A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
2-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish tergov harakatining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Uning o‘tkazilishi to‘g‘risida taktik qarorga kelish tegishli shaxsni so‘roq qilgandan keyin ma’lum bo‘ladi (agar bu shaxs ma’lum sharoitlarda muayyan obyektni kuzatib, uning belgilarini eslab qolsa, uni tanib olish qobiliyatiga ega bo‘lsa va shu haqda batafsil ko‘rsatmalar bersa). Amaliyotda shaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatish quyidagi vaziyatlarda amalga oshiriladi: – tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs tanib oluvchiga noma’lum bo‘lsa-da, lekin tegishli holatlarda tanib oluvchi ushbu shaxsni kuzatib qandaydir tashqi qiyofa belgilarini eslab qolsa; 126 – tanib oluvchi tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxsni tanisa ham, lekin uning familiyasi, ismi, otasining ismini bilmasa yoki uning familiyasi, ismi, otasining ismini noto‘g‘ri aytsa; – agar tanib oluvchi tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxsni tanib, uning ismi-sharifini to‘g‘ri aytsa, ammo tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs bu faktni inkor etsa. Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik qilganda tergovchi bu harakatning o‘tkazish joyi va vaqtini belgilashi va bu tergov harakatini o‘tkazish uchun ma’qul sharoitlarni yaratishi lozim. Bu harakatni o‘tkazish uchun yetarli darajada keng va yorug‘ xona tanlanadi (chunki uning ichida tergov harakatining barcha qatnashchilari yig‘ilishi mumkin). Tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazish uchun tanib olinuvchi shaxs yoki predmet bilan ko‘rsatiladigan obyektlarni tanlash juda muhim masala hisoblanadi. Agar tanib olish uchun biror-bir shaxs ko‘rsatilishi lozim bo‘lsa, u holda tashqi qiyofasi bo‘yicha unga o‘xshashroq shaxslar topilishi lozim. Bunday shaxslarni topish juda murakkab vazifadir. Ushbu masalani yechishda tergovchining mahalla, jamoat tashkilotlariga murojaat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tanib olish uchun ko‘rsatishga taqdim etiladigan shaxslar orasidagi farq kam bo‘lsa, bu tergov harakati voqelikka to‘g‘ri, shunchalik aniq- ravshan bo‘ladi. Ushbu tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rishda tergovchi ikkita xolislarni belgilangan soatga chaqirishi lozim. Agar bu tergov harakatining biror qatnashchisi davlat tilini bilmasa, u holda tarjimon chaqiriladi. Tergovchi ushbu tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish uchun video yoki fotoapparatni tergov harakatlari o‘tkazishga tayyorlaydi yoki fotosuratga olish va videoga yozish uchun tegishli mutaxassisni taklif etadi. Tergovchi tanib oluvchi shaxsning qayerda bo‘lishiga doir masalani o‘ylab ko‘rishi lozim. Negaki, bu tergov harakatini o‘tkazishdan avval tanib oluvchi va tanib olinuvchi tasodifan uchrashib qolmaslik choralarini amalga oshirish juda muhim. Tanib oluvchiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini tanib olish uchun ko‘rsatish lozim bo‘lsa, unga bu tergov harakatini o‘tkazish tartibi tushuntiriladi. Ruhiy jihatdan tergov harakatiga tayyor bo‘lmagan shaxslar, garchi jinoyatchini tanib olsalar ham, jinoyatchidan qo‘rqib yoki qattiq hayajonlanib, ularga tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar 127 orasidan hech kimni tanimasliklari to‘g‘risida ko‘rsatuv beradilar. Tanib oluvchiga bo‘lajak tergov harakatining mohiyatini tushuntirganda, uni ushbu harakatga ruhiy jihatdan tayyor qilib qo‘yish juda muhim ahamiyat kasb etadi. 3-§. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish Tergovchi shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish bo‘yicha taktik qaror qabul qilib, zarur tayyorgarliklarni ko‘rib, bevosita bu tergov harakatini o‘tkazishga kirishadi. Uni o‘tkazganda ma’lum bir tartib- qoidaga rioya qilish lozim. Avvalambor, alohida bir xonaga tanib oluvchini kiritish maqsadga muvofiqdir, chunki u tasodifan bo‘lsa ham tanib olinuvchi va u bilan ishtirok etuvchi shaxslar va hodisalarni ko‘rishini aniq maqsad qilib bo‘lmaydi. Shundan so‘ng tergovchi xonaga (boshqa xona bo‘lishi lozim) bu tergov harakatida ishtirok etuvchi xolislarni taklif etadi. Ularni qulay joylarga o‘tkazib, uning jarayoni va natijalari yaqqol ko‘riladigan joyga boshqa qatnashchilarni taklif etadi. Keyin xonaga tanib olishda tanib olinuvchi bilan statist sifatida ishtirok etuvchi ikkita odam taklif qilinadi. Tergovchi ularga huquq va burchlarini tushuntiradi, har birining rolini gapirib beradi va tergov harakatining mohiyatini xabar qiladi. Tanib olinuvchiga o‘zining xohishi bo‘yicha statistlar orasida xohlagan joyiga turish (o‘tirish)ga ijozat beriladi va bu to‘g‘risida bayonnomada qayd etiladi. Agar tanib olishga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ko‘rsatilsa, u holda, tergovchi ularning qochish holatlarini hisobga olib, xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu maqsadlarda tergov harakatida imkoniyat boricha ichki ishlar organining biror xodimi taklif etiladi (tezkor xodim, profilaktika inspektori, boshqa xodim). Bu xonaga tanib oluvchini taklif etish ushbu tergov harakatining muhim vaziyati hisoblanadi. Bu masala avvaldan yaxshi rejalashtirilishi lozim. Taklif etish tarzi tanib olinuvchi qaysi joyda bo‘lganligi to‘g‘risida hech kimda hech qanday shubha tug‘dirmasligi kerak. Tanib oluvchini telefon yoki selektor orqali chaqirish maqsadga muvofiqdir. Bu holda tergov harakatini o‘tkazish xonasidan hech kim chiqib ketmaydi. Tergovchi telefon trubkasini ko‘tarib yoki selektor tugmasini bosib quyidagi so‘zlarni aytadi: «Fuqaro Jumanov, marhamat, 6-sonli xonaga kiring, tergov harakatida ishtirok etasiz». Agar tanib oluvchi guvoh yoki jabrlanuvchi bo‘lsa, u jinoyat ishi bo‘yicha ogohlantiriladi, ya’ni uni ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortishi yoki 128 bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Shundan so‘ng tanib oluvchiga unga tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan tanish bo‘lgan shaxslar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Shunday vaziyatlar bo‘lishi mumkinki, statistlardan biri tanib oluvchining tanishi bo‘lib chiqishi mumkin. Shundan so‘ng tergovchi tanib oluvchining bayonnomasida bor bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, tanib oluvchiga tanib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Shu maqsadda tanib olinuvchilarga o‘rnidan turishga buyruq beradi, ularni chapga, o‘ngga, orqa tomonga burilib turishlarini so‘raydi va hokazo. Shundan so‘ng tanib oluvchi savolga javob berishi lozim, ya’ni unga tanib olish uchun ko‘rsatilgan uchta shaxs orasidan muayyan vaziyatlarda (jinoyat sodir etish- da) jinoyat sodir etgan odamni kuzatganligi sababli ushbu shaxslarning orasida o‘sha odam bor yoki yo‘qligini aytishi kerak bo‘ladi. Tanib oluvchi quyidagi variantlarga asosan harakat qilishi mumkin: 1) tanib oluvchi tanib olinuvchini tanidi. Agar shunday holat yuz bersa, u holda tergovchi bu odamni qaysi tashqi qiyofa belgilariga asosan tanib olganligi, ushbu odamni avval qanday sharoitlarda ko‘rganligini hamda tanib olinganligining oldingi harakatlari nimadan iborat ekanligini aniqlashi kerak; 2) tanib oluvchi unga tanib olish uchun ko‘rsatilgan odamni ma’lum sharoitlarda ko‘rgan odamga o‘xshashligini gapirsa-da, lekin aynan shu odamni o‘sha sharoitlarda ko‘rganligini tasdiqlashga imkoni yo‘q, ya’ni izlanayotgan odam aynan o‘sha ekanligi tanib oluvchida shubha uyg‘otadi; 3) tanib oluvchi unga tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar orasidan hech kimni tanigani yo‘q. Tanib olish uchun ko‘rsatish jarayoni va natijalari ushbu tergov harakati bayonnomasida batafsil qayd qilinishi lozim. Amaliyotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, jabrlanuvchi (guvoh) unga tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar ichidan hech kimni tanib olmaganini aytsa-da, tanib olinuvchi shaxs jabrlanuvchini taniganini va aynan o‘zi bu jinoyatni sodir etganligini bo‘yniga oladi. Bunday hollarda tergovchi tanib oluvchining ko‘rsatuvlarini bayonnomada qayd qilganidan so‘ng, tanib olinuvchidan (ayblanuvchini gumon qilinuvchidan) jabrlanuvchini qanday tashqi qiyofa belgilari bo‘yicha tanib olganligi va u jinoyat sodir etganda uning harakatlari nimadan iborat bo‘lganligi to‘g‘risida to‘liq axborot olishi zarur. Agar tanib oluvchiga bir necha tanib olinuvchi ko‘rsatilishi zarur bo‘lsa, har bir tanib olinuvchi unga qo‘shilgan statistlar bilan birgalikda tanib olish uchun ko‘rsatilishi kerak. Bunday tartibda o‘tkazilgan tergov 129 harakatlari ayblanuvchilarni bir-biri bilan uchrashib «umumiy himoya chizig‘ini» hosil qilishga yo‘l qo‘ymaydi va haqiqatning aniqlanishiga ortiqcha muammo paydo qilmaydi. Shuni qayd etish lozimki, bir necha tanib oluvchiga aynan bir paytda bitta tanib olinuvchini statistlar orasida ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Tergovchi har bir tanib oluvchiga tanib olinuvchini ko‘rsat- ganda shunday holatlarni vujudga keltirishi lozimki, har bir tergov harakatida tanib olinuvchi statistlar orasida o‘zining turgan joyini almashtirib tursin. Bu esa tanib olish darajasini ko‘taradi. Aks holda tergov xatosiga uchrash mumkin. Masalan, bir jinoyat ishi bo‘yicha firibgar ayol jinoiy javobgarlikka tortilgan va u davlat nafaqaxo‘rlarining turar joylariga borib, ularning nafaqasini oshirish evaziga har biridan 50-100 ming so‘m olishga muvaffaq bo‘lgan. Gumon qilinuvchi ushlangandan so‘ng tergovchi tanib olish uchun ko‘rsatish maqsadida tergov harakatini o‘tkazadi va ushbu tergov harakatiga bir necha nafaqaxo‘rlarni chaqiradi. Ularning har biri tergov harakati o‘tkaziladigan xonaga kirib, firibgar ayolni boshqa ayollar orasidan taniydi. Ammo bu yerda tergovchi xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Chunki u tanib olinuvchi ayolni statistlar orasida joyini almashtirmasdan, boshqa nafaqaxo‘r tanib oluvchilarga ko‘rsatgan. Keyinroq shu narsa ma’lum bo‘ldiki, birinchi nafaqaxo‘r firibgar ayolni taniganidan keyin, u boshqa nafaqaxo‘rlarga statistlar orasida, ya’ni o‘rtada o‘sha firibgar ayol turganligini ma’lum qilgan va boshqa nafaqaxo‘rlar ham xonaga kirgach, o‘sha ayolni firibgar ayol deb tanishgan. Tergov oxirida esa aynan o‘sha tanib olinuvchi ayol hech qanday jinoyat sodir etmaganligi ma’lum bo‘lgan. Ma’lum bir vaziyatlarda odamlar tashqi qiyofa belgilaridan tashqari, dinamik (funksional) belgilarga asosan tanilishi mumkin. Shuning uchun tanib olish ularning ovozi, nutqi, yurishi bo‘yicha va ularning alohida xususiyatlariga asosan o‘tkaziladi. Shunisi ma’lumki, ko‘rsatilgan belgilar yetarli ravishda o‘ziga xos va nisbiy ravishda mustahkamdir. Shaxsni dinamik belgilariga asosan yuqorida ko‘rsatilgan tartibda tanib olish o‘tkaziladi. Ammo bu tergov harakatini o‘tkazganda ovozning, nutqning belgilariga yoki yurish xususiyatlariga asosiy e’tibor beriladi. Tanib olinuvchilar tergovchining talabi bo‘yicha ketma-ket ravishda ma’lum so‘zlarni, jumlalarni aytadilar yoki belgilangan masofani yurib o‘tadilar. Bunday harakatlarni o‘tkazganda tergovchi har bir tanib olinuv- chiga ovozini pasaytirib yoki baralla qo‘yib gapirishni talab qiladi. Tanib oluvchi tanib olinuvchilarning yurishlariga, ovozlarining xususiyatlariga va nutqiga diqqat bilan nazar solib turadi va shundan so‘ng tegishli shaxsni tanib olgani yoki tanib olmaganligi to‘g‘risida ko‘rsatuv beradi. 130 Masalan, bir jinoyat ishi bo‘yicha talaba K. shahardan chiqishda yo‘lida kechki payt piyoda ketayotganida, «Neksiya» mashinasida o‘tirgan uchta shaxs uni olib ketishadi va kollektorning butazor joyida uni zo‘rlashadi. Kechki payt bo‘lganligi uchun K. jinoyatchilarning tashqi qiyofa belgilarini eslab qola olmagan, ammo avtomashina haydovchisining oyog‘i protez ekanligini ma’lum qilgan va yurishini eslab qolgan. Ish bo‘yicha gumon qilinuvchi aniqlangandan so‘ng uni ikkita protezga ega statistlar bilan birgalikda tanib olish uchun jabrlanuvchiga ko‘rsatishgan va jabrlanuvchi gumon qilinuvchining yurishi bo‘yicha uni tanib olgan. Ovoz bo‘yicha tanib olish o‘tkazilganda, agar ovoz bo‘yicha tanib olinuvchi yo‘q bo‘lsa, bu tergov harakatida tanib olinuvchining magnitofon tasmasiga yozilgan ovozi bo‘yicha tanib olish mumkin bo‘ladi. Bunday tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rganda tanib olish uchun yozilgan ovozning mazmunini qog‘ozga tushirish kerak. Shundan so‘ng ikkita shu ovozga o‘xshash ovozda gapiruvchi statistlar tanlanadi va ularning har biri qog‘ozda yozilgan matnni o‘qib, magnitofonda ovoz tasmasiga yozdiradilar. Yozilgan fonogrammalar bir-biriga o‘xshash bo‘lishi lozim. Fonogrammalarning barchasi raqamlanadi, ularga tergovchi hamda xolislarning imzosi qo‘yiladi. Tergov harakatini o‘tkazganda tanib oluvchi barcha fonogrammalarni xolislar va tergovchi ishtirokida eshitib chiqadi (agar u fonogrammada yozilgan ovozni ikkinchi marotaba eshitishni xohlasa, uning xohishi bajarilishi kerak) va shundan so‘ng ovozini tanigani yoki tanimaganligi to‘g‘risida ko‘rsatuv beradi. Agar ovozni tanigan bo‘lsa, qanday belgilarga asosan taniganligi bayonnomada qayd qilinadi va ko‘rsatilgan fonogram- malar unga ilova etiladi. 4-§. Tanib olish uchun ko‘rsatishning boshqa turlari Jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy sohalarda predmetlarni tanib olish uchun ko‘rsatish keng tarqalgan. Odatda, bu predmetlar asosida jinoyat sodir etilgan bo‘ladi yoki ular jinoyat tajovuzining predmetlari sifatida tan olinadi. Predmetlarni tanib olish uchun ko‘rsatish jonli shaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatishdan farq qilmaydi. Predmet o‘ziga o‘xshash predmetlarning guruhida tanib olish uchun ko‘rsatiladi. Tanib oluvchi dastavval qanday belgilarga asosan predmetni tanib olishini bilish uchun uning belgilari to‘g‘risida so‘roq qilinadi. Tergov harakatini o‘tkazish 131 jarayonida tanib oluvchi aynan shu belgilarni qidirib topadi. Shu maqsadda u predmetni qo‘lga olib, uni har tomonlama ko‘zdan kechirishi, tegishli belgilarni topib olish maqsadida ma’lum harakatlar qilishi mumkin. Agar predmet noyob bo‘lsa, bu holatni murakkablashtiradi (agar ushbu predmetdan boshqa o‘xshash predmet yo‘q bo‘lsa). Bunday holatlarda ushbu predmetga o‘xshash predmetlarni topishga imkon bo‘lmaydi, shuning uchun bu predmetni boshqa unga o‘xshamas predmetlar orasida ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Eng yaxshisi, so‘roq qilinuvchi-tanib oluvchi shaxsga bu predmetni ko‘rsatib, uning belgilari to‘g‘risida so‘rash to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar predmetni tanib oluvchida bu predmetning pasporti yoki raqami bo‘lgan hujjati bo‘lsa, uni tanib olish uchun ko‘rsatishning hojati qolmaydi. Predmetni tanib olish uchun ko‘rsatish jarayoni va natijalarini qayd qilish jonli shaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatish harakatiga o‘xshab qayd etiladi. Bayonnomada ketma-ketlik asosida tergov harakatining jarayoni va natijalari qayd etiladi. Bayonnomaga tayanib, tanib olish uchun ko‘rsatilgan predmetlarni masshtab fototasvirini ilova qilish maqsadga muvofiqdir. Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish boshqa tanib olish uchun ko‘rsatish harakatlaridan biroz farq qiladi, chunki murda yakka holda tanib olish uchun ko‘rsatiladi. Tergovning dastlabki bosqichida ma’lum bir shaxsning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida arizalar bo‘lmasa ham murdani batafsil ko‘zdan kechirib, topilgan joyga yaqin bo‘lgan aholi yashash joylarining istiqomat qiluvchi fuqarolariga ularni so‘roq qilmasdan ham tanib olish uchun ko‘rsatiladi. Murdani o‘likxonaga olib kelgandan so‘ng, zarur bo‘lsa, uning «tualeti» bilan shug‘ullanishadi, ya’ni hayotiy tashqi qiyofasi, iloji boricha, tiklanadi. Shaxsning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida xabar bergan shaxsni (yo‘qolgan shaxsning tashqi qiyofa belgilari to‘g‘risida) dastavval so‘roq qilinadi. Shundan so‘ng murda har bir tanib oluvchiga alohida holda tanib olish uchun ko‘rsatiladi. Har bir tanib oluvchiga murdaning tanasini har tomonlama ko‘zdan kechirib chiqishga sharoit yaratiladi. Bunday maqsadlarda murdani kiyimsiz tanib olish uchun ko‘rsatish mumkin. Kiyimlarni esa predmetlarni tanib olish uchun ko‘rsatish qoidalariga binoan ko‘rsatiladi. Murdani tanib olish uchun ko‘rsatganda shuni ham esda tutish lozimki, uning tanasi ma’lum vaqt ichida o‘zgarishlarga uchraydi. Murdaning jismlari bo‘shashib, tanasi chiriy boshlaydi va tanasi bilan 132 birgalikda murdaning tashqi qiyofasi ham o‘zgaradi. Shuning uchun tanib olish uchun ko‘rsatish jarayonida bayonnomada qayd etilgan muayyan belgilari murdaning tanasida bor bo‘lgan belgilar bilan mutanosibligiga e’tiborni qaratish lozim. Agarda murda biror-bir odam (yoki bir necha odam) tomonidan aniq tanib olinsa, kelajakda xatolardan xolis bo‘lish maqsadida tegishli kriminalistik tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: murdani tanib olish uchun signalitik usulda suratga olish zarur. Uni daktiloskopiyalash va undan soch, qon namunalarini olish kerak. Ba’zi hollarda murdaning tashqi qiyofasi qolipini (niqobini) olish zarur bo‘ladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, murdani tanib olish, uning shaxsini aniqlash shu harakat bilan cheklanmaydi. Bu natijani tekshirish uchun uning voqelikka to‘g‘ri bo‘lganligini kriminalistik va sud-tibbiyot tadqiqotlari tasdiqlashi lozim. Ko‘rsatilgan tavsiyalar bir necha bo‘laklarga ajratilgan murdalarni tanib olish uchun ko‘rsatishga tegishli va ularni bunday hollarda ham ishlatish zarur. Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish natijalariga sovuqqonlik bilan qarash jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin va bu to‘g‘rida quyidagi hodisa misol bo‘la oladi. Yuk mashinasida haydovchisi A. har kuni uyga mast holda kelib xotinini uradi. Uning xotini V. qo‘shnilardan yordam so‘rashga majbur bo‘ladi. Uning xotini V. yoz faslining o‘rtalarida bedarak yo‘qolib qoladi. V.ning yo‘qolganidan keyin ikkinchi kuni jamoat hojatxonasida uning turar joyiga yaqin joyda ayolning murdasi topiladi. Hojatxonaning chuquridan chiqarib olib, uni suv bilan yuvishadi. Qo‘shnilar bu ayol jasadi V. bo‘lganligini aniq tanib olishadi. Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘z- dan kechirgandan so‘ng, murdani tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida bir necha bayonnoma tuzadi va unda qo‘shnilar hech qanday qiyinchiliksiz jasad V. bo‘lganligini aniq tanib olishdi, deb yozilgan bo‘ladi. V.ning eri A. hibsga olinadi. Jinoyat ishi bo‘yicha u xotinini o‘ldirganligi to‘g‘risida dalillar yig‘iladi va sud A. ni xotinining qotili deb jazolaydi. Ammo bir oz vaqt o‘tgach, A. ning xotini V. paydo bo‘lib qoladi va eridan qo‘rqib, uni o‘ldirib qo‘yish xavfi borligi uchun undan qochib ketganligi to‘g‘risida ko‘rsatuv beradi. Shunday qilib, bir necha oy o‘tgandan so‘ng murdani yana eksgumatsiya qilishga va ayolning jasadi kimga mansubligini aniqlashga majbur bo‘linadi. Agar tergovchi murdani tanib olish harakatiga jiddiyroq yondashganda va tegishli ekspert tadqiqotlari o‘tkazilganda, bu xatodan xoli bo‘lish mumkin edi. 133 Tergov amaliyotining ehtiyojlari hayvonlarni tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasini ishlab chiqish taqozo etadi. Bu harakat umumiy qoidalarga asosan amalga oshiriladi. Bu tergov harakatida ishtirok etish uchun tegishli mutaxassisni taklif etish talab qilinadi (zootexnik, veterinar, tibbiyot xodim), chunki ular hayvonlarni tanlab olishda, muayyan belgilarni tavsif etishda, tanib olish o‘tkazganda katta yordam ko‘rsatishlari mumkin. Agarda hayvon xo‘jayini tomonidan tanib olinsa, u holda, hayvonning xatti-harakatlariga nazar tashlanadi, ya’ni hayvonning xo‘jayiniga nisbatan moyillik ko‘rsatishi, uning oldiga tezda chopib borishi va uni taniganini bildiradi va shu kabilarga ahamiyat beriladi. Xonalarni va ochiq joylarni tanib olish uchun ko‘rsatish mustaqil harakat bo‘lib, uning mazmuni tegishli xonalar va ochiq joylarni tanib olish uchun ko‘rsatishdan iborat. Tergov amaliyotida bunday zaruriyat ma’lum shaxsni muayyan xona yoki ochiq joyda haqiqatan bo‘lganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, fuqaro S. mansabdor shaxs N. ga o‘z ishini ijobiy hal qilish maqsadida N.ning uyida pora berganligi to‘g‘risida xabar qiladi. N. bu faktni inkor etib, S. hech qachon uning uyida pul bermaganini aytadi. Fuqaro S. N.ning aniq adresini bilmasa ham uning xonalarining joylashuvi va ularda bo‘lgan holatni batafsil tasvirlab beradi. Bunda tanib olish quyidagi yo‘l bilan amalga oshirilgan. Tergovchi xolislar ishtirokida va S. bilan turar joy binosining uchta to‘rt xonali xonadoniga kirib chiqishgan. Uchinchi xonadonda bo‘lgan holat S. ning ko‘rsatuvlarida aks etgan N.ning turar joyida bo‘lgan holatga mutanosib bo‘lgan va bu xonadonni S. N.ga tegishli bo‘lgan deb tanib olgan. Agar shaxsning o‘zini tanib olish uchun ko‘rsatishning imkoni yo‘q bo‘lsa, bu shaxsning fotosurati bo‘yicha tanib olish o‘tkaziladi va ushbu fotosurat yana ikkita unga o‘xshash shaxslarning fotosuratlari bilan birgalikda tanib oluvchiga ko‘rsatiladi. Bunday tanib olish JPKning 127- moddasida qayd etilgan. Obyektning fotosurati bo‘yicha tanib olish uchun ko‘rsatish bu obyekt qandaydir sabablarga ko‘ra yo‘q bo‘lganligi tufayli o‘tkaziladi. Bunday holda bayonnomaga uchta fotosurat yopishtiriladi va ularda bir-biriga o‘xshash bo‘lgan predmetlar tasvirlanishi lozim (ular raqamlanadi va muhrlanadi). Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish harakatlari oddiy tarzda amalga oshiriladi. Tanib oluvchi xolislar ishtirokida diqqat bilan fotosuratlarga qarab uning esda qolgan belgilar va tasvirda aks etgan tashqi qiyofa belgilari bo‘yicha tegishli shaxsni tanib olish to‘g‘risida xabar beradi, 134 ammo shuni esda tutish lozimki, hatto eng sifatli bo‘lgan fotosurat ham jonli shaxsning tashqi qiyofasini to‘liq ravishda aks ettirishi qiyin. Buning uchun agar imkon bo‘lsa, ushbu odamning o‘zini tanib olish uchun ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tanib olish uchun ko‘rsatish bo‘yicha JPKning 131-moddasiga binoan bayonnoma rasmiylashtiriladi va unda ma’lum ketma-ketlikda tergov harakatining jarayoni va natijalari aks ettiriladi. Bundan tashqari, bayonnomada tanib oluvchi shaxs, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar yoki predmetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, va imkon bo‘lsa, tanib oluvchi shaxsni uning tilida qanday tanib olganligi yoziladi. Bundan tashqari, ushbu tergov harakatini videokamera yoki fotosuratga olish uskunalari bilan qayd qilish ham mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling