Mavzu: Krizis davrida bo’lgan oilalarga psixologik yordam ko’rsatish. Reja: 1


Download 18.22 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi18.22 Kb.
#1376503
1   2
Bog'liq
6 Mavzu (1)

Xiyonatni qanday sezish mumkin? Xiyonatning dastlabki alomatlari turmush o‘rtog‘idagi o‘zgarishlar, ko‘nglidan kechuvchi hislardir. Hiyonatkor tomon turmush o‘rtog‘idan uzoqroq bo‘lishga harakat qiladi, oilasiga beparvo bo‘ladi, bolalariga kam vaqt ajratadi. Kiyimlari, yurish-turishiga alohida e’tibor beradi. Tashqi ko‘rinishi, vaznining me’yorda bo‘lishiga diqqat qiladi. Ko‘p vaqtini uydan uzoqda o‘tkazadi. Uyda bo‘lganida esa televizorning qarshisidan ketmaydi. Jinsiy munosabatlarda o‘zgarishlar bo‘ladi. Jinsiy mayl susayadi. Juftini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunga o‘xshash o‘zgarishlar shubxaga sabab bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, ayollar ko‘pincha hiyonatni his qilib turadilar. Aybdor kim? Oila ma’suliyati ikki tomon zimmasidadir. Shuning uchun aybni bir tomonga ag‘darib bo‘lmaydi. O‘zaro muhabbat va e’tiborning yo‘qligi kabi omillar ham ishga aralashadi. Eriga xiyonat qilgan ko‘plab ayollarning dardiga, iztirobiga guvoh bo‘ldim. Ko‘p hollarda ruhiy, hissiy ehtiyojlari qondirilmagan ayollar shunday yo‘l tutadilar. Jisman, ruhan, hissan qoniqqan ayol eriga xiyonat qilmaydi. Bunday niyat ko‘nglidan ham o‘tmaydi. Erini baxtli qiladi. Nima qilish kerak?
• Oila ikki inson - ayol va erkakning birligidan tashkil topadi. Bu birlik, butunlik hamma jihatga tegishlidir. Shuning uchun mehrga asoslangan muloqot bo‘lishi zarur. Bir-biriga e’tiborli bo‘lish, muammolar yechimini birgalikda qidirish, baxtga munosib bo‘lish lozim.
Ishxonada, ko‘cha-ko‘yda o‘ziga oro bergan, chiroyli kiyingan ayollarni ko‘radigan erkakning turmush o‘rtogi ham o‘ziga e’tibor beradigan, ochiq chehrali bo‘lishi, erining boshqa ayollarga mahliyo bo‘lmasligi harakatini qilishi lozim. Kechqurun ishdan qaytganida hafsala va did bilan kiyingan, tabassum bilan kutib oladigan xotini bo‘lgan erkakning ko‘ngli sevinchga to‘ladi, uyga bir lahza bo‘lsa ham ertaroq qaytishga intiladi.
• Er rafikasiga vaqt ajratishi shart. Uyga imkoni boricha ertarok qaytishi, dam olish kunlarini u bilan o‘tkazishga harakat qilishi lozim.
• Xiyonatda oiladagi noxushliklar, kelishmovchiliklar ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun oila mas’uliyatini teng bo‘lishish, ro‘zgorni boshqarishga hissa qo‘shish zarur.
• Er-xotin shuni tan olishi lozim: boshqalardagi jozib (jalb qiluvchi, o‘ziga tortuvchi) fazilatlar turmush o‘rtog‘ida ham bor. Hatto uning ustun jihatlari ham ko‘p. Shunday ekan, ko‘ngilga yo‘l topib, o‘zaro muhabbat va hurmatni saqlab qolmoq kerak. Er-xotin turmush o‘rtogini boshqalarga qiyoslamasligi lozim. Chunki har bir narsada o‘ziga xoslik bor. O‘z turmush o‘rtog‘ining yaxshi tomonlarini ko‘rib, shu bilan o‘zini baxtli his qilishga harakat qilmog‘i lozim. Ayolning oilaga sadoqati har qanday madaniyatning ilk bosqichi va cho‘qqisidir.

ADABYOTLAR


1.Munavvarov A. Oila pedagogikasi. – T. O‘qituvchi, 1994. –112 b. 23. 2Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g‘urur. – T.: O‘qituvchi, 1999. – 200 b. 3 . Musurmonova O. Oila - jamiyat tayanchi. – T. Yoshlar nashriyot uyi, 2019. 251 4.. Musurmonova O. Oilada bola tarbiyasining aktual masalalalari. – T: 88. 26. 5.Musurmonova O. Farzandlarimga nasihatlar. – T. Yoshlar nashriyot uyi, 2020. 6 . 6 .Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). – Toshkent:
Download 18.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling