abc.txtfaylini katalogdan o`chirish uchun rm abc.txtbuyrug`ini kiritamiz:
va natijani grafik interfeysda ko`rsak, abc.txt fayli o`chirilganligiga guvoh bo`lamiz:
Bo`sh kataloglarni o`chirish uchun rmdir buyrug`idan foydalanamiz. Buning uchun rmdir buyrug`i bilan katalog nomini birga yozish kerak bo`ladi. Quyidagi rasmda home katalogida “emptyDirectory” nomli bo`sh katalogini ko`rishimiz mumkin.
emptyDirectory katalogini o`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritishimiz zarur:
va quyidagi rasmda aks etganidek emptyDirectory nomli bo`sh katalog o`chirildi:
mv – fayllarni ko`chirish buyrug`i
Fayllarni bir manzildan boshqasiga ko`chirish uchun mv buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi rasmda aks ettirilgan DESKTOP katalogida joylashgan sample.txt faylini boshqa katalogga ko`chirishni ko`rib chiqaylik.
Desktop katalogida joylashgan sample.txt faylini Downloads katalogiga ko`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritish zarur, “mv sample.txt /yangi katalog nomi”, va u quyidagicha ko`rinishda bo`ladi:
Yuqoridagi buyruq kiritilganidan so`ng Downloads katalogiga sample.txt fayli ko`chiriladi, va uning yangi manzili “/home/bush/downloads” deb hisoblanadi.
Fayllardan nusxa olish uchun cp buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi misolda cp buyrug`i orqali bir katalogdagi fayldan boshqa bir katalogga nusxa ko`chirish ko`rib o`tilgan. Unda Home katalogida joylashgan File.txt faylidan Desktop katalogiga nusxa olish berilgan. Odatda fayldan nusxa olish buyrug`ining sintaksisi quyidagicha tashkil etiladi: cp fayl nomi / yangi manzil
Agar nusxa ko`chirilayotgan manzil katalogda bu fayl yoki shu nomdagi boshqa fayl mavjud bo`lsa, u holda foydalanuvchidan mavjud fayl o`rniga yangi faylni yozish (overwrite) so`raladi, bu so`rovni chiqarish uchun cp –i buyrugi beriladi:
Faylni o`rniga boshqa faylni yozmaslik (overwrite) uchun cp –n shakli ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |