘rganish 
harakatlarini birgalikda olib borish mumkin.  
Faktik ma’lumotlar aniqlanishi bilanoq ular qisqa mazmunda rejaga 
kiritiladi  va  bu  to‘g‘rida  qo‘shimchalar  qilinib,  ularni  tekshirish 
to‘g‘risida tegishli belgilar qo‘yiladi. Fikrimizning dalili sifatida jinoyat 
ishi bo‘yicha namunaviy tergov qilish rejasini keltiramiz. 
 O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksing  169-moddasi 
bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 381-sonli jinoyat ishini tergov qilish 

 
45 
REJASI 
Qisqa  ma’lumotlar:  2012-yilning  25-noyabr  kuni  noma’lum 
shaxslar qulfni buzish yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 
«Shaxzod» supermarketiga kirib, u yerda o‘g‘irlik sodir etishgan. 
 
T/r  Aniqlanishi  lozim 
bo‘lgan holatlar 
Tergov 
tusmollari 
Tergov 
va 
tezkor-qidiruv 
choralari 
Bajaruvc
hilar 
Bajarish 
muddati 
Izoh 







 
 
Tergov  qilish  rejasiga  quyidagi  hujjatlar  ilova  sifatida  qo‘shilishi 
mumkin  va  unda  gumon  qilinuvchilar  (ayblanuvchilar)ning  aloqasi 
to‘g‘risidagi  sxema,  korxonaning  tuzilishi,  ishlab  chiqarish  texnolo-
giyasining  elementlari,  har  bir  ayblanuvchiga  nisbatan  yurgiziladigan 
ma’lumotlar xaritasi va unda ayblanuvchiga nisbatan to‘plangan ma’lu-
motlar,  uning  aybdorligi  yoki  aybsizligi,  yengillashtiruvchi  va  og‘ir-
lashtiruvchi holatlarning borligi, ushlab olish, ehtiyot chorasini qo‘llash, 
jinoyat ishini qo‘zg‘atish, ayb e’lon qilish hamda himoyachining jinoyat 
muhokamasiga ishtirok etish sanalari, jinoyatning sodir etilishi sabablari, 
shart-sharoitlari va boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. 
Kriminalistikaga oid adabiyotlarda jinoyatni tergov qilganda katak-
li rejalashtirish usulida ish olib borishga doir tavsiyalar mavjud. Ammo 
bugungi  tergov  amaliyotida  ushbu  tavsiyalarni  amalga  oshirish  muam-
moli  bo‘lib  qolyapti,  chunki  jinoyat  ishining  boshida  o‘tkaziladigan 
barcha tergov harakatlari majmuini bashorat qilib berish og‘ir masaladir. 
Biroq  bu  usulni  ishlatmaslik  va  tergov  jarayonida  yangi  rejalashtirish 
usullarini vujudga keltirish qiyinligi umuman rejalashtirish masalalarini 
oldinga  surishning  imkoniyati  yo‘qligidan  dalolat  bermaydi,  chunki 
rivojlanish  uchun  tegishli  yo‘llar  mavjud  va  ular  nazariya  va  amaliyot 
bilan belgilangan. Amaliyotda ko‘pgina hollarda tergovchi sodir etilgan 
jinoyatning turidan kelib chiqib, tergov rejasini tuzadi. 
Tergovni rejalashtirishni rivojlantirishning asosiy yo‘llari. Krimina-
listika tomonidan tergovni rejalashtirish usullarining ishlab chiqilgani ho-
zirgi  paytda  amaliyotda  o‘zini  ijobiy  jihatlarini  ko‘rsatib,  tergovni 
omilkorlik jihatidan tashkil etilishini ta’minlab bermoqda. Lekin rejalash-
tirishning boshqa usullarini ham tergovchilarga tavsiya qilish mumkin. 
Rejalashtirishni  takomillashtirishning  eng  muhim  omili  sifatida 
tezkor  bo‘linmalar  orasida  birgalikda  harakat  qilish  faoliyati  asosiy  rol 
o‘ynaydi  (JQB,  YHXX  va  hokazo)  va  bunday  harakat  tergov 
bo‘linmalari  bilan  uzviy  bog‘langan  bo‘lishi  lozim.  Tergov  va  boshqa 

 
46 
tezkor  xizmatlar  orasida  axborotning  o‘z  vaqtida  almashib  turilishi, 
jinoyatchini  aniqlashda  kuch  va  vositalarning  ishlatilish  faolligi 
rejalashtirishga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunga  esa  tergov  va  tezkor-qidiruv 
choralarining birlashgan rejalari yordam beradi. 
Rejalashtirishning takomillashtirilishi katta darajadagi rejalashtirish 
shakllarining yagonalashtirilishiga (unifikatsiyalanishiga) yordam beradi. 
Bu jarayon tergovni rejalashtirish bo‘yicha yagona blankalar va yagona 
tipli  ko‘makdosh  hujjatlarning  vujudga  kelishini  ta’minlaydi.  Bunday 
blankalarda  har  qanday  jinoyat  ishi  bo‘yicha  zarur  bo‘lgan  tergov 
harakatlari  qayd  etiladi  (jinoyat  ishining  qo‘zg‘atilishi,  jabrlanuvchi  va 
guvohlarning so‘roq qilinishi, ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortish, 
ayblanuvchini  so‘roq  qilish,  uning  shaxsini  o‘rganish  va  hokazo). 
Tergovchining  bu  harakatlarni  ro‘yxatga  olish  uchun  vaqt  sarflashiga 
hojat qolmaydi va bu harakatlarning muddati va kimning so‘roq qilinishi 
to‘g‘risida  belgi  qo‘yiladi,  xolos.  Tergov  qilish  rejalari  bo‘yicha  ishlab 
chiqilgan  blankalarni  murakkab  bo‘lmagan,  oddiy  jinoyat  ishlari 
bo‘yicha ishlatish mumkin. 
Murakkab  vaziyatlarda,  ya’ni  niqoblangan  jinoyatlar  qotilliklar, 
mansabdorlik  jinoyatlari,  talon-torojlar  bo‘yicha  modellashtirish 
usullarining  rejaga  kiritilishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Masalan,  agar 
qotillik  yuz  bergan  bo‘lsa,  bu  qotillikning  modeli  sifatida  uning  tipik 
kriminalistik  ta’rifi  ishlatiladi  hamda  jinoyatning  sodir  etilish  tarzi 
hisobga  olinadi.  Voqelikda  sodir  bo‘lgan  real  hodisa  shu  modelga 
solishtiriladi  va  unga  asosan  ashyoviy  dalillarning  kamligida  qanday 
dalillarni qidirish kerakligi aniqlanadi. Bunday usul tusmollarni tuzishga 
ancha yordam beradi, isbotlanishi lozim bo‘lgan hollar bo‘yicha tegishli 
savollarni  yanada  oydinroq,  aniqroq  qo‘yishga  imkon  beradi.  Tergov 
qilish  rejasiga  jinoyat  ishi  bo‘yicha  ishlab  chiqilgan  tusmollar, 
aniqlangan  faktlar  va  ularni  isbotlovchi  dalillar,  muammoli  savollar 
bo‘yicha  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan  harakatlar  va  olingan  natijalar 
qo‘shiladi. Yangi axborotning kelishi bilanoq bu reja uzluksiz ravishda 
to‘ldirilib  boriladi  va  uning  asosida  hamda  «etalon  modelini»  hisobga 
olib, jinoyatning barcha holatlari aniqlanadi. 
 
 
 
 
 
 

 
47 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling