Mavzu: Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar Reja


Moddiy oqimlar quyidagi asosiy xususiyatlarga qarab ajratiladi


Download 0.56 Mb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1586608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 Mavzu Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar

Moddiy oqimlar quyidagi asosiy xususiyatlarga qarab ajratiladi:


· -logistik tizimga munosabati;
· -oqimning tabiiy-moddiy tarkibi:
· -oqimni tashkil etuvchi yuklar soni;
· -oqimni tashkil etuvchi yukning solishtirma og'irligi;
· -yuklarning moslik darajasi;
· -tovarlarning izchilligi (tarkibi bo’yicha).

Logistik tizimga nisbatan moddiy oqim quyidagicha: tashqi, ichki, kiritiladigan va chiqariladigan bo’ladi.


Tashqi moddiy oqim korxona uchun tashqari bo’lgan muhitda sodir bo’ladi.
Ichki moddiy oqim logistik tizimning ichkarisida logistik jarayonlarni amalga oshirish natijasida vujudga keladi.
Kiritiladigan moddiy oqim logistik tizimga tashqi muhitdan kirib keladi.
Chiqariladigani esa logistik tizimning ichki muhitidan tashqi muhitiga chiqib ketadi.

Taqsimlanish chegaralarini birinchi bo'lib

M.E. Zalmanova tomonidan belgilanib,


· mahsulotni qadoqlashni taqsimlashni taklif qildi;
· ekspeditorlik:
· sotishni boshqarish;
· yetkazib beruvchining tayyor mahsulotini omborda saqlash;
· tayyor mahsulotni saqlash omborlari;
· omborga tashish - tayyor mahsulotni tashish uchun transport vositasi.

Taqsimot sohasidagi logistika - bu noishlab chiqarish davridagi moddiy, axborot, moliyaviy va boshqa oqimlarni boshqarishning moslashuvchan tizimida bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan strategik, tashkiliy, moliyaviy va boshqa tadbirlar majmuidir.


Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini ta’minlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu ko‘plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida, ajratish lozim.
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasini ta’riflab o‘tamiz. Tizim (yunonchadan olingan bo‘lib - qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma ma’nosini anglatadi) – bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va bir-biri bilan aloqa va munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar ko‘pligidir. Quyidagi 4-ta xususiyatga ega bo‘lgan obyektni bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin:
butunlik va alohidalik
o‘zaro aloqa
tashkil etish, tartib
integrativ jihatlar (ya’ni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan xu-susiyatlar)
Moddiy oqimlar xarakati malakali xodimlar tomonidan, turli xil texnika: transport vositalari, ortish-tushirish uskunalari va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, logistik jarayonga turli bino va inshootlar ham jalb etil-gan bo‘ladi. Jarayonning kechishi esa xarakatlanayotgan va yig‘ilayotgan yuklarning, ush-bu jarayonga tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Yuklar o‘tishini ta’minlovchi ish-lab-chiqarish kuchlarining yig‘indisi, yaxshimi yomonmi, ammo tashkil etilgan. Umu-man olganda, biror-bir moddiy oqimlar mavjud bo‘lsa, qandaydir tovar o‘tkazuvchi tizim ham mavjud bo‘ladi. Odatda, bunday tizimlar maxsus loyihalanmasdan, ayrim unsurlarning (turli korxonalar yoki ularning bo‘limlari) faoliyati natija-sida yuzaga keladilar.
Logistika, bir-biri bilan kelishilgan material o‘tkazuvchi (logistik) tizim-larni loyihalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi mod-diy oqimlar parametrlari oldindan berilgan bo‘ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab-chiqarish kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farq qiladilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan ko‘rib chiqamiz:
Birinchi xususiyat: tizim bu bir-biri bilan aloqador bo‘lgan unsurlar yig‘in-disining butunligidir. Logistik tizimni unsurlarga ajratishni turlicha amalga oshirish mumkin.
Makrodarajada moddiy oqim bir korxonadan ikkinchisiga o‘tadi, va unsur sifa-tida ushbu korxonalar, hamda ularni bog‘lovchi vosita sifatida qaralishi mumkin.
Mikrodarajadagi logistik tizimni esa quyidagi tizimchalar ko‘rinishida tas-virlash mumkin: (mukammal qaralganda ushbu tizimchalarning har biri murakkab bir tizim ekanligi ayon bo‘ladi)
Xarid – ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqimni kirishini ta’minlay-di.
Ishlab-chiqarishni rejalashtirish va boshqarish – bu tizimcha esa xarid ti-zimchasidan moddiy oqimni qabul qilib oladi va turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida uni boshqarib turadi. Aynan ushbu texnologik operatsiyalar meh-nat predmetini mehnat mahsulotiga aylantiradilar.
Realizatsiya (savdo) – bu tizimcha moddiy oqimni logistik tizimdan chiqib ke-tishini ta’minlaydi.






Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling