Mavzu: kristall panjaralar. Kristall panjara


Download 131.61 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1575647
1   2   3   4
Bog'liq
Мус иш

KRISTALL PANJARA TURLARI.


1. Ionli kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan va ular orasida ionli bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar ionli kristall panjaralar deyiladi.
Masalan, tipik metallarning tuzlari (NaCl, KN03, CuS04), ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2) va ba'zi oksidlar.
2. Atom kristall panjaralar. Kristall panjara tugunchalarida alohida atom­lar joylashgan va ular orasida kovalent bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar atom kristall panjaralar deb ataladi.
Masalan, olmos, grafit, kremniy, germaniy, borkabi oddiy moddalar.
3. Molekular kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar molekulalar kristall panjaralar deyiladi. Masalan, molekular kristall panjara tugunlarida kovalent qutbsiz molekulalar joylash­gan oddiy moddalar (qattiq holdagi H2, N2, 02, Cl2, P4, S8), kovalent qutbli bog'lanishli molekulalar (qattiq holdagi H20, HC1, C02, H2S).
4. Metall kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog'lanish mayjud bo'lgan tuzilmalar metall kristall panjaralar deyiladi.
Masalan, barcha metallar (Na, Ba, Zn, Al, Cu, Au).
Xossalari. Ionli kristall panjaralar hosil qiladigan moddalar, masalan, osh tuzi kristallari tugunlarida natriy (Na+) va xlor (CI") ionlari bo'ladi. Bu ikki qarama-qarshi ishorali zaryadlangan ionlar bir-biri bilan ionli bog'lanish tufayli tortishib turadi, Na+ bilan Na+, Cl~ bilan CI" ionlari esa bir-birini itaradi.
Natijada Na+ ioni olti tomoni bilan Cl~ ionlari bilan; CI" ionlari ham olti tomoni bilan Na+ ioni bilan bog'langan bo'ladi (12-rasm).
Ionlarni muntazam joylashuvi oqibatida osh tuzi kristallari kubsimon ho-latda bo'ladi. Ionlar bir-biri bilan ionli bog'lanish vositasi bilan

kuchli darajada bog'langan bo'ladi. Oqibatda ionli birikmalar juda qattiq, qiyin suyuqlanuvchan va uchuvchan emas bo'ladi.


Atomli kristall panjaralami hosil qiladigan moddalar, masalan, olmos kristal­lari tugunlarida uglerod atomlari bo'ladi. Uglerod atomlari qo'shni to'rtta uglerod atomi bilan muntazam piramida shaklidagi (tetraedr) kristallarni hosil qiladi. Bunda har bir atom qo'shni atomlar bilan kovalent bog'lanish tufayli tortilib turadi.
Molekulalar kristall panjaralarda esa kristallarning tugunlarida moleku­lalar turadi va bu molekulalar bir-biri bilan molekulalararo tortishuv kuchi bilan tortilib turadi. Molekulalar orasida vujudga keladigan o'zaro tortishuv ku­chi ionli bog'lanish va atomlar orasidagi kovalent bog'lanishga nisbatan ancha kuchsiz bo'lganligi tufayli molekular kristall panjara hosil qiluvchi moddalar oson suyuqlanadigan va oson uchuvchan bo'ladi. Masalan, shakar oson suyuqlanadi, yod yoki kamfora oson uchuvchan. Odatdagi sharoitda suyuq yoki gaz holatida bo'Iadigan moddalar sovitilganda qattiq holatga o'tadi. Suv muz holatga, karbonat angidrid "quruq muz" holatiga o'tishini bilasiz.



Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling