Mavzu: Kuzatish metodi


Download 21.67 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi21.67 Kb.
#1636876
  1   2
Bog'liq
kuzatish metodi 4-mt.Referat


Mavzu:Kuzatish metodi
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. K. Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. K.ning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.k. ga bogʻliq. K.da idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. K.da tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. K.ning obʼyektiv (tashqi K.) va subʼyektiv (ichki, oʻzinioʻzi K.) turlari mavjud. K. orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi K. (introspeksiya)dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi. Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari K. Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi K. metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.

K. voqelik sodir boʻlishini, atrof muhitni, inson shaxsini muayyan qismlarga, yoʻnalishlarga fikran ajratish; K.ning koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish; toʻplangan materiallarni matematik statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

K.ning sistemali, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali) koʻrinishlari, shuningdek, turli vositalari va shakllari mavjud. K.da R. Beylzaning interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi.
Inson ozi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit tasiri ostida bilimlarni ozlashtira bo-radi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuygulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, etiqodi, uni faollikka davat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilak-lari, xohishlari asta-sekin ozgarib boradi.

Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga ozini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, tolaroq, aniqroq aks ettirish im-koniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yosindagi ozaro boglanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va oziga munosabati vujudga keladi.

Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks et-tirishda namoyon boladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechira-yotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odam-larning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.

Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi obyektiv borliqqa va oziga faol tasir korsatishida sodir boladi. Oyinni kuzatishi, mehnati, oqishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxs-ning psixik rivojlanishini ifodalaydi.


Download 21.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling