Mavzu: Kriptovalyutalar: tarixi va tasnifi


Download 0.59 Mb.
bet4/6
Sana02.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1741203
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
123 !

12. Ethereum Classic – Ethereumning asl versiyasi. Ajralish asl Ethereum tepasida qurilgan markazlashtirilmagan avtonom tashkilot buzilganidan keyin sodir bo'ldi.



Bitcoin kriptovalyutasi


<> — bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar.


«Bitcoin» — bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar. Baza ham, u o‘rnatilgan texnologiya ham juda ishonchli bo‘lganligi sabab, u insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kriptovalyutalar «BlockChain» nomini olgan («bloklar zanjiri») baza asosida yaratilgan. Uning ishlash tarbini tushuntirishga harakat qilamiz:
G‘oyaning asosi markazlashmagan ma’lumotlar bazasini yaratish (bittorrent kabi asosiy serverga ega bo‘lmagan) va ma’lumotlarning nusxalarini shifrlangan holda tizimning barcha ishtirokchilar serverida saqlash. Bitkoinda bu — kriptovalyuta birliklarida amalga oshiriluvchi barcha amaliyotlarning transaksiyalar bazasi hisoblanadi. Barcha ro‘yxatga olingan va bu ma’lumot barcha ishtirokchilar uchun mavjud;
Bazadagi barcha yangi ma’lumotlar ishtirokchilarda mavjud nusxalarga mos keladi. Sinxronizatsiya va konsensus yaratish algoritmlari ishlaydi. Uni o‘g‘irlash uchun esa kamida ishtirokchilarning yarmidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish kerak, millionlab tarmoqlar ichida buni amalga oshirish deyarli imkonsiz;
Qalbaki to‘lov tizimidan foydalanish uchun bloklar zanjirida saqlanuvchi taqsimlangan bazalarni ham almashtirish kerak (minglab kompyuterlardagi), buning uchun esa barcha kompyuterlarga kira olish lozim bo‘ladi. Bama’nilik.
Ammo texnologiya bu texnologiya, pul esa — pul. Moddiy jihatdan mavjud. «Bitcoin» nomli kriptovalyutani yaratishda ma’lum bir qonun-qoidalar qabul qilingan:
«Bitcoin» kuchli inflyasiyaga uchramasligi uchun, dastlab ushbu virtual pullarning miqdorini cheklash maqsad qilingan. Shu sababli virtual oltin ekvivalenti degan tushuncha kiritilgan, uni sotib yoki qazib olib qo‘lga kiritish mumkin. Yangi «Bitcoin»larni qo‘lga kiritish usuli mayning deyiladi («virtual shaxtachilar», ammo ular kirkalar yordamida emas o‘zining kompyuterlari va maxsus yaratilgan tizimlari asosida ishlaydi).
«Bitcoin» oltinga yanada o‘xshashroq bo‘lishi uchun uni qo‘lga kitirish oltinni qazib olishdek mushkul ishga aylantirilgan. Aks holda kriptovalyutaning mavjud grafigida yangi birliklar ko‘payib ketadi. Buning uchun esa barcha maynerlar («virtual shaxtachilar») o‘z kompyuterlari yoki maxsus tizimi orqali juda murakkab hisob-kitoblarni amalga oshiradi — xesh funksiyasi deb ataladigan maxsus formuladan foydalanib hisoblangan raqamlarni berilgan shablonga tashlaydi.
Shablon esa shunday hisob-kitob bilan aniqlanadiki, maynerlarning har qanday raqamida «Bitcoin»ning yangi birligi 10 daqiqada bir marta paydo bo‘ladi. Tizim ikki haftada bir marta kriptovalyutaning navbatdagi birliklarini «qazib olish ishlarini» murakkablashtirish maqsadida to‘g‘irlash kiritadi, bu esa kerakli shablonning ko‘tarilishiga yoki pastga tushishga yordam beradi.
Kriptovalyutaning yangi birligini qo‘shgan odamga ketgazgan xarajatlari to‘lab beriladi («Bitcoin»da). Vaqt o‘tgan sari ushbu mablag‘ kamaymoqda, biroq kriptovalyuta kursining o‘sayotganligi buni bemalol qoplaydi.
O‘z kompyuterlarini mayning uchun bergan odamlar bir vaqtning o‘zida ushbu tizimga transaksiyalar (to‘lovlar)ni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek, tizimning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini sinxronlashtiradi.
Tizimning har bir foydalanuvchisiga maxsus manzil (oddiy kalit asosida yaratilgan kriptografik hisob) va maxfiy kalit beriladi. Bu orqali u o‘tkazmalarni tizimning bir manzilidan boshqasiga ko‘chira olishi mumkin. Bu xuddi odatdagi hamyonga o‘xshaydi, faqat o‘tkazmalar shaffof tarzda amalga oshiriladi va barcha kim kimga qancha o‘tkazganini ko‘ra oladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling