2.2. Kuchni rivojlantirish metodlari
Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari. Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruxdan iborat:
Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qar-shilik sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshi-ligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muxit qarshi-ligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqa- lar)dan foydalaniladi.
Individning o‘z tanasi oirligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan xar qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Oirlik bilan bajarila- digan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida xam yirik, xam mayda muskullar guruxiga taosir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik – kuch talab qiladigan xarakterdagi xarakatlar tartibi tez buziladi (ayniqsa oirlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki xolatda muskul tarangligi bir xil (statik xolat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jixozning kerakligi, metal jixozning shovqini va boshqalar) ko‘zga tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulay-ligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada nagruzka berish mumkin va maxsus jixoz va inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo‘ri-qishi)da bajariladi, shuning uchun ularni solom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirish metodlari. Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga boliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |