Mavzu: Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi
Mavzu:Transplatatsion immunitet fenomlari
Download 52.96 Kb.
|
OPA
Mavzu:Transplatatsion immunitet fenomlari
Immunitet (lot. immunitas — biron narsadan xalos, ozod qilish, qutulish) — tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi „yot“ omillardan himoyalani-shi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. „Yot“ omillarga Bakteriyalar bakteriya va ularning Toksinlar toksinlari [viruslar], [zamburugʻlar ], sodda jonivorlar, [gelmintlar], koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (mas, oʻsmasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — [antigenlar] tutadi. Organizmni infeksion agentlar va b. yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boʻyicha uchga boʻlinadi: 1.Filogenetik I. — anatomik va fiziologik belgilar bilan taʼminlanib, nasldannaslga oʻtadigan nomax-sus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi boʻlib aloqa qiladi,. shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining koʻpgina yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilariga chidamliligi taʼminlanadi. 2. Tugʻma I. (turga xos, tabiiy) — bir biologik turning maʼlum bir patogen agentga nisbatan chidamligi bulib, nasldannaslga oʻtadi. Masalan, it, qoramol, tovuklarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos I. uzoq yillar davomida evolyusiya natijasida makroorganizm bilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan. 3. Orttirilgan I. —hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya boʻlib, nasldan naslga oʻtmaydi. Orttirilgan I. tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy I. oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: 1) tabiiy faol I. — yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi; 2) tabiiy sust I. — onadan bolaga yoʻldosh va sut orqali oʻtadi. Sunʼiy I. ham ikki xil boʻladi: 1) sunʼiy faol I. vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi; 2) sunʼiy sust I. — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan sung yuzaga keladi. Orttirilgan I. mikrobga qarshi (antibakterial I.) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik I.) vujudga keladi. Antibakterial I. oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril I. da kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril I. da kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (maye., sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari ku-zatilmaydi, ammo I. maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanishi (retsidiv) mumkin. Adaptiv I. bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Mas., oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi. Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan qimoya transplantatsion I. deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi. Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun sistema aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi. Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil mikroorganizmlar va boshqa „yot“ omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydiktanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy kil-lerlar faolligi, organizmning fizi-ologik reaksiyalari va b. Nomaxsus chi-damlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizmning ichki muhiti barqarorligi [Gomeostaz gomeostazi ni doimiy ravishda taʼminlab turadi. Organizm limfoid toʻqimalarining „oʻzinikini begonadan“ ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar sistemasi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qon limfoid aʼzolarda (immun sistema) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi. Download 52.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling