Kimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda
issiqlikka, kislota, ishqor,
erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli maxsus idishlar va
asboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada ishlatiladigan
idishlar va asboblarning
turi, hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim.
Kimyo laboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va individual
foydalanish asboblariga bo`linadi.
Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish va kuydirish
pechlari, havo so`rish
nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar laboratoriyaga
doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida foydalaniladilar.
Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi,
spirt lampasi, shtativ,
probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar
va boshqalar talabalar
tomonidan bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib foydalaniladi.
Quyida kimyo laboratoriyalarida qo`llaniladigan ayrim umumiy va individual
foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`z yuritiladi.
Tarozi
Tarozi - kimyoviy jarayonlarning natijalarini miqdoriy
jihatdan aniqlashda
foydalaniladigan eng muhim asbobdir. Kimyoviy tajribani to`la tavsiflash, asosan,
tarozida aniq tortishga bog`liqdir.
Analitik tarozi
Analitik tarozi texnokimyoviy tarozidan aniqligi va juda sezgirligi bilan farq qiladi.
Shuning uchun katta aniqlik bilan (0,0002-0,0001 grammgacha) tortish talab
qilinganda analitik tarozidan foydalaniladi (2-rasm).
Talabalarga analitik tarozida ishlashga faqat o`qituvchi
yoki laborantlar nazorati
ostidagina ruxsat etiladi.
Spirt lampasi va gaz yondirgichlari
Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi
va gaz yondirgichlari
ishlatiladi. Spirt lampasi: a) odatda shishadan yasalgan bo`lib, uning zich berkitib
turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan piligi bo`ladi. Unga denaturat etil spirti
quyiladi. Spirt lampadan foydalanib bo`lingach, uning ichidagi spirt uchib
ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi.