Mavzu: Kvadrat tenglama va uning ildizlari
Download 327.29 Kb.
|
121-20 Turg\'unov Ulug\'bek 5
Ventillar - tranzistorlar asosida quriladi. Zamonaviy mantiq, ya’ni mantiqiy sxemalarni qurish binar uzgich-ulagich sifatida ishlay oladigan tranzistorlarga asoslanadi. Tranzistor yordamida, ikkita qiymatga ega signallardan turli xil Bul funksiyalarini amalga oshiruvchi raqamli sxemalarni hosil qilish mumkin. Kompyuterlarni qurishda ishlatilgan kichik mikrosxemalardan tortib, katta va o‘ta katta integratsiyadagi mikrosxemalar hisoblangan turli xildagi protsessorlar ham – raqamli sxemalardan tashkil topgandir. Shu sababli kompyuterlar protsessorlarining ko‘rsatgichlaridan biri sifatida, ularda ishlatilgan tranzistorlar sonidan ham foydalaniladi.Kompyuter qurilmalari (protsessordagi summatorlar, tezkor xotirasidagi xotira katakchalari va boshqalar) asosiy mantiqiy elementlar asosida qurilgan.
Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy o‘zgaruvchilar beriladi, ularning chiqishida esa, yana o‘sha mantiqiy qiymatlarni qabul qila olishi mumkin bo‘lgan funksiyalarning, ya’ni Bul funksiyalarining qiymatlari olinadi. Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi kuchlanishlar bilan ifodalanadi. Odatda mantiqiy 0-ga 0 dan 1 V-gacha bo‘lgan kuchlanish, mantiqiy 1-ga esa 2 dan 5 V-gacha bo‘lgan kuchlanishlar mos keladi. TTL va ESL texnologiyalarida mantiqiy 1-ga to‘g‘ri keladigan kuchlanishning maksimal qiymati 5V, MOP texnologiyasida esa +3,3V bo‘lishi mumkin. EMAS mantiqiy ventili Rasmda ko’rsatilgandek NOT ventili bitta A va bitta Y chiqishga ega. Bundan tashqari, Y chiqish signali A kirish signaliga qarama-qarshi signaldir yoki inventirlangan (teskarilangan) A (inversed A). Agar A kirishda signal YOLG’ON bo'lsa, u holda Y chiqishda signal CHIN bo’ladi. Rasmda chinlik jadvali va Bul mantiqiy tenglamasi ham keltirilgan.Download 327.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling