Mavzu: “Lison ut-tayr” dostonida obrazlar tasnifi Mundarija: Kirish
Download 61.05 Kb.
|
Mavzu “Lison ut-tayr” dostonida obrazlar tasnifi Mundarija Kir-fayllar.org
HUDHUD- “Lison ut-tayr” dostonidagi yo’lboshchi qush, o’ttiz qushni Simurg’ dargohiga boshlovchi asosiy timsol. Ushbu timsolning kelib chiqishi Qur’oni Karimning “Naml” surasi bilan bog’lanadi. Unda Sulaymon payg’ambarning Hudhud bilan tanishishi va uni Saba’ malikasiga elchi sifatida yuborishi bayon etilgan. Shu boisdan bu timsol fors-tojik va turkiy adabiyotda zehnli, idrokli qush sifatida ifodalanadi. Hudhud timsoki ilk bor Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoniga markaziy qahramon sifatida olib kirilgan. Attordan kegin bu obrazga Mavlono Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy” sining birinchi kitobida Sulaymon (a)ning Hudhud bilan tanishuvi aks ettirilgan hikoyatda murojat qiladi. Unda hudhud oqil va iymonli zot sifatida aks etgan. Hudhud timsoli turkiy adabiyotda ham o’z aksini topgan bo’lib, Nosiriddin Rabg’uziyning “Qisas ul-anbiyo” kitobidagi Sulaymon ibn Dovud alayhissalom bobida Hudhudning Sulaymon alayhissalom bilan munozarasi keltirilgan. Qissa Qur’oni Karim oyatlariga asoslangan bo’lsada, ko’pgina qo’shimcha detallar bilan boyitilgan. Buning natijasida Hudhud obrazi aqlli tadbirkor va iymonli, biroq anchagina sarkash timsol sifatida yuzaga chiqqan.
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi Hudhud qushlar majlisida joy talashib kelishmovchilikka borganlari sahnasida kirib keladi. Navoiy boshqa salaflari kabi Hudhudning ulug’ligini Sulaymon payg’ambar va Sabo mamlakati bilan bog’liq holda tasvirlaydi. Voqealar rivojida Navoiy talqinidagi Hudhud Attor Hudhudi kabi qushlarni Simurg’ sari safarga da’vat etadi. Yo’l og’irliklariga chidolmay, qaytmoqchi bo’lgan qushlar uzrini tinglab savollariga javob berish asnosida ularni yangittan safarga ruhlantiradi. Ularni Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig’no, Tavhid, Hayrat, Faqru fano vodiylari osha sayohat qildirar ekan, ruhan chiniqtirib, Simurg’ vasli uchun vosillikka tayyorlaydi. Hudhud har bir qush bilan alohida ravishda suhbat qurar ekan, u bilan Simurg’ni bog’lab turgan rishtadan gap boshlaydi va ana o’sha rishta tufayli uning Simurg’ga bog’liqligini, Simurg’ visoliga qarab intilishi darkorligini targ’ib qiladi. Navoiy Qur’oni Karimdan ilhomlangan salaflari Attor, Rabg’uziy, Rumiy talqinidagi Hudhud obrazining an’anaviy asoslarini saqlab qolgan holda uni o’ziga xos va hayotiy talqinlar bilan boyitadi. Bu dastavval Hudhud timsolining shaxsiyatida namoyon bo’ladi. Ya’ni u dono, zakiy va aslzoda bo’lganiga qaramasdan ancha kamtarin va kamsuqum. Attor talqinidagi Hudhud o’zini-o’zi ta’riflab, Sulaymonga mahram bo’lganligini, uning oldida izzati baland ekanligini ta’kidlaydi, natijada Haq asroridan habardorligini aytadi. Navoiy esa “Lison ut-tayr”da bu ta’rifni boshqa qushlar tilidan beradi. Navoiy talqinidagi Hudhud doston qahramonlari bilan bo’lmish solik qushlarning injiqlik bilan bergan savollariga ham, o’zlarini takabburlik bilan ta’rif- tavsif qilishlariga ham chidaydi. Sipolik bilan javib qaytaradi. Attorning Hudhudidan farqli ravishda somelariga qattiq gapirmaydi. Dunyoviy va diniy bilimlari yetarli bo’lsa ha, uni noo’rin namoyon qilmaydi, faqat berilgan savollargagina javob beradi. Shunda ham dostonda uning donishmandligi yetrlicha namoyon bo’ladi. Bu fazilat, ya’ni kamtarinlik komil inson axloqining muhim sifatlaridan biri bo’lib Navoiy uni Hudhud timsolida namoyon etadi. Navoiy talqinida Hudhud yuksak irfoniy mushohadalarni soda hayotiy misollar, voqealar orqali tushuntirib beradi, u har bir qushning o’z darajasiga qarab so’zlaydi. Attor o’z dostonida asar syujetini hech bir voqeasiz qushlarni ta’riflash bilan boshlaydi. Ularni haq sari safarga da’vat etadi. Navoiy esa qushlarni ta’riflash vazifasini Hudhudga yuklaydiki, bu dostonning mantiqiy kuchini va ushbu timsolning asardagi badiiy estetik quvvatini oshirishga sabab bo’ladi. Attor talqinidagi Hudhud hech bir so’roqsiz, o’z- o’zidan Simurg’ni ta’riflaydi va u qushlarga podshoh bo’lishga arzishini, faqat uning yoniga borish kerakligini aytib, qushlarni ana shu yo’lga targ’ib qiladi. Simurg’ning Chin mamlakatidan jilva qilishi voqeasini so’zlab beradi. Navoiy talqinidagi Hudhud esa Simurg’ ta’rifini ham qushlar savol bergandan so’ng aytadi va bu holatga muallifning o’zi ham alohida urg’u berib, bob sarlavhasiga chiqaradi. Attor dostonidagi voqealar yettinchi vodiyga kelganda Hudhudning vazifasi tugaydi. Shundan so’ng qushlar dostonda rahnamosiz harakat qilishadi. Biroq Navoiy talqinidagi Hudhud o’zi ergashtirgan qushlarni eng oxirgi lahzada, ya’ni ular fano vodiysida noumidlikka tushganlarida ham qo’llab- quvvatlaydi va umidlantiradi. Mna shu umid quvvatida qushlar maqsadga erishadilar. Bu Hudhudning komil inson, balki Haqqa yetgan murshid ekanligini ham anglatadi. Navoiy “Qushlar fano navmidlig’ida Hudhudning irshodidan quvvat xosil bo’lg’oni” bobida ularning visolga erishganliklarini ta’riflar ekan, Hudhudni komil yo’lboshchi sifatida baholaydi. Yana bir o’ziga hoslik shundan iboratki, hamisha, hatto jamoaviylikni yoqlaydigan naqshbandiylik tariqatida ham Haqqa yetib boorish yo’li jamoaviy emas, individual yo’ldir. Demak, dostondagi qushlar- kishilar, soliklar timsoli ekanligini inkor etmagan holda, boshqa ma’noda bir kishining turli xulq-atvorlari timsolida gavdalangan bo’lishi ham mumkin. Bu o’rinda Hudhud o’z-o’zini tarbiyalayotgan nafs yoki Robbisini taniyotgan ruh timsoli ham deyish mumkin. Shuningdek, Navoiy o’zining xudbinlik va zohirga bino qo’yish, xilvatnishinlik va o’zlatnishinlikka munosabat, amal-martaba va kuch qudratga bino qo’yishning zarari, zeb-zinatga o’chlik va shahvatparaslikdan nafratlanish, behunarlik va beg’ayratlikni qoralash va boshqa bir qator ijtimoiy fikirlashni, ishq oldida shohu gado barobarligini , nafs va shaytonning sollikka munosabat, yeti vodiy ta’rifi, faqru fan va baqo hamda inson va uning kamolotiga oid falsafiy fikrlarini, vahdat ul-vujud va tajalli nazariyalariga doir durdona irfoniy mulohazalarini dostonda Hudhud tilidan birinchi raqamli timsol darajasiga olib chiqqan. Navoiy lirikasida Hudhud ham komil, ham ogoh shaxs ma’nosida qo’llanilgan. Download 61.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling