2-amaliy mashg‘ulot O‘zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari. Nutqning to'g'riligi Reja
Download 21.25 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot annotatsiyasi
2-amaliy mashg‘ulot O‘zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari. Nutqning to'g'riligi Reja: Madaniyat tushunchasi haqida. Nutq madaniyati tushunchasi. Nutq odobi va muloqot madaniyati. Nutq turlari. Kishining so‘zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi. («Nazm ul-javohir», 25-bet). Mashg'ulot annotatsiyasi Madaniyatning bir bo‘lagi sifatida nutq madaniyati ham bir ziyolining ziyolilik darajasini belgilaydigan mezon. Ayniqsa, san’at ahli hamisha el nazarida. San’atkor nafaqat kuy-qo‘shiq ijrosi, balki sermazmun, ta’sirchan, jozibador nutqi bilan ham tinglovchi va suhbatdoshni sehrlab qo‘ya olishi lozim. Aslida nutqning sehri kuy, qo‘shiq sehrdan qolishmaydi. Xullas, san’atkor oddiy, to‘pori nutqda gaplashmasligi joiz. Madaniyatli kishi nutq madaniyatining sir-asroridan voqif bo‘lishi lozim. Buning uchun, awalo, o'zbek tilining nufuzi, o‘mi, tavsifi, ahamiyatini bilish zarur. Nutq - madaniyat shakli va ifodalovchisi. Nutq madaniyati muloqot madaniyatining tarkibiy qismi. Nutq vositasi, maqsadi, usuli, xoslanishi kabilar bilan turlarga bo‘linadi. 1-mashq. 1. Matnni kuzating, nutq madaniyati buzilgan holatlarni aniqlang. 2. Qayd qilingan matnlarda turli o‘rinlarda qo‘llangan so‘zlardan misollar keltiring. 3. Nutq madaniyatining xususiyatlarini alohida-alohida bayon qiling va uni tuzating. Bugun ham tong saharda yomg‘ir quya boshladi. Havoning avzoyiga qaraganda hali-veri tinadiganga o‘xshamasdi, ammo bu eru ko‘kni toliqtiradigan ezma yomg‘ir emas, ko‘klam nafasining qanotiga osilib kelgan mayin, iliq tomchilar edi. Sherzod eshikka elkasini tiragancha hovlini tomosha qildi. Yomg‘ir tinimsiz shovillar, eementi ko‘chgan zinaning shundoqqina yonidagi zang bosgan tunuka tarnovdan loyqa suv otilib chiqar, asfal’t yo‘lkada ilang-bilang sarg‘ish iz qoldirib, nariroqdagi ariqchaga qo‘yilar, shiddatli oqimga qo‘shilib ketardi. Ariqcha qirg‘oqlarida endigina olamga kelib, ko‘z ochgan maysalar atrofida ro‘y berayotgan voqealarga hayratlanib tikilardi (O‘.Hoshimov). U o‘zini tarbiya va kengashga munosib darajaga ko‘tarish uchun juda ko‘p kitoblar o‘qiydi, bir necha oy ichida ikki yuzdan ortiq badiiy asarlarni o‘z ichiga olgan kutubxonaga ega bo‘ldi; bulardan ko‘pini o‘qigan, qolganlarini ham o‘qish uchun har bir bo‘sh minutdan foydalangan edi. Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o‘z ismini «bosilmaydi» bezagi bilan ko‘raverganidan so‘ng, yozuvchi bo‘lish uchun o‘zining tutgan yo‘li to‘g‘ri ekaniga shubhalana boshladi . (A.Qahhor). Download 21.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling