A k a d e m I y a kriminalistik taktika


-§. Dastlabki tergov bosqichida tusmollarni tuzish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Krim-taktika


 
2-§. Dastlabki tergov bosqichida tusmollarni tuzish 
 va tekshirish 
 
Tusmollarni tuzganda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinadi: 
–  har  bir  tusmolni  tuzish  uchun  asos  bo‘ladigan  omillarni  har 
tomonlama aniqlab, o‘rganish lozim; 
–  har  bir  faktni  to‘g‘ri  ta’rif  va  tavsiflashga  intilish  lozim. 
Shuningdek, har bir tusmol yagona bir hodisani tavsif qilishi to‘g‘risida 
unutmaslik kerak. Shu bois, taxminiy tavsif ziddiyatlarga ega bo‘lsa, bir 
necha tusmollarni tuzishga to‘g‘ri keladi; 
–  tekshirishni  yakunlamasdan  biron-bir  tusmolning  ahamiyatini 
haddan tashqari baholash yoki nazar-pisand qilmaslik maqsadga muvofiq 
bo‘lmaydi; 
–  voqelikda  ehtimol  tutilgan  hodisalar  bo‘yicha  tegishli  tusmollar 
tuzilib,  ularning  barchasi  ayni  bir  vaqtda  tekshirilishi  lozim  va  bunda 
vaqt  omili,  vosita  va  uslublarga  egalik  holati  hamda  isbotlovchi 
axborotning bo‘lmasligi ehtimoli ham hisobga olinishi kerak. 
Dastlabki  tergov  jarayonida  bir  necha  tusmollarni  tuzish  –  tergov 
uslublaridan  biri  bo‘lib,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  haqiqatni  aniqlashni 
ta’minlab beradi. 
Tusmolni tuzishda axborot har qanday protsessual va noprotsessual 
manbalardan olingan bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, ushbu axborot jino-
yat ishiga taalluqli va ahamiyatli bo‘lishi kerak. Tusmolni tuzishda turli 
axborot manbalaridan foydalanish shunday ta’riflanadi: Tusmol – bu da-
lil emas, balki ehtimollik darajasiga ega fikrdir, ya’ni tergovchining fikri, 
uning  hodisa  to‘g‘risidagi  tasavvuri,  faktlarni  ehtimollik  jihatidan 
tushuntirib beradigan ta’rifdir. Tusmolning o‘zi hech narsani isbotlashga 
qodir emas. U faqatgina faktlarni aniqlash va tadqiq qilishga yordam be-
radi. Tusmol faktlarga tayanadi, lekin ularni almashtirishga qodir emas. 
Tusmolni  tuzish  uchun  tergovchi  tomonidan  bevosita  aniqlangan 
hodisa joyidagi mavjud holatlar, ko‘rsatmalar, hujjatlar (agar ular hodisa 

 
28 
to‘g‘risida  axborotga  ega  bo‘lsa)  barchasi  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Har 
qanday  axborot  analiz  (tahlil)  va  sintez  usullari  bilan  tadqiq  etilishi, 
tekshirilishi lozim. Tahlil faktlarni bir-biridan fikran bo‘laklarga ajratib, 
har  bir  bo‘lakni  (elementni)  alohida  ko‘zdan  kechirishdan  yoki 
o‘rganishdan iboratdir. Sintez esa ushbu  elementlar faktlarni fikran bir-
biri bilan birlashtirishdan iborat. 
Tahlil qilish uchun savollar qo‘yish vositasidan foydalanish odatda 
yaxshi  samara  beradi.  Bu  vosita  faktlarning  o‘rganilishiga,  detal-
lashtirilishiga, yangi ma’lumotlarning aniqlanishiga ko‘maklashadi. Rim 
huquqshunoslari  «yetti  a’zoli  formulani»  ishlab  chiqishgan  bo‘lib,  bu 
formula voqea to‘g‘risida tegishli ta’rifni shakllantirishga salmoqli hissa 
qo‘shadi. «Formula» quyidagi savollarni o‘z ichiga qamrab oladi: nima 
sodir  bo‘ldi,  qachon,  qayerda,  qanday  yo‘l  bilan,  kim  tomonidan, 
kimning  yordami  bilan  yoki  nimaning  yordami  bilan,  nimaga  (nima 
uchun,  qanday  maqsadlarda).  Ushbu  «formula»  hali  ham  o‘z  kuchini 
yo‘qotmagan. 
Tusmolni tuzishda tahlil funksiyalaridan biri alohida olingan faktlar 
orasidagi aloqalarni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Ammo tahlilning o‘zi 
bu  masalani  hal  etmaydi.  Bu  boshqa  mantiq  usullari  induksiya, 
deduksiya va analogiya tomonidan hal etiladi. 
Induksiya  (lotincha  –  yo‘naltirish)  fikrlash  turlaridan  biri  bo‘lib, 
yagona  xususiy  fikrdan  umumiy  xulosa  chiqarishdir.  Induktiv 
umumlashtirish asosida mantiqiy xulosa yangi bilimni shakllantiradi va 
xulosaning  asosi  bo‘lgan  fikrlardagi  axborotdan  farq  qiladi.  Bu  bilim 
faktlar  orasidagi  sabab  va  oqibatlarning  bog‘lanishini  bevosita 
tushuntirib, ularning vujudga kelishi holatini ham ta’riflashi mumkin. 
Induktiv umumlashtirish tusmol sifatida namoyon bo‘lib, faktlarni 
yanada chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. 
Tusmolni  induksiya  asosida  tuzishning  mantiqiy  mexanizmini 
quyidagi  misolda  ko‘rsatish  mumkin:  masalan,  shaharning  har  xil 
tumanlarida  bir  necha  bosqinchilik  holatlari  qayd  etilgan.  Faktlar 
o‘rganib,  tahlil  etilganda  shu  narsa  ma’lum  bo‘ldiki,  jinoyatchi  kechki 
paytda  katta  binolarning  yo‘laklarida  ayollarga  tan  jarohati  yetkazib, 
tajovuz qilar va ularning pul va qimmatbaho buyumlarini olib ketar ekan. 
Jabrlanuvchilarning  ko‘rsatmalarida  jinoyatchining  tashqi  qiyofasi 
belgilari (bo‘yi, kiyimi, so‘zlashish xususiyatlari) bir-biriga mos keladi. 
Ushbu  faktlarni  induktiv  umumlashtirish  yuqoridagi  jinoyatlarni  aynan 
bir  kishi  sodir  etganligi  to‘g‘risidagi  tusmolni  shakllantirishga  sabab 
bo‘ladi.  Quyidagi  faktlar  orasida  o‘ziga  xos  bog‘liqlik  mavjud  bo‘lib, 

 
29 
jinoyatning  tarzi,  joyi,  vaqti,  tajovuz  predmeti,  jinoyatchining  belgilari 
bir-biriga  mos  keladi.  Bunday  induktiv  xulosa  chiqarish  hali  dalil 
bo‘lmasa-da,  lekin  ushbu  xulosani  isbotlovchi  dalillarni  topib,  ularning 
tekshirilishi taqozo qilinadi. 
Tusmollarni  tuzishda  deduksiya  ham  ishlatilishi  mumkin. 
«Deduksiya»  lotincha  xulosani  ishlab  chiqish  demakdir,  ya’ni  xulosa 
sifatida  tushuniladi.  Ehtimollik  darajasiga  ega  bo‘lgan  xulosa  umumiy 
fikrlardan olinib, ilm va tajriba qoidalariga asoslanib chiqariladi. 
Masalan,  yo‘l-transport  hodisasini  tergov  qilganda,  qumli  yo‘l 
yuzasida  protektorning  izlari  yaqqol  aks  etgan.  Protektorning  izlarini 
o‘rganish  natijalari  (g‘ildiraklarning  eni,  qarama-qarshi  g‘ildiraklarning 
o‘zaro  masofasi,  protektor  suratining  tuzilishi)  ma’lumotnomalardagi 
mavjud  axborotlar  bilan  taqqoslanib,  bu  axborotlar  ilmiy  jihatdan 
ishonchli  bo‘lgan  ma’lumotlar  sifatida  tan  olindi.  Bunday  vaziyatda 
deduktiv  fikrlash  shundan  iboratki,  alohida  faktlar  bilan  ilmda  mavjud 
bo‘lgan  axborotning  o‘zaro  aloqasini  (ehtimollik  darajasiga  ega  bo‘lsa-
da) topish jinoyat ishi bo‘yicha tusmol bo‘ladi va avtomashinaning qaysi 
turga mansubligini ko‘rsatadi.
:
 
Induktiv  va  deduktiv  tusmollar  o‘zaro  bir-biri  bilan  bog‘liq. 
Jumladan,  faktlarni  induktiv  umumlashtirishda  hodisa  joyini  ko‘zdan 
kechirish  va  boshqa  kechiktirib  bo‘lmas  tergov  harakatlarini  o‘tkazish 
natijasiga tayanib, tusmol tuziladi va hodisaning qanday sodir bo‘lganligi 
ehtimollik  nuqtai  nazaridan  ta’riflanadi  (masalan,  o‘g‘irlik  bo‘lganmi 
yoki o‘g‘irlik sodir etilmaganmi). Ushbu tusmolni umumiy asos sifatida 
olib  tekshirganda,  tergovchi  uni  yangi  faktlar  bilan  solishtiradi  va 
deduktiv  yo‘l  bilan  xususiy  tusmollarni  tuzadi.  Ular  alohida  faktlarni 
umumiy  tusmol  asosida  bir-biri  bilan  bog‘liqligini  va  kelib  chiqishini 
ko‘rsatib beradi. 
Tusmollarni tuzganda analogiya va uning mohiyatidan quyidagicha 
foydalaniladi: ikkita hodisani, jumladan, «A» hodisasini kuzatib quyidagi 
belgilar  «a»,  «b»,  «v»  larga  ega  ekanligi  aniqlanadi.  «B»  hodisasi  esa 
«a», «b», «v» belgilariga ega bo‘lsa-da, bundan tashqari,  «g» belgisiga 
ham ega ekanligi aniqlanadi va shunga ko‘ra, «A» hodisa «g» belgisiga 
ega bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. 
Analogiya  usulida  alohida  olingan  faktlarni  bir-biri  bilan  (alohida 
belgilarning  bir-biri  bilan  o‘xshash  tomonlarini)  solishtirib,  tajriba  va 
kriminalistik bilimlarga asoslangan holda muayyan vaziyat tahlil etiladi. 
Mazkur  usul  kriminalistik  hisoblarning  ishlatilishini  ta’minlab  beradi. 
Masalan, «Neksiya» avtomashinasida ayol kishining nomusiga tegilgan. 

 
30 
Jabrlanuvchi  mashinaning  qizil  rangda  ekanligini,  uning  umumiy 
ko‘rinishini  eslab  qolgan.  Tergovchi  ushbu  belgilar  to‘g‘risidagi 
axborotni  IIV  Axborot  markaziga  yuboradi  va  u  yerdan  Yunusobod 
tumani  IIB  tomonidan  «Neksiya»  01 Z 707 ZW  qizil  rangli  avtoulovi 
qayd etilganligi ma’lum bo‘ldi. Uning egasi V., 1970-yil tug‘ilgan bo‘lib, 
turar  joyi  ham  aniq.  Shu  ma’lumotlarga  ko‘ra,  V.ning  jinoyatga 
aloqadorligi  to‘g‘risida  tusmol  tuzildi.  Mashina  ko‘zdan  kechirilganda 
gumon  qilinuvchining  jabrlanuvchidan  olib  qo‘ygan  buyumlari  va 
jinoyatining  boshqa  izlari  topildi.  V.  ushlandi  va  fosh  etildi.  Ushbu 
holatga ko‘ra, analogiya usuli Axborot markazi tomonidan qidirilayotgan 
avtomashinaning  aniqlanishi  va  shu  asosda  tusmol  ishlab  chiqilib, 
jinoyatning  ochilishi  yuz  berdi.  Analogiya  gumon  qilinuvchi  shaxs 
to‘g‘risidagi  tusmollarni  tuzishda  keng  qo‘llaniladi.  Qidirilayotgan 
shaxsning tashqi qiyofasi jinoyatni sodir etish va yashirish tarzlari, jinoiy 
tajovuzi obyekti (predmeti), izlarning ta’rifi va boshqa qiyoslash belgilari 
sifatida  xizmat  qiladi.  Tusmol  tuzishda  ko‘zga  tashlanadigan  belgilar 
katta  rol  o‘ynaydi.  Bu  tashqi  qiyofa  belgilari  (tirtiqlar,  tatuirovkalar, 
so‘zlash  xususiyati),  yaqqol  ko‘rinadigan  mahorat  ko‘nikmalari 
(masalan,  soxta  pullarni  yasash  ko‘nikmasi),  jinoyat  sodir  etishning 
maxsus  usullari  (odamga  haddan  tashqari  azob  yetkazish,  sadizm, 
buzuqlik  harakatlari),  yasama  qurollarning  ishlatilishi  («nunchaklar», 
qo‘rg‘oshindan  ishlangan  «qo‘lqoplar»,  o‘q  otar  qurollar),  portlash 
uskunalarini niqoblash (portfelga, chemodanga) kabilar bo‘lishi mumkin. 
Ko‘zga  tashlanadigan  belgilar tusmollarni  tuzishda  va  tekshirishda  yo‘l 
ko‘rsatuvchi oriyentir sifatida xizmat qiladi. 
Tusmollarning mantiqiy xususiyatlaridan biri – uning juz’iy xulosa 
oqibatlarni  tuzib  oydinlashtirish  imkoniyati.  Bu  fikran  bajariluvchi 
«operatsiya»  deduksiya  usulida  amalga  oshiriladi.  Ehtimollik  kuchiga 
ega bo‘lgan asosiy fikr tushuntirishni olib undan deduksiyalash usulida 
xususiy  xulosalar  chiqariladi.  Masalan,  agar  «A»  sababning  voqelikda 
bo‘lishi to‘g‘ri bo‘lsa, u holda, ehtimol bizga aniq bo‘lgan «a», «b», «v», 
faktlaridan tashqari (ular esa «A» bilan bog‘liq), hozircha aniqlanmagan 
«g», «d», «ye» faktlar ham «A» bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin, deb 
tusmol tuziladi. 
Tusmollarni  muayyanlashtirish  ulardan  mantiqiy,  asoslangan 
xulosalar chiqarish uchun ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi: 
– har bir tusmoldan voqelikda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibat 
holatlarini chiqarish lozim
– har bir tusmol faktlarga asoslangan bo‘lishi mumkin; 

 
31 
–  tusmol  mantiqiy  jihatdan  to‘g‘ri  tuzilgan  bo‘lishi  mumkin  va 
o‘zining mazmunida ziddiyatlarga ega bo‘lmasligi lozim; 
– zaruriy oqibatlarni tasodifiy oqibatlardan ajratish lozim; 
– tusmol tergov va tezkor-qidiruv harakatlari asosida tekshiriladi
– tusmollar imkoni boricha aynan bir paytida tekshirilishi lozim. 
Tusmollarni  tekshirish  –  bu  ularning  mazmunida  aks  etgan 
qandaydir  bir  hodisa  va  faktlar  to‘g‘risida  tadqiq  qilish  demakdir. 
Tusmollarni  tekshirish  ularni  ishlab  chiqishga  o‘xshab,  faktik 
ma’lumotlarga  ko‘ra  amalga  oshiriladi.  Lekin  tusmolni  ishlab  chiqish 
uchun  tergovchi  har  qanday  ma’lumotlarni  (hatto  tezkor  yo‘l  bilan 
olingan  ma’lumotlarni  ham)  ishlatishi  mumkin,  chunki  bunday  usul 
tusmollarni kurashda tergov yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. 
Tusmollarning  tekshirilishi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  haqiqatning 
aniqlanishiga yordam beradi. Shuning uchun tusmollar dalillar asosida va 
qonunga  rioya  qilish  yo‘li  bilan  tekshiriladi.  Bu  esa  tusmollarni 
tekshirishda  tezkor-qidiruv  imkoniyatlarini  inkor qilmaydi, lekin  tezkor 
yo‘l bilan olingan ma’lumotlar tergov yo‘li bilan tekshirilishi va dalillar 
asosida  ishga  biriktirilishi  lozim.  Tezkor  ma’lumotlar  jinoyat  bo‘yicha 
dalil hisoblanmaydi va «faqat ular asosida tusmol tekshirildi» deb aytish 
noto‘g‘ri bo‘ladi. 
Tusmollarni  tuzish  va  tekshirish  jarayoni  uch  bosqichdan  iborat 
bo‘lib, birinchi bosqichda tergovchi (yoki boshqa layoqatli shaxs) hodisa 
bo‘yicha ehtimollik darajasiga ega bo‘lgan fikrni shakllantiradi. Ikkinchi 
bosqichda  ehtimollik  darajasiga  ega  fikrdan  voqelikda  ro‘y  berishi 
mumkin  bo‘lgan  natijalar  chiqariladi.  Uchinchi  bosqichda  olingan 
natijalarni tergov jarayonidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash o‘tkaziladi. 
Tusmollarning  tekshirilishi  ularning  muayyanlashtirilganligi  va 
«yoyilgani» bilan uzviy bog‘langan va bu yoyilish tegishli savollarni qo‘yib, 
ularni hal etish yo‘llarini belgilashdan iborat. Tusmolni mantiqiy yoyishdan 
keyin  uni  amaliyotda  tekshirish  boshlanadi  va  u  tergov  rejasiga  asosan 
tergov  harakatlari  yoki  tezkor-qidiruv  choralari  o‘tkazish  yo‘li  bilan  olib 
boriladi.  Olingan  axborot  har  bir  tusmol  hamda  tusmollar  tizimiga  ko‘ra 
baholanadi. Tusmolni isbotlangan deb xulosa chiqarish tergov jarayonida u 
bilan  birgalikda  yoki  keyinroq  tuzilgan  boshqa  tusmollar  voqelikda  ro‘y 
bermagan bo‘lsa va bu tegishli dalillar bilan tasdiqlansa, ro‘yobga chiqadi 
hamda bu tusmol aniq bilimga aylanadi. Tusmolning aniq bilimga aylanishi 
dalillar  yig‘indisi  asosida  tan  olinadi.  Tusmolni  yo‘q  qilish  (chippakka 
chiqarish)  holati  ish  bo‘yicha  unga  zid  bo‘lgan  dalilning  aniqlanishi  bilan 
voqelikda  yuz  beradi.  Shu  bois,  uchun  tusmolni  tekshirishda  eksperiment 

 
32 
alohida o‘rin egallaydi. Agar eksperiment yo‘li bilan harakatlarning amalga 
oshirilishi  mumkin  bo‘lmasa  va  shu  harakatlar  to‘g‘risida  avval  tusmol 
tuzilgan  bo‘lsa,  bu  tusmol  natija  bermagan  hisoblanadi.  Masalan, 
eksperiment  natijalari  jinoyatchining  bergan  ko‘rsatmasiga  asosan  uning 
tegishli xonaga kirganligini inkor etsa yoki tintuv paytida olingan izlar bu 
tergov harakatini o‘tkazish davrida topilgan predmet bilan qoldirilmaganligi 
ayon bo‘lib qolsa va boshqa vaziyatlarda tusmollarning bittasidan tashqari 
ayrimlari yoki barchasi yo‘qqa chiqariladi. 
Aynan  bitta  tusmolning  tasdiqlanishi  aynan  bir  hodisa  bo‘yicha 
tuzilgan  boshqa  tusmollarning  yo‘q  qilishini  ko‘rsatadi.  Shunga  asosan, 
ularning  barchasi  dalillar  bilan  solishtirilishi  lozim  bo‘ladi.  Agar  qonunda 
ko‘rsatilgan  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  barcha  holatlar  dalillar  asosida 
aniqlangan, jinoyat ishi bo‘yicha faktlarni ta’riflashda barcha ziddiyatlar hal 
qilingan va ish bo‘yicha yagona xulosa chiqarilgan bo‘lsa, tegishli hodisaga 
asosan tusmollarning tekshirilishi yakunlangan deb hisoblanadi. 
 
3-§. Jinoyatlarni tergov qilishda rejalashtirishning 
 asosiy belgilari va funksiyalari 
 
«Tergovni  rejalashtirish»  tushunchasi.  Tergovni  rejalashtirish 
tergovchi faoliyatining maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’minlab beruvchi 
omildir. Shu sababdan uni jinoyat ishi bo‘yicha olib boriladigan barcha 
ishlarning  omilkorlik  jihatidan  natijali  bo‘lishini  ta’minlaydigan  uslub 
sifatida  qabul  qilish  kerak.  Tergovni  rejalashtirish  zaruriy  talab  bo‘lib, 
unga ta’sir etuvchi va amaliyotda uchraydigan bir qator omillar mavjud. 
 Birinchisi, jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi kerak bo‘lgan barcha 
holatlarni,  qonun  talabiga  binoan,  har  tomonlama,  to‘liq  va  ob’yektiv 
tarzda  aniqlash  lozimligidir.  Ular  jinoyat  ishini  rejalashtirganda 
tergovning umumiy maqsadini va muayyan vazifalarini har bir tusmolga 
va  har  bir  holga  nisbatan  aniq  belgilash  kerakligi,  barcha  jinoyat 
protsessi qatnashchilarining qonunlarga rioya qilgan holda harakat qilishi 
lozimligi kabi talablarni qo‘yadi. 
 Ikkinchisi,  bu  vaqt  omili  hisoblanadi.  Masalan,  dastlabki 
tergovning umuman va alohida institutlarini olib ko‘rsak (masalan, ayb 
e’lon  qilib,  ayblanuvchini  so‘roq  qilish),  vaqt  bilan  belgilangan.  Bu 
masala jinoyat sudlovi va jamoat manfaatlari hamda tartibini saqlashda, 
ularning natijali bo‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Vaqtning 
o‘tishi jinoyatdan qolgan izlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, guvohlarning 
esida  qolgan  hodisalarni  esdan  chiqishi,  jinoyatchining  qochib  ketishi, 

 
33 
dalillarning yo‘q qilinishi, o‘zgalarga sotib yuborilishi yoki yashirilishi, 
jinoyatchining  qilgan  jinoyatini  o‘ylab,  barcha  xatti-harakatlarini 
niqoblashi yoxud jabrlanuvchi bilan guvohlarga ta’sir ko‘rsatib, ularning 
bergan  ko‘rsatuvlaridan  bosh  tortishga  majbur  qilishiga  sabab  bo‘lishi 
mumkin.  Shunga  ko‘ra,  ishni  rejalashtirganda  vaqtni  e’tiborga  olish 
lozim.  Vaqtni  belgilash  har  bir  tergov  harakatini  olib  borishda,  jinoyat 
ishi  bo‘yicha  eng  murakkab  ekspertiza  va  taftishlarni  (iqtisodiy  jino-
yatlarni  tergov  qilganda)  o‘tkazishda,  guvohni  (jabrlanuvchini)  so‘roq 
qilish uchun uning ishlash sharoitlari, sog‘lig‘i, qanday holatda bo‘lgan-
ligi va boshqa holatlarni inobatga olganda, surishtiruv idorasiga maxsus 
talabnomalar  va  topshiriqlarni  berganda,  mutaxassislarni  taklif  etish  va 
ulardan  maslahatlar  olish,  jinoyat  ishlari  va  boshqa  hujjatlarni 
o‘rganishda, himoyachini taklif qilganda yoki qonun asosida ko‘rsatilgan 
boshqa harakatlarni amalga oshirishda lozim bo‘ladi. 
Vaqt omilini hisobga olish tergovchining ko‘zdan kechirish, tintuv, 
so‘roq qilish, eksperiment o‘tkazish, tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsa-
tuvlarni joyida tekshirish va boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun 
ajratiladigan  vaqt  jarayonini  hisobga  olib,  uning  fakt  bo‘yicha 
davomiyligini  farazli  ravishda  belgilashini  talab  qiladi.  Bunday  murak-
kab  harakatlar  ko‘pincha  rejalashtirishni  talab  qiladi  va  bu  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga ega. 
Agar tergovchining qo‘lida bir necha jinoyat ishi harakatda bo‘lsa, 
bunday hollarda vaqt omili birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bunday 
hollarda  ushbu  jinoyat  ishlarining  rejalari  o‘zaro  kelishilgan  holda 
koordinatsiyalanadi. 
Uchinchisi – bu tashkiliy omil. Bunda tergovchi ixtiyorida tergov 
faoliyatining  maxsus  vosita  va  usullari  mavjud  bo‘ladi  hamda  ular  ish 
bo‘yicha  haqiqatning  aniqlashini  ta’minlaydi.  Tashkiliy  omilning 
ishlatilishi  tergovni  tashkiliy  jihatdan  yaxshi  rejalashtirilganligini, 
tumanda,  shaharda  tezkor  holatning  hisobga  olinishini,  ichki  ishlar 
organlarining  voqelikdagi  real  imkoniyatlarini,  jamoatchilik  yordamini, 
mutaxassislar,  ommaviy  axborot  vositalarining  tergovga  ko‘makla-
shuvini, ichki ishlarning har xil xizmatlarining tergovchi bilan maqsadga 
muvofiq  va  birgalikda  harakat  qilishi  darajasini  hisobga  olishni  taqozo 
etadi.  Tergovni  omilkorlik  jihatidan  tashkil  qilish  ishni  o‘z  vaqtida  va 
aniq rejalashtirishni ta’minlaydi. 
Kriminalistikada rejalashtirish tamoyillari asosida muayyan jinoyat 
ishi  bo‘yicha  uni  tergov  qilishda  asosiy  talablar  yig‘indisi  tushuniladi. 
Bunday  tamoyillar  sifatida  har  bir  ishni  uning  xususiyatiga  qarab 

 
34 
rejalashtirishni unga mos qilish, ya’ni o‘ziga xoslik, muayyanlik, voqe-
likka  mos  kelishi,  har  bir  ishni  aniq  belgilash,  uni  amaliyotda  amalga 
oshirish va harakatchanlik talabiga rioya qilish tamoyillari qayd etilgan. 
O‘ziga xoslik tamoyili  har bir ish bo‘yicha rejalashtirishni amalga 
oshirganda jinoyatning aniq yoki taxmin etilgan tarkibiga, jamoat uchun 
(ijtimoiy)  xavflilik  darajasiga,  jinoyat  to‘g‘risidagi  axborotning 
mazmundor va to‘liqligiga, axborot manbalarining o‘ziga xos bo‘lishiga, 
jinoyat jarayoni ishtirokchilarining xatti-harakatlariga va ishning boshqa 
xususiyatlariga qarab ish tutishni taqozo etadi. O‘ziga xoslik tamoyilini 
kriminalistika fani tavsiyalarini rejalashtirishda ishlatilish talab qilinadi, 
chunki aynan ularda tergov va tezkor-qidiruv faoliyatining eng omilkor 
tajribasi  umumlashtirilgan.  Rejalashtirishning  o‘ziga  xosligi  tergovchi-
ning  kasbiy  tajribasi  va  maxsus  bilimlarini  muayyan  holatda  ishlatish 
ko‘nikmalarida aks etadi. 
Muayyanlik  tamoyili  ish  bo‘yicha  muayyan  tusmollarni  tuzishni, 
haqiqatni  aniqlash  maqsadida  tusmollarni  tekshirish  uchun  muayyan 
yo‘llar  va  usullarni  belgilashni  talab  qiladi.  Tergov  qilish  muddatlari, 
jinoyat ishi bo‘yicha va har bir tusmolga nisbatan aniqlanadigan barcha 
savollar,  alohida  tergov  harakatlarining  vazifalari,  tezkor  xodimlarga 
beriladigan topshiriqlar, albatta,  muayyan bo‘lishi kerak. Agar tergovni 
bir guruh  tergovchilar olib  borayotgan  bo‘lsa,  muayyanlik  tamoyili  har 
bir  tergovchiga  berilgan  vazifalarni  jinoyat  ishi  bo‘yicha  alohida 
rejalashtirish va bu rejalarni umumiy jinoyat ishi bo‘yicha tergov qilish 
rejasiga mos kelishini talab qiladi. 
Harakatchanlik  tamoyil  shuni  anglatadiki,  jinoyat  ishi  bo‘yicha 
tergov rejasi (ayniqsa murakkab ishlar bo‘yicha) yangi axborotning oqib 
kelishiga qarab o‘zgarib boradi. Rejaga muayyan qo‘shimcha va o‘zgar-
tishlar kiritiladi. Ular tergovning to‘liq, voqelikka mos va har tomonlama 
olib  borilishini  ta’minlaydi.  Harakatchanlik  tamoyili  rejalashtirishning 
xilma-xil  usullarida,  uning  bosqichli  bo‘lishida  aks  etadi.  Rejalash-
tirishning bosqichli bo‘lishi dastlabki tergov bosqichlariga bog‘liq. 
Voqelikka to‘g‘ri bo‘lish tamoyilida  tergov rejasi tomonidan qayd 
etilgan  barcha  maqsadlar  va  tergovning  vazifalari  voqelikka  to‘g‘ri 
bo‘lib,  Jinoyat  kodeksi  va  Jinoyat-protsessual  kodeksida  ko‘rsatilgan 
isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar doirasidan chetga chiqmasdan amalga 
oshirilishi  kerak.  Voqelikka  to‘g‘ri  bo‘lmagan  (bajarilishi  mumkin 
bo‘lmaydigan)  vazifalarni  qo‘yish,  u  yoki  bu  harakat  vaqtini  asossiz 
uzaytirish  yoki  qisqartirish,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  maqsadga  muvofiq 
bo‘lmagan,  bekorga  vaqtni  oladigan  va  ishni  haddan  tashqari  cho‘zib 
yuborishga olib keladigan choralarni rejalashtirish mumkin emas. 

 
35 
Rejalashtirishning  voqelikka  to‘g‘ri  bo‘lishi  tergovchi  tomonidan 
hozirgi  zamon  ilmi  va  texnikaning  real  imkoniyatlariga  baho  berishda 
ham  aks  etadi.  Ko‘pincha  bu  imkoniyatlar  asossiz  ravishda  inkor 
qilinadi,  natijada  ayrim  savollar  yechilmay  qoladi,  daliliy  ashyolar  va 
juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan axborot aniqlanmaydi, «o‘qilmaydi» 
va  amaliyotda  ishlatilmay  qoladi.  Oqibatda  esa  jinoyatchi  o‘z 
manfaatlarini ko‘zlab, jinoiy javobgarlikdan qochib qolish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. 
Rejalashtirish  tamoyillari  kriminalistika  fani  tomonidan  tergov, 
tezkor-qidiruv,  ekspert  va  sud  amaliyotini  o‘rganish  va  umumlashtirish 
asosida  ishlab  chiqilgan.  Ularning  barchasi  birgalikda  amalga  oshirilib, 
tergovning tashkiliy jihatdan yaxshi ta’minlanishiga asos bo‘ladi. 
Tergov  qilishda  rejalashtirish  bir  necha  funksiyalarni  o‘z  ichiga 
oladi.  Jumladan,  modellashtirish  tergov  jarayonini  tashkil  etib, 
boshqarish va dalillarni bir tizimga keltirishni ta’minlaydi. 
Modellashtirish (ya’ni tergov qilish jarayonida jinoyat ishi bo‘yicha 
haqiqatni o‘rganish maqsadida) voqelikda bo‘lgan qandaydir bir obyekt-
ni tiklash uchun unga o‘xshash jihatlarni ishlab chiqib, ularni sinovdan 
o‘tkazishni talab qiladi va u bir necha yo‘nalishlardan iborat. Ushbu bir 
necha  yo‘nalishlar  ichidan  hodisaning  holatlarini  va  ularning  tergov 
qilish yo‘llarini fikran modellashtirish o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Modellashtirish  funksiyasi  vujudga  kelgan  muammolar  va 
tusmollarga  doir  axborotning  fikran  to‘planishi  va  tahlil  etilishini 
ta’minlaydi  va  maqsadga  erishishda  eng  natijali  yo‘llarning  topilishiga 
yordam  beradi.  Bu  murakkab  jarayon  bo‘lib,  tegishli  tergov  rejasida, 
chizmalarda, yozmalarda va boshqa ko‘makdosh materiallarda o‘z aksini 
topadi hamda jinoyatchi va jinoyatga aloqador barcha holatlarni aniqlash 
to‘g‘risida,  tergovchining  tasavvurini  qayd  etadi.  Tergov  rejasi  analog 
bo‘lib, uning fikran modeli qog‘ozda aks ettiriladi. 
Tergov  jarayonini  tashkil  etish  va  boshqarish  funksiyasi  to‘rtta 
pog‘onadan iborat bo‘lishi tan olingan. Rejalashtirish sohasida krimina-
listik tavsiyalar asosan muayyan jinoyatni tergov qilish va alohida tergov 
harakatlarini  o‘tkazishga  doir uchinchi  va  to‘rtinchi  pog‘onalarga  man-
sub. Bu funksiya tergovning omilkorlik jihatidan tashkil etilishini ta’min-
laydi. Tergovchi rejani ishga solganda vujudga kelgan vazifalarni ketma-
ketlik  asosida  hal  etishga,  tusmollarni  tekshirishga,  vaqtdan  unumli 
foydalanishga,  tergov  vaziyatlarida  ayrim  chigalliklar  yuzaga  kelishini 
hisobga olib, o‘zining taktik fikrlarini amalga oshirishga bel bog‘laydi. 
Tergovchi  qo‘lidagi  bir  necha  jinoyat  ishlari  harakatda  bo‘lsa,  u 
holda  boshqarish  va  nazorat  funksiyasi  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. 

 
36 
Muayyan  jinoyat  ishlari  rejasi  asosida  tergovchi  haftalik  yig‘ma-reja 
tuzadi va har bir jinoyat ishi bo‘yicha harakatlarning bir maromda olib 
borilishi  ta’minlanadi.  Bu  rejada  hayotda  uchraydigan  ehtimoldan  holi 
bo‘lmagan  tasodiflar  hisobga  olinadi  (masalan,  guvohlarning  kasalligi 
yoki boshqa joyga jo‘nab ketishi, belgilangan vaqtda tanib olish uchun 
ko‘rsatishni  o‘tkazishning  imkoniyati  yo‘qligi).  Natijada  vaqtning 
bekorga sarf bo‘lmasligi ta’minlanadi. 
Rejaning mavjudligi tergov bo‘linmasining boshlig‘iga, prokurorga 
tergovchi  ish  faoliyatini  nazorat  qilib  borish,  o‘z  vaqtida  unga  zaruriy 
maslahat va ko‘rsatmalar berish yoki rejani o‘zgartirish imkonini beradi. 
Bundan tashqari, reja tergovning o‘zini o‘zi nazorat qilishga, jinoyat ishi 
bo‘yicha  muddatlarni  o‘tkazib  yubormaslikka,  tusmollarni  tekshirish 
darajasini  baholashga,  dalillarning  haqiqiyligini  aniqlashga,  ularning 
to‘liqligi,  ishga  taalluqligi  va  qonun  asosida  kiritilganini  tekshirishga 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Modellashtirish,  tergovni  tashkil  etish  va  boshqarish  funksiyasi 
bilan  birga,  dalillarni  tartibga  keltirish  (tizimlashtirish)  funksiyasi  ham 
mavjud. Ma’lumki, tergovning boshlang‘ich davrida dalillar to‘g‘risidagi 
axborot  mavjud  bo‘lsa-da,  noto‘liqlik  va  isbot  kuchiga  ega 
axborotlarning bir-biriga zid bo‘lishi, ayniqsa, jinoyat tarkibiga kiruvchi 
elementlarga  nisbatan  ularning  bir  tartibga  keltirilmaganligi  namoyon 
bo‘ladi. Tergovni rejalashtirish tergov jarayonini bir yo‘nalishga kiritib, 
muayyan vazifalarni hal etishga yo‘llaydi, bir-biridan uzoqlikda bo‘lgan 
dalillarni  yaqinlashtirib,  to‘liq  bir  tizimni  yaratishga  imkon  beradi  va 
ushbu tizim hodisani voqelikda qanday bo‘lganligini aks ettiradi. Bu esa 
ziddiyatlarga  o‘rin  qoldirmaydi  va  faktlar  orasidagi  aloqalarni  yaqqol 
ko‘rsatib beradi. 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling