Mavzu: laboratoriyada ishlash qoidalari va ehtiyot choralari. Kimyoviy idishlar, reaktivlar va ulardan foydalanish


Kimyoviy idishlar, reaktivlar va ulardan foydalanish


Download 263.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi263.19 Kb.
#1336556
1   2   3
Bog'liq
laboratoriya ishi-1

Kimyoviy idishlar, reaktivlar va ulardan foydalanish. 


 
Kimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda issiqlikka, kislota, ishqor, 
erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli maxsus idishlar va 
asboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada ishlatiladigan idishlar va asboblarning 
turi, hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim. 
Kimyo laboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va individual 
foydalanish asboblariga bo`linadi. 
Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish va kuydirish 
pechlari, havo so`rish nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar laboratoriyaga 
doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida foydalaniladilar. 
Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi, spirt lampasi, shtativ, 
probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalar talabalar 
tomonidan bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib foydalaniladi. 
Quyida kimyo laboratoriyalarida qo`llaniladigan ayrim umumiy va individual 
foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`z yuritiladi. 
Tarozi 
Tarozi - kimyoviy jarayonlarning natijalarini miqdoriy jihatdan aniqlashda 
foydalaniladigan eng muhim asbobdir. Kimyoviy tajribani to`la tavsiflash, asosan, 
tarozida aniq tortishga bog`liqdir. 
Analitik tarozi 
Analitik tarozi texnokimyoviy tarozidan aniqligi va juda sezgirligi bilan farq qiladi. 
Shuning uchun katta aniqlik bilan (0,0002-0,0001 grammgacha) tortish talab 
qilinganda analitik tarozidan foydalaniladi (2-rasm). 
Talabalarga analitik tarozida ishlashga faqat o`qituvchi yoki laborantlar nazorati 
ostidagina ruxsat etiladi. 
Spirt lampasi va gaz yondirgichlari 
Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi va gaz yondirgichlari 
ishlatiladi. Spirt lampasi: a) odatda shishadan yasalgan bo`lib, uning zich berkitib 
turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan piligi bo`ladi. Unga denaturat etil spirti 
quyiladi. Spirt lampadan foydalanib bo`lingach, uning ichidagi spirt uchib 
ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi. 



Download 263.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling