Mavzu: Krizis davrida bo’lgan oilalarga psixologik yordam ko’rsatish. Reja: 1
Download 18.22 Kb.
|
1 2
Bog'liq6 Mavzu (1)
Mavzu: Krizis davrida bo’lgan oilalarga psixologik yordam ko’rsatish. Reja: 1. Krizis davrida bo’lgan oilaga psixologik yordam ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari. . 2. Psixolog faoliyati turlari va yo’nalishlari. 3. Psixoprofilaktika psixologik yordam., Iqtisodiy muammolar: pul yetishmovchiligi; qarz; ishsizlik Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejamli ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan farzand ham 62 mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda o‘g‘il-qizga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim. Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Ayniqsa, kelajak avlodni tarbiyalashda jamiyatga keltiradigan ham ma’naviy ham iqtisodiy foydasi benihoya kattadir. Bu oila iqtisodiy funksiyasining atigi bir shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko‘rsatadi, xolos. Oilada xo‘jalik yumushlarini yuritish, ro‘zg‘orning yo‘lga qo‘yilishi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo‘jaligi, shaxsiy ishlab chiqarishning yuritilishi kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi va ahamiyatini tobora orttiraveradi. Oilada iqtisodiy muammolarning kelib chiqishi, ya’ni er yoki xotinning kelishgan holda ishlamasligidir. Eng asosiysi ish o‘rinlarining kamligi ishsizlikni keltirib chiqarmoqda. Pulning yetishmasligi bu o‘z-o‘zidan oiladagi har xil muammolarni, ya’ni qarz olishga majbur bo‘lish, urish, janjal, kasallik va nosog‘lom muhitda farzandlarning tarbiyalanishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda. Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida to‘lanadi). Aholining bandligini ta’minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan: - aholi bandligini rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish; - har yili ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish; - mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari; - ish qidirayogan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi; 63 - “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish; - mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish. “Har bir oila –tadbirkor” Mamlakat Prezidenti 2018-yil 8-iyun kuni imzolagan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaror ham oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ishsizlikka barham berishni maqsad qilgan. Oilaviy tadbirkorlik nega oqsamoqda? O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida to‘liq erkinlik berish, amaliyotda “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan tamoyil asosida islohotlar boshlangan. Mamlakatimizda aynan oilaviy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit va bu orqali yangi ish joylari yaratishga e’tibor ortdi. Misol uchun, oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun o‘tgan yili 367,2 mlrd. so‘m ajratildi. Hozirgi kunda yurtimizda 13 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. 64 Ma’naviy muammolar. Muomala madaniyatining yetishmasligi. Kishilar bilan muomala o‘rnatishdagi muammolar – psixolog yordamiga murojaat qiluvchilarning asosiy keng tarqalgan shikoyat sabablaridan biridir. Bu singari shikoyatlar asosan quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: 1) “Boshqalar bilan muomalaga kirishishim uchun menda nimadir yetishmaydi” yoki “Boshqalar bilan muomalaga kirishishimda uyatchanligim, o‘zimga nisbatan ishonch hissining yetishmasligi menga hamisha halaqit, pand beradi”; 2) “Men omadsizman, gaplashadigan odamim yo‘q, atrofimdagilar meni mutlaqo qiziqtirmaydi”; 3) “Men boshqa jins vakili bilan muomalaga kirisha olmayman, ular bilan munosabatga kirishishiga urinishim negadir samarasiz tugaydi”. Xullas, tahlil qilib ko‘rilganda, shikoyatlarning sabablari a) insonning o‘zi; b) boshqa insonlar; d) insonlardagi ma’lum bir sifatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik konsultatsiya samarali bo‘lishining asosiy shartlaridan biri mijozning o‘z muammolari uchun javobgarlikni zimmasiga olishga tayyor ekanligidir. Shuning uchun, konsultatsiyaga kelgan inson o‘zidagi kamchiliklarni ko‘rmay, nuqul atrofdagilardan shikoyat qilsa, bunday vaziyatda psixolog-konsultantning vazifasi mijozni muammo sababini o‘zidan qidirishga o‘rgatishdir. Buning uchun psixolog suhbatdoshiga quyidagicha savollar bilan murojaat etishi mumkin: “Siz o‘z hayotingizda o‘zingizning darajangizdagi insonlar bilan uchrashganmisiz?”, “Kimnidir, qachondir yoqtirib qolganmisiz?”, “Hayotingizning muayyan davrida kim bilandir bo‘lgan muloqot Sizning yodingizda qolganmi?” va h.k. Psixolog-konsultant mijoz hikoyasining quyidagi jihatlariga e’tibor qaratishi lozim: 1) qiyinchilik sabablarini tushuntirish tarzi, xulq-atvori, emotsional holati; 65 2) mijozning boshqalar uni qanday qabul qilishlari, o‘zgalarning xulq-atvorlari, boshqalarning mijoz haqidagi tasavvuri yuzasidan fikrlari; 3) mijozning boshqa odamlarga bergan va qachondir bu haqda ularning o‘zlariga aytgan bahosi (har doim ham ochiqdan-ochiq ro‘y bermaydigan, lekin muomalada qo‘llaniladigan va tez-tez ko‘zga tashlanadigan, esda qoladigan “qaytar aloqa”). Muomalaga kirishishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, shuningdek ularning sabablari ham turlichadir. Ifodalashga oson bo‘lishi uchun muomalaga kirishishdagi muammolarni ijtimoiy psixologiyada ma’lum bo‘lgan uch xil darajadagi ustanovka (yo‘l-yo‘riq) bilan qiyoslagan holda quyidagi guruhlarga ajratamiz: 1) Muomala jarayonini murakkablashtiruvchi xulq-atvor; 2) Muomala jarayonini qiyinlashtiruvchi emotsional aks ta’sir; 3) Muomala jarayoniga destruktiv ta’sir etuvchi holatlar. Bu kabi ajratish shartli xususiyat kasb etsada, ko‘pchilik hollarda, psixolog-konsultant turli vaziyatlar (qabul vaqtining cheklanganligi, mijozning maxsus tayyorlanmaganligi) taqozosi bilan muammoning bir muncha yorqin namoyon bo‘lgan jihatigagina e’tiborini qaratadi Axloqiy muammolar. Axloqsizlik. Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, shaxs faoliyatida uning kamol topishida xulq qoidasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Axloq – insonning boshqalar uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlari, kundalik hayotida amal qilishi shart bo‘lgan tartib-qoidalarning yaxlit yig‘indisi. Buning aksi esa axloqsizlik sanaladi. Insonning axloqsizligi sanaladi. Insonning axloqsizligi uning xudbinligi va tarbiyasizligi oqibatida vujudga keladi. Ular: yolg‘on – haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri so‘z va amallarni aytishlik. Yolg‘on yovuzlikka boshlaydi. Haqorat – insonlarning nafsoniyatiga, sha’niga, iffatiga tegadigan so‘zlarni aytishlik. Birovni haqorat qilish katta gunohdir. Zulm Amalparastlik Ikkiyuzla machilik Xudbinlik Haqorat Yolg‘on Zo‘rovonlik G‘iybat Manmanlik AXLOQSIZLIK Tuhmat Ta’magir 73 Xudbinlik – inson o‘z manfaatini ko‘pchilik manfaatidan ko‘ra yuqori qo‘yishi, faqatgina o‘zini va o‘z foydasini ko‘zlashidir. G‘iybat – insonlarning orqasidan yomonlab gapirish, fisqu-fasod tarqatishdir. G‘iybat odamlarning orasiga sovuqchilik tushiradi. Tuhmat – insonlarni nohaq ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab topilgan asossiz da’vo, bo‘hton. Zo‘rovonlik – jismonan baquvvat insonlarning nisbatan ojizlar ustidan o‘z hukmini o‘tkazishi. Zulm – insonning o‘z mansabi, boyligi va kuch-quvvatiga ishonib boshqalarning joniga, mavqeiga yoki boyligiga zarar yetkazmoqligi. Ikkiyuzlamachilik – insonning bir joyda bir xil, boshqa joyda esa boshqacha o‘zini tutishi. Bunday kishilar xiylakor, yolg‘onchi, ko‘rnamak va munofiq bo‘ladi. Amalparastlik – amalga intilib, axloqqa zid bo‘lgan hatti-harakatlarni amalga oshirishlik. Manmanlik – insonning o‘ziga nisbatan juda yuqori baho berib, boshqalarni nazar - pisand qilmaslik. Ta’magir – insonning boshqa insonlardan bir narsaga umidvor bo‘lishidir. Ta’magir kishilar – benomus va bahayo bo‘ladi. Axloqsizlik turlari ko‘p. Ichkilikbozlik, giyohvandlik va fahsh ishlari ham axloqsizlikdir. Jinoyat va jinoyatchilikning zamirida ham insonning axloqsizligi yotadi. Axloqsizlik – illat. Undan saqlanish yoki xalos bo‘lish zarur. Chunki u inson boshiga kulfat keltiradi. Bevafolik. Balki avval, vafo nima ekanligini o‘ylab ko‘raylik? Oilada baxtli bo‘lish uchun talab qilinadigan eng asosiy narsa ishonch va sadoqatdir. Yillar bo‘yi oilaviy muammolarni tadqiq qilamiz. Shunga amin bo‘ldikki, sadoqat bo‘lmagan joyda baxt bo‘lmaydi. Oila qurishdan oldin iffatli, oilali bo‘lgach sadoqatli bo‘lish lozim. 74 Bevafolik oqibatlari Bevafolik bevafo va uning turmush o‘rtog‘igagina emas, balki yana bir juftga, farzandlarga ham salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sir doirasi ularning otaonalari va qarindoshlarini ham o‘z ichiga oladi. Asosiy zararni bevafolik qilgan kishi ko‘radi. Uning ishidan baraka, ro‘zg‘oridan fayz ketadi. Hattoki o‘zi ham vijdonsiz, yolg‘onchi ekanligi haqida o‘ylay boshlaydi. Shu taxlit munosabatlarni davom ettirsa o‘ta vijdonsiz, insofsiz kishi bo‘ladi. Download 18.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling