Mavzu: Kuzatish metodi
Psixologiyaningananaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli qollanilmoqda
Download 21.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqkuzatish metodi 4-mt.Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif gomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning mu-rakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Psixologiyaningananaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli qollanilmoqda.
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (ozini ozi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi ozgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshi- riladi: kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; kuzatiladigan obyekt tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; tadqiqot otkazish vaqti rejalashtiriladi; kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi; kuzatish insonning qaysi faoliyatida (oyin, oqish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan otkazilishi) ta- yinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygulari, nerv sis-temasiningtashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari organiladi. Ammo ota murakkab ichki psixo-logik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi. Ma-salan, godak bolani kuzatishda uning harakatlari, oyinchoqlarga mu-nosabati, his-tuygusi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. Oquv-chining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qozgatuvchi bilan tasirlanishi, temperamenti, xatti-haraka-tining surati, emotsional kechinmasining ozgarishi togrisida ma-lumotlar toplashga imkoniyati tugiladi. Ospirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuy-gusiningozgarish xususiyatlari, galabaga intilishi, oziningharaka-tini idora qila olishi yuzasidan materiallar yigish mumkin. Ish-chining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning oz diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda ozini tutishi, imo-ishora-lari, tashqi qozgatuvchidan tasirlanish darajasi haqida keng ma-lumotlar yigiladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg`usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyat-larini aniqlash demakdir. Tashqi kuzatishda bazan tafakkur boyicha ham malumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yonaltirilga-nini, tashqi qozgatuvchilartasiriga berilmaslikni, chehradagi tash-vish va iztirobni, kozdagi gayritabiiylikni, shuningdek, sinchkov-lik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkur-ning kechishidagi ozgarishlarni aniqpash mumkin. Bulardan tashqa-ri, qolning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyot-ning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi ozgarishlar boyicha ma-lumot beradi. Psixologiya fanida ozini ozi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Kopincha tajribali psixolog yoki malakali mohir oqituvchi, salohiyatli rahbar ozini ozi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, oz tafakkurini kuzatib ozidagi emotsional ozgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vu-judga kelishi va kechishi togrisida malumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlik-da, qay shaklda roy berishini kuzatadi. Chet el psixologiyasida ozini ozi kuzatishning inson ruhiyati-ni organishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar toplangan. Introspeksiya yonalishining yirik namoyandalari ozla-rini ozlari kuzatganlar va toplagan materiallarini tahlil qilib, umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda ozini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif gomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning mu-rakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. Download 21.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling