Mavzu: kristall panjaralar. Kristall panjara


Download 131.61 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1575647
  1   2   3   4
Bog'liq
Мус иш


MAVZU: KRISTALL PANJARALAR.


KRISTALL PANJARA — zarralar (atomlar, ionlar, molekulalar) ning uchchala koordinata oʻlchamlari boʻyicha davriy qaytariluvchi geometrik toʻgʻri joylashishini koʻrsatuvchi shakl. Qattiq jism kristallarning muvozanat xrlatiga xosdir. Ideal kristall uchun atomlarning elementar yacheykada joylashishini parallel koʻchirish bilan Kristall panjara hosil qilinadi. Kristallar simmetriyasiga qarab, elementar yacheykalar kub, toʻgʻri yoki qiyshiq burchakli parallelepiped va kvadrat yoki olti burchakli prizma shaklida boʻladi. Uning qirralari panjara doimiyligi deb ataladi va u atomlar orasidagi masofani belgilaydi.
Elementar yacheykalarda atomlarning joylashishiga qarab, Kristall panjaralar 14 turga boʻlinadi va fransuz kristallografi O. Brave (1811—63) nomi bilan yuritiladi. Atomlar joylashgan tugunlarning shakllariga qarab tomonlari markazlashgan, hajmi markazlashgan va asosi markazlashgan kub panjaralariga boʻlinadi. Shoʻnday panjaralarning tugunlarini hisobga olib, elementar yacheykalarda bittadan (oddiy kimyoviy elementlar) bir nechta yuzlab (kimyoviy birikmalar) va millionlab (yuqori molekulyar birikmalar — oqsillar, viruslar) atomlar joylashadi. Kristall panjara kristallning fizik xossalari (mexaniq, elektrik, magnit, optik va b.) ni va anizotropligini belgilaydi.
Odatdagi sharoitda moddalar turlicha fizik xossalarga ega va ular har-xil agregat holatda: qattiq, suyuq yoki gaz ko'rinishda bo'ladi.
Qattiq moddalarni tashkil qiluvchi molekulalar gaz moddalarning tash­kil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda sochilib ketmaydi, suyuq mod­dani tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda esa siljib modda shaklini o'zgartirmaydi (fizika fanidan o'rgangan bilimlaringizni eslang);. Demak, qattiq modda fazoda ma'lum bir shaklni hosil qilib, o'z hajmiga ega bo'ladi.
Qattiq moddalarning tashqi ko'rinishi va fizik xossalari moddani tashkil ctuvchi zarrachalar orasidagi kimyoviy bog'lanishlar tabiatiga bog'liq bo'ladi. Qat-liq moddalarda shu moddani hosil qiluvchi zarrachalar (ionlar, atomlar, molekula­lar) muntazam ravishda joylashadi. Kristallarda shu kristallni hosil qiluvchi zar-rachalarni muntazam ravishda joylashuvchi "kristallpanjara"lar deb ataladi.
Kristall panjaralar qanday zarrachalardan hosil bo'lganiga qarab har xil lurlarga bo'linadi.



Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling