Mavzu: kriptovalyutalar texnologiyasi
Kriptovalyutaning asosiy tushunchalari
Download 132.53 Kb.
|
Elmurotov Rustam mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriptovalyutalarning afzalliklari va kamchiliklari
Kriptovalyutaning asosiy tushunchalari
Pullar ikki shaklda bo’ladi: naqd (kupyura va tangalar) va naqd pulsiz, elektron, ularning sohiblari hisoblaridagi yozuvlar shaklida kompyuter ko’rinishida bo’ladi. Elektron valyuta nafaqat an‘anaviy pul muoamalasini (dollar, evro, sum va hokazolarda) qo’llab-quvvatlashi, balki raqamli valyuta deb atalmish mablag’larda ham qo’llanilishi mumkin. Raqamli valyutalarni xususiy, virtual valyutalar yoki elektron naqd pullar deb ham atashadi. An‘anaviy valyutalarga nisbatan raqamli valyuta qo’shimcha yoki muqobil tabiatga ega. Kriptovalyuta - virtual valyutalar turlaridan biri bo’lib, so’nggi vaqtlarda keng tanildi va tarqaldi. Kriptovalyuta – bu raqamli valyuta bo’lib, kriptografik texnologiyalar yordamida himoya qilingan. Ushbu pul birliklarining jismoniy analoglari yo’q, ular faqat virtual makonda mavjud bo’ladi. ―Kriptovalyuta‖ atamasi bitkoin texnologiyasi ishlab chiqqandan keyin ishlatila boshlandi. Bunday raqamli valyuta tranzaksiyalari haqidagi ma‘lumotlar ochiqdir. Blok tuzilmasi doimiyligi kriptografiya (raqamli imzo, ochiq kalit va hk.) yordamida qo’llab-quvvatlanadi. Valyuta nomi shundan kelib chiqqan. Kriptovalyutaning coin (tanga) elementi – bloklarning o’zgartirib va nusxa olib bo’lmaydigan, shifrlangan majmuidir. Kriptovalyutalarning afzalliklari va kamchiliklari Mavjud moliyaviy vositalarga qaraganda kriptovalyutalar quyidagi afzalliklarga ega: 1. Markazsizlanganlik. Kriptovalyutalarning ko’pi ularga asos solingan algoritmga muvofiq markazsizlashtirilgan holda faoliyat yuritadi. Ular davlat boshqaruv organlari nazorati ostida bo’lmaydi, barcha aloqa tugunlari esa bir xil huquqqa ega va o’zaro tengdir. Bitcoin kabi tarmoqlarda ularning faoliyat yuritishi algoritmini hatto ishlab chiquvchilar ham o’zgartira olmaydi. 2. Past tranzaksion xarajatlar. Kriptovalyuta tizimlaridagi tranzaksiyalar R2R tamoyili bo’yicha, markaziy nazorat qiluvchi organsiz amalga oshiriladi. Tarmoqqa xizmat ko’rsatish xarajatlarining qisqarishi o’tkazmalar uchun bo’lgan komissiyani kamaytirishga imkon beradi. Bank va elektron to’lov tizimlaridan farqli o’laroq, foydalanuvchilar komissiya miqdorini mustaqil belgilash va hatto komissiyasiz tranzaksiyalar o’tkazish imkoniyatiga ega. 3. Tez to„lovlar. Kriptovalyuta tranzaksiyalari yuqori qayta ishlash tezligiga ega. Undan tashqari, blokcheynga tranzaksiya qo’shgandan keyin, uni o’zgartirib bo’lmaydi. Tranzaksiyalarning o’zgarmasligi yozuvlarni soxtalashtirishdan va tizimdagi firibgarlikdan saqlaydi. 4. Maxfiylik. Maxfiylik – kriptovalyutalarning afzalliklaridan biri. Tizimdan foydalanish uchun hech qanday shaxsiy ma‘lumotlarni ko’rsatish kerak emas, bu esa anonimlikni saqlash va o’z xarajatlarini hukumatdan, moliya muassasalaridan yoki marketing kompaniyalardan yashirishga imkon beradi. 5. Tarmoq mijozi – o„z pullarining yagona sohibi. Hamyondagi kriptotangalarga kirish faqat sohibda bo’lgan shaxsiy kalit taqdim etilishi bo’yicha sodir bo’ladi. Bu holat hech kimsa hisobdagi tangalarni echib ololmasligi yoki ularning harakatini muzlata olmasligini bildiradi. Kriptovalyutalar o’z kapitalining himoya vositasi bo’lishi mumkin. Omonatlar saqlanadigan bank o’zini bankrot deb e‘lon qilgan vaziyatda, yoki hukumat o’z majburiyatlarini vijdonan bajarmasa, kriptovalyuta hamyonidagi mablag’larni faqat foydalanuvchi –hamyon sohibi boshqarishi mumkin. Ular uning moliyaviy sug’urtasidir. 6. Ma‟lumotlarni ishonchli himoya qilish. Tovar va xizmatlarga to’lov qilishda xaridor doim o’z shaxsiy ma‘lumotlarini xatar ostiga qo’yadi, ular to’lov vaqtida birovning qo’liga tushishi yoki sotuvchidan o’g’irlanishi, natijada esa egasiga qarshi qo’llanilishi mumkin. Kriptovalyuta tranzaksiyalarida sotuvchiga hech qanday shaxsiy ma‘lumotlar berilmaydi, shu bois ma‘lumotlar yovuz niyatli kishi qo’liga tushmasligiga ishonch hosil qilish mumkin. 7. Inflyasiyaga uchramasligi. Kriptovalyutalarda inflyasiyani oldini olishning murakkab mexanizmi amalga oshirilgan. Xususan, Bitkoin tarmog’ida inflyasiya bir necha xususiyat bilan bartaraf etiladi: 21 mln tangalik cheklangan emissiya, uni o’zgartirib bo’lmaydi; YAngi tangalar qat‘iyan 10 minutda bir marta chiqariladi; Har 4 yilda tangalar emissiyasi ikki marta qisqartiriladi. O’xshash usullar har bir kriptovalyuta tarmog’ida bo’ladi, bu ma‘lum bir davrda tangalarning qanday miqdori mavjud bo’lishini oldindan aytishga imkon beradi. Undan tashqari, emissiyani ko’paytirish to’g’risida o’zicha qaror qabul qiladigan nazorat qiluvchi organ bo’lmaydi. Kriptovalyutalar afzalliklari shuni ko’rsatadiki, bu ulkan rivojlanish salohiyatiga ega bo’lgan progressiv texnologiyadir. Ammo barcha afzalliklarga qaramasdan, har qanday texnologiya singari, kriptovalyutalar ham bir qator kamchiliklarga ega: 1. O’zgaradigan narxning yuqori diapazoni. Bu kriptovalyutalarning xususiyatlaridan biri bo’lib, ularning globallashuviga to’sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda kriptovalyutalar kursi juda o’zgaruvchan va qisqa vaqt oralig’i mobaynida keng diapazonda o’zgarib turishi mumkin. 2. Buzib kirish xavfi. Kriptovalyutalar raqamli ko’rinishda bo’lgani sababli, ular kiberjinoyatchilar o’ljasi bo’lishi mumkin. Kriptovalyuta bilan ishlaydigan servislar o’g’irliklarning oldini olishlari uchun yuqori xavfsizlik darajasiga ega bo’lishlari lozim. Kriptovalyuta tarmoqlari, shuningdek, 51% hujumiga duchor bo’lish mumkin, bunda tarmoq quvvatining ko’p qismi bir kishining qo’lida bo’ladi, va u tranzaksiyalar to’g’risida mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega. Yuqorida aytilganlarga quyidagi 1.4.1-jadvalda xulosa qilamiz: Download 132.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling