Mavzu:Kurash – milliy sport turi Bu mavzuda biz quyidagilarni o‘rganamiz - Milliy kurash tarixi
- Sifatning yasalishi
- Bog‘lovchilar
- An’analar
- Dialog tuzish
- Murojaat birliklari
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling. - 1. “Monolog” hamda “dialog” atamalari haqida nimalarni bilasiz?
- 2. Monolog va dialogning farqli jihatlari nimada ko‘rinadi, quyidagi chizmada bayon qiling.
monolog
dialog
- Bir kishining nutqi;
- Monolog ichki va tashqi nutq bilan ifodalanishi mumkin;
Dialog har doim ikki kishi o‘rtasida bo‘ladi;
Dialog har doim tashqi nutqda namoyon bo‘ladi;
“Yulduzlar mangu yonadi” asaridan olingan parchani to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yib dialog hosil qiling. - Shu Maksim polvon juda sovuq olishar ekan. - Sportchi-da, seksiyada tarbiya topgan. Ular kitobda nima deyilgan bo‘lsa shuni qiladi. - Televizorda Monreal olimpiadasini ko‘rdilaringmi? Klassik kurashni olib ko‘rsatdi. Bir sovug‘-e, shuyam olish bo‘ldi-yu.
- Hmm, juda lanj olish. Klassik kurashda oyoq bilan chil berish degan gap yo‘q.
- Yana tag‘in jahon sporti emish deng.
- U fransuzlarniki-a?
- Shu fransuzlargayam qoyilman, o‘zining olishini butun jahonga yoygan.
- Mo‘min muallim, mana, siz o‘qimishli odamsiz, uyingizda kitobingiz ko‘p, deb eshitaman. Siz ayting, nega endi bir lanj klassik kurash butun jahon sporti bo‘ladi-yu, o‘zimizning olishni faqat to‘yda to “Hosil bayrami”da ko‘ramiz? Yo, olishimiz sport emasmi?
Sport ham gapmi san’at! Ko‘ryapsizmi, Tilovberdining o‘ynab olishuvini. Buni hech qaysi trener, seksiya ham o‘rgatolmaydi. - Sport ham gapmi san’at! Ko‘ryapsizmi, Tilovberdining o‘ynab olishuvini. Buni hech qaysi trener, seksiya ham o‘rgatolmaydi.
- Balli! Uzoqlarga qarab yashaymiz-u, oyog‘imiz ostidagi gavharni ko‘rmaymiz.
- Men yaqinda Sambo olishi haqida kitobni ko‘rdim. Hamma chillarning rasmi bor. Xoh ishoning, xoh ishongman, oyoqda olishdan boshqa hammasi o‘zimizning olishda bor ekan-e.
- Mengboy kilning gapida jon bor. Kitoblik Sayfiddin Hodiyev bor-ku, yaqinda o‘sha bilan o‘tirib qoldim. Trenerlar meni jahon chempioni qilib yetishtirdim deb suyunadi, bilmaydilarki, men bolaligimdan to‘ylarda olishib yurgan tayyor polvon edim, deydi.
- Aytganday, shu bola ikki marta jahon chempioni bo‘ldi-ya. Savollarga javob bering: - Savol: Suhbat nima haqida edi?
- Javob: O‘zbek milliy kurashi haqida
- Savol:Suhbatdoshlar nima haqida kuyinib gapirishmoqda?
- Javob: Nima uchun klassik kurash jahon siporti hisoblanadi-yu, o‘zimizni milliy olishuvimiz jahon sporti qatoridan o‘rin olmaganligi haqida
- Savol: Qaysi so‘z kurash so‘ziga ma’nodosh sifatida qo‘llanilgan?
- Javob: “Olishuv” so‘zi
- Nima deb o‘ylaysiz, suhbatda ko‘tarilgan muammo hozirgi kunda o‘z yechimini topganmi? Qanday?
- Javob: Ha, hozirgi kunda bizning milliy kurashimiz jahon sport turlari qatoridan o‘rin olgan.
Sifatlar ikki xil usulda yasaladi: - 1. So‘zga qo‘shimcha qo‘shish orqali: aql+li=aqlli, ser+harakat=serharakat be+tartib=betartib
- 2.So‘zga so‘zni qo‘shish orqali: quyon+yurak=quyonyurak, jigar+rang=jigarrang
- -li, -dor, -mand, ser-, ba- qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlar o‘sha narsa mavjud yoki ko‘p ekanini anglatadi: farzandli – farzandi bor; serfarzand – farzandi ko‘p.
- -siz, be-, no- qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlar o‘sha narsa yo‘q yoki kam ekanini anglatadi: suvsiz hovuz – suvi yo‘q, suvsiz olma – suvi kam
Uyga vazifa: Quyidagi jadvalga moslab so‘zlar yozib keeling. Bunda “+” belgisi o‘sha narsa bor ekanini, “-” belgisi esa yo‘q ekanini anglatadi.
+
-
aqlli
aqlsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |