A k a d e m I y a kriminalistik taktika
-§. Taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Krim-taktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitishni qayd qilish tartibi
3-§. Taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha olinadigan namunalarning turlari Taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha olinadigan namunalarni to‘g‘ri tanlash ekspertiza tayinlashda muhim o‘rin egal- laydi. Ekspertiza o‘tkazishda ishlatiladigan mustaqil, alohida turdagi obyektlar taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish uchun olinadigan namunalar bo‘lib xizmat qiladi. Taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish uchun namunalar olish JPKning 188-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, alohida tergov harakati hisoblanadi. Tergovchi zarur bo‘lgan namunalarni tergov jarayonida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida, tintuvda, olib qo‘yishda, shuningdek, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlardan olishi mumkin. Ekspertiza o‘tkazish uchun namunalarni tanlash uning turi, ta’rifi va hal etiladigan savollarga bog‘liq. Ekpertizaga yuboriladigan barcha namunalar quyidagi talablarga, ya’ni o‘xshashlik belgilarining to‘liq aks ettirilganligi, taqqoslash mumkinligi, o‘zgarmaslik xususiyati (uzoq vaqt mobaynida o‘z xususiyatini yo‘qotmasligi bilan) va kelib chiqish manbai aniq bo‘lganligi (ya’ni aynan shu shaxsdan qo‘lyozma matni namuna sifatida olinganligi kabilar) bilan talablarga javob berishi kerak. Namunalarni olishda taktik shartlar ularni olish o‘z vaqtida amalga oshi- rilganligi bilan belgilanadi, ya’ni bu talab tergov holatiga qarab bel- gilanadi hamda tadqiqotning maqsadi va obyektlarning holati ham hisobga olinishi zarur. Namunalar sifati yuqori bo‘lishi lozim. Shuning uchun namunalarning muayyan, aniq manbadan va kerakli miqdorda olinishi ham bu talabga mos tushadi. Namunalarning soni va sifati ekspertizaning turiga bog‘langan va o‘xshashlik belgilari ta’rifining hisobga olinishini talab qiladi. 187 Taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish uchun namunalar olishga tayyorgarlik ko‘rish protsessual tartibdan tashqari quyidagi taktik talablardan tarkib topgan. 1) tergovchi qanday namunalarni, qanday miqdorda olinishini hal etishi lozim; 2) taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish uchun namunalarning olinish joyi va aniq vaqti belgilanishi kerak; 3) taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish uchun namunalarni olish harakatida ishtirok etuvchi qatnashchilarning doirasi belgilanishi lozim; 4) taqqoslash maqsadida tadqiqot o‘tkazish uchun namunalar qanday tarzda va qanday sharoitlarda olinishi belgilanishi lozim; 5) namunalar olish uchun tegishli texnik vositalarni tayyor qilish lozim; 6) ushbu tergov harakatining rejasini tuzish zarur; 7) bu tergov harakatini qayd qiluvchi vositalarni tayyor qilish kerak. Namunalarni olishdan avval tergovchining kerak bo‘lgan namunalarni qancha miqdorda va qanday sifatda olish to‘g‘risida mutaxassis bilan maslahatlashishi maqsadga muvofiqdir. Namunalarning tasnifiga kelsak, ular vaqti va kelib chiqish sharoitlariga asosan erkin namunalar va eksperimental namunalardir bo‘linadi. Erkin namunalar – bu jinoyat ishi bo‘yicha bog‘lanmagan va jinoyatdan avval vujudga kelgan namunalardir. Ularni tintuv, olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish harakatlari jarayonida hamda korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy shaxslardan olingan va ish bo‘yicha hujjatli ma’lumotlarga ega predmet va hujjatlar sifatida olish mumkin bo‘ladi. Eksperimental namunalar – bu jinoyat ishini tergov qilish jarayonida tergovchining talabi bo‘yicha maxsus ravishda ishlab chiqilgan yoki ma’lum joylardan olingan namunalar. Masalan, dastxat namunalari, barmoq izlari namunalari, tirnoq tagidagi moddalarni olish namunalari, soch, qon, tupuk namunalari shunday eksperimental namunalarga kiradi. Ushbu namunalarni olish bayonnomada batafsil qayd qilinadi. Zarur bo‘lsa, bu jarayon video yozuv uskunalari orqali ham qayd etiladi. Ekspert tadqiqotining jarayoniga kelsak, bu jarayon to‘rt asosiy bosqichdan iborat. Bular: 188 obyektlarni dastlabki tadqiq qilish (ekspert tomonidan obyektlar ko‘zdan kechiriladi); obyektlarni detalli ravishda tadqiq qilish; tadqiqot namunalarini baholash va ekspert xulosasini shakllantirish; ekspert xulosasini rasmiylashtirish. Obyektlarni dastlabki tadqiq qilish ekspertga yuborilgan ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarordan boshlanadi. Shundan so‘ng ekspert unga yuborilgan obyektlarning to‘la yuborilganligini tekshiradi, qarorda qo‘yilgan savollarni o‘rganadi va ularni jinoyat ishi holatlari bilan solish- tiradi (jinoyat ishi to‘g‘risidagi axborot tergovchining ekspertiza tayin- lash to‘g‘risidagi qarorida to‘liq aks etgan bo‘ladi). So‘ngra unga yubo- rilgan obyektlarni mutaxassisligi nuqtai nazaridan ko‘zdan kechiradi. Bu bosqich tadqiqot o‘tkazish rejasini tuzish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqichda ekspertga yuborilgan obyektlar o‘rganiladi, ya’ni ekspert obyektlardagi o‘xshashlik belgilarini aniqlaydi, qayd qiladi va tadqiq etadi, kerakli eksperimentlarni o‘tkazadi, belgilarni bir-biri bilan solishtiradi hamda eksperimental namunalarni erkin namunalar bilan taqqoslaydi, ularning o‘xshashlik belgilarini bir-biriga mutanosib bo‘lishini yoki bo‘lmasligini aniqlaydi. Shuningdek, unda ekspert bir-biri bilan solishtirish, birini biriga moslash, qo‘shish kabi usullarni qo‘llaydi. Taqqoslash tadqiqoti jarayonida ekspert bir-biriga mos yoki farq qiluvchi belgilar yig‘indisini aniqlaydi va ularning mustahkamligiga e’tibor beradi. Uchinchi bosqichda ekspert tadqiqot natijalarini baholaydi va ekspert xulosasini shakllantiradi. Bu bosqich mas’uliyatli bo‘lib, u ekspertlarning obyektlarni to‘g‘ri baholashi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi bilan bog‘liq hamda ekspert o‘tkazgan ishning hosilasi sifatida ifodala- nishi mumkin. Shuning uchun bu natija mantiqiy tarzda uning qilgan ishidan kelib chiqishi lozim va shu bosqichda u amalga oshirgan ishiga baho berib, faktik ma’lumotlarga asoslangan holda xulosa chiqaradi. To‘rtinchi bosqichda ekspert tadqiqoti ekspertning xulosasini rasmiylashtirish bilan yakunlanadi. Ekspert xulosasi kirish, tadqiq qilish va xulosalar qismidan iborat. Ekspert xulosalari voqelikka to‘g‘ri kelib, salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Xulosa ehtimollik darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Ular ham ijobiy va salbiyga bo‘linadi. Tergovchi ekspert xulosasiga baho berganda uni tahlil qilishi, jinoyat ishi bo‘yicha boshqa dalillar bilan solishtirishi, obyektlarning 189 chinligini tekshirishi va xulosada bo‘lgan natijalarning to‘g‘ri bo‘lishini tekshirishi zarur. Xulosaga baho berish jarayonida tergovchi quyidagilarni aniqlashi lozim: tadqiqotda ishlatilgan obyekt va materiallarning tadqiqotga yetarli darajada berilganligini; ularni tadqiq qilish usullarining fan talablariga mos bo‘lganligini; ekspert tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning to‘liqligini (chunki aynan ular asosida xulosa chiqarilgan); xulosaning fan va amaliyot talablariga zid kelmaganligini va jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillarga qarama-qarshi bo‘lmaganligini; xulosaning to‘liqligi va uning ravshan tavsif etilganligini hamda ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga javoblarning to‘g‘riligini. Ekspert xulosasi bo‘yicha tergovchi unga baho berib, zarur bo‘lgan qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazishi, qayta qo‘shimcha ekspertiza tayinlashi, ekspertni ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha (yoki uning xulosasi bo‘yicha) so‘roq qilishi mumkin. Shunday qilib, maxsus bilimlarning dastlabki tergov jarayonida ishlatilishi ekspert tadqiqotlarini jinoyatchilikka qarshi kurash jarayonida kengaytirish lozimligini taqozo etadi. 190 XII bob. TELEFON VA BOSHQA SO‘ZLASHUV QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SO‘ZLASHUVLARNI ESHITISH TAKTIKASI 1-§. «Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish» tushunchasi va uning mohiyati Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish yangi tergov harakati bo‘lib, u haqda 1994-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 21- bobi 169-171-moddalarida batafsil ko‘rsatilgan. Mazkur tergov harakati mazmuni quyidagilardan iborat: telefon va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish harakati qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkaziladi, ularni eshitish uchun tergovchi qaror chiqarish yo‘li bilan prokuror sanksiyasini olishi lozim; telefon va boshqa aloqa vositalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish kechiktirib bo‘lmas tergov harakati bo‘lib, jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonini jadallashtiradi, ish yuzasidan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, jinoyatni sodir etgan va jinoyatga aloqasi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va shu shaxslarning qayerda yashi- rinib yurganligi, jinoyatchidan olib qo‘yilgan, o‘g‘irlangan qimmatbaho narsalar, buyumlar, pullar va jinoyat qurollari qayerdaligi, qaysi joyda bo‘lganligini aniqlash hamda davlat va fuqarolarning xavfsizligini himoya qilish uchun tegishli axborotlarni olib, ularni tergov jarayonida har tomonlama tekshirish uchun xizmat qiladi; telefon va boshqa aloqa vositalari sifatida radiotelefon, radiorele, uyali aloqa vositalari, yuqori darajali radio to‘lqinlar, kosmik aloqa vositalari, selektor-o‘tkazuvchi va boshqa texnik uskunalar tushuniladi hamda bundagi so‘zlashuvlarni teletayp va telefaks vositalari bilan aloqa qilganda tinglash mumkin; telefon va boshqa aloqa vositalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlar shahar, shaharlararo va xalqaro aloqa vositalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarga bo‘linadi; 191 telefon va boshqa aloqa vositalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni tegishli simli va simsiz eshituvchi uskunalar orqali ovoz yozish vositalarini ishlatish yo‘li bilan qayd qilinadi. Telefon va boshqa so‘zlashuvlarni eshitishning mohiyati shundan iboratki, unda tergovchi olingan axborotni o‘zining sezgisi asosida jinoyat ishi bo‘yicha yig‘ilgan boshqa dalillar bilan solishtirib, tergov harakatlari asosida tekshiradi va shu yo‘l bilan jinoyatning ochilishi va jabrlanuvchi, guvohlar hamda jinoyat ishi bo‘yicha qatnashuvchi boshqa shaxslarning xavfsizligi va manfaatlari ta’minlanishiga imkon yaratadi. Telefon va boshqa so‘zlashuvlarni tinglash joyi tergovchining ish bo‘yicha vujudga kelgan tergov holatiga qarab tanlanadi va tegishli daliliy asoslarga tayangan bo‘lishi lozim. Aks holda, so‘zlashuvlarni olib borayotgan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari poymol bo‘lishi mumkin. Demak, telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni tinglashda prokurorning sanksiyasini olish tergov harakatining eng muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi, biroq zarur holatlarda so‘zlashuvlarni eshitish prokuror sanksiyasisiz ham o‘tkaziladi va bu haqda darhol qaror chiqarib, yozma ravishda tegishli prokurorga xabar berilishi kerak. Prokurorning sanksiyasisiz so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo‘ladi (JPKning 170- moddasi). Ushbu so‘zlashuvlardan olingan axborotni boshqa davlat va jamoat muassasalariga, tashkilotlariga va xususiy shaxslarga oshkor qilish mumkin emas va bu axborotni faqat jinoyatni ochish hamda tergov qilish maqsadlarida ishlatish taqozo etiladi. 2-§. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitishni qayd qilish tartibi Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish, ularni magnitofonga yozish va qayd qilish natijalari quyidagi talablarga rioya qilganda daliliy kuchga ega bo‘ladi: 1. So‘zlashuvlarni eshitish tegishli tergov bo‘yicha vujudga kelgan vaziyat talablariga ko‘ra o‘z vaqtida o‘tkazilishi kerak. Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish to‘g‘risida o‘z vaqtida qaror qabul qilish jinoyat ishi bo‘yicha daliliy kuchga ega axborotning olinishini va boshqa tergov harakatlari va operativ-qidiruv choralarining natijali bo‘lishini ta’minlaydi hamda jinoyatning muvaffaqiyatli ochilishiga sabab bo‘ladi. Qulay fursatni kutmasdan telefon va boshqa so‘zlashuvlarni vaqtidan 192 oldinroq eshitish yoki fursatni boy berib, telefon va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi jinoyat ishi bo‘yicha muhim bo‘lgan axborotning qo‘ldan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi va kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tergovchi tergov holatini tahlil etib, telefon va boshqa so‘zlashuvlar to‘g‘risida imkoni boricha barcha axborotlarni yig‘ishi va shunga asosan qaror qabul qilishi lozim. Shuningdek, u tergov harakatini olib borish uslublari, usullari va vositalarini belgilaydi. Bunday qarorni surishtiruvchi, prokuror yoki sud ham qabul qilishi mumkin. Telefon so‘zlashuvlarini eshitish to‘g‘risidagi qarorni tergovchi yakka o‘zi qabul qiladi. Shuningdek, bu qarorning bir guruh tergovchilar tomonidan qabul qilinishi ham qonunga xilof bo‘lmaydi (masalan, tergov holatini tergov bo‘limining boshlig‘i bilan tahlil etib, tezkor xodimlar yoki mutaxassis-kriminalistlar bilan muhokama qilib, shu qarorga kelish; tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha guruh tergovchilarining bu masalani muhokama qilib, bir qarorga kelishi va hokazo). Ma’lumki, tergov harakatlarini umumiy qayd qilish uslubi bu tergov harakati jarayoni va natijalarini hujjatda tavsif etish va qayd qilishdir. Ammo telefon so‘zlashuvlarini eshitish paytida bu uslub so‘zma-so‘z gaplashishlarni to‘liq qayd qilishga imkon bermaydi. Negaki, telefon so‘zlashuvlarini tinglash vositasi shaxslarning nutqini, imo-ishorasini, lahjasini so‘zma-so‘z qayd qilishga ojizdir. Shuning uchun qonun ijodkorlari tergov harakatini qayd qilish va bayonnomani to‘ldirishdan tashqari, tergov harakatlarida ovoz yozish vositasini ishlatishni qonuniy joriy etishda va ushbu masalaning ijobiy hal qilinishiga sababchi bo‘ldilar. Chunki ovoz yozish nutqni oddiy qog‘oz- ga qayd qilishdan ancha sifatli va qisqa muddatda amalga oshiriladi va hatto stenografik usuldan ham ko‘proq axborot darajasiga egadir. Ovoz yozish uni qaytadan eshittirishga, qayd etilgan axborotni haqiqiy hujjat sifatida xizmat qilishiga imkon beradi. Shuning uchun tergovchi telefon so‘zlashuvlarini eshitish to‘g‘risida qaror chiqarar ekan, demak, zarur ovoz yozish masalasini ham bir vaqtda hal etishi kerak. Aks holda, daliliy kuchga ega axborot tegishli ravishda qayd qilinmaganligi sababli o‘z kuchini yo‘qotadi. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish bayonnomasi xususida JPKning 171-moddasida qayd etilgan. 193 2. Tergovchi qo‘lidagi jinoyat ishi bo‘yicha telefon so‘zlashuvlarini eshitish va ovoz yozish to‘g‘risida JPKning 170- moddasiga binoan taktik yechimga kelib, asoslangan qaror chiqaradi. Ushbu qarorga asosan prokuror tomonidan sanksiya beriladi. Qarorda telefon so‘zlashuvlarini eshitish va ovoz yozish masalasi bo‘yicha quyidagi umumiy rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak, ya’ni ushbu tergov harakatini o‘tkazish uchun asoslar va tegishli shaxslarning turar joylari va ularning telefon raqamlari bo‘lishi lozim. Negaki, aynan shu telefonlar orqali tegishli so‘zlashuvlar eshitiladi hamda ovoz yozish vositalariga yoziladi, qanday ovoz yozish vositalari orqali telefon so‘zlashuvlari qayd etilishi ko‘rsatiladi, telefon so‘zlashuvlarini eshitish muddati va bu tergov harakatini o‘tkazish kimga topshirilganligi qayd qilinadi. 3. JPKning 170-moddasiga ko‘ra, telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni eshitishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, MXX organlariga ijro etish uchun yuboriladi. Qarorda telefon va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish va ovoz yozib olish shartlari, tartibi va olingan axborotlarning berilishi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi kerak. 4. Telefon va boshqa so‘zlashuvlarni eshitish hamda ovoz yozish maxsus organlarning tezkor xizmat xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Daliliy ahamiyatga ega axborotlar olish uchun telefon so‘zlashuv- larini eshitish harakatini amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. So‘zlashuvlarni tinglayotgan xodimlar tergovchi uchun kerakli axborotlarning mazmunini bilish maqsadida jinoyat ishining mazmunidan xabardor bo‘lishlari lozim. 5. Telefon so‘zlashuvlarini eshitish va ovoz yozish bo‘yicha tegishli tergov harakati to‘g‘risida bayonnoma tuziladi va unda talab etilgan rekvizitlardan tashqari abonentning raqami, tergov harakatini o‘tkazish joyi va vaqti, kerakli bo‘lgan so‘zlashuv lavhasining aniq vaqti, ishlatilgan texnik vositalarning turi va rusumi, ularni ishlatgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, so‘zlashuvning qisqacha mazmuni (agar ular jinoyat ishiga bog‘liq bo‘lsa) hamda bu tergov harakati jarayonida jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatga ega barcha holatlar qayd etiladi. Telefon so‘zlashuvlarini eshitish va ovoz yozishga doir bayonno- mani bu harakatni amalga oshirgan barcha shaxslar imzolaydi. 6. Telefondagi va boshqa so‘zlashuvlarni tinglash va ovoz yozish bo‘yicha tergov harakatining ikkinchi bosqichi so‘zlashuvlar yozilgan 194 fonogrammani tergovchi olganidan so‘ng boshlanadi. Tergovchi telefon so‘zlashuvlari to‘g‘risidagi fonogrammani olib kompakt-kassetani xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Kompakt-kassetani almashtirilmaganiga ishonch hosil qilish maqsadida ko‘zdan kechirib, magnitofonda eshit- tiriladi. Bu harakatning maqsadi fonogrammaning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish, uni to‘g‘ri saqlanganligini va to‘g‘ri qayd etilganligini tekshirishdir. 7. Fonogrammani ko‘zdan kechirish va eshitish xolislar hamda mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Bu harakat maxsus sharoitlarda amalga oshiriladi, chunki ovoz yozilgan tasmaning o‘zini va mazmunini to‘liq o‘rganish kerak bo‘ladi. Fonogrammani ko‘zdan kechirganda va uni eshitganda mutaxassis- dan tashqari telefon so‘zlashuvlarini bevosita eshitgan va yozib olgan shaxslar ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi, ularning bu tergov harakatini yanada to‘liqroq qayd qilishga imkonlari bo‘lishi mumkin. Fonogrammani ko‘zdan kechirish paytida tergovchi quyidagilarni tekshiradi: – kompakt-kassetaning o‘ralishiga nazar tashlaydi va qanday holatda o‘ralganligini; – tushuntirish yozuvlari borligini, so‘zlashuvlarni tinglagan shaxslarning imzolarini va muhrni; – kompakt-kassetaning umumiy ko‘rinishini, uning texnik ko‘rsatkichlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini va tasmaning buzilmaganligini. Fonogrammani eshitish jarayonida uning mazmuniga diqqat-e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. 8. Fonogrammani ko‘zdan kechirish va yozib olingan telefon so‘zlashuvlarini eshitish jarayonidan avval uning qatnashchilari tergovchi tomonidan fonogrammaning mazmunini hech kimga oshkor etmaslik to‘g‘risida ogohlantiriladilar. Tergovchining ixtiyoriga asosan ulardan tegishli tilxat olinishi mumkin. 9. Kompakt-kassetani ko‘zdan kechirish va uning mazmunini eshitish harakatlari to‘g‘risida telefondagi va boshqa so‘zlashuvlar yozilgan materiallarni ko‘zdan kechirish va eshitish bayonnomasida qayd qilinadi. Telefon so‘zlashuvlari yozilgan fonomateriallarni ko‘zdan kechirish va eshitish bayonnomasida ular uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar ham qamrab olinishi lozim: – kompakt-kassetaning texnik ko‘rsatkichlari; – uning umumiy ko‘rinishi; 195 – o‘ziga xos xususiyatlari; – kompakt-kassetaga o‘zgartirishlar kiritish ehtimoli bo‘lgan belgilarning alomatlari; – fonogramma qanday markali magnitofonda eshittirilganligi, ovoz yozilgan tasmaning aylanish tezligi; – fonogrammaning mazmuni. Bayonnomada matnni to‘liq yoki ovoz yozilgan tasmada yozib olingan tergovga oid qismi aks ettiriladi va jumlalarning boshi bilan oxiri ko‘rsatiladi (agar matnning hajmi katta bo‘lsa). 10. Agarda ovoz yozilgan tasmada tovush izlari yo‘q bo‘lsa, u holda bayonnomada tegishli belgi qo‘yiladi. Ovoz yozish tasmasidagi qandaydir bir buzilishlar yoki nuqsonlar bo‘lsa, bunday holat ham bayonnomada qayd etiladi. 11. Fonogrammada yozilgan og‘zaki nutq axborotini yozma ravish- da qayd qilib, bu hujjat jinoyat ishi materiallariga qo‘shiladi. 12. Telefon so‘zlashuvlarining fonogrammalari dalil hisoblanadi, chunki ular o‘zida sodir etilgan jinoyatni fono-izlarini (tovush izlarini) qayd etgan bo‘ladi (masalan, jabrlanuvchi yoki guvohni o‘z ko‘rsatuvidan bosh tortishga undab, ularning hayotini tahlikaga qo‘yishga doir tahdid qiluvchi so‘zlashuvlar yozilsa va hokazo). Shuning uchun fonogrammani o‘rganish jarayonida olingan axborot tergovchi tomonidan uning ichki ishonchi asosida baholanishi va ma’lum bir mantiqiy tizimga keltirilib, ish bo‘yicha yig‘ilgan boshqa dalillar bilan solishtirilishi kerak. Telefon so‘zlashuvlari yozilgan fonogrammani eshitish jarayonida fonogrammada qayd etilgan ma’lumotlarning voqelikka to‘g‘ri bo‘lishi baholanadi. Bu baholash dalillarni tahlil qilishdan va fonogrammada bo‘lgan ma’lumotlarni solishtirishdan tashkil topadi. Quyidagilar fonogrammani baholash elementlari sifatida namoyon bo‘ladi: – fonogrammaning protsessual jihatdan to‘g‘ri qayd etilganligi; – yozilgan ovozlarning texnik jihatdan tiniqligi; – fonogrammada yozilgan so‘zlashuv va boshqa tovushlarning mazmuni va hokazo. Protsessual jihatdan fonogrammaning to‘g‘ri qayd etilganligini tekshirish uchun tergovchi quyidagilarga e’tibor qaratadi: – telefon so‘zlashuvlarini eshitish va ovoz yozish to‘g‘risida asoslangan va prokuror tomonidan sanksiyalangan qarorning yoki sudning ajrimi borligiga; 196 – telefon so‘zlashuvlarini eshitish fonogrammasining jinoyat ishi materiallariga daliliy ashyo sifatida qo‘shish to‘g‘risidagi qarorning borligiga. 13. Tergovchi fonogrammani o‘rganib va baholab, o‘zining qarori bo‘yicha uni jinoyat ishi materiallariga daliliy ashyo sifatida qo‘shadi. Qarorda ushbu fonogramma qayerda, qachon, kim tomonidan va qanday tartibda berilganligi, uning asosiy belgilari, jinoyat ishi bo‘yicha fonogrammada aks etgan va ahamiyatga ega axborotning mazmuni va jinoyat ishining shu axborot bilan bog‘liq tomonlari qayd ettirilishi lozim. 14. Fonogrammani konvert yoki kartonli qutichaga o‘rab, ularga izohli yozuvlar qilinadi hamda tergovchi va xolislarning imzolari qo‘yilib, tergovchining muhri bosilib, jinoyat ishining materiallariga qo‘shiladi. Fonogrammaning o‘ralgan holati uning saqlanishi va buzilmasligi uchun xizmat qiladi. 15. Fonogramma jinoyat ishi bo‘yicha muhim ahamiyatga ega daliliy ashyo bo‘lib, u bilan noto‘g‘ri muomala qilish ovoz yozilgan tasmaning qisman yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Ba’zi hollarda kassetada yozilgan ma’lumotlar o‘zgartirilishi, o‘chirilishi mumkin. Shuning uchun yuqori haroratli yoki namlik darajasi katta bo‘lgan joylarda saqlash man etiladi. Fonogrammani mexanik buzilishlardan, changlardan va shu kabilardan saqlash tavsiya etiladi. Yozilgan axborotning tiniq, aniq holda saqlab qolinishi fonogrammaning voqelikka to‘g‘riligini ta’minlab beruvchi asos bo‘ladi. 16. Fonogrammada yozilgan axborotning voqelikka to‘g‘riligi boshqa tergov harakatlari orqali tekshiriladi va jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillar bilan birga baholanishni talab qiladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling