A k a d e m I y a kriminalistik taktika
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish
VII bob. KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH TAKTIKASI 1-§. «Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish» tushunchasi va uning ahamiyati Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakati deganda alohida va mustaqil tergov harakati tushuniladi. Unda guvoh va jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda ba’zi holatlarni aniqlash maqsadida tekshiri- ladi (yoki boshqa maqsadlarni aniqlash uchun ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshiriladi). Tergov jarayonida yig‘ilgan axborotni tekshirish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bunday tekshirish hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, hujjatlarni, daliliy ashyolarni ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, tintuv qilish, so‘roq qilish, tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish kabi tergov harakatlari orqali amalga oshiriladi. Ammo ma’lum jinoyatning holatlariga ko‘ra, so‘roq qilinganlarning ko‘rsatuvlarini voqelikka va jinoyatning sodir etilgan joyi hamda sharoitlariga to‘g‘ri bo‘lishini ko‘rsatilgan tergov harakatlari orqali tekshirish qiyin masala bo‘lib qoladi. Masalan, ayblanuvchi so‘roq paytida jinoyatni sodir etish joyini aniq eslashga qiynalsayu, ammo unga olib boruvchi yo‘lni yaxshi esda saqlasa va uni ko‘rsatishga qodir bo‘lsa, bunday ko‘rsatuvlarni tekshirish uchun u bilan jinoyat sodir etilgan joyga borish lozim. Bunda u ko‘rsatgan jinoyat sodir etilgan joy, vaqti boshqa hollar va qayd etilgan hamda ro‘yxatga olingan jinoyat fakti bilan cheklanish kerak emas, chunki jinoyat to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan shaxs boshqa birovdan olingan axborotni berayotgan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsa- tuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirganda esa ayblanuvchining hodisa sodir bo‘lgan joyga doir ma’lumoti, joyning sharoiti va detallarini hamda jinoyatga aloqador boshqa holatlarni aniqlash mumkin (boshqa manbalardan bu axborotni aniqlash qiyinroq bo‘ladi). Bunday holatlarda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish kabi tergov harakati o‘tkaziladi. Bu tergov harakati JPKning 132-134-moddalarida qayd etilgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish mohiyati dastav- val so‘roq qilingan shaxsning bergan ko‘rsatuvlarini voqelikda bor bo‘lgan sharoitlarga va holatga to‘g‘riligini aniqlashdan iborat. Shu bois, so‘roq 136 qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari voqelikda bo‘lgan obyektlarni ko‘rsatish, kerak bo‘lsa, ma’lum harakatlarni namoyish qilishdan iborat bo‘ladi. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish kompleks harakat bo‘lib, u so‘roq qilish, ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment elementlarini o‘z ichiga oladi. Biroq mazkur harakat o‘zining mazmuni bo‘yicha biror-bir ko‘rsatilgan harakatlar bilan aynan mos bo‘lmasdan, balki ulardan o‘zining maqsadlari va mohiyati bo‘yicha farq qiladi va mustaqil ta’rifga ega. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish boshqa tergov harakatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi: – ko‘rsatuv bergan shaxs uning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirish uchun o‘z xohishini bildirishi kerak, aks holda, bu tergov harakati o‘tkazilmaydi; – ko‘rsatuvlar tegishli harakatlarni namoyish etish va voqelikda bo‘lgan obyektlarni va holatni ko‘rsatish bilan olib boriladi; – hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatuvlarni tekshirish paytida harakatlarni namoyish qilish jinoyatning sodir etilish vaqtida bo‘lgan sharoitlarni maxsus ravishda tiklamasdan o‘tkaziladi; – hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning tavsiyalari bo‘yicha tegishli izlarni va boshqa obyektlarni qidirish bilan o‘tkaziladi; – mazkur harakat sharoitni joyida qayd qilish va avval so‘roq qilingan shaxsning tushuntirishlarini hisobga olish bilan o‘tkaziladi. 2-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish Ushbu tergov harakatini o‘tkazish zaruriyati quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi: – tergov qilinadigan hodisa qayerda, qaysi turar joy yoki ochiq joyda bo‘lganligi va u yerga qaysi yo‘llar bilan yetib borish kerakligi bo‘yicha so‘roq qilingan shaxsning bilimlarini tekshirish lozim bo‘lganda; – hodisa sodir bo‘lgan joyning holati va so‘roq qilinuvchining bergan ma’lumotlari orasidagi o‘zaro mutanosiblikni tekshirish zarurati yuzaga kelganda; – avvalroq tegishli joyda aniqlanmagan izlar va predmetlarni aniqlash zarur bo‘lganda; – hodisa qatnashchilarining bergan ko‘rsatuvlarini o‘zaro solishtirish zaruriyati paydo bo‘lganda va hokazo. 137 Tergovchi ko‘rsatuv bergan shaxsning ma’lumotlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda (ya’ni ko‘rsatuvlarga oid bo‘lgan joyda) tekshirish to‘g‘risida taktik qarorga kelsa, bu shaxsdan ushbu tergov harakatini o‘tkazish uchun rozilik olinishi va u o‘z xohishini namoyish qilishi lozim. Aks holda, mazkur shaxsning ixtiyorisiz ushbu tergov harakati o‘tkazilmaydi. Agar ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun qo‘shimcha axborot zarur bo‘lsa, qayta so‘roq o‘tkaziladi. Bunday so‘roqning maqsadi harakat qilish marshruti, xona yoki ochiq joy, hodisa sodir bo‘lgan joy va u yerda sodir etilgan harakatlar to‘g‘risida mukammal axborot olishdan iborat bo‘ladi. Masalan, marshrutning qanchalik uzun bo‘lishi, uning asosiy oriyentirlari, yurish tezligi, ochiq joyning manzaralari qanday ta’rifga ega bo‘lganligi, o‘simliklar ta’rifi, uylar va yo‘llar borligi, uylarning turi va tashqi ko‘rinishi, xonalarning turi va joylanishi, ularda mebelning joylanish ta’rifi kabilar shular jumlasidan. Tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rishda so‘roq qilinuvchiga yurish marshrutining yoki boradigan joyning sxemasini detalli ravishda chizib berishni tavsiya etish lozim. Bu esa ko‘rsatuvlarning voqelikka naqadar to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi. Qator vaziyatlarda ularning noaniqligini aniqlash mumkin, chunki hodisa joyining sxemasini va undagi obyektlarni chizganda ularni og‘zaki tavsif etishdagi noaniqliklar bartaraf etiladi. Agar ko‘rsatuvlari tekshiriladigan joy aniq bo‘lsa, tergovchi dastavval u yerga borib kelishi mumkin va birinchi navbatda qanday savollarga javob topishni, tergov harakatini qanday yo‘sinda o‘tkazishni, unga kimlarni taklif etishni va qanday texnik vositalar olish zarurligini hamda joyni yaxshiroq oriyentirlashni maqsad qilib qo‘yadi. Mutaxassislar doirasi va zaruriy texnik vositalar majmuasi ko‘rsatuvlar tekshiriladigan joy va uning holati bilan ta’riflanadi hamda tergovchi tomonidan rejalashtiriladigan harakatlar, qidiriladigan obyektlarning xususiyatlari (ko‘rsatuvlarni qayta tiklash, qidiruv, qayd etish, izlarni olish va hokazo) bilan belgilanadi. Ko‘rsatuvlarni o‘z joyida tekshirishni amalga oshirganda zaruriy harakatlarni qaytarib ko‘rsatish maqsadida (masalan, avtomashinani olib qochish hodisalari bo‘yicha) avtotransport vositalaridan foydalanish mumkin. Agar jinoyat ishi bo‘yicha bir necha shaxslarning ko‘rsatuvlari tekshiriladigan bo‘lsa, ularning tekshirilishi ketma-ketligini va joyga chiqib borish vaqtini alohida-alohida rejalashtirish lozim, chunki alohida 138 tergov harakati muayyan shu turdagi tergov harakati bilan bir vaqtga mo‘ljallanmasligi kerak. Agar gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) hibsga olinib, uning ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshiriladigan bo‘lsa, qochib qolish harakatlarini bartaraf etish, xavfsizlik choralarini ko‘rish va uning boshqa shaxslarga g‘ayriqonuniy ta’sir etishi harakatlarining oldini olish uchun bir qator ishlarni rejalashtirish lozim. 3-§. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish taktikasi Ushbu tergov harakatining asosiy taktik sharoitlari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: – shaxsning ko‘rsatuvlari tekshirilishi va joyga chiqib u yerda ko‘rsatuvlarini qaytarishga uning roziligini olish yoki bu shaxsning xohishiga ko‘ra mazkur tergov harakatini o‘tkazish; – joyga borishda ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga tashabbuskorlik qilishi va tegishli harakatlarni namoyish etganda unga mustaqil harakatlanishi uchun sharoitlar yaratib berish; – savollarga ketma-ket javob olish maqsadida ko‘rsatuvlarni o‘z joyida tekshirishda shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirmaslik va bunday savollarni bermaslik; – tergov harakati qatnashchilari va atrofdagi shaxslarning harakati xavfsizligini ta’minlash. Shularni hisobga olib, tergov harakatining qatnashchilariga yo‘riqnoma berishda ularning huquq va burchlarini tushuntirishdan, tergov harakatining umumiy tartibi va ketma-ketligini ta’riflashdan tashqari, asosiy e’tiborni ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga hech qanday yo‘naltiruvchi axborotlar bermaslik, ya’ni undan avval (birinchi bo‘lib) yo‘lni ko‘rsatmaslik, ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning javoblarini va xatoliklarini to‘g‘rilamaslik talab qilinadi. Tergov harakatini o‘tkazish ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga marshrutning bosh nuqtasini ko‘rsatib berish, avval bergan ko‘rsatuvlarini ta’riflash va marshrutning yakunlovchi nuqtasini ta’riflab, uni bevosita ko‘rsatish hamda ko‘rsatuvlarni qayta tavsiflashdan boshlanadi. Tegishli joyga kelgandan so‘ng undan bu joyning qanday alomatlari va qaysi belgilari bo‘yicha tanib olganligi so‘raladi, hodisa bilan aloqador holatlarni gapirib berish tavsiya etiladi. Unga aloqador bo‘lgan obyektlarni ko‘rsatish va kerak bo‘lsa, tergov qilinadigan hodisa bo‘yicha uning sodir etilish vaqtida qanday harakatlar amalga oshirilganini ko‘rsatish tavsiya etiladi. 139 Marshrut bo‘yicha harakat qilganda ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs tergov-tezkor guruhini boshlab borishi (yurishi) lozim. Agar hibsga olingan shaxsning ko‘rsatuvlari tekshiriladigan bo‘lsa, u tezkor xodim bilan birga va bir qadam keyinroq kishanband holda (ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs bilan tezkor xodim bir kishanga bog‘langan holda) yo‘l boshlashi, boshqa tergov-tezkor guruhining qatnashchilari esa ularning ketidan borishi zarur. Agar marshrut bo‘yicha harakat qilish avtomashinada olib bori- ladigan bo‘lsa, ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs haydovchining o‘rindig‘i yo‘nalishiga muvoziy bo‘lgan o‘rindiqqa o‘tirib yo‘lni ko‘rsatib turishi kerak. Hibsga olinganni avtomashinada olib boriladigan bo‘lsa, uning qochish harakatlari qurol bilan bartaraf etilishi kerak. Shuning uchun agar u qochadigan bo‘lsa, otilishi to‘g‘risida ogohlantirilishi lozim. Aks holda, hibsga olingan ayblanuvchi qochishga urinishi mumkin. Hibsga olingan shaxs avtomashinaning orqa o‘rindig‘iga ikkita tezkor xodim o‘rtasiga o‘tirishi lozim va u yo‘lni shu holda ko‘rsatib boradi. Ko‘rsatuvlarni o‘z joyida tekshirish paytida yo‘naltiruvchi yoki tanqidiy savollar, tekshiriladigan shaxsning harakatlarini boshqarish va shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish man etiladi. Jinoyat harakatlarini qayta namoyish etganda ma’naviy talablarga va qatnashchilarning hayotiga xavfli bo‘lgan, shuningdek, ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning salomatligiga zarar yetkazadigan harakatlarning amalga oshirilishi man etiladi. Yuqorida qayd etilganidek, ushbu tergov harakatining asosiy vazifalaridan biri ushbu shaxs hodisa joyini yaxshi bilishi tufayli joyda mustaqil harakat qilish qobiliyatiga asosiy e’tiborni qaratib, shu masalalarni o‘rganishdan iboratdir. Shu bois, agar jinoyat ishi bo‘yicha bir necha shaxslarning ko‘rsatuvlarini tekshirish lozim bo‘lsa, ularning har biri bilan alohida tergov harakati o‘tkaziladi. Agar bitta tergov harakatida ularning barchasini birga olib borilsa, ular o‘zaro til biriktirib, tergovni noto‘g‘ri yo‘lga boshlashlari mumkin va har birining ko‘rsatuvi bir asosga ega va birinchi shaxs bergan ko‘rsatuvlarga to‘g‘ri bo‘lib qoladi. Shuni hisobga olib, bu tergov harakatida har xil xolis va haydovchilarni jalb etish darkor. Bu talab, birinchidan, xolislar uchun tergov harakati to‘g‘risida chalkash ta’rifga ega bo‘lmaydi va ular aniq ravishda tergov harakati jarayoni hamda natijalarini tavsiflashga qodir bo‘lishadi. Ikkinchidan, haydovchi agar bu jarayonda ikkinchi marta ishtirok etgan bo‘lsa, marshrutni bilganligi sababli ikkinchi marotaba uning o‘zi yo‘lboshchilik qilgan degan noto‘g‘ri fikr shakllanishining oldini oladi. 140 Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirish uni o‘tkazishda xilma-xil usullarni ishlatishni taqozo etadi. Tashkiliy choralarni amalga oshirish, ya’ni guruhni to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishi va ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning harakatlarini to‘g‘ri namoyish qilishini ta’riflashdan tashqari, tergovchi so‘roq qilish, ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, taqqoslash usullari kabilarni keng qo‘llaydi. Agarda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish paytida ko‘rsatuvlari tekshiriladigan birinchi shaxs tomonidan qandaydir obyektlar topilgan bo‘lsa, ko‘rsatuvlari tekshiriladigan boshqa shaxslar bilan bu tergov harakatini o‘tkazganda qidiruv ishlarining oqibatlarini bartaraf etib, joy ilgari qanday holda bo‘lgan bo‘lsa, uni shunday holga keltirish zarur. Keyingi qatnashchilar bergan ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirganda, agar ular ham ushbu obyektlar to‘g‘risida tavsif etishgan bo‘lsa, ularning arizalarini yanada aniqlashtirish, ya’ni bu obyekt qayerda qoldirilgan, yashirilganligini bilib olish lozim, chunki ikkinchi marta bu obyektni qidirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Obyekt bo‘lgan joyni ko‘rsatish ko‘rsatuv bergan shaxsning bu obyektning joylashishini to‘g‘ri bilganligidan yaqqol dalolat bera oladi. Mazkur axborotni albatta bayonnomada, rejada texnik vositalar yordamida qayd qilish lozim. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirish jarayonida tergovchi olinadigan axborotni tahlil qilib, taqqoslashi va uni faktik holat hamda avvalgi berilgan ko‘rsatuvlar bilan solishtirish kerak. Zarur bo‘lsa, o‘tkazilayotgan tergov harakatiga tegishli aniqliklar kiritishi va agar berilgan ko‘rsatuvlar voqelikka to‘g‘ri kelmasa, tushuntirishlarni talab qilishga imkon berishi mumkin. Albatta, bunday nomutanosiblik holatlarining sabablarini aniqlash kerak. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlash- tirishni qayd qilish. Bunday qayd qilish bayonnoma to‘ldirish, fotosuratga tushirish, videoga olish, ovoz yozish uskunalarini ishlatish, reja va sxemalarni tuzishdan iborat. Fotosurat va videoga olinadigan marshrutlarni qayd qilish ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsni qaysi yo‘nalishda qanday yo‘llar bilan hodisa joyiga borganligini, qanday harakatlarni amalga oshirganligini, hodisa joyidagi va aniqlangan obyektlarning holatini tasavvur etishda yordam beradi. Qayd qiluvchi tasvirning ma’lum axborot hajmiga egaligi ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning qayerda bo‘lganligidan tash- qari, uni tegishli joyga qaratgan qo‘li hamda yo‘nalish harakati bo‘yicha muayyan oriyentirlarni ko‘rsatishi va joyida amalga oshiriladigan harakatlarning tasvir etilishi bilan belgilanishi kerak. 141 Tasvirga olish ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning yonboshidan yoki orqasidan amalga oshiriladi. Ammo ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsni oldidan qayd qilish mumkin emas, chunki bu holda ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga uning yurish yo‘nalishini boshqa shaxs (masalan, tasvirga oluvchi) ko‘rsatib bergan degan noto‘g‘ri fikrning shakllanishi oldi olinadi. Agar marshrut yo‘nalishi bo‘yicha tushuntirishlar olish yoki boshqa maqsadlarda to‘xtash lozim bo‘lsa, ular o‘tkaziladi. To‘xtashlarning boshlanish va tugash vaqti qaysi vaqtda va qayerda, qanday sabablarga ko‘ra to‘xtalganligi video yoki ovoz yozish tasmasida qayd qilib o‘tilishi kerak. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish bayonnomasida umumiy talab qilinadigan qoidalardan, tergov harakatini o‘tkazish vaqti va joyi, qatnashchilarning tarkibi, ularning huquq va burchlarini tushuntirishdan tashqari quyidagilar ham qayd etiladi: – ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirishning maqsadi; – shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda uning ixtiyoriy ravishda shu tergov harakatida faol ishtirok etishi; – ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning boshlang‘ich nuqtasi; – joyga borishda qanday usul ishlatilganligi va qanday vositalar jalb etilganligi; – yo‘nalish harakati va ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs tomonidan ko‘rsatilgan oriyentirlar; – guruhning joyga borish tartibi va yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishdagi ketma-ketligi; – ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs yo‘nalish bo‘yicha qanday harakat qilganligi (yo‘nalishda tap tortmasdan yo‘lni aniq ko‘rsatganligi, yo‘nalishdan adashib tegishli joygacha borganligi va hokazo); – ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning qanday harakatlarni amalga oshirganligi, ularning ta’rifi va natijalari; – ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs qanday joyda ko‘rsatuvlar berganligi (shuningdek, joyga borishga qadar qanday ko‘rsatuvlar berganligi), ularning mazmuni nimadan iborat bo‘lganligi; – tergovchi qanday savollar bergan va qanday javoblar olganligi; – qayd qiluvchi vositalarning ishlatilishi va ularni ishlatish tartibi. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirish natijalari sifatida avval berilgan ko‘rsatuvlarni hodisa 142 joyida amalga oshirilgan harakatlar va voqelikda bo‘lgan sharoitlarga, boshqa asoslangan ma’lumotlarga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishini misol qilish mumkin. Natijalarni baholaganda shuni esda tutish lozimki, natijalarning voqelikka to‘g‘ri bo‘lishi ko‘rsatuv bergan shaxsning hodisaning holatlari va joyi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga egaligidan darak beradi. Bu ma’lumotlarning detallashtirilishi esa bilimining manbaini to‘g‘ri ko‘rsatadi, ya’ni aynan shu odam jinoyatda ishtirok etganligi yoki bu jinoyat to‘g‘risida xabar olib, go‘yoki bu jinoyatda ishtirok etdim, deb bergan ko‘rsatuvlarini fosh qilishga yordam beradi. Agar ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxs hodisa joyida bo‘lgan o‘zgarishlarni (jinoyatdan so‘ng bo‘lgan o‘zgarishlarni) aniq ko‘rsatishi va ularni ta’riflab berish qobiliyatiga ega bo‘lsa, natijalar yanada voqelikka to‘g‘ri bo‘ladi. Ko‘rsatuvlarning voqelikka to‘g‘ri bo‘lmasligidan sodir etilgan jinoyatni aynan shu shaxs qilmaganligi yoki o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganligi ma’lum bo‘ladi (agar ular o‘zini o‘zi aybdor deb yolg‘on ko‘rsatuv bersa yoki o‘zga odamni aybdor deb qoralasa, bu kabi yolg‘on ko‘rsatuvlarni fosh qilishda juda zarurdir). Bundan tashqari, ko‘rsatuv bergan shaxslar orasida ziddiyatlarning borligi, ulardan kimdir yolg‘on ko‘rsatuv berish niyatini amalga oshirganini yoki o‘zga shaxsni qoralash niyati borligini yaqqol ko‘rsatib beradi. 143 VIII bob. EKSPERIMENT TAKTIKASI 1-§. «Eksperiment» tushunchasi: uning mohiyati va maqsadlari Eksperiment – protsessual harakat bo‘lib, u maxsus tajribalar o‘tkazish, ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan yangi dalillarni olish yoki mavjud dalillarni tekshirish, shuningdek, qandaydir bir faktlarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tergov tusmollarini tekshirish, hodisani vujudga keltirgan mexanizm harakatlarini (masalan, guvoh ma’lum masofada turib ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlashuvni eshitishga, jabrlanuvchi, agar jinoyatchilar avtomashinada qochib ketishgan bo‘lsa, avtomashina raqamini ko‘rib eslab qolishga qodirmi yoki yo‘qmi, ayblanuvchi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlariga asosan seyfni ochishga imkoni bormi yoki yo‘qmi va hokazoni) o‘rganishdan iboratdir. Shunga o‘xshash har qanday vaziyatlarda tergovchiga ko‘makdosh sifatida tajriba-eksperiment uslubi yordamiga keladi. Garchi o‘rganish uslubi hisoblangan eksperiment boshqa bir tergov harakatlari jarayonida o‘tkazilsa ham (masalan, ko‘zdan kechirish paytida), uning tergov jarayonida olib boriladigan boshqa tajribalardan farq qilishini bilish lozim va bu tegishli ta’rifga ega bo‘lish kerak. Masalan, ko‘zdan kechirish o‘tkazilganda omborxonada signal (xabar) berish tizimi yaxshi ishlayaptimi, o‘g‘irlik qayerdan sodir etilgan, gumon qilinuvchidan olingan kalit bilan tegishli qulf ochiladimi, degan savollarga bevosita javob olish mumkin. Lekin bunday tajribalar alohida tergov harakati maqomiga ega emas, chunki u tergov ko‘rinishning tarkibiy qismi, ya’ni fragmentidir. Eksperiment bunday harakatlarni amalga oshirishning qator uslublaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Eksperiment – bu o‘ziga xos, mustaqil tergov harakati bo‘lib, uning jarayonida tajribalar o‘tkaziladi va ular ushbu tergov harakatining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Eksperiment bir necha marta va odatda boshqa protsessual harakatlardan so‘ng hodisa joyi tiklangan sharoitlarda o‘tkaziladi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish hodisa sodir bo‘lgan sharoitlarda o‘tkazilsa, eksperiment odatda hodisa sharoitlari jinoyatdan avvalgi tiklangan holatda olib boriladi. Uni o‘tkazishda tergovchi jinoyat vaqtida ishlatilgan predmet- larga o‘xshash predmetlardan foydalanishi mumkin. 144 Eksperiment kriminalistik ekspertizalar bilan o‘xshash jihatlarrga ega. Ekspertizalarni o‘tkazishda ham tajribalar o‘tkaziladi. Lekin hodisa joyini ko‘zdan kechirishga o‘xshab ekspertlar tomonidan olib boriladigan eksperimentlar o‘rganishning xususiy-uslubiy ahamiyatiga ega va tadqiqotning bir fragmentini tashkil etadi. Bundan tashqari, ekspertizani tergovchining qarori bo‘yicha mutaxassis o‘tkazadi (JPKning 180- moddasi). Eksperimentni esa tergovchi o‘z qaroriga asosan o‘zi o‘tkazadi. Unga, odatda, maxsus bilimlarga ega bo‘lish talabi qo‘yilmaydi. Eksperiment JPKning 153-154-moddalari talablariga asosan o‘tkaziladi. Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazganda, tajribalar ekspert uslubiyatiga asoslanadi va uning biror-bir xossasini tashkil qiladi. Eksperiment bayon- nomasida tajribalarning mazmuni aks ettiriladi, xolos. Tergovchi bunda hech qanday xulosalar chiqarmaydi, chunki eksperimentning natijalari boshqa ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan dalillar bilan baholanadi. Eksperiment ko‘rsatuvlarni o‘z joyida tekshirishdan farq qiladi, ammo ularning umumiy maqsadi bir (ya’ni dalillarni tekshirishga va aniqlashga qaratilgan). Eksperimentning mazmuni asosan tajribalar, tajriba harakatlari o‘tkazish bo‘lsa, ko‘rsatuvlarni o‘z joyida tekshirish va voqelikda beriladigan ko‘rsatuvlarni avval berilgan ko‘rsatuvlar bilan solishtirishga hamda ularni voqelikka to‘g‘ri kelishini aniqlashdan iboratdir. Shunga asosan, tergov, odatga ko‘ra, hech qanday tajriba harakatlarini amalga oshirmaydi, biroq ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning harakatlari va bergan tushuntirishlariga e’tibor qiladi, chunki aynan shu harakatlar va tushuntirishlar ish uchun ahamiyatli bo‘ladi. Ba’zi bir tajriba harakatlari mazkur tergov jarayonida o‘tkazilsa ham ikkinchi darajali bo‘ladi va ko‘rsatuvlarni o‘z joyida tekshirishning fragmentini tashkil etadi. Eksperiment protsessual nuqtai nazardan qaraganda, eng murakkab tergov harakatlaridan biridir. Uning tuzilishi quyidagilardan iborat: 1) tergovchi eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 2) ushbu tergov harakatining muayyan maqsadlari va o‘tkazish tarzlari belgilanadi; 3) eksperimentni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi; 4) tajriba harakatlarini amaliy tarzda qo‘llash joriy etiladi; 5) olingan natijalar baholanadi. Ushbu tuzilish to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish eksperimentni to‘g‘ri o‘tkazishga, uni rejalashtirishga va oqilona amalga oshirishga asos bo‘la oladi. 145 Eksperimentning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: – voqelikda bo‘lgan harakatlar qanday o‘tgan bo‘lsa, shunday harakatlarni eksperiment jarayonida o‘tkazish lozim bo‘ladi; – tajribalar hodisa sodir etilganidan avval mavjud bo‘lgan va tiklangan sharoitlarda o‘tkaziladi hamda bu tiklangan sharoitlar hodisadan avvalgi sharoitlarga o‘xshashi lozim; – eksperiment mustaqil tergov harakati bo‘lib, uning bayonnomasi jinoyat ishiga doir dalil bo‘ladi. Garchi eksperiment ba’zi bir o‘tmishda bo‘lgan va tergov qilinayotgan hodisaga aloqador harakatlar bilan bog‘langan va ularni qayta namoyon etishdan iborat bo‘lsa ham, yangi jinoyatni sodir etish man etiladi. Inson sha’ni, qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishga olib keladigan, sog‘ligini xavf ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va ma’naviy azob- uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi (JPKning 17-moddasi). Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling