Mavzu: kriptovalyutalar texnologiyasi
Kriptovalyutalar chiqarish jarayoni. Mayning-ferma
Download 132.53 Kb.
|
Elmurotov Rustam mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nonce
Kriptovalyutalar chiqarish jarayoni. Mayning-ferma
YUqorida ko’rib chiqilganidek, kriptovalyuta chiqarishning eng tarqalgan usuli mayning hisoblanadi. Mayning – bu turli murakkablikdagi kriptografik masalalar echimidir. Bitkoin protokolidagi bunday kriptografik masala – Nonce deb nomlangan parametr tanlash bo’yicha masala bo’lib, u, shakllangan blok sarlavhasiga qo’shilgan bo’lib turib, Bits formatida yozilgan nolli bitlar berilgan soni bilan boshlanadigan xesh-kod berardi: bu esa Difficulty katta sonidan kichik (<) yoki unga teng (=) bo’lgan xesh olish bilan bir xildir: Boshqacha qilib aytganda, shakllangan blokka Nonce ning shunday qisqa satrini qo’shish kerakki, hosil bo’lgan xesh-kod bir necha nollardan boshlansin: Bunday masalani Nonce turli parametrlarining katta sonini qayta tanlash bilan hal qilish mumkin. Bu esa ko’p mehnat va katta quvvatlar talab qiladi. Ushbu masalani birinchi bo’lib echganlar kriptovalyutaga ega bo’ladi. Ushbu kriptografik masalaning to’g’ri echimini tekshirish oson - SHA-256 xesh-funksiyasi hisoblash algoritmi yordamida sarlavhasiga Nonce ning topilgan parametri qo’shilgan, shakllangan blok xesh-kodini hisoblab topish lozim. Shu tariqa, Bitkoin tarmog’idagi tugunlar o’rtasida konsensusga erishiladi va yangi blok blokcheynga yozib qo’yiladi. Manba: cryptonews.su. Kriptovalyuta chiqarish bo’yicha mayning-ferma Mayning-ferma – bu tarkibiy qismlar to’plami bo’lib, ular o’zaro birlashtirilgan va virtual valyuta chiqaradi. Kriptovalyuta chiqarish bo’yicha mayning-fermalar umuman har xil tarkibiy qismlardan iborat bo’lishi mumkin: videokartalar, protsessorlar, qattiq disklar, faqat mayning uchun yaratilgan maxsus uskunalar. Hozir ko’plab maynerlar mayning-ferma deganda o’zaro birlashtirilgan bir nechta videokartalarni nazarda tutadi. Bunday konstruksiya, o’zining hisoblash quvvatlaridan foydalanib, faqat bitta masalani hal qiladi – kriptovalyuta chiqarish. Mayning-ferma ishi mayningni qanday turi tanlanganiga bog’liq. Birinchi mayninglar statsionar kompyuterlarda o’tkazilib, ularga kriptografik masalalarni hal qiladigan maxsus dasturlar o’rnatilardi. Tarmoq ishtirokchilari soni ortishi bilan bitta kompyuter quvvati etishmay boshladi. Faqat mayning uchun mo’ljallangan mikrosxemalar paydo bo’lib, ular tizimli blokka qo’shimcha ravishda o’rnatilardi. Keyinchalik faqat bitta vazifa – mayning uchun kriptovalyuta hisoblab chiqishni bajaradigan ASIC mikrosxemasi ishlatila boshlandi. Vaqti o’tishi bilan mayningning boshqa usullari ham paydo bo’ldi. Ulardan eng mashhuri va hozirgacha mavjud bo’lgan – videokartalardagi mayning (GPU-mayning). Mayning uchun ferma quyidagilar kiradigan tizimdan iborat: 4-6 ta videokartalar. Videokartalar turi kriptovalyutaga bog’liq bo’lib, unga qarab ferma yaratiladi. Hisoblash algoritmiga qarab, bir holatlarda NVIDIA videokartasi, boshqa holatlarda AMD videokartasi ishlaydi. Dual-mayning (Ethereum va boshqa kriptovalyuta chiqarish) mumkin bo’lgan videokartalar ham bor; Har bir fermaga mos ta‘minot bloki va va server ta‘minot bloklari; Ona platasi; Kriptovalyuta saqlanadigan qattiq disk, fermani ishga tushirish tugmasi; Ventilyator (kuler) lar. Mayning-ferma tunu-kun ishlaydi. Bitta fermaning o’rtacha elektr energiyasini sarflashi – 1 kVt/soat atrofida. Kriptovalyuta chiqarish taxminan har 10 minutda bo’ladi. Butun mavjud bo’lgan tarmoq bu vaqt ichida ko’pi bilan 12,5 bitkoin topishi mumkin. 2009 yilda, bitkoin mayningi boshlanganda, blok tugatilishi uchun bo’lgan mukofot 50 bitkoin edi; 2012 yilda mukofot 25 tangagacha kamaytirildi; 2016 yilda esa – 12,5 gacha. Bunday ikki marta kamayishlar muntazam sodir bo’ladi; keyingisi taxminan 2020 yilga rejalashtirilgan – unda mukofot miqdori 6,25 bitkoingacha kamaytiriladi. Mayningdan tashqari, kriptovalyutalar topishning ko’plab boshqa, soddaroq usullari mavjud. Ulardan ba‘zilarini ko’rib chiqamiz: Kranlar – kichik masalalar bajarish uchun Bitcoin va boshqa tangalar tarqatish bo’yicha servis: masalan, tizim foydalanuvchisi kimligi – inson yoki kompyuter (kapch) ekanligini aniqlash uchun ishlatiladigan kompyuter testi, veb-serfing va hk. Baunti – yangi ICO-loyihalar (kriptovalyutalar yordamida investitsiyalarni jalb etish shakli) posting, reposting orqali reklama jarayoni. Siz avval bepul tokenlar (foydalanuvchining axborot xavfsizligini ta‟minlash uchun qurilma) olasiz, tez kunlarda ular to’la qimmatli kriptovalyutaga aylanadi. Bitcoin va boshqa muqobil kriptovalyutalar (altkoinlar) ni oson soltib olsa bo’ladi. Onlayn variantda bu kriptovalyutalar birjalari, ayirboshlash punktlari orqali va hatto to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirish mumkin. VISA, Mastercard kartalarida pul yoki qandaydir elektron hisobda mablag’ bo’lsa etarli. Naqd pulga kriptomatlarda xarid qilsa bo’ladi. Ular odatdagi terminallarga o’xshab ishlaydi. Download 132.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling