IV. Yangi mavzu bayoni
Klaviatura kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri hisoblanishi, va uning yordamida ma’lumotlar hosil qilish mumkinligi avvalgi darslardan sizga ma’lum. Klaviaturaning undagi tugmachalar soniga ko’ra bir necha turi mavjud. Har bir tugmachada 1 ta, 2 ta, 3 ta yoki 4 tagacha belgi(harf, son, ishoralar) yoki kursorni boshqarish buyruqlari joylashgan.
Klaviaturadagi tugmachalar vazifasiga ko’ra 6 turga bo’linadi.
1. Alifbo-raqamli tugmachalar: lotin, kirill harflari yoki arab raqamlari ko’rsatilgan tugmachalar guruhidan iborat:
Sonlar: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9.
Belgilar: ! “” № ; % : ? * ( ) ! @ # $ % ^ & _ + | / > < { } [ ] ’,.
Lotin va kirill harflari:
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
АБВГДЕЁЖЗ И ЙКЛМНОПРСТУФХЦЧ Ш Щ Ъ Ы ЬЭ ЮЯ
2. Maxsus xizmat vazifasini bajaruvchi tugmachalar guruhi:
Tugmachalarning klaviaturadagi nomi
|
Talaffuz etilishi
|
Vazifasi
|
Esc
|
[eskeyp]
|
Oxirgi amalni bekor qilish
|
Enter
|
[enter]
|
Buruq yoki amalni tasdiqlash
|
Shift
|
[shift]
|
Bosh harfni yozish
|
Caps Lock
|
[kaps lok]
|
Faqat bosh harflarni yozish
|
Ctrl
|
[kontrol]
|
Boshqa klavishlar bilan birgalikda ishlatiladi
|
Alt
|
[alt]
|
Boshqa klavishlar bilan birgalikda ishlatiladi
|
BackSpace (←)
|
[bekspeis]
|
Kursordan chapda turgan belgini o’chirish
|
Delete (Del)
|
[delit]
|
Kursordan o’ngda turgan belgini o’chirish
|
Insert
|
[insert]
|
Harf yoki belgini almashtirish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |