Mavzu: krixgof qonunlari


Download 87.24 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi87.24 Kb.
#1163070
Bog'liq
daler elektronika

Mavzu:krixgof qonunlari

  • Reja:
  • 1.Krixgofning birinchi qonuni.
  • 2.Krixgofning ikkinchi qonuni.
  • Krighof qoidalari — tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoʻyilgan EYUKlar boʻyicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. Oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi oʻzgarmas tok yoki kvazistatsionar tok (sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchi tok)lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 1847-yilda Gustav Kirchhoff aniqlagan.
  • Tarmoqlangan zanjirda kamida uhoʻtkazgich tutashadigan har qanday nuqta tugun deb ataladi. Kirchhoffning birinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning uchlari tutashgan nuqta (tugun) da uchrashuvchi tok kuchlari 1k ning algebraik yigʻindisi nolga teng
  • Kirxgofning 1- va 2- qonunlari elektr zanjirlarni tahlil qilishda asosiy qonunlar hisoblanadi. Biz ushbu ikkita qonun va alohida zanjir elementlari (rezistor, kondensator, induktiv gʻaltak)ning tenglamalari bilan zanjirlarni tahlil qilishni boshlashda zarur boʻlgan asosiy qurollar jamlanmasiga ega boʻlamiz.

Tugunga kelayotgan toklar musbat, undan chiqayotganlari manfiy deb hisoblanadi. Bu qoida elektr zaryadining saqlanish qonunini aks ettiradi. Kirchhoffning ikkinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi ixtiyoriy tanlangan har qanday berk konturda zanjirning tegishli qismlaridagi tok kuchlari 1K ning shu qismlar qarshiliklari R ga koʻpaytmalari yigʻindisi mazkur konturdagi EYUKlari yigʻindisiga teng, yaʼni X/tRk = X ek, bunda ya-konturning tegishli qismlari. Tokning yoʻnalishi bilan konturning yoʻnalishi soat mili yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa va EYUK kontur yoʻnalishida tok hosil qilsa, tok va EYUK musbat, aks holda esa ular manfiy qiymatga ega boʻladi.

Kirxgof 1-qonuni

Kirxgofning 1-qonuni zanjir tugunlariga tegishli boʻlib, unda shunday deyiladi: “Tugunga kiruvchi barcha toklarning yig‘indisi tugundan chiquvchi barcha toklarning yig‘indisiga teng”.

  • Kirxgofning 2-qonuni
  • Kirxgofning 2-qonuni zanjirdagi konturlarga tegishli boʻlib, unga koʻra, kontur boʻylab kuchlanish tushuvlari yigʻindisi nolga teng.
  • Kirxgofning 2-qonunini quyidagicha yozish mumkin.
  • Bu yerda n – kontur boʻylab element kuchlanishi tushuvlari soni.
  • Siz Kirxgofning 2-qonunini boshqacha talqin qilib shunday desangiz ham boʻladi: kontur boʻylab kuchlanish koʻtarilishlarining yig‘indisi kuchlanish tushishlarining yig‘indisiga teng.
  • Kirxgofning 2-qonunidagi ba’zi oʻziga xos ajoyib xususiyatlar:
  • Siz kontur boʻylab sayohatingizni istalgan tugundan boshlashingiz mumkin. Qaysi tugundan boshlashingizdan qatʼi nazar, boshlagan tugunga qaytib kelsangiz, kontur boʻylab kuchlanishlar yig‘indisi nolga teng boʻladi.
  • Siz kontur boʻylab qanday yoʻnalishda (soat mili yoki unga qarama-qarshi) yurishingizdan qatʼi nazar, Kirxgofning 2-qonuni oʻrinli boʻladi.
  • Agar zanjir bir nechta konturdan iborat boʻlsa, Kirxgofning 2-qonuni har bir kontur uchun oʻrinli boʻladi.
  • Etiboringiz uchun rahmat.

Download 87.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling