A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish natijasida olingan
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriminalistik tusmollar va tergovni rejalashtirish
- Ko‘zdan kechirish va guvohlantirish taktikasi
- Tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi
- Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish taktikasi
- Eksperiment taktikasi
- Ushlash taktikasi
- Tintuv va olib quyish taktikasi
- Maxsus bilimlardan foydalanish taktikasi. sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazish taktikasi
- KRIMINALISTIK TAKTIKA Darslik Muharrir S. S. Qosimov
3-§. Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish natijasida olingan axborotning taktik jihatdan ishlatilishi Tergov amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilar ko‘pgina og‘ir jinoyatlarni (tamagirlik, o‘ldirish bilan qo‘rqitish, hayot uchun xavfli bo‘lgan badanga og‘ir shikast yetkazish va shu kabilarni) guvohsiz sharoitlarda sodir etishadi, trasologik jihatdan kam iz qoldirib, jinoyat oqibatlarini yashirishga harakat qilishadi. Shu bois, tergovchilar ko‘pincha to‘liq dalillar yig‘indisiga ega bo‘lmasdan jinoyatni sodir etgan shaxslarni fosh qilishda katta qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazadilar. Shunga asosan, telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish jarayonida olingan axborot ushbu jinoyatlarni ochishda bevosita yordam beradi. 197 Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish harakati natijasida olingan fonogramma hamda protsessual jihatdan daliliy ashyo sifatida tan olingan so‘zlashuvlarning mazmuni taktik jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda ishlatilishi mumkin: – jinoyat ishi bo‘yicha asoslangan tipik, qidiruv va boshqa tusmollarni ishlab chiqish va tergovning kelgusi yo‘nalishlarini belgilashda; – telefon so‘zlashuvlarini eshitish natijasida olingan ma’lumotga ko‘ra muayyan tergov harakati yoki harakatlarini o‘tkazishda; – tergov harakatlari va tezkor-qidiruv choralariga tayyorgarlik ko‘rishda; – fonogramma ishlatilgan tergov harakatiga va uning natijalariga baho berishda. Taktik jihatdan tergovchi telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish natijasida olingan jinoyat to‘g‘risidagi yoki jinoyatchi to‘g‘risidagi axborotdan shu zahotiyoq yangi asoslangan tusmollarni tuzish maqsadida foydalaniladi. Bu esa tergov qilish yo‘nalishiga va tergov rejasiga ma’lum darajada o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Olingan axborotni taktik jihatdan tahlil qilib, tergovchi uni jinoyatni tergov qilishda ishlatishga qaror qiladi. Muayyan tergov harakatlarini o‘tkazishda, ularning ketma-ketligini belgilashda, EKB xodimlariga qanday topshiriqlar berishda, tezkor xodimlarga vazifalarni yuklash masalalarini hal qilishda bevosita ushbu axborotlardan foydalaniladi. Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish natijasida olingan axborot bilan chuqur tanishish tergov harakatlariga tayyorgarlik ko‘rganda bevosita yordam beradi (masalan, shaxsni o‘rganish jarayoni- da, gumon qilinuvchining qayerda yashirinib yurishi, o‘g‘irlangan mulk qayerda yashirilganligi va shu kabilar to‘g‘risida). Shuningdek, ular isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqroq belgilashga yordam berib, qanday texnik-kriminalistik vositalar va taktik usullarni ishlatishni yaqqol ko‘rsatadi. So‘zlashuvlarni eshitish natijasida olingan axborot: – jinoyatchilarni qidirishda va gumon qilinuvchini ushlab olishda yordam berishi mumkin hamda ularning qayerda yashirinib yurganligini aniq belgilab berish uchun imkoniyatlar yaratadi; – so‘roq va yuzlashtirish paytida telefon so‘zlashuvlarining fonogrammasi muayyan jinoyat ishi materiallarining ba’zi bir holatlarini aniqlashda, esdan chiqqan axborotni eslatishda, yolg‘on ko‘rsatuv 198 berayotgan shaxslarga nisbatan qonuniy jihatdan ta’sir ko‘rsatishda bevosita ishlatilishi mumkin; – ekspertizalarni tayinlashda va o‘tkazishda fonogrammalar ekspert tadqiqotining obyektlari sifatida xizmat qilishi yoki taqqoslash tadqiqotini o‘tkazishda tegishli namunalar sifatida ishlatilishi mumkin. Fonogrammada yozilgan ovoz aynan tegishli shaxsga mansub bo‘lganligini hal etishda va shaxsni identifikatsiya qilishda fonoskopik ekspertiza katta ahamiyatga ega. Sud-fonoskopik ekspertiza fonogrammaning qaysi texnik vositalarda yozilganligini, unda qayd etilgan ovozlarni va boshqa tovushlarni tadqiq qilish maqsadlarida o‘tkaziladi. Ushbu tergov harakatining yakunlovchi bosqichi olingan natija- larga baho berish hamda ularning jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyati va roli qanday bo‘lganligini aniqlashdan iborat. Buni baholashda tergovchi uning jarayoni va natijalarini har tomonlama, obyektiv, chuqur tadqiq qilishi, bo‘lib o‘tgan xatolarga e’tibor berib, natijali axborotlarni zudlik bilan boshqa tergov harakatlarida tekshirishi zarur. Shunday qilib, telefon so‘zlashuvlarini eshitish va ovoz yozish yangi tergov harakati bo‘lsa-da, jinoyat olami bunga qarshi o‘z himoya vositalari va usullarini ishga solishga urinadi. Shu bois, ushbu tergov harakatini rivojlantirish va taktik tomondan takomillashtirish lozim. Bu esa kelajakda tegishli ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazilishini taqozo etadi. 199 MUNDARIJA Kirish.................................................................................................................. 3 I bob. «Kriminalistik taktika» tushunchasi, tizimi va ahamiyati 1-§. «Kriminalistik taktika» tushunchasi..............................................................5 2-§. Taktik usul, taktik tavsiya va taktik kombinatsiya........................................9 3-§. Protsessual harakatlar taktikasi........................................... .......................15 II bob. Kriminalistik tusmollar va tergovni rejalashtirish 1-§. «Kriminalistik tusmol» tushunchasi, asosiy belgilari, turlari va ishlatish shakllari.................................................................................21 2-§. Dastlabki tergov bosqichida tusmollarni tuzish va tekshirish......................26 3-§. Jinoyatlarni tergov qilishda rejalashtirishning asosiy belgilari va funksiyalari...........................................................................31 4-§. Tergovni rejalashtirish usullari....................................................................35 III bob. Tergov vaziyati va taktik qaror. Ularning jinoyatlarni ochish va tergov qilishda baholanishi va ishlatilishi 1-§. «Tergov vaziyati» tushunchasi va mohiyati................................................46 2-§. Tergov vaziyatlarining turlari va tasnifi......................................................49 3-§. «Taktik qaror» tushunchasi va mohiyati......................................................52 IV bob. Ko‘zdan kechirish va guvohlantirish taktikasi 1-§. Ko‘zdan kechirishning mohiyati va umumiy qoidalari...............................55 2§ Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish................................................61 3-§. Murdaning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish........................................75 4-§. Ko‘zdan kechirishning boshqa turlari..........................................................78 V bob. So‘roq qilish va yuzlashtirish taktikasi 1-§. «So‘roq qilish» tushunchasi: turlari va ahamiyati.......................................82 2-§. So‘roq qilishning ruhiy asoslari...................................................................86 3-§. So‘roq qilishning taktik va mantiqiy asoslari..............................................89 4 -§. So‘roq qilishni tashkiliy jihatdan ta’minlash..............................................97 5-§. So‘roq qilishning taktik usullari.................................................................102 6-§. Dastlabki tergovda so‘roq jarayoni va natijalarini qayd qilish..................115 200 7-§. Ko‘rsatuvlarni tekshirish va baho berish tarzlari.......................................118 8-§. Yuzlashtirishning taktik usullari................................................................119 VI bob. Tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi 1-§. «Tanib olish uchun ko‘rsatish» tushunchasi va turlari..............................123 2-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish.................................124 3-§. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish..........................................................126 4-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishning boshqa turlari........................................129 VII bob. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish taktikasi 1-§. «Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish» tushunchasi va uning ahamiyati.......................................................................134 2-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish...........................................................................................135 3-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish taktikasi.................137 VIII bob. Eksperiment taktikasi 1-§. «Eksperiment» tushunchasi: uning mohiyati va maqsadlari.....................142 2-§. Eksperimentning turlari.............................................................................144 3-§. Eksperiment qatnashchilari.......................................................................146 4-§. Eksperimentga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning taktik sharoitlari va usullari........................................................................................148 5-§. Eksperiment jarayoni va natijalarini qayd qilish hamda ularga baho berish............................................................................................151 IX bob. Ushlash taktikasi 1-§. «Ushlash» tushunchasi, mohiyati, turlari va ahamiyati.............................153 2-§. Ushlashga tayyorgarlik ko‘rish..................................................................157 3-§. Ushlashning ba’zi turlarini o‘tkazish taktikasining xususiyatlari......................................................................................................160 4-§. Ushlashning natijalarini qayd etish............................................................164 X bob. Tintuv va olib quyish taktikasi 1-§. «Tintuv» tushunchasi, uning turlari va tintuvga tayyorgarlik ko‘rish..........................................................................................166 2-§. Tintuv bosqichlari, ularni o‘tkazishning taktik xususiyatlari............................................................................................169 3-§. Tintuvning alohida turlarini o‘tkazish taktikasi.........................................173 4-§. Olib qo‘yish taktikasi.................................................................................176 5-§. Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd qilish...........................................177 201 XI bob. Maxsus bilimlardan foydalanish taktikasi. sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazish taktikasi 1-§. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish shakllari va maqsadlari......................................................................................179 2-§. Ekspertiza tayinlash taktikasi.....................................................................181 3-§. Taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha olinadigan namunalarning turlari.......................................................................................185 XII bob. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish taktikasi 1-§. «Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish» tushunchasi va uning mohiyati.............189 2-§. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitishni qayd qilish tartibi..................................190 3-§. Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish natijasida olingan axborotning taktik jihatdan ishlatilishi.................................................195 202 KRIMINALISTIK TAKTIKA Darslik Muharrir S. S. Qosimov Texnik muharrir D. X. Xamidullayev Bosishga ruxsat etildi 04.06.2013. Nashriyot hisob tabog‘i 13,5. Adadi 50 nusxa. Buyurtma . Bahosi shartnoma asosida. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling