Mavzu: Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi


Download 263.8 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi263.8 Kb.
#1530685
1   2   3
Bog'liq
Mirzahamdamov 1

Kurs ishining predmeti. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi, auditi va ularning o’ziga xos xususiyatlarining huquqiy-me’yoriy asoslari, shuningdek, uning uslublarini amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar doirasida takomillashtirish hisoblanadi.



  1. Lizing mohiyati va ahamiyati.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida lizingdan keng foydalanilib, u tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning eng maqsadga muvofiq usullaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda esa ma’lum bir xatti-harakatlarga qaramay, lizing rivojlanishining shakl va yo‘llari endi belgilanmoqda.
Biroq iqtisodiyot inqirozga uchragan, ko‘plab korxonalar yirik moliyaviy vositalarni ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va texnikalarni yangilashga kirita olmayotgan bir holat ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish va mamlakatdagi barcha mulkchilik shaklidagi, birinchi navbatda innovatsion tadbirkorlik bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdordagi mablag‘larni, jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilishga imkon beruvchi lizingning rolini oshirish zaruratini talab qiladi.
Istalgan tarmoqda lizing tadbirkorligining muvaffaqiyatga erishishi ko‘p jihatdan uning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilish hamda ushbu mexanizmdan unumli foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan lizingning mohiyati, uning tabiati va salohiyati, vazifalari va tashkiliy shakllari nimadan iborat ekanligini aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda xorijiy mamlakatlarda “lizing” tushunchasining yagona talqini mavjud emas. Kimdir lizingni kreditlashning o‘ziga xos shakli deb tasavvur qilsa, boshqalar uni uzoq muddatli ijaraga o‘xshatadilar. Ba’zilar lizingni ishlab chiqarish vositalari oldi-sotdisining yashirin usuli deb qarasa, boshqa birov lizingni o‘zgalar mulkini ishonch qog‘ozi beruvchining topshirig‘i bo‘yicha boshqarish bilan bog‘laydilar.
Lizingga xos bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, uning murakkab uch tomonlama asosini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra lizing xuddi kredit bitimlaridagi kabi, mablag‘larni qaytarib olish shartida asosiy kapitalga kiritishni anglatadi. Boshqa tomondan, bitim ishtirokchilari kapitaldan pul ko‘rinishida emas, balki ishlab chiqarish shaklida foydalanadilar, bu esa uni investitsiyalash bilan yaqinlashtiradi. Uchinchidan esa, lizing ijara mexanizmi bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq yuqorida sanab o‘tilgan munosabatlarning lizingga aynan xosligi to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ulardan hech biri alohida ravishda lizingda mulkchilik munosabatlari majmuasini tartibga sola olmaydi. Ulardan bir vaqtning o‘zida foydalanish va ularning o‘zaro bog‘liqligigina lizingni iqtisodiy faoliyatning yangi shakli sifatida yuzaga keltiradi.
Demak, lizing murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga investitsiya, kredit va ijara bitimlari elmentlarini kiritadi. Natijada ishlab chiqarish vositalarini ularni sotib olish va keyinchalik ijaraga berish yo‘li bilan vaqtinchalik foydalanishga berish bilan bog‘liq mulkchilik munosabatlari majmuasi amalga oshiriladi.
Endi lizingga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tamiz. Ular quyidagilardan iborat:
1. Mulk va mulk ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ni tanlash huquqiga mulkdan foydalanuvchi ega.
2. Mulk sotuvchisi mulk lizingga berish uchun sotib olinayotganligini biladi.
3. Mulk mulkdorga berilmasdan bevosita foydalanuvchiga beriladi va foydalanuvchi tomonidan ekspluatatsiya qilishga qabul qilinadi.
4. Mulkdan foydalanuvchi kamchilik va nuqsonlar aniqlangan holda o‘z e’tirozlarini mulkdorga emas, balki hech qanday shartnoma munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sotuvchiga bevosita bildiradi.
5. Lizingga beruvchi mulkni o‘zi foydalanish uchun emas, balki uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun atayin xarid qiladi.
6. Lizing shartnomasi amal qilayotgan davr mobaynida mulk lizingga beruvchining mulki hisoblanadi.
7. Mulk egasiga uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun haq to‘lanadi.
8. Mulkdan foydalanuvchi muddatidan oldin yoki shartnoma muddati tugagach uni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Respublikamizda lizingdan maqsadli foydalanishni amaliyotga kiritishni tashkil etishda uning turlari, shakllari va amalga oshirish usullarini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy lizing xizmatlari bozori bu turdagi xizmatlarning turli-tumanligi bilan tavsiflanadi.
Lizing turlari bitimda ishtirok etuvchilarning tarkibi, lizing obyektining xususiyatlari va ularning amortizatsiya shartlari, tomonlar majburiyatlari hajmi, mulkdan foydalanish muddati, bozor sektori, soliq imtiyozlari va lizing to‘lovlari turlariga bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi (1-jadval).
Lizing bitimlari muddati, lizing beruvchining majburiyatlari hajmi va lizing obyektlarining o‘zini qoplash darajasiga ko‘ra lizingning ikkita asosiy turi – moliyaviy va tezkor lizingni ajratib ko‘rsatish mumkin. Lizing rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida turgan O‘zbekiston uchun ko‘proq moliyaviy lizing xarakterlidir. U mulkni uning to‘liq amortizatsiya muddatiga to‘g‘ri keluvchi uzoq muddatga ijaraga berishni ko‘zda tutadi, ya’ni lizing muddati davomida mulkning to‘liq qiymati to‘lanadi.

Download 263.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling