Mavzu: kriptovalyutalar texnologiyasi
Download 132.53 Kb.
|
Elmurotov Rustam mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- Kriptovalyutalar chiqarish jarayoni. Mayning-ferma Kriptovalyutalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI RAQAMLI IQTISOD YO’NALISHI RIM-121 GURUH MAGISTRANTI ELMUROTOV RUSTAMNING BLOKCHEIN VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MAVZU: KRIPTOVALYUTALAR TEXNOLOGIYASI Bajardi: Elmurotov R. Tekshirdi: Anarbayeva F SAMARQAND-2023 Reja: Kriptovalyutalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi Kriptovalyutaning asosiy tushunchalari Kriptovalyutalar chiqarish jarayoni. Mayning-ferma Kriptovalyutalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi 1982 yilda kriptograf Devid CHaum mijozning xarid qilgan tovarlari yoki xizmatlari uchun qilgan to’lovlari haqidagi ma‘lumotni kuzatish mumkinligi to’g’risidagi g’oyani bayon qilgan. Savdo-sotiq va moliyaviy amaliyotlarni xavfsiz o’tkazish maqsadida Devid CHaum 1989 yilda birinchi anonim tolov tizimi ishlashini ta‘minlaydigan DigiCash korporatsiyasiga asos soldi. DigiCash to’lov tizimi Internet orqali tranzaksiyalar o’tkazishning xavfsiz usulidan iborat edi. O’sha davrning ko’plab tizimlari, shu jumladan, Visa va Mastercard, faqat yirik summalarni elektron usulda qayta ishlardi. Ulardan farqli o’laroq, tizim katta bo’lmagan tranzaksiyalarni yuborishga imkon berardi. DigiCash to’lov tizimi Devid CHaum ishlab chiqqan ko’r imzo texnologiyasiga asoslangan edi. Ko’r elektron imzo – elektron raqamli imzoning (ERI) muhim modifikatsiyalaridan biri. Uning asosiy qo’llanilish sohasi - bank, hamda elektron ovoz berish sohalaridir. Elektron to’lov tizimlari mablag’larini ishlatganda, bank har doim pul mablag’larini kim, qaerda, qachon va kimga o’tkazgani haqidagi to’liq ma‘lumotga ega bo’ladi. Ushbu fakt foydalanuvchilarning shaxsiy hayoti dahlsizligiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Ko’r elektron imzodan foydalanish to’lovlar anonimligini ta‘minlay oladigan to’lov tizimlarini yaratishga, ammo shu bilan bir vaqtda foydalanuvchilarga zarur bo’lganda to’lov amalga oshirilganligini isbotlash imkonini beradi. Ko’r imzoning elektron to’lovlar bayonnomalaridagi asosiy xususiyatlari quyidagilardir: Uchinchi tomonning tranzaksiyalar parametrlarini aniqlashi imkonsizligi; Mijozning tranzaksiya isbotini taqdim etish imkoniyati; Tranzaksiyani to’xtatish imkoniyati. DigiCash to’lov tizimi raqamli valyutalarning keyingi rivojlanishida katta rol o’ynadi. Unda birinchi bor muqobil elektron to’lov tarmoqlarini yaratish uchun Internet kompyuterlaridan foydalanish urinishi bo’lgan. DigiCash to’lov tizimi markazlashgan edi, ya‘ni doimiy pul likvidligi uchun unga banklar lozim bo’lgan. DigiCash to’lov tizimi modeli keyingi loyihalar, shu jumladan, Bitkoin va boshqa hozirda mavjud bo’lgan kriptovalyutalar asosiga yotgan. Devid CHaumning kriptografiyadagi ishlanmalari hozirgacha qo’llanilib kelmoqda. Uni sharofati bilan blokcheyndagi tranzaksiyalar xavfsizdir. 1997 yilda amerikalik kriptograf Adam Bak HashCash texnologiyasini ta‘riflagan. Ushbu texnologiya spam jo’natmalariga bas kelishi va DoShujumlariga qarshi turishi kerak edi. DoS-hujumlari – hisoblash tizimiga uni ishdan chiqarish maqsadida xakerlar hujumi, ya‘ni shunday sharoit yaratishki, unda tizimning insofli foydalanuvchilari taqdim etiladigan tizim resurslari (serverlari) ga kirolmaydi, yoki qiyinchilik bilan kiradi. So’ngra HashCash xeshbloklar va tranzaksiyalarni tasdiqlashning yanada mukammal algoritmiga ega bo’ldi. Keyinchalik blokcheyn tarmog’i ishi o’xshash tamoyillarga asoslanib tuzildi. 1998 yilda kriptograf Vey Dey «b-money» nomli shaxsiy kriptovalyuta g’oyasini taklif qildi, ya‘ni pul mablag’larining anonim, taqsimlangan elektron tizimi. «b-money» kriptovalyutasining afzalligi - markazsizlashtirilgan reestr, tranzaksiyalarga, hamda Proof – of – work (PoW) konsepsiyasiga imzo qo’yish usulidir. Keyinchalik Vey Dey g’oyalari bitkoin asosiga yotdi. 1998 yilda blokcheyn-texnologiya asoschisi hisoblanmish, kriptografiya va informatika sohasidagi amerikalik mutaxassis Nik Szabo markazsizlashtirilgan Bit Gold kriptovalyutasini yaratishga urinib ko’rdi. Bit Gold kriptovalyutasi an‘anaviy moliyaviy tizimning samaradorsizligi va hisob-kitob vositasi sifatida qimmatbaho metallardan foydalanilganligi sababli yaratilgan. Bit Gold kriptovalyutasini yaratish oltinning iqtisodiy xossalarini qayta tiklashga, hamda uning xavfsizligi parametrlarini oshirishga urinish edi. Nik Szabo taklif etgan markazsizlashtirilgan tarmoq foydalanuvchilarga valyuta mustaqilligining tabiiy oltin taklif eta olmaydigan darajasini taqdim etardi. Ishonchni talab etmaydigan Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga bir qator afzalliklar taklif etardi. Xususan, Nik Szabo bunday tizimning kamida ikkita asosiy xususiyatini ko’rsatardi: 1. Moliya institutlariga bog„liq emasligi. Bit Gold markazsizlashtirilgan tarmoq orqali foydalanuvchilar tomonlar o’rtasida ishonch hosil qilmasdan, tranzaksiyalarni amalga oshirishdagi yordami uchun moliya institutiga komissiya to’lamasdan, xavfsiz tranzaksiyalar amalga oshirishlari mumkin edi. Bit Gold tarmog’ining o’zi foydalanuvchilarning balans holatini kuzatish va qonuniy tranzaksiyalar o’tkazish uchun zarur bo’lgan funksionalni taqdim etardi. Tizimning ushbu tavsiflari shuni anglatadiki, tranzaksiyalar va pul saqlash, moliya institutlariga bo’lgan tobelikni bartaraf etib, virtual va mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin bo’lardi. 2. Turli mamlkatlarda uzluksiz faoliyat ko„rsatish. An‘anaviy moliya tizimi ko’plab turli bo’linmalarga ega. Pullarni turli mamlkatlarga jo’natish, so’nggi oluvchiga borib etganiga qadar, bir necha kundan bir oygacha olishi mumkin. Bu banklar pullarni, ular ehtimolli adresatga etib borgunga qadar, boshqa moliya muassasalariga jo’natish bo’yicha qat‘iy va tartibga solingan jarayondan o’tishlari lozim bo’lgani sababli sodir bo’ladi. Bitcoin va Bit Gold kabi markazsizlashtirilgan tarmoqlar ushbu bo’linmalarga muhtoj emas va xalqaro tranzaksiyalarni bir necha daqiqada amalga oshirish imkonini beradi. Keyinchalik Bit Gold g’oyasi Bitkoinda amalga oshirildi, va ikkala protokol ham o’xshash tuzilishga ega. Download 132.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling