A k a d e m I y a kriminalistik taktika


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana09.09.2020
Hajmi1.25 Mb.
#128955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Krim-taktika


 
 
III bob. TERGOV VAZIYATI VA TAKTIK QAROR.  
ULARNING JINOYATLARNI OCHISH VA TERGOV QILISHDA 
BAHOLANISHI VA ISHLATILISHI 
 
1-§. «Tergov vaziyati» tushunchasi va mohiyati 
 
Har qanday jinoyatni tergov qilish o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lib, 
uni  sodir  etish  hollari  va  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalillarni  yig‘ish,  ularni 
tadqiq etish va muayyan ravishda baholash sharoitlari bilan belgilanadi. 
Tergov  qilish  jarayoni  sharoitlari  xilma-xil  omillar  ta’siriga  duch 
kelib  obyektiv  (tergov  qilish  joyi  va  vaqti, isbotlovchi  axborotning vu-
judga  kelish  sabablari)  va  subyektiv (tergovchining  mutaxassislik  dara-
jasi  rivojlanishi,  tergovga  aloqador  shaxslarning  yurish-turishlari  va 
hokazo) ta’riflarga ega bo‘ladi. 
Tergov  qilishning  muayyan  sharoiti  o‘ziga  xos  hollar  bilan 
belgilanib, kriminalistikada tergov vaziyati deb ataladi. 
Tergov  qilish  jarayonini  tashkil  qilib  alohida  jinoyatlarni  tergov 
qilish  uslubini  ishlab  chiqishning  ahamiyati  hozirgi  paytda  hamma 
tomondan tan olingan. 
Ammo tergov vaziyatining mohiyati va mazmuni hozirgi kunda har 
xil  ta’riflarga  ega.  Ayrim  olimlar  tergov  vaziyatini  tergov  qilish 
jarayonida vujudga kelgan sharoitlar deb bilsalar, boshqalari esa tergov 
qilish  yo‘llari  va  imkoniyatlarini  belgilovchi  ushbu  sharoit  to‘g‘risida 
olingan ma’lumotlar yig‘indisini axborot bazasi sifatida tan olishadi. 
Ushbu  fikrlarni  voqelikdagi  mavjud  hodisa  va  uni  o‘rganish 
natijalarini  tavsif  etuvchi  nuqtai  nazar  sifatida  o‘rganishi  kerak.  Shuni 
hisobga  olganda,  tergov  vaziyati  –  bu  obyektiv  voqelik,  faktik  sharoit 
bo‘lib,  uni  o‘rganish  natijalari,  u  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  jinoyatni 
ochish  maqsadlarida  tahlil  etiladi  va  shu  sharoitga  ta’sir  qilish  uchun 
ishlatiladi,  chunki  aynan  shu  ma’lumotlar  sharoitning  in’ikosi  sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Tergov  qilishga  faktik  sharoit,  ya’ni  muayyan  tergov  vaziyati 
bevosita  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Ammo  tergov  qilish  rejasi  va  bu 
faoliyatning  amalga  oshirilishi  muayyan  tergov  vaziyati  aks  etgan  ma’-
lumotlarni o‘rganish va hisobga olish darajasiga bog‘liq ravishda shaklla-
nadi.  Masalan,  jinoyatchi  to‘g‘risidagi  axborot  hajmi  (agar  hodisa  sodir 
bo‘lgan  joyda  aks  etgan  bo‘lsa,  holatining  elementi  sifatida)  obyektiv 

 
48 
kategoriya  hisoblanadi,  lekin  uning  jinoyatni  ochishda  qo‘llaniladigan 
choralarning mazmuni va ta’rifiga ta’siri hodisa sodir bo‘lgan joyni tadqiq 
qilish  hamda  olingan  natijalarga  baho  berishdan  so‘ng  yaqqol  namoyon 
bo‘lishi mumkin. 
Tergov  vaziyatining  yig‘indilari  xilma-xildir.  Ular  tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
– jinoyat sodir etish sharoitlari
– hodisa to‘g‘risida bor bo‘lgan axborot va uning ta’rifi; 
– qo‘shimcha axborot olishning prinsipial imkoniyatlari va tarzlari
– jinoyatni tergov qilishda (surishtiruv idorasida va tergovchida bor 
bo‘lgan)  tashkiliy  va  moddiy-texnik  imkoniyatlarni  amalga  oshirish 
uchun mavjud choralar; 
– jinoyat ishi bo‘yicha mavjud bo‘lgan haqiqatni aniqlashga imkon 
bermaydigan yoki imkon beradigan holatlar (gumon qilinuvchining xatti-
harakatlari,  jinoyatchini  qidirishda  va  fosh  etishda  aholining  yordami 
kabilar); 
–  tergovda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  oldida  turgan  vazifalarni 
yechish  uchun  mavjud  professional  layoqat  darajasi  va  ruhiy  jihatdan 
tayyor bo‘lishi; 
–  jinoyatni  dastlabki  bosqichda  tergov  qilganda  xatolarni  bartaraf 
etish bo‘yicha imkoniyatlar va hokazo. 
 Ushbu  ro‘yxatni  yanada  davom  ettirish  mumkin,  chunki 
amaliyotda barcha tergov vaziyatlari va ularga ta’sir etadigan omillarni 
qamrab olish og‘ir vazifadir. 
O‘z  tabiati  va  shakllanishining  ahamiyatiga  ko‘ra,  tergov 
vaziyatlarining sharoitlari to‘rtta guruhga bo‘linishi mumkin: 
– axborot beruvchi ta’rifga ega omillar (jinoyatni sodir etish hollari 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  isbotlovchi  axborot  olish  uchun  mavjud 
manbalar,  tergov  jarayoni  bo‘yicha  manfaatdor  shaxslarning  bilim 
darajasi va hokazo); 
– protsessual va taktik ta’rifdagi omillar (isbotlovchi axborot olish 
va undan foydalanish imkoniyatlari, tergov jarayonida vujudga keladigan 
masalalarni hal etishning taktik xususiyatlari); 
–  ruhiyat  ta’rifidagi  omillar  (tergovchi  va  jinoyat  ishi  bo‘yicha 
aloqador  shaxslarning  o‘zaro  va  ishga  nisbatan  munosabati,  ular 
ruhiyatidagi mavjud xususiyatlari); 
–  tashkiliy  va  moddiy-texnik  ta’rifdagi  omillar  (zaruriy  kuch  va 
vositalarning borligi, ularning ishlatilish imkoniyatlari). 
Tergov  vaziyatini  tashkil  etadigan  xossalarning  hajmi  va  ta’rifi 
bo‘yicha uning tushunchasini keng va tor ma’noda tavsif etish mumkin. 

 
49 
Keng  ma’nodagi  tergov  vaziyati  tergov  jarayoniga  va  uning  xususiyat-
lariga ta’sir etuvchi barcha sharoitlar yig‘indisi bo‘lib, tergov xususiyat-
larini belgilaydi. Ushbu yig‘indi jinoyatni tergov qilishga nimalar ta’sir 
etishi yoki ta’sir etishi mumkinligini to‘liq ravishda tavsiflaydi. Shuning 
uchun unga baho berish tergov vaziyatiga maqsadga muvofiq va to‘g‘ri 
ravishda ta’sir etish yo‘llari va vositalarini belgilashga yordam beradi. 
Ammo  amaliyot  jihatidan  «tergov  vaziyati»  tushunchasining  tor 
ma’nodagi  ta’rifi  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  uning  mazmunida  bu 
tushuncha muayyanroq, aniqroq va voqelikka yanada yaqinroq bo‘ladi va 
jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga bevosita yordam beradi. 
Shunday yondashishda «tergov vaziyati» tushunchasi kriminalistik 
mazmunga  ega  bo‘ladi,  chunki  unda  jinoyat  ishi  bo‘yicha  haqiqatni 
aniqlashga  doir  kerakli  taktik-kriminalistik  negizlar  va  sharoitlar  to‘la 
aks etadi. 
Tergov  vaziyatining  axborot  beruvchi  mazmuni,  garchi  tergovchi 
bu ma’lumotlarga tergovning ma’lum bosqichida ega bo‘lsa ham, tergov 
qilinadigan  hodisaning  faktik  ma’lumotlari  bilan  cheklanmagan  holda 
hisobga  olinadi.  Tergov  vaziyatining  axborot  beruvchi  mazmuniga 
tergov  qilish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  barcha  axborotlar,  ya’ni 
qo‘shimcha  axborot  olish  uchun  mumkin  bo‘lgan  manbalarni  aniqlash, 
jinoyatga aloqador shaxslarni tergovga nisbatan qo‘llaydigan taktikasi va 
xatti-harakatlari,  ularni  tergov  jarayoni,  tergovchining  rejalari 
to‘g‘risidan xabardorligi kabilar qo‘shiladi. 
Tergov vaziyatini tahlil etganda barcha omillarni hisobga olishimiz 
zarur,  chunki  bu omillar tergov  vaziyatini  vujudga  keltirgan  bo‘ladi  va 
birinchi  galda  vaziyatning  yo‘nalish  bo‘yicha  rivojlanishini  hamda 
kelgusi faoliyatning mazmunini belgilab berishi mumkin. Masalan, agar 
hodisa sodir bo‘lgan joy jinoyatni «issig‘ida» ochishga doir harakatlarni 
o‘tkazish  kerakligini  taqozo  etsa,  o‘g‘irlangan  narsaning  joylanishi  bir 
necha joylarda tintuv o‘tkazilishini talab qiladi. Shaxsni ushlab olgandan 
so‘ng  uni  zudlik bilan  tintuv  qilish, so‘roq  qilishni  taqozo  qilsa va  shu 
kabi vaziyatlarda tergovchi muayyan sharoitlarni hisobga olib, qo‘lidagi 
bor  ma’lumotlardan  foydalanib  o‘z  harakatlarini  qay  yo‘sinda  olib 
borishni belgilaydi, qanday kuchlarni jalb etish va qanday ketma-ketlik 
asosida ishni
:
 tashkil etish, jinoyat izlarini «issig‘ida» ochishni yoki bir 
vaqtda  bir  necha  gumon  qilinuvchining  turar  joyi  bo‘yicha  tintuvni 
tashkil  qilishni  amalga  oshiradi,  avvalgi  tuzilgan  harakat  qilish  rejasini 
qanday to‘ldirish va qo‘shimchalar qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘lishi 
va shu kabilarni ta’minlaydi. 

 
50 
Shunday  qilib,  tergov  vaziyati  o‘z  ichiga  axborot  beruvchi  ma’-
lumotlarni  (taktik  jihatdan)  qamrab  olib,  nimani  va  u  qanday  yo‘l  bilan 
amalga  oshirilishini  belgilaydi,  yo‘l-yo‘lakay  olingan  axborot  esa,  ko‘pin-
cha, zaruriy choralarni amalga oshirishda qo‘l keladi. 
Yuqoridagilarga asoslanib, tergov vaziyatini quyidagicha ta’riflash 
mumkin.  Tergov  vaziyati  jinoyat  hodisasi  bo‘yicha  mavjud  bo‘lgan 
axborot  beruvchi  ma’lumotlar  yig‘indisi  bo‘lib,  u  tergovning  muayyan 
bosqichida tergov qilishning yo‘llari va tarzlarini belgilaydi. 
 
2-§. Tergov vaziyatlarining turlari va tasnifi 
 
Tergov vaziyatlarining turlari to‘g‘risidagi muammo hozirgi paytda 
munozarali  bo‘lib,  tergov  vaziyatlari  tasnifi  asosida  xilma-xil  asoslar 
keltiriladi. Ular tergov vaziyatini har qanday jihatdan, ya’ni murakkablik 
jihati bo‘yicha, ziddiyat munosabatlari mavjudligi, o‘ziga xoslik darajasi, 
yig‘indi  xossalarining  ko‘pligi  (komplekslik  darajasi),  bosqichlarga 
egaligi, tergov oldida turgan vazifalarni yechish uchun ma’qullik darajasi 
bo‘yicha  ta’riflaydi.  Garchi  tergov  vaziyatining  mazmuni  muayyan 
jinoyatni tergov qilish uchun zaruriy choralarni belgilash asosi (bazasi) 
sifatida xizmat qilsa ham, uning tasnifini tashkil etuvchi asoslar tergov 
oldida turgan vazifalarni hal etish imkoniyatlarini aks ettirishi lozim. 
Shunga  asosan,  quyidagi  turdagi  tergov  vaziyatlarini  keltirish 
mumkin: 
– ma’qul va noma’qul; 
– ziddiyatli va ziddiyatsiz
– tipik va o‘ziga xos; 
–  boshlang‘ich  (dastlabki),  oraliqli  (bog‘lab  beruvchi)  va 
yakunlovchi. 
Birinchi  turdagi  tergov  vaziyatlarining  negizi  shundan  iboratki,  u 
tegishli  tergov  qilish  bosqichida  qanday  vaziyatlar,  sharoitlar  vujudga 
kelgani ma’qul yoki noma’qul bo‘lganini aniqlashga yordam beradi. 
Agar  sharoitlar  mavjud  bo‘lsa,  tergovchi  mavjud  imkoniyatlarning 
omilkorlik  bilan  amalga  oshirilishini  ta’minlab  berishi  kerak.  Masalan, 
jinoyatchining  tashqi  qiyofasi  to‘g‘risida  to‘liq  ma’lumotlar  bo‘lsa,  ular 
asosida qidiruv uchun kompozitsion (umumlashtirilgan) portret tayyorlanib, 
ishlatilishi kerak; gumon qilinuvchini jinoyat joyida dalil bilan ushlab, uni 
so‘roq  qilish  davrida  ruhiy  vaziyatini  va  ushlab  olinishini  hisobga  olgan 
holdan foydalanib, tergov uchun muhim bo‘lgan axborotni mustahkamlash 
zarur bo‘ladi va hokazo. 

 
51 
Agar  sharoitlar  va  vaziyat  noma’qul  bo‘lsa,  ushbu  holatni  ma’qulga 
aylantirish  uchun  maqsadga  muvofiq  ta’sir  ko‘rsatib,  uni  o‘zgartirishga 
harakat qilish  kerak.  Masalan,  jinoyatchi to‘g‘risida  ma’lumotlar  bo‘lmasa 
yoki to‘liq bo‘lmasa, u haqda tegishli axborot beradigan shaxslarni qidirish 
kerak bo‘ladi. 
Tergov vaziyatining ma’qul bo‘lishi ko‘rsatkichlaridan biri isbotlashga 
oid axborotning bor bo‘lishi yoki bor bo‘lmasligi, uni olishning imkoniyati 
mavjudligi  va  jinoyatni  tergov  qilish  maqsadlarida  ishlatilishi.  Noma’qul 
tergov vaziyati odatda ma’qul vaziyatga qaraganda isbotlashga oid axborotni 
olish uchun qo‘shimcha choralarni qo‘llashni taqozo etadi. 
Noma’qul  tergov  vaziyatlari  o‘zining  ta’rifi  va  hajmi  bo‘yicha 
quyidagilarga taqsimlanadi: 
– gumon qilinuvchini aniqlash va qidirish uchun zarur bo‘lgan (iz va 
daliliy ashyolarni va ular to‘g‘risidagi) ma’lumotlarning yo‘qligi; 
–  ma’lum  shaxsning  jinoyatga  aloqasi  borligini  tekshirish  uchun  bor 
bo‘lgan ma’lumotlar (poyabzal izlari, to‘siqni sindirish qurollaridan qolgan 
izlar va hokazo); 
–  gumon  qilinuvchini  qidirish  va  aniqlashni  ta’minlaydigan 
axborotning  borligi  (tashqi  qiyofasi  to‘g‘risidagi  belgilar  va  o‘g‘irlab 
ketilgan narsalarning belgilari va hokazo). 
Shunday  axborotga  oid  vaziyat  tergovning  ham  boshlang‘ich,
 
ham 
kelgusi  bosqichida  vujudga  kelishi  mumkin.  Masalan,  jinoyat  ishini 
jinoyatchining  shaxsi  aniqlanmaganligi  uchun  to‘xtatilganda  axborotning 
to‘liq  bo‘lmasligi  tabiiy  vaziyat  bo‘lib,  o‘sha  vaziyat  jinoyatning 
ochilmay qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. 
Vaziyatning ma’qul yoki noma’qulligi quyidagi omillar ta’sirida ham 
belgilanadi: 
– olingan axborot mazmuniga oid muayyan masalalarni yechish uchun 
tegishli imkoniyatlar (kuchlar, vositalar)ning borligi bilan; 
–  jinoyatni  tergov  qilishda  unga  aloqador  bo‘lgan  shaxslarning 
maqsadlari  va  manfaatlari  birligi  yoki  qarama-qarshiligi  bilan  (oxirgisi 
tergov vaziyatlarini ziddiyatli va ziddiyatsiz vaziyatlarga bo‘linishini ta’min-
lab beradi). 
Ziddiyatsiz  tergov  vaziyatida  tergov  jarayoni  qatnashchilarining 
maqsadlari  va  manfaatlari  bir-biriga  qarama-qarshi  bo‘lmaydi.  Bunday 
vaziyat ish bo‘yicha haqiqatning aniqlanishiga yordam beradi. 
Ziddiyatli  tergov  vaziyati  uchun  qarama-qarshi  intilishlar  va 
manfaatlar  mavjud  bo‘lib,  ularning  to‘qnashishi  kuzatiladi.  Ammo  gumon 
qilinuvchi  yoki  ayblanuvchi  bilan  tergovni  olib  borgan  shaxs  o‘rtasidagi 

 
52 
ziddiyat  qarama-qarshilik  nuqtai  nazariga  bog‘lab  o‘rganilmaydi,  negaki 
tergovchi  ziddiyatli  vaziyatni  qonun  talablariga  binoan  hamda  ayblanuv-
chining  manfaatlari  va  haqqoniy  haq-huquqlarini  ta’minlagan  holda  hal 
etishi zarur bo‘ladi. 
Jinoyatni tergov qilish jarayonida ziddiyatli vaziyatlarning almashinuvi 
kuzatiladi. Ziddiyatli tergov vaziyatlari murakkab sharoitlarda harakat qilib, 
ziddiyatlarning  sabablarini  aniqlash,  qarama-qarshilikni  bartaraf  etish, 
ziddiyatlarni yo‘q qilishni talab qiladi. 
Garchi jinoyatlarni sodir etishda va ularni tergov qilishda isbotlovchi 
axborotni vujudga kelish, rivojlanish, aniqlash, tadqiq etish va ishlatish kabi 
umumiy  qonuniyatlari  namoyon  bo‘lsa-da,  shakllanayotgan  tergov 
vaziyatlari  ko‘pincha  tipik,  o‘xshashlik  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Masalan, 
o‘xshash  obyektlarning  bir  xil  sharoitlarda  harakat  qilishi,  odatda,  bir 
turdagi, bir tipdagi izlarni vujudga keltiradi. 
Tergov  vaziyatlari  tarkibiga  kiruvchi  element  harakatchanlik 
xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli ular har doim o‘zgarib turadi. Ma’lum 
davrga  aloqador  tergov  holatining  mazmuni  unga  o‘zgarish  kiritadigan 
faoliyat bilan uzviy bog‘lanib ketgan. 
Bu  o‘zgarishlar  jinoyatni  tergov  qilishda  maqsadga  erishish  bilanoq 
to‘la  hal  bo‘ladi  va  maqsadga  erishmaslik  tergov  vaziyatining  to‘la  hal 
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 
Shunga  asosan,  tergov  vaziyatlarini  dastlabki,  oraliqli  va 
yakunlovchi tergov vaziyatlariga bo‘lish mumkin. 
Dastlabki  (boshlang‘ich)  vaziyatlar  jinoyatlarni  tergov  qilishning 
dastlabki  bosqichiga,  ya’ni  jinoyat  ishining  qo‘zg‘atilishi  to‘g‘risidagi 
savolning  hal  etilishi  kechiktirib  bo‘lmas  tergov  va  tezkor-qidiruv 
choralarini amalga oshirish bosqichiga to‘g‘ri keladi. 
Tergov  vaziyatida  uning  obyektiv  mazmuni  (uning  voqelikka  mos 
bo‘lgan  tarkibiy  elementlari  real  yig‘indisi)ga  oid  bilimlarga  ega  bo‘lish 
mumkin  va  uni  baholashni  farq  qilish  kerak  bo‘ladi.  Ikkinchisi,  qachonki 
tergov vaziyatiga kiruvchi ayrim yoki barcha elementlar tahlil etilsa, ma’lum 
bosqichda o‘z ifodasini topadi. 
Shuning uchun boshlang‘ich tergov vaziyati dastlabki tergovning har 
qanday holatida belgilanishi mumkin. 
Oraliqli tergov vaziyatlari dastlabki vaziyatni tubdan o‘zgartirib, dalil 
bo‘ladigan  yangi  axborot  manbalarini  aniqlaganda  va  ularni  qayd  etganda 
vujudga keladi. 
Yakunlovchi tergov vaziyatlari  esa tergov jarayonining  vaziyatini va 
yakunini  ta’riflaydi.  Bunda  muayyan  jinoyat  ishi  bo‘yicha  oraliqli  tergov 

 
53 
vaziyatlari  bilan  belgilanadigan  barcha  vazifalar  hal  etilganligi  yaqqol 
ko‘rsatiladi,  jinoyat  ishi  yakunlanadi  va  ayblash  fikri  bilan  prokurorga 
yuboriladi. Agar jinoyat ishi to‘xtatilgan bo‘lsa, yakunlovchi tergov vaziyat-
lari  (muayyan  vaziyatga  asosan)  hal  etilmagan  bo‘lishi  mumkin.  Agar 
vaziyat bo‘yicha qandaydir o‘zgarishlar ro‘y berib, dastlabki tergov uchun 
asoslar mavjud bo‘lib qolsa, bu tergovni tegishli reja asosida olib borilishini 
ta’minlab beradi. 
Tergov  vaziyatlari  dastlabki  tergovni  amalga  oshirishning  umumiy 
qoidalarini  ko‘rsatuvchi  taktik  kategoriya  sifatida  ifodalanadi,  chunki  ular 
asosida  tergov  oldida  turgan  masalalarni  hal  qiladigan  usullar  –  alohida 
tergov harakatlari taktikasining ta’rifi va yo‘nalishi belgilanadi. 
Ma’lum tergov vaziyatini baholashga doir ma’lumotlar taktik qarorlar 
qabul  qilinishiga  asos  bo‘ladi.  Bu  esa  tergov  vaziyatining  hal  etilishi  va 
uning  rivojlanish  yo‘nalishi  hamda  mazmunini  belgilab  berishga  yordam 
beradi. 
 
3-§. «Taktik qaror» tushunchasi va mohiyati  
 
Tergov jarayonida tergovchi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar 
protsessual  va  noprotsessual  turlarga  taqsimlanadi.  Protsessual  qarorlar 
deganda,  jinoyat  ishlarini  jinoyat  prosessual  qonuni  talablariga  asosan, 
muhokama  qilishga  doir,  uning  maqsadlariga  muvofiq  keluvchi  qabul 
qilinadigan  qarorlar  tushuniladi.  Bu  tergov  harakatlarini  o‘tkazish 
jarayoniga  protsessual  ta’rifga  ega  bo‘lgan  choralarni  amalga  oshirish 
(ehtiyot  chorasini  tanlash,  mulkni  xatlash),  jinoyat  ishi  yurgizilishi 
(to‘xtatilishi, bekor qilinishi) kiradi. 
Taktik qarorlar protsessual faoliyat bilan bog‘lanib, dalillarni yig‘ish 
va  tadqiq  etishda  eng  omilkor  vosita  va  uslublarni  ishlatish  taktikasini 
belgilashga  qaratilgan.  Taktik  qaror  tergov  jarayonida  harakatlarning 
tarzini, ya’ni  maqsadga asosan nimalar vositasida qachon va qanday yo‘l 
bilan  erishish, tegishli choralarni qay tarzda  amalga oshirilishi zarurligini 
belgilaydi.  U faqat tergov harakatlarinigina emas, balki tergov vaziyatiga 
ta’sir ko‘rsatadigan va undan kelib chiqqan muayyan vazifalarni hal etishda 
qabul qilinadigan boshqa choralarni ham o‘z ichiga oladi. 
Tintuv yoki so‘roq o‘tkazish paytini belgilashda, dalillarni taqdim 
etishda, maqsadga yetishish uchun tegishli usullar, vositalar va uslublarni 
tanlash masalasi hal etilayotganda protsessual qaror doimo taktik ta’rifga 
ega bo‘ladi. Alohida protsessual qarorlar, masalan, jinoyat ishini tugatish 
yoki  to‘xtatish  to‘g‘risidagi  qaror  taktik  elementlarga  ega  bo‘lmasligi 
mumkin. 

 
54 
Qarorni qabul qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1)  muayyan  harakatlarni  taqozo  etuvchi  harakatlar  to‘g‘risidagi 
axborotni tahlil etish; 
2)  voqelikda  vujudga  kelgan  vaziyatga  qarab  harakatning  maqsadini 
belgilash; 
3)  maqsadga  yetishish  uchun  harakatga  mos  keluvchi  uslub  va 
vositalarni tanlash; 
4)  tegishli  vaziyatda  bir  necha  variantga  ega  qarorlarni  fikran  tahlil 
qilib ular ichidan eng natijali qarorni tanlash. 
Tergov vaziyatini tahlil etish davrida olingan axborot taktik qarorning 
asosi  sifatida  xizmat  qiladi.  Ushbu  axborot  obyektga  taktik  ta’sir  etish 
maqsadlarini belgilaydi: tergov vaziyatining umumiy ta’rifini, uning ayrim 
tarkibiy elementlarini, vaziyatga aloqador bo‘lgan shaxslarning maqsadlarini 
oydinlashtirib  beradi.  Taktik  ta’sir  ko‘rsatish  maqsadida  asosan  muayyan 
vazifalar belgilanib, tegishli tergov bosqichida ular hal etilishi lozim bo‘ladi. 
Qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun eng omilkor vosita va uslublarni 
tanlashda  ularning  ijobiy  yoki  salbiy  natijalarga  olib  kelishi  vaziyatini 
hisobga  olish  talab  qilinadi.  Salbiy  natijalarning  vujudga  kelishi  taktik 
qarorlarni  qabul  qilish  va  amalga  oshirishga  to‘sqinlik  qilmaydi,  chunki 
tergov  faoliyati  uchun  taktik  tavakkal  vaziyati  xosdir.  Masalan,  aybla-
nuvchini fosh qilish va uning yolg‘on ko‘rsatuvlarini chippakka chiqarishda 
dalillarni  ishlatish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish  tergovchini  tavakkal 
vaziyatga  ham  olib  kelishi  mumkin.  Chunki  ayblanuvchi  ushbu  dalillar 
to‘g‘risida axborot olgandan so‘ng o‘z harakatlarini va ko‘rsatuvlarini ularga 
mos qilib, go‘yo o‘zining aybsizligini tasdiqlashga harakat qilishi mumkin. 
Tergov jarayonida tergovchi shunga o‘xshash vaziyatlarga muntazam 
to‘qnash keladi va ularni hal etib, o‘zining asosiy maqsadiga – jinoyatga doir 
haqiqatni  aniqlashga  va  jinoyatchini  fosh  qilishga  intiladi.  Bu  maqsadga 
yetishish  uchun  chekinishlar,  xatolar  ham  bo‘lishi  mumkin  (masalan, 
guvohga gumon qilinuvchini tanib olish uchun ko‘rsatilgan bo‘lsayu, biroq 
guvoh tanimagan bo‘lsa, bunday natijaga ko‘ra gumon qilinuvchida jinoiy 
javobgarlikdan  qochib  qolish  imkoniyati  borligi  to‘g‘risidagi  fikr 
shakllanadi).  Agar  tintuv  barvaqt  o‘tkazilsa  yoki  o‘z  vaqtida  o‘tkazilgan 
bo‘lmasa hamda o‘g‘irlangan buyum topilmasa, u holda jinoyatchida daliliy 
ashyolarni  yo‘q  qilish  imkoniyati  yuzaga  keladi.  Ushbu  chekinish  va 
xatolarni yangi vosita va usullar orqali hal etish yo‘li bilan zaruriy natijaga 
erishish  mumkin.  Shuning  uchun  taktik  qarorlarni  ishlab  chiqib,  qabul 
qilganda  taktik  tavakkal  bilan  aloqador  qarorlarga  e’tibor  berib,  salbiy 
oqibatlarning vujudga kelish vaziyatiga ham qarash lozim bo‘ladi. Natijada 
taktik tavakkal darajasini pasaytirish va uning voqelikda yuz berishi mumkin 
bo‘lgan salbiy oqibatlari darajasini kamaytirish imkoni tug‘iladi. 

 
55 
Taktik  tavakkal  vaziyatlarida  taktik  qarorni  qabul  qilishda  qarorni 
asoslash  uchun  yetarli  dastlabki  axborot  bo‘lishi  lozim.  Ushbu  axborot 
qarorning asosiy negizlarini ko‘rsatib beradi. Agar dastlabki axborot hajmi 
bo‘yicha  yetarli  bo‘lmasa  va  bunda  vujudga  kelgan  vaziyat  to‘la 
oydinlashmasa, u holda axborot yig‘ish davom ettiriladi va qaror qabul qilish 
kechiktiriladi. 
Taktik qaror quyidagi bir qator talablarga javob berishi lozim: 
–  qonunchilikka  (ya’ni  qonunga  mos  bo‘lgan  vosita  va  uslublarning 
ishlatilishi) to‘g‘ri kelishi; 
– ma’naviy talablarga mos bo‘lishi (ya’ni qaror va uni amalga oshirish 
vositalari ma’naviyat talablariga to‘la rioya qilishi); 
– o‘z vaqtida amalga oshirish talabiga mos kelishi; 
–  asoslarga  ega  bo‘lish  talabi  (ya’ni  taktik  qarorlar  muayyan  jinoyat 
ishining  faktik  ma’lumotlariga,  fan  va  amaliyot  hamda  qonun  talablariga 
mos bo‘lishi); 
– voqelikda ijro etilish talabiga mos kelishi (ya’ni qarorni qabul qilish, 
uni amalga oshirish uchun voqelikda barcha zaruriy shart-sharoit, vosita va 
uslublar bilan ta’minlanishi lozim). 
Taktik qaror tergovchining yakka o‘zi tomonidan qabul qilinadi. Biroq 
bunda guruhiy muhokama natijalari va tavsiyalar hisobga olinishi lozim. Bir 
guruh tergovchilar tomonidan tergov qilish jarayonida esa umumreja ta’rifi-
ga ega bo‘lgan taktik qarorlar guruhning rahbari tomonidan qabul qilinishi 
mumkin  (qaror  guruhda  muhokama  qilinib,  ma’qullanadi),  chunki  guruh 
a’zolari o‘rtasidagi boshqacha tartibdagi harakatlar rejasiz ta’rifga ega bo‘-
lib,  maqsadga  muvofiq  kelmasligi  tufayli  salbiy  natijalarga  olib  kelishi 
mumkin. Taktik qarorlar guruhning ayrim a’zolari tomonidan yagona bir ter-
gov yoki bir necha tergov harakatlarini o‘tkazishda amalga oshirilishi mum-
kin.  Ular  xususiy  ta’rifga  ega  tergov  maqsadidan  tashkil  topgan  bo‘ladi. 
Bunday  qarorlar  reja  asosida  ushbu  tergov  guruhining  a’zosi  zimmasiga 
yuklatilgan  tergov  harakatini  o‘tkazishda  alohida  bir  tusmolni  tekshirishni 
ta’minlovchi  qarordan  yoki  jinoiy  faoliyatning  alohida  bir  epizodini 
o‘rganishdan iborat bo‘ladi. 
Tergov vaziyatini tahlil etib, qabul qilingan taktik qarorga tayanib 
yagona  bir  tergov  harakati  yoki  bir  necha  (kompleks)  tergov 
harakatlarining  o‘tkazilishi  tufayli  (ya’ni  taktik  operatsiyalar  (kom-
binatsiyalar) asosida) maqsadga erishish mumkin. Tergov harakatlari va 
taktik  usullarni  uzviy  bog‘lab,  ularning  yagona  bir  reja  asosida  olib 
borilishi  va  taktik  qarorning  har  tomonlama  tahlil  etilib,  asoslovchi 
omillarga  qarab  qabul  qilinishi  hamda  amalga  oshirilishi  tergov 
vazifalarining samaradorligini ta’minlaydi. 

 
56 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling