Kimyoviy va o`lchov shisha idishlar
Tajriba ishining mazmuniga va qanday sharoitda o`tkazilishiga
qarab kimyo
labarotoriyalarida turli xil idishlardan foydalaniladi. Ko`pincha shisha idishlardan:
probirka, stakan , yassi tubli, yumaloq tubli va konussimon kolbalar,
voronka ,
byuks, soat oynasi ishlatiladi.
Bunday o`lchov idishlarida qaynatish, bug`latish,
kimyoviy reaksiyalar va
shunga
o`xshash
boshqa
jarayonlarni
o`tkazish
mumkin
emas.
Kimyoviy reaktivlar,
Kimyoviy reaktivlar — kimyoviy reaksiyalarni
amalga oshirish uchun
ishlatiladigan moddalar.
Turlari: oʻta toza, kimyoviy toza, kimyoviy analiz uchun qoʻllanadigan toza
kimyoviy reaktivlar, toza, tozalangan, texnik kimyoviy reaktivlar qo`llaniladi.
Tarkibiga koʻra kimyoviy reaktivlar - anorganik,
organik va radioaktiv
izotoplar bilan ishlaganda qo`llaniladigan kimyoviy reaktivlarga;
Ishlatilishiga koʻra kimyoviy reaktivlar - organik — analitik reagentlar,
kompleksonlar, fiksanallar, rN — indikatorlar va boshqalarga boʻlinadi.
Kimyoviy reagentlar solingan idish yorligʻi yoki oʻralgan qogʻozga
uning
tozalik darajasi, ishlatilishi, qoʻshimchalar miqdori va saqlanish shart-sharoiti yozib
qoʻyiladi. Kimyoviy reagentlarning aksariyati zaharli,
tez alangalanadi, baʼzilari
portlaydi. Shu sababli, ularni ishlatishda va saqlashda tegishli qoidalarga rioya qilish
zarur. Havoda tez buziladigan ayrim preparatlar vodorod yoki inert gaz toʻldirilgan
germetik ampulalarda, baʼzilari esa kerosinda masalan, ishqoriy metallar — Na, K
metallari kerosin ostida saqlanadi.